Ilm Expo
219 subscribers
1 photo
1 video
4 links
🇺🇿O'zbekiston bo'ylab birinichi ilmiy ko'rgazmalar🔬
Download Telegram
Channel created
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Science Fair endi O'zbekistonda🇺🇿.

Kutib oling - ILM EXPO 🚀

🌟Ilm Expo — bu ilmiy ko‘rgazma bo‘lib, unda o‘quvchilar fizika, kimyo, biologiya va robototexnika yo‘nalishlarida yaratgan loyihalari, tajribalari va modellarini namoyish etadilar. Eng yaxshi ishlar sertifikatlar va sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi 🏆

🇺🇿 O‘zbekiston bo‘ylab ilk tadbirlarimiz Toshkent, Farg‘ona va Xorazmda 25-Aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

❗️ Quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘tishni unutmang:
📌Toshkent: https://forms.gle/s3Ve8pH2R8wdAsNG6 🔗
📌Farg‘ona: https://forms.gle/Yew5GK6gLTPpYdrb6 🔗
📌Xorazm: https://forms.gle/YWRcKjgnfETCxmDfA 🔗

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 20-Aprel
Yosh toifasi: 7–11 sinf o‘quvchilari uchun (yakka yoki jamoaviy tarzda)

📌 Ko‘proq ma’lumotlar keyingi postlarimizda beriladi — sahifamizga obuna bo‘lib qo‘ying!

💬 Murojaat uchun: @IlmExpoadmin
💬@IlmExpo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1713🔥64😁1
🔬 Ilm Expo nima?

Ilm Expo — bu ilmiy ko‘rgazma bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘z bilimlari, qiziqishlari va kreativ g‘oyalarini ilmiy loyihalar orqali namoyish etishadi 💡

Bu ko‘rgazma sizga nafaqat bilim, balki haqiqiy tajriba beradi.

📌Ilm Expo davomida siz:
🔹 O‘z loyihangizni taqdim etasiz va uni tushunarli tarzda himoya qilasiz
🔹 Ilmiy izlanish va tadqiqot olib borishni o‘rganasiz
🔹 Bir xil qiziqishdagi yangi do‘stlar topasiz
🔹 Kelajak ta’limi va kasbingiz uchun foydali ko‘nikmalarni rivojlantirasiz

Eng muhimi, siz:
— fanlarni chuqurroq tushunishni
— ijodiy va tanqidiy fikrlashni
— jamoa bilan ishlashni
— omma oldida ishonch bilan gapirishni o‘rganasiz

🚀 Ilm Expo — bu g‘oyadan loyiha sari, qiziqishdan ixtirochilik sari tashlangan birinchi qadam!

💬 Murojaat uchun: @IlmExpoadmin
💬@IlmExpo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩9🔥311
Agar siz ILM EXPO🌟da qanaqa loyiha qilishni bilmayotgan bo‘lsangiz, ushbu postni oxirigacha o‘qing.

Ko‘pchilik shunday o‘ylaydi:
“Loyiha juda murakkab bo‘lishi kerak”
“Faqat noodatiy loyiha yutadi”

❗️ Bu noto‘g‘ri.

Yaxshi loyiha qanday bo‘ladi?
- Oddiy. Maqsadli. Foydali. Tushunarli.

Siz loyihangizni quyidagi shakllarda namoyish qilishingiz mumkin:

1️⃣Model, maket, prototip ⚙️
Bu — siz biror narsaning ishlashini ko‘rsatadigan loyiha.

Masalan:
• Quyosh paneli yordamida ishlaydigan kichik uy modeli
• Aqlli sug‘orish tizimi (namlikka qarab suv beradigan qurilma)
• Shamol energiyasidan elektr olish modeli

2️⃣ Ilmiy tadqiqot (Research) 🔬
Bu — siz ma’lumot to‘plab, tahlil qilib, xulosa chiqaradigan loyiha.

Masalan:
• Toshkentdagi havo ifloslanishining sog‘liqka ta’siri
• Turli o‘g‘itlarning o‘simlik o‘sishiga ta’siri
• Telefon ishlatish va uyqu sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik

3️⃣Tajriba (Experiment) 🧪
Bu — siz gipoteza qo‘yib, uni sinab ko‘radigan loyiha.

Masalan:
• Qaysi material issiqlikni yaxshiroq saqlaydi?
• Turli suvlarda (tuzli, shirin, oddiy) o‘simlik qanday o‘sadi?
• Yorug‘lik rangining o‘simlik o‘sishiga ta’siri

📌 Eng muhimi:
Loyiha oddiy bo‘lishi mumkin, lekin u aniq natija ko‘rsatishi kerak.

💬 Murojaat uchun: @IlmExpoadmin
💬@IlmExpo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥85
Do’stlar, ajoyib yangilik⚡️

Endilikda IlmExpo🌟 loyihasini Instagram📱 sahifamiz orqali ham kuzatib borishingiz mumkin. U yerda sizni qiziqarli yangiliklar🗞, foydali ma’lumotlar📰 va loyiha jarayonidan eksklyuziv lavhalar📹 kutmoqda.

Hoziroq obuna bo‘ling va yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

📱 IlmExpoUz

💬Murojaat uchun: @IlmExpoadmin
💬@IlmExpo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥1
Loyiha uchun g‘oyani qanday topish mumkin? ⁉️

💡 Yaxshi loyiha qilishni xohlaysiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Unda atrofga sinchkovlik bilan nazar soling.

🔜 Muammolarga e’tibor bering:
Kundalik hayotda sizni qiynayotgan yoki sizda qiziqish uyg'otayotgan savollar eng yaxshi g‘oya manbaidir.

🔜 Imkoniyatlaringizni baholang:
G‘oya tanlayotganda uning realligi, vaqt va resurslaringiz yetarli ekanligini hisobga oling.

🔜 Bilimlaringizni qo'llang:
Darslarda o‘rganayotgan nazariy bilimlaringizni amaliy loyihaga aylantiring.


Eng asosiysi — o'zingiz uchun qiziqarli va boshqalarga foydasi tegadigan mavzuni tanlashdir!

🏆 G‘oyangiz tayyormi? Unda hoziroq "ILM EXPO"da ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting va o'z salohiyatingizni isbotlang!

📩 Murojaat uchun: @IlmExpoadmin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🏆31
Ilm Expo pinned a video
🇺🇿 Nega O‘zbekistonga ilmiy ko’rgazmalar kerak

⚠️ Hozirda, ko‘p o‘quvchilar faqat nazariyani o’rganish bilan cheklanib qolgan.

📌 Ammo, ilg’or ixtirochi yoki tadqiqotchi bo’lish uchun o’rganganni hayotda sinab ko’rish kerak. Tajriba davomida xato qilish, qayta urinib ko‘rish va natijani tahlil qilish orqali haqiqiy bilim va ko'nikmalar shakllanadi.

💡 Ilmiy ko'rgazmalar yoshlarni tajriba qilishga, yangi g‘oyalarni sinab ko‘rishga va o‘z yechimlarini yaratishga undaydi.

🔬 O‘zbekistonda juda ko‘p iste’dodli yoshlar bor. Ularda katta g’oyalar bor, lekin ularga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat kerak.

🌟 ILM EXPO aynan shu imkoniyatni yaratadi. Bu yerda kelajak ixtirochilari va innovatorlari o‘z yo‘lini boshlaydi.

✉️ Murojaat uchun: @IlmExpoadmin
📱 @IlmExpo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥105🔥3💯21
📣 Muhim E'lon!

🗓 Ko'plab ishtirokchilarning so'rovlariga binoan, biz ko'rgazma va ro'yxatdan o'tish muddatini uzaytirdik.

📝 Yangi sanalarni eslab qoling:
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 20-aprel

🌟 Ilm Expo bo‘lib o‘tadigan kun: 25-aprel


Bu vaqt bizga ham tadbir davomida siz uchun eng yaxshi sharoit va tajribani yaratishga imkon beradi. E’tiboringiz va hamkorligingiz uchun rahmat!

✉️ Savollar va ro'yxatdan o'tish uchun:
👨‍💻 Admin: @IlmExpoadmin
📱 Kanalimiz: @IlmExpo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥9🏆4🔥21
🔬 Tadqiqotingizni (research paperni) ilmiy ko‘rgazmada qanday taqdim etish kerak?

🎯 Muvaffaqiyatli taqdimot 3 asosiy elementdan iborat:
1. Poster (stend) 🖼
Posteringiz quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi kerak:

Sarlavha va tadqiqot savoli
Gipoteza — sizning taxminingiz
Metodologiya — qo‘llangan usullar
Natijalar — grafik, diagramma va statistik ma’lumotlar bilan
Xulosa — asosiy natijalar va yakuniy fikrlar

2. Vizual materiallar 📊

Rasmlar, diagrammalar va chizmalar qo‘shing.
Tomoshabin yoki hakam posteringizga bir qarashda loyihangizni tushunishi kerak.

3. Natijalarni tushuntirish 🎙

Izlanish davomida olgan natijalaringizni aniq va sodda qilib ko‘rsating.


❗️Eslatma: poster yoki stendingizdagi muhim detallar va diagrammalar 1-2 metr uzoqlikdan ko'rinishi mumkinligiga ishonch hosil qiling.

✉️ Murojaat uchun: @ilmexpoadmin
📱 @Ilmexpo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥91🔥1👏1
Ilm Expo pinned Deleted message
Ertaga eng ko'p so'ralgan savollarga post yozib javob beramiz👀

O'z savollaringizni izohlarda yozib qoldiring yoki adminga murojaat qiling @ilmexpoadmin
❤‍🔥61🔥1
💬 Siz so'radingiz, biz javob berdik!

1. Tadbirlar qayerda bo'lib o’tadii?
– Toshkent: B&S academy Minor filiali
– Farg'ona: Farg'ona shahridagi Prezident maktabi
– Xorazm: Urganch 1-IMI


2. Individual tarzda qatnasha olamanmi?
Ha, siz individual yoki jamoa bilan qatnashishingiz mumkin.


3. Nega bu tadbirni boshqa viloyatlarda qilmayapsiz?
Bu safar ilmiy ko’rgazmalarimiz faqat 3 ta viloyatda bo'lib o’tmoqda. Ammo, keyingi safar albatta boshqa viloyatlarda ham tashkil qilamiz.


4. Men maktabni bitirganman lekin universitetda o’qimayman (ya’ni gap year olyapman). Men ham qatnasha olamanmi?
Ha, albatta!


5. Men biror yangi narsa ixtiro qilishim kerakmi?
Yo’q, biz ilmiy ko’rgazmada sizning qobilyatlaringizni va qiziqishlaringizni qilgan loyihalaringiz orqali bilishni istaymiz. Loyiha turlari haqida bu post orqali o’rganishingiz mumkin: https://t.me/IlmExpo/9


6. 🏆 G’oliblar qanday va nima bilan taqdirlanadi?
Barcha qatnashuvchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi va maxsus community a’zosi bo’lishadi. Eng yaxshi loyihalar esa 5 nominatsiyalar orqali aniqlanadi. Ularni esa sirli sovg’alar va imkoniyatlar kutib turibdi 🤫


Ya'na qanday savollaringiz bor

✉️ Murojaat uchun: @ilmexpoadmin
📱 @ilmexpo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥7🔥51👍1
🚀 Qanday qilib ilmiy ko‘rgazma (science fair) top universitetlarga kirishingizga yordam beradi?

🎓 Eng yaxshi universitetlar faqat yaxshi baholarni emas — tashabbus ko‘rsatadigan va nimadir yarata oladigan o‘quvchilarni izlaydi.

Ilmiy ko‘rgazmada qatnashish siz:
- Sinfdan tashqarida ham foydali ishlar qilishingizni
- Tadqiqot olib borish, muammo yechish va mustaqil fikrlay olishingizni
- O‘z sohangizga haqiqiy qiziqishingiz borligini ko‘rsatadi

💡 Eng muhim afzalliklar:
1. Loyihani taqdim etish → Ta’sir
G‘oyalaringizni boshqalarga aniq yetkazib, ularga ta’sir qila olishingizni ko‘rsatadi

2. G‘olib bo‘lish → Raqobatbardoshlik
Kuchli raqobatda ham yuqori natija ko‘rsata olishingizni isbotlaydi

3. Tarmoq qurish → Yangi imkoniyatlar
Ilmiy ko'rgazmada qatnashish orqali siz bir xili qiziqishdagi do'stlar orttirasiz va maxsus community a'zosi bo'lasiz. Bu sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.


Ilmiy ko‘rgazma sizni oddiy “yaxshi baho oladigan o‘quvchi”dan ajralib turadigan nomzodga aylantiradi.


✉️ Murojaat uchun: @ilmexpoadmin
📱 @ilmexpo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥6❤‍🔥31
Innovate MHO
Join Innovate MHO — a youth-led platform in health, science, and innovation🔎
A great opportunity to take a leadership role in one of the growing projects related to health and science!

Join the team and lead your region towards innovation🚀
❤‍🔥4🆒3🔥21💯1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥42😇1
Ilm Expo pinned «📝 Bu ro'yxat orqali sahifamizdagi har bir postdan ma'lumot olishingiz mumkin: 1. E'lon va ro'yxatdan o'tish havolalari 2. Ilm Expo nima? 3. Qanday loyiha qilishim mumkin? 4. Qanday loyiha g'oya topishim mumkin? 5. Nega O‘zbekistonga ilmiy ko’rgazmalar…»
📣 MUHIM YANGILIK

🌟 ILM EXPO tadbiri, ishtirokchilar loyihalari ustida ko’proq ishlari va tashkillashtiruvchilarga ham tadbirni rejalashtirishda ko’proq vaqt berish maqsadidia, nomalum vaqtga qoldirildi.

Hozirda, tadbirni muvaffaqiyatli o’tkazish maqsadida “Yoshlar ishlari agentligi” bilan hamkorlik qilish ilinjidamiz. Lekin, bu ish kutilganidan ko’proq vaqt olmoqda.

🔧 Bu imkoniyatdan foydalanib siz o’z loyihangizni yanada rivojlantirishingiz mumkin. Loyihangizni, yana bir bor ko’rib chiqing va kamchiliklarini tuzating.

❗️ Albatta, do'stlaringiz bilan ham bu imkoniyatni ulashishni unutmang

📌 Tez orada tadbirning aniq sanasini e’lon qilamiz!

✉️ Murojaat uchun: @ilmexpoadmin
📱 @IlmExpo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥64👍1😁1