Ibrohim Abdurahmonov
825 subscribers
3.15K photos
183 videos
4 files
811 links
O’zR qishloq xo’jaligi vaziri

Министр сельского хозяйства РУз

Minister of Agriculture of the Republic of Uzbekistan

fb.com/ibrokhim.abdurakhmonov.7
Instagram.com/ibrokhim.abdurakhmonov
twitter.com/Ibrokhimabdu5
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Olimlar_minbari
#26.12.2022—01.01.2023

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

➡️“Kreativ iqtisodiyot – yaratuvchanlikka tayangan iqtisodiyot” Ibrohim ABDURAHMONOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik;

➡️“Prezident Murojaatnomasi – mamlakat taraqqiyotining yangi davri dasturi”Sodiq SAFOYEV, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, Senat raisining birinchi oʻrinbosari;

➡️“Xalqimiz – beqiyos boyligimiz, uning salohiyati yuqori daromadli, intellekttalab ishga munosib”Sherzodxon QUDRATXOʻJA, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor;

➡️“Biz orzu qilgan muhandis xalqimiz koʻnglidagi jamiyatni qurishda ishtirok etadi”Sadriddin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, professor;

➡️“Zamonaviy oʻqituvchilar yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari safida turadi”Abdugʻaffor QIRGʻIZBOYEV, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori;

➡️“Yechim – illatning oʻzi bilan emas, sababi bilan kurashishda” Akromjon YOʻLDOSHEV, Andijon davlat universiteti rektori;

➡️“Milliy yuksalish uchun muhim dastur”Sobitxon TURGʻUNOV, Namangan davlat universiteti rektori;

➡️“Xalqimiz orzusining yorqin ifodasi”Ahmed REYMOV, Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, professor;

➡️“Taʼlim va tibbiyot uygʻunligi zimmamizdagi masʼuliyatni ikki karra oshiradi”Madamin MADAZIMOV, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor;

➡️“Ixcham va samarali davlat boshqaruvi tizimiga oʻtish davr talabi” Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;

➡️“Barqarorlik uchun doim ogohlik kerak”Aziz AMONOV, Buxoro davlat universiteti prorektori;

➡️“Yurt kelajagini malakali kadrlar belgilaydi” Mustafoqul OʻROZOV, Termiz muhandislik-texnologiya instituti prorektori;

➡️“Yangi Oʻzbekiston renessans muzeyi xalqimizning noyob tarixiy merosi, betakror madaniyati va ilm-fan yutuqlarining chinakam koʻzgusiga aylanadi”Bakriddin ZARIPOV, Oʻzbekiston milliy universiteti professori;

➡️“Ham olima, ham tadbirkor sifatida kashf etildim” Dilfuza AZIMOVA, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti;

➡️“Jamiyatning yangi qiyofasi taʼlim-tarbiya va ilm-fan ruhi bilan shakllanmoqda” Jamshid YUSUPOV, Oʻzbekiston milliy universiteti dotsenti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.

Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir taʼlim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taʼqiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanadi.

Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladilar. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari toʻla inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.

Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.

Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.

Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmiyni qabul qildi.

_ _ _ _ _ _

Министр высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан Иброхим Абдурахмонов принял Чрезвычайного и Полномочного Посла Арабской Республики Египет в Республике Узбекистан Амиру Фахми.

_ _ _ _ _ _

The Minister of Higher Education, Science and Innovation of the Republic of Uzbekistan Ibrahim Abdurakhmanov received Amira Fahmi, the Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Arab Republic of Egypt to the Republic of Uzbekistan.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
#Статья

В очередном номере газеты «Правда Востока» опубликована статья министра высшего образования, науки и инноваций Иброхима Абдурахмонова под заголовком «Креативная экономика, нацеленная на созидание».

В ней опубликованы суждения о роли науки и образования в формировании креативной экономики в нашей стране и проводимой в этом направлении работе.

С текстом статьи можно ознакомиться по следующей ссылке https://www.edu.uz/uz/news/view/4983

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar integratsiyasi – yangi vazirlikning yangi rejalari qanday?

📌Joriy yilda Oliy va o'rta maxsus taʼlim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi birlashib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etildi. Buning sababi nima, nima uchun aynan shu ikki vazirlik birlashdi, degan savol tugʻilish tabiiy. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu haqidagi fikrlarini Oyina.uz bilan oʻrtoqlashdi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/1336
⚡️Олий таълим, фан ва инновациялар вазири И.Абдураҳмонов Мудофаа вазирлиги томонидан тақдирланди

Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги муносабати билан Ўзбекистон Республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазири Иброҳим Абдураҳмонов Мудофаа вазирлигининг «Намунали хизмати учун» I-даражали кўкрак нишони билан тақдирланди.

@uzauz
Forwarded from Edu.uz
Taʼziya

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 16-yanvar kuni Termiz davlat universiteti akademik litseyi binosidagi qozonxona tizimining nosozligi tufayli yuzaga kelgan portlash tufayli bevaqt olamdan oʻtgan 2 nafar xodimning yaqinlari, oila aʼzolari va hamkasblariga hamdardlik bildiradi.

Mazkur mashʼum hodisa kabi fojiali holatlarning oldini olish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi tomonidan professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini tashkil etishda texnika xavfsizligini taʼminlanganlik darajasi, talabalar turar joyi hamda oʻquv binolarining holati qayta koʻrib chiqilmoqda.

Ayni damda vazir oʻrinbosarlari, boshqarma va boʻlim boshliqlaridan iborat Ishchi guruh tomonidan respublikamizdagi barcha OTM, texnikum va akademik litseylarning oʻqish boshlashga tayyorligi holati qayta monitoring qilinmoqda. Oʻrganish natijalari boʻyicha qoʻshimcha xabar beriladi.

Vazirlik va universitet rahbarlari tomonidan olamdan oʻtgan fuqarolarning oila aʼzolariga va tan jarohati olgan bir nafar universitet xodimiga har tomonlama yordam koʻrsatiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi tadbirlar – ushbu mamlakat Prezidenti Halima Yaqub va Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

_ _ _ _ _ _ _ _
В рамках государственного визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Сингапур состоялись мероприятия на высшем уровне - переговоры с Президентом этой страны Халимой Якуб и Премьер-министром Ли Сянь Луном.

#Mirziyoyev #tashrif #Singapur #hamkorlik

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi mamlakatimiz ta’lim vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Singapurda bo‘lib turibdi.

_ _ _ _
В рамках государственного визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Сингапуре находятся члены делегации во главе с министром высшего образования, науки и инноваций Иброхимом Абдурахмоновым.

_ _ _ _
As part of the state visit of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev, members of the delegation of representatives of education of our country headed by the Minister of Higher Education, Science and Innovation Ibrohim Abdurakhmonov are now in Singapore.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
#vazir_yoshlar_uchrashuvi

⚡️Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Singapurda tahsil olayotgan va ilmiy tadqiqot olib borayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi

Muloqotda yoshlar oʻzlarini qiynayotgan muammolar, erishilgan yutuqlari va oʻz takliflari bilan oʻrtoqlashdilar. Jumladan, vazirlik huzurida ekspert kengashini tuzish, yoshlarni xorijiy davlatlarga taʼlim olish uchun yuborishda konsalting xizmatini koʻrsatuvchi kompaniyalar rolini qaytadan koʻrib chiqish takliflari bildirildi. Sohani rivojlantirish, yoshlarni bilim olish va ilmiy faoliyatga keng jalb qilish borasida ham fikr almashildi.

Oʻz navbatida, faol yoshlarning ilmiy, innovatsion faoliyatdagi yutuqlari eʼtirof etilib, 4 nafar talabaga Yoshlar akademiyasining aʼzolik sertifikati topshirildi. Akademiyaga aʼzolik ushbu yoshlar uchun startap gʻoyalarini rivojlantirish, ilmiy loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlardan foydalanish imkoniyatini beradi.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov