Ibrohim Abdurahmonov
847 subscribers
2.07K photos
144 videos
3 files
678 links
O’zR qishloq xo’jaligi vaziri

Министр сельского хозяйства РУз

Minister of Agriculture of the Republic of Uzbekistan

fb.com/ibrokhim.abdurakhmonov.7
Instagram.com/ibrokhim.abdurakhmonov
twitter.com/Ibrokhimabdu5
Download Telegram
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida tashkil etilgan Ta’lim-fan jamoatchilik kengashining ilk yig‘ilishini o'tkazdik. U oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim hamda ilm-fanga oid islohotlarga befarq bo‘lmagan tashabbuskor fuqarolardan tarkib topgan.

_ _ _ _ _ _ _

Сегодня в здании Министерства высшего образования, науки и инноваций провели первое заседание Общественного совета по вопросам образования и науки. Утвержден состав Совета, который состоит из инициативных граждан, неравнодушные к реформам высшего, среднего специального и профессионального образования, а также науки. Они отобраны путем голосования широкой общественности.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Koreya taʼlim vazirligi Global taʼlimni rejalashtirish Byurosi bosh direktori Ji Yong Pak xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdik. Va bo‘lgan uchrashuvda muhokama qilindi. Shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO)ning Global innovatsion indeks (GII) departamenti direktori Sasha Wunsch-Vincent bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdik.



Сегодня приняли делегацию во главе с генеральным директором Бюро глобального планирования образования Министерства образования Кореи госпожой Ji Yong Pak. А также провели онлайн-встречу с начальником департамента экономики и статистики Всемирной организации интеллектуальной собственности Сашей Вунш-Винсент.



Today we received a delegation led by the Director General of the Global Education Planning Bureau of the Ministry of Education of Korea, Ms. Ji Yong Pak. And also had an online meeting with the Head of the Department of Economics and Statistics of the WIPO Sasha Wunsch-Vincent.
Bugun Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutidagi uchrashuvda yoshlarning bildirgan g'oyalari quvontirdi. Xususan, «Universiada» sport oʻyinlari qatoriga paralimpiya oʻyinlarini kiritish, talabalarning xorijda hamda respublikamiz oliy taʼlim muassasalarida akademik almashinuvlarini yoʻlga qoʻyish, respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarning ilmiy jurnallarida qoraqalpoq tilida ham maqolalarni chop etish kabi takliflar bildirildi.

_ _ _ _ _
Сегодня в ходе встречи в Нукусском государственном педагогическом институте имени Ажинияза порадовали идеи молодежи. В частности, высказаны такие предложения, как включение Паралимпийских игры в спортивные игр Универсиады, налаживание академического обмена студентами за рубежом и в вузах нашей республики, возможность публикации статей на каракалпакском языке в научных журналах всех вузов и научных центров нашей республики.
#Mirziyoyev #tashrif #Qoraqalpogiston #texnopark

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus yoshlar texnoparkini borib ko‘rdi, u yerda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishdi.

_ _ _ _ _

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Молодежный технопарк Нукуса, ознакомился с реализуемыми в нем инновационными проектами.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
⚡️Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquqlariga oid 10 ta eng muhim yangilikdan xabardormisiz?

Insonning huquq va erkinliklari har kimga tugʻilganidan boshlab tegishli boʻladi.

Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir.

Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi hamda qonunlarning, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.

Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.

Insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.

Har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi toʻgʻrisida qonunga xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay qolgan maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga ega.

Har kim mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega.

Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

Har kim oʻz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emas.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
Forwarded from MinInnovation
Joriy yilning 1-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi raisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Paxtachilik kengashi va tuman ishchi guruhi aʼzolari ishtirokida dalalarga chigit ekish holatini oʻrganish maqsadida Jizzax viloyati Paxtakor tumaniga tashrif buyurdi.

I.Abdurahmonov kuniga 10 tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan “Semrugʻ cluster” urugʻchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Mazkur klasterda hozirda dala maydonlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildor, turli kasalliklarga va qurgʻoqchilikka chidamli sara navlaridan urugʻliklar tayyorlanmoqda.

2021-yili Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan yangi navlar urugʻchiligini tashkil etish va paxta-toʻqimachilik klasteriga joriy qilishga qaratilgan loyiha bugungi kunda oʻz samarasini berib, urugʻ qayta ishlovchi zamonaviy korxona oʻz faoliyatini olib bormoqda.

@mininnovation