Talaba va lift
(Muhammad Yusufning "Ko'klamoyim" she'riga parodiya)
To'g'rimda lift, eshik oldida o'tindim:
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Ro'za tutib, toliqdim ham o'kindim,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Ramazonda senga savob yozilsin ,
Mayli professor to'lib toshsin, yig'ilsin,
Talaba uchun bir marta lift ochilsin,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Kutib olar, ham kuzatar o'zingsan,
Maska bo'lmasa ko'z yumar ham o'zingsan.
Hujjatsiz qizlarni tuzlar o'zingsan,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Xo'p, de, endi yalintirmay odamni,
Domla sezmas, bir g'am bosdi yelkamni,
Dema, axir talaba ham odammi...
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Dekan, rektor sezmay qolar kimligim,
Oyoqyalang chiqay ushlab tufligim,
Bildirmay bu yerda musofirligim,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Ginam yo'qdir liftsiz o'tgan kuz-qishdan,
Iymanmasman liftsiz chiqib tushishdan.
Diplom olib ketsak bo'ldi o'qishdan,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Bitirguncha eslab yuray liftni men,
To'yib-to'yib ko'zga suray liftni men.
Yana liftga yetamanmi-yo`qmi men,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Dil yayrasin liftda bir bor chayqalib,
Universitetni ko'ray liftdan baqrayib,
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
✍Bobur Nusratov
16-aprel, 2021
@Ijod_sarchashmalari
(Muhammad Yusufning "Ko'klamoyim" she'riga parodiya)
To'g'rimda lift, eshik oldida o'tindim:
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Ro'za tutib, toliqdim ham o'kindim,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Ramazonda senga savob yozilsin ,
Mayli professor to'lib toshsin, yig'ilsin,
Talaba uchun bir marta lift ochilsin,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Kutib olar, ham kuzatar o'zingsan,
Maska bo'lmasa ko'z yumar ham o'zingsan.
Hujjatsiz qizlarni tuzlar o'zingsan,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Xo'p, de, endi yalintirmay odamni,
Domla sezmas, bir g'am bosdi yelkamni,
Dema, axir talaba ham odammi...
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Dekan, rektor sezmay qolar kimligim,
Oyoqyalang chiqay ushlab tufligim,
Bildirmay bu yerda musofirligim,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Ginam yo'qdir liftsiz o'tgan kuz-qishdan,
Iymanmasman liftsiz chiqib tushishdan.
Diplom olib ketsak bo'ldi o'qishdan,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Bitirguncha eslab yuray liftni men,
To'yib-to'yib ko'zga suray liftni men.
Yana liftga yetamanmi-yo`qmi men,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
Dil yayrasin liftda bir bor chayqalib,
Universitetni ko'ray liftdan baqrayib,
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,
Qorovuljon, liftdan chiqay bir marta.
✍Bobur Nusratov
16-aprel, 2021
@Ijod_sarchashmalari
Audio
#Audio_mutolaa
✍️Oʻtkir Hoshimov
📕Laylak
🎤Azizova Madina
A.Qodiriy ijod maktabi,
7-sinf o'quvchisi
@Ijod_sarchashmalari
✍️Oʻtkir Hoshimov
📕Laylak
🎤Azizova Madina
A.Qodiriy ijod maktabi,
7-sinf o'quvchisi
@Ijod_sarchashmalari
📌Quyidagi havola orqali⤵️
https://us04web.zoom.us/j/76752453436?pwd=UzIyN2NoNlhSSHNuRk4wT3ZmdjhqZz09
Meeting ID: 767 5245 3436
Passcode: 123123
https://us04web.zoom.us/j/76752453436?pwd=UzIyN2NoNlhSSHNuRk4wT3ZmdjhqZz09
Meeting ID: 767 5245 3436
Passcode: 123123
Forwarded from Bobur Nusratov (ijodiy kanal)
Ramazon hikoyalari
Ehson
1-kishi:
-Ehsonim qabul bo'ldimikin?
2-kishi:
-Qo'chqormidi, qo'y?
3-kishi:
-Qudalarga jo'natdingmi, akaxon to'ralargachi?
4-kishi:
-Halolmidi?
Qazo
"Biz ro'za tutmasak ham bo'ladi, kunimiz yugur-yugur, chop-chop bilan o'tyapdi, shundog'am. Yemasak, yaramaymiz, aka!", deb kekirib qo'ygan adashgan banda yaratgan qudrati ila kechqurun ovqatdan zaharlanib qazo qildi.
Halol
-Issiqqina, yog'liqqina yangi sog'ilgan sut, sotaman-u ketaman, keling, yanga.
-Bunizga suv qo'shilmaganmi?
-Tavba deng, yangajonim, ramazon oyida-ya?!
-Aylanay, shunchaki so'radim, qo'ydim-da.
-Hayitgacha qo'rqmay olavering, qoqindiq.
Bobur Nusratov
@ijod_sarchashmalari
Ehson
1-kishi:
-Ehsonim qabul bo'ldimikin?
2-kishi:
-Qo'chqormidi, qo'y?
3-kishi:
-Qudalarga jo'natdingmi, akaxon to'ralargachi?
4-kishi:
-Halolmidi?
Qazo
"Biz ro'za tutmasak ham bo'ladi, kunimiz yugur-yugur, chop-chop bilan o'tyapdi, shundog'am. Yemasak, yaramaymiz, aka!", deb kekirib qo'ygan adashgan banda yaratgan qudrati ila kechqurun ovqatdan zaharlanib qazo qildi.
Halol
-Issiqqina, yog'liqqina yangi sog'ilgan sut, sotaman-u ketaman, keling, yanga.
-Bunizga suv qo'shilmaganmi?
-Tavba deng, yangajonim, ramazon oyida-ya?!
-Aylanay, shunchaki so'radim, qo'ydim-da.
-Hayitgacha qo'rqmay olavering, qoqindiq.
Bobur Nusratov
@ijod_sarchashmalari
#REPETITORLIK_HALOLLIK_BOBUR_NUSRATOV_MAGISTR
Ramazon oyida ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN YANGI OCHILADIGAN GURUH MUTLAQO BEPUL!
QARSHI, 25-APREL, YAKSHANBA
SOAT 14:00; 93 424 06 21
#ona_tili
#oltin_qoida
Ravish tarkibidagi kelishik qo'shimchalari bo'lsa ham, ular yordamidagi tobe bog'lanish - bitishuvli so'z birikmasini hosil qiladi. Chunki ular qotib qolgan hisoblanadi.
#Repetitor_Bobur_Nusratov_MAGISTR
#SAVOB_PULDAN_AFZAL
💖💖
@ona_tili_va_adabiyot_yuksalish
Ramazon oyida ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN YANGI OCHILADIGAN GURUH MUTLAQO BEPUL!
QARSHI, 25-APREL, YAKSHANBA
SOAT 14:00; 93 424 06 21
#ona_tili
#oltin_qoida
Ravish tarkibidagi kelishik qo'shimchalari bo'lsa ham, ular yordamidagi tobe bog'lanish - bitishuvli so'z birikmasini hosil qiladi. Chunki ular qotib qolgan hisoblanadi.
#Repetitor_Bobur_Nusratov_MAGISTR
#SAVOB_PULDAN_AFZAL
💖💖
@ona_tili_va_adabiyot_yuksalish
Nido
(B. bilan vidolashuv)
Madina*, bardoshim yetmaydi!
Quy, ichgim kelyapti olov suv.
Opang jim, nega qilt etmaydi.
Baxtim tur, urishgin, meni quv.
Charsillar, yuragim, quy yoshing,
Madina, o'chmasa qaniydi!
Azizam, qimirlat bir qoshing,
Qoshingda parilar qariydi.
Yonyapman, yong'inlar kabira ,
Chekkada mitti bir Esim bor.
Ikkingiz bilasiz, Madina,
Jonim jon bermagan, jon dildor.
Ohh!!! Uchar, farishtam, oq otda,
Yo olloh! Hukmingga asira.
Bismilloh... Kul bo'lsam, zulmatda,
Qalbimni yoritgin, Madina**.
✍Ojiz
8-yanvar, 2019-yil
_
*Shoira M. N.ga do'stona murojaat shaklida yozilgan.
**So'nggi misrada Muqaddas Madina shahriga ishora bor.
@Ijod_sarchashmalari
(B. bilan vidolashuv)
Madina*, bardoshim yetmaydi!
Quy, ichgim kelyapti olov suv.
Opang jim, nega qilt etmaydi.
Baxtim tur, urishgin, meni quv.
Charsillar, yuragim, quy yoshing,
Madina, o'chmasa qaniydi!
Azizam, qimirlat bir qoshing,
Qoshingda parilar qariydi.
Yonyapman, yong'inlar kabira ,
Chekkada mitti bir Esim bor.
Ikkingiz bilasiz, Madina,
Jonim jon bermagan, jon dildor.
Ohh!!! Uchar, farishtam, oq otda,
Yo olloh! Hukmingga asira.
Bismilloh... Kul bo'lsam, zulmatda,
Qalbimni yoritgin, Madina**.
✍Ojiz
8-yanvar, 2019-yil
_
*Shoira M. N.ga do'stona murojaat shaklida yozilgan.
**So'nggi misrada Muqaddas Madina shahriga ishora bor.
@Ijod_sarchashmalari
БИР КЎРИШ ШАВҚИДА…
Нима бор оламда висолдан ортиқ,
Кўкларга чорлаган хаёлдан ортиқ,
Учрашмоқ — аслида худодан тортиқ,
Бир кўриш шавқида интизор бўлдим.
Яшашимдан мен фақат Ҳаққа интилиб,
Бешафқат ҳижронлар бағрини тилиб,
Хатолар қилдим кўп билмай, ё билиб,
Улгуриш завқида интизор бўлдим.
Гоҳо отда кездим, гоҳ отга минмай,
Довон, ғовдан ошдим шаштларим синмай,
Кўпириб қирғоққа тўш урган тинмай
Тўлқинлар мавжида интизор бўлдим.
Дард қолсам қўллади азиз пирларим,
Ошкора айтилди кўнгил сирларим,
Ғам чексам, дардлашди фақат шеърларим,
Ҳаётим авжида интизор бўлдим.
Мастона айлади бу гуллар мени,
Сафига чорлагай булбуллар мени,
Қайларга етаклар бу йўллар мени,
Қизиқдим-да жуда, интизор бўлдим.
Рад қилди, ишқ изҳор айладим қайта,
Кўнглмни орзуга бойладим қайта,
Ишқни изҳор қилдим қўшиқлар айта,
Балки мен беҳуда интизор, бўлдим.
✍Исмоил Тўхтамишев
@Ijod_sarchashmalari
Нима бор оламда висолдан ортиқ,
Кўкларга чорлаган хаёлдан ортиқ,
Учрашмоқ — аслида худодан тортиқ,
Бир кўриш шавқида интизор бўлдим.
Яшашимдан мен фақат Ҳаққа интилиб,
Бешафқат ҳижронлар бағрини тилиб,
Хатолар қилдим кўп билмай, ё билиб,
Улгуриш завқида интизор бўлдим.
Гоҳо отда кездим, гоҳ отга минмай,
Довон, ғовдан ошдим шаштларим синмай,
Кўпириб қирғоққа тўш урган тинмай
Тўлқинлар мавжида интизор бўлдим.
Дард қолсам қўллади азиз пирларим,
Ошкора айтилди кўнгил сирларим,
Ғам чексам, дардлашди фақат шеърларим,
Ҳаётим авжида интизор бўлдим.
Мастона айлади бу гуллар мени,
Сафига чорлагай булбуллар мени,
Қайларга етаклар бу йўллар мени,
Қизиқдим-да жуда, интизор бўлдим.
Рад қилди, ишқ изҳор айладим қайта,
Кўнглмни орзуга бойладим қайта,
Ишқни изҳор қилдим қўшиқлар айта,
Балки мен беҳуда интизор, бўлдим.
✍Исмоил Тўхтамишев
@Ijod_sarchashmalari
IKKI TOMONLAMA O'YIN
Men buyuk yolg'onchiman!
Aldaganman o'zimni.
Zulmatda
baxtliman deb
yumdim qorako'zimni.
Bormoqdaman
oq-oydin manzil deya kulgayman,
bilmaymanki,
jahannam
Otashida kuygayman.
Qo'ysang-chi, ey vijdonim,
oldingda men oppoqman,
Bu dunyo nag'masiga
o'ynaydi hamma odam.
Garchi besh vaqt quloqqa
Sado kelar: Uyg'ongil!
Tushunmayman, egilib
Ozod bo'larmi ko'ngil?
Ha, bilaman,
aslida
bilmasligim
Hech neni.
Va lekin bu aldanib
Yashashga emas mone.
Darvoqe, yashayapman,
Tiriklar kabi xushyor,
Xushyorlik o'zi nima?
O'liklardan o'likroq.
Qaydam,
Balki bitgani
Taqdir yozig'idur bu.
Menday g'aflat bandasi
bunga ishonmayman-ku!
Men buyuk yolg'onchiman.
24.05.2019
© Bobur Nusratov
@Ijod_sarchashmalari
Men buyuk yolg'onchiman!
Aldaganman o'zimni.
Zulmatda
baxtliman deb
yumdim qorako'zimni.
Bormoqdaman
oq-oydin manzil deya kulgayman,
bilmaymanki,
jahannam
Otashida kuygayman.
Qo'ysang-chi, ey vijdonim,
oldingda men oppoqman,
Bu dunyo nag'masiga
o'ynaydi hamma odam.
Garchi besh vaqt quloqqa
Sado kelar: Uyg'ongil!
Tushunmayman, egilib
Ozod bo'larmi ko'ngil?
Ha, bilaman,
aslida
bilmasligim
Hech neni.
Va lekin bu aldanib
Yashashga emas mone.
Darvoqe, yashayapman,
Tiriklar kabi xushyor,
Xushyorlik o'zi nima?
O'liklardan o'likroq.
Qaydam,
Balki bitgani
Taqdir yozig'idur bu.
Menday g'aflat bandasi
bunga ishonmayman-ku!
Men buyuk yolg'onchiman.
24.05.2019
© Bobur Nusratov
@Ijod_sarchashmalari
***
Mozorimga
Na qabr toshi qo‘ying,
Na haykal.
Bir juft poyabzal qo‘ying.
Oyoqyalang
Kiyib ketsin...
Voqif Samad o‘g‘li
Rauf Parfi tarjimasi
***
Bas!
Yetar!
Tosh bosib yotgan vujudni
qaytadan poklash-chun etamiz taftish,
ichmaymiz befarqlik lazzatin ortiq!
O'zgani quvmoqlik shart o'zimizdan!
Otashni yoqamiz qarsillatib qo'l,
nokaslik uyiga o't qo'yamiz, o't!
Ayovsiz shilamiz nafs terisini,
g'ichirlab ketadi so'ngaklarimiz,
faqatki pok azo kerak bundan so'ng,
axlatga tashlaymiz manfur ichakni.
Ichkari boramiz, tag'in ichkaru,
eng qorong'u burchak ichra yuramiz,
g'ujanak bo'lgancha tutib qaltiroq,
zahmda yo'talar xasta ruhimiz.
"Havo, - deydi, - toza havo bo'lsaydi".
Vijdon derazasin ochamiz to'sat —
buncha qo'lansa...
Yaxshiki guvohlik bergani
hech kim yo'q.
Yoki ko'rinmas...
Bechoragina
yurak qafasida abadiy mahkum
ruh — mo'ltirab qarar,
tirikchilikda.
Bas! Yetar!
Ozodsan! Boraver, ana,
Istaging iymonli manzillar axir,
yugurib ketadi, tortiladi ip,
Qochirib yuborish — xom yechimdir bu!
Magarki toabad buyrulgan ko'kdan
Bir tan-u bir jon deb,
kerak itoat,
Tan olmoq - og'irdir
Tuzatmoq mushkul,
Qaytadan qurish ham
Bir eski gap-ku.
Va lekin bir chora topar ruh
Tavba!
Umid — eng muqaddas tuyg'u aslida.
✍Bobur Nusratov
@Ijod_sarchashmalari
Mozorimga
Na qabr toshi qo‘ying,
Na haykal.
Bir juft poyabzal qo‘ying.
Oyoqyalang
Kiyib ketsin...
Voqif Samad o‘g‘li
Rauf Parfi tarjimasi
***
Bas!
Yetar!
Tosh bosib yotgan vujudni
qaytadan poklash-chun etamiz taftish,
ichmaymiz befarqlik lazzatin ortiq!
O'zgani quvmoqlik shart o'zimizdan!
Otashni yoqamiz qarsillatib qo'l,
nokaslik uyiga o't qo'yamiz, o't!
Ayovsiz shilamiz nafs terisini,
g'ichirlab ketadi so'ngaklarimiz,
faqatki pok azo kerak bundan so'ng,
axlatga tashlaymiz manfur ichakni.
Ichkari boramiz, tag'in ichkaru,
eng qorong'u burchak ichra yuramiz,
g'ujanak bo'lgancha tutib qaltiroq,
zahmda yo'talar xasta ruhimiz.
"Havo, - deydi, - toza havo bo'lsaydi".
Vijdon derazasin ochamiz to'sat —
buncha qo'lansa...
Yaxshiki guvohlik bergani
hech kim yo'q.
Yoki ko'rinmas...
Bechoragina
yurak qafasida abadiy mahkum
ruh — mo'ltirab qarar,
tirikchilikda.
Bas! Yetar!
Ozodsan! Boraver, ana,
Istaging iymonli manzillar axir,
yugurib ketadi, tortiladi ip,
Qochirib yuborish — xom yechimdir bu!
Magarki toabad buyrulgan ko'kdan
Bir tan-u bir jon deb,
kerak itoat,
Tan olmoq - og'irdir
Tuzatmoq mushkul,
Qaytadan qurish ham
Bir eski gap-ku.
Va lekin bir chora topar ruh
Tavba!
Umid — eng muqaddas tuyg'u aslida.
✍Bobur Nusratov
@Ijod_sarchashmalari
O'zni bilma yer kabi koinotning markazi,
Kibr qilgan yer chizur, chiqsa shamsdek sarvari.
✍Bobur Nusratov
@Ijod_sarchashmalari
Kibr qilgan yer chizur, chiqsa shamsdek sarvari.
✍Bobur Nusratov
@Ijod_sarchashmalari
#SOTQINLAR_KIMNI_ZABT_ETOLMAYDI?!
Bugun meni hech qachon sotmaydigan, menga xiyonat qilmaydigan, meni aldamaydigan, mening sha'nimni har qanday vaziyatda himoya qiladigan, or-nomus tushunchalarini birinchi o'ringa qo'yadigan, butun dunyo xazinalarini sarflab ham undayini boshqa topib bo'lmaydigan Insonning - Maslahatgo'y, Yelkadosh, Ustoz, Do'st ham Tanqidchim - UKAM JAVOHIR NUSRATOVNING TUG'ILGAN KUNI! ILOHIM, QO'SH QANOT BO'LIB UCHAVERAYLIK, UKAJON. BAXTINGGA KO'Z TEGMASIN, ILOHIM, OMON BO'L!
AKA-UKA BURGUTLAR
(Ukam Javohir Nusratovga)
Nafrat nechun, g'animlik nechun?
Bitta inda tug'ildik, hayhot!
O'sdik bir juft qanot ostida,
Ucholmaymiz ikkimiz nahot?!
Onamiz bir, Vatanchi tanho,
Bor yo'g'imiz bir kaft tuproq-ku.
Qondoshlikning avvalgi sharti,
Mayizni qirq bo'lib yemoqku.
Ucholmasak yelkama-yelka,
Burgut nomi hayf erur bizga.
Bir-birini g'ajir shoqoldan,
Hazar qilmoq bor ko'nglimizda.
Uka, qara quzg'un uchmoqda,
O'laksa qush ko'kda payt poylar.
Axir bizning noahillikdan,
Qora qozon qaynatar ular...
O'qdek parvoz qildi samoga,
Shunday debon nogahon aka.
Changalin shay tutgancha ortdan,
Soya kabi ergashdi uka.
Ona burgut boqadi mamnun,
Panalab jim qilgancha sukut.
Bir-birini qilib himoya,
Uchib yurar ko'kda juft burgut.
B.N.
@Ijod_sarchashmalari
Bugun meni hech qachon sotmaydigan, menga xiyonat qilmaydigan, meni aldamaydigan, mening sha'nimni har qanday vaziyatda himoya qiladigan, or-nomus tushunchalarini birinchi o'ringa qo'yadigan, butun dunyo xazinalarini sarflab ham undayini boshqa topib bo'lmaydigan Insonning - Maslahatgo'y, Yelkadosh, Ustoz, Do'st ham Tanqidchim - UKAM JAVOHIR NUSRATOVNING TUG'ILGAN KUNI! ILOHIM, QO'SH QANOT BO'LIB UCHAVERAYLIK, UKAJON. BAXTINGGA KO'Z TEGMASIN, ILOHIM, OMON BO'L!
AKA-UKA BURGUTLAR
(Ukam Javohir Nusratovga)
Nafrat nechun, g'animlik nechun?
Bitta inda tug'ildik, hayhot!
O'sdik bir juft qanot ostida,
Ucholmaymiz ikkimiz nahot?!
Onamiz bir, Vatanchi tanho,
Bor yo'g'imiz bir kaft tuproq-ku.
Qondoshlikning avvalgi sharti,
Mayizni qirq bo'lib yemoqku.
Ucholmasak yelkama-yelka,
Burgut nomi hayf erur bizga.
Bir-birini g'ajir shoqoldan,
Hazar qilmoq bor ko'nglimizda.
Uka, qara quzg'un uchmoqda,
O'laksa qush ko'kda payt poylar.
Axir bizning noahillikdan,
Qora qozon qaynatar ular...
O'qdek parvoz qildi samoga,
Shunday debon nogahon aka.
Changalin shay tutgancha ortdan,
Soya kabi ergashdi uka.
Ona burgut boqadi mamnun,
Panalab jim qilgancha sukut.
Bir-birini qilib himoya,
Uchib yurar ko'kda juft burgut.
B.N.
@Ijod_sarchashmalari
Husning oldida gul, g'uncha sharmanda,
Nechukkim, senda bor hayo yo'q anda.
✍Bobur Nusratov
@Ijod_sarchashmalari
Nechukkim, senda bor hayo yo'q anda.
✍Bobur Nusratov
@Ijod_sarchashmalari