IT specialist
10.4K subscribers
1.11K photos
484 videos
63 files
3.8K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#bilasizmi #mulohaza_uchun

🤳🏻Amerika psixiatriya uyushmasi rasmiy ravishda “selfi”, ya’ni o‘z-o‘zini mobil telefon kamerasiga suratga olishni – ruhiy kasallik deb atadi.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #internet #mulohaza_uchun

🌐 Google siz haqingizda nimalarni biladi? 🤔

Google siz haqingizda nimalarni bilishini bilishni istaysizmi? E’tiboringizga Google tomonidan to‘plangan ba’zi ma’lumotlarni sizga ko‘rsatuvchi 6 havola (ссылка)ni taqdim etamiz.

1️⃣. Google’dagi sizning profilingiz
Google sizning asosiy ma’lumotlaringiz – yoshingiz, jinsingiz, qiziqishlaringizni o‘z ichiga oluvchi profil yaratadi. Ushbu ma’lumotlar siz uchun mos keluvchi e’lonlarni namoyish etish uchun ishlatiladi. Siz ushbu ma’lumotni bu yerda ko‘rishingiz mumkin:

👉🏻 www.google.com/ads/preferences/

2️⃣. Sizning harakatlaringiz tarixi
Agar sizda Android asosida ishlovchi qurilma bo‘lsa, u sizning koordinatalaringiz va tezligingizni Google’ga yuborib turishi mumkin. Siz o‘z harakatlaringiz tarixini ko‘rishingiz va uni faylga chiqarib olishingiz mumkin:

👉🏻 maps.google.com/locationhistory

3️⃣. Google’dagi sizning qidiruvlaringiz tarixi
Google sizning qidiruvlaringiz tarixini saqlab borishi mumkin. Bundan tashqari u siz murojaat qilgan e’lonlar tarixini ham saqlab boradi. Bularning bari esa ushbu manzilda:

👉🏻 history.google.com

⚠️ (Izoh. ushbu imkoniyatni o‘z akkauntingizda faollashtirishingiz lozim)

4️⃣. Sizning akkauntingizga murojaat etgan qurilmalar ro‘yxati
Agar sizni, sizdan tashqari yana kimdir akkauntingizdan foydalanayotganini bilish qiziqtirsa, siz unga murojaat etgan qurilmalar ro‘yxati, ularning IP-manzillari va joylashuvini ko‘rishingiz mumkin:

👉🏻 security.google.com/settings/security/activity

5️⃣. Sizning Google’dagi ma’lumotlaringizga murojaat etuvchi barcha ilovalar va kengaytmalar ro‘yxati
Sizning ma’lumotlaringizga qandaydir murojaat qila oluvchi barcha ilovalar ro‘yxati. Ularning qanday huquqlari va nimalarga murojaat eta olishlari mumkinligini ko‘rish mumkin. Joiz bo‘lsa, ushbu ruxsatni bekor qilishingiz ham mumkin.

👉🏻 security.google.com/settings/security/permissions

6️⃣. Shaxsiy ma’lumotlarni chiqarib olish uchun Google
Sizning barcha ma’lumotlaringizni eksport qilish mumkin – zakladkalar, pochtalar, kontaktlar, Drive’dagi fayllar, youtube’dan video, rasmlar va hokazo:

👉🏻 www.google.com/takeout

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#security #maslahat

Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish - xakerdan maslahatlar 🔐

🔏 Deyarli har kuni xakerlar ijtimoiy tarmoqlardan tortib, Apple ID va iCloud bilan tugaydigan turli xil xizmatlarga murojaat qiluvchi qayd yozuvlarini buzib kirishadi. Buzib kirishning asosiy usuli esa avvalgidek parollarning turli variantlarini terib ko‘rishdir (bruteforce). Ushbu turdagi hujumdan himoyalanish esa juda oson – bu uchun shunchaki murakkab parolni qo‘llash yetarlidir. Bir qarashda unchalik qiyin bo‘lmagan ushbu vazifa, odatda uzun parollarning esda qolishi oson emasligi tufayli murakkablashadi.

📕 O‘qishda davom eting va taniqli xkcd dasturchisidan murakkab parolni o‘ylab topish va uni oson eslab qolishning oddiy usullarini bilib oling.

🖥 Ushbu usullarni haqida bevosita gapirishdan oldin, keling, parollarni yaratish bo‘yicha umumiy maslahatlarni eslatib o‘tsak. Ehtimol, har biringiz ushbu yoki shunga o‘xshash tavsiyalarni ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘lgan xizmatlar va saytlarda ko‘rgansiz, ammo foydalanuvchilarning 90 foizi bunga beparvolik bilan qaraydi:

1️⃣ Parolning uzunligi 12 belgidan kam bo‘lmasligi kerak. Parol qanchalik katta bo‘lsa, uni buzish shunchalik qiyin ekanligi esa hech kimga sir emas. Uzunligi 12 belgidan iborat bo‘lgan parol, qayd yozuvlaringizni har qanday xakerlar hujumlaridan ishonchli himoya qiladi.
2️⃣ Raqamlar, belgilar, katta harflardan foydalaning. Parolni terib ko‘rish yordamchi dasturlari “catsanddogs” kabi parolni nisbatan tez aniqlay oladi, “C@tsAndD0g$123” paroli bilan esa muammoga duch kelishi aniq.
3️⃣ So‘zlarni qo‘llamang. Parolda oddiy lug‘aviy so‘zlardan foydalanmaslikka harakat qiling. Biror so‘zga aloqasi bo‘lmagan harflar to‘plami esa muayyan bir so‘zdan, hattoki u uzun bo‘lsa ham - kuchliroqdir.

✔️ Kirish qismidan o‘tib oldik, endi oddiy, samarali va unchalik ma’lum bo‘lmagan usullarga o‘tamiz.

Murakkab parolni o‘ylab topish va uni eslab qolishning birinchi usuli

👆 Yuqorida keltirilgan maslahatlar murakkab parolni osongina o‘ylab topish imkonini beradi, buning uchun klaviatura klavishlarini shunchaki tartibsiz bosish orqali taxminan quyidagini kiritish mumkin “asfpokdhk3251kh”. Bunday olib qaraganda bu juda yaxshi variant, oddiy kompyuter faqat chuqur nazariya orqali bu kabi parolni buzishi mumkin (parollarning kuchliligini qanday qilib tekshirish esa quyidagi maqolada keltirilgan). Ammo bunday parolni eslab qolish muammolidir.

🔍 xkcd tomonidan taklif qilingan birinchi usulning mazmuni, parol sifatida faqatgina sizning yodingizda turishi mumkin bo‘lgan butun jumladan foydalanish bilan bog‘liq. Albatta, faqatgina parol ko‘rinishiga keltirilgan jumlani. Ushbu jumla tarkibida esa har qanday narsa bo‘lishi mumkin: hayotingizning qaysidir bir oni, muhim voqea, qo‘shiqdan jumla va hokazo.

🎵 Masalan “Jonon bo‘laman deb” milliy qo‘shig‘imizdagi “Jonon bo‘laman deb hammani kuydirasanmu, kuygan bu faqirlarni yana yondirasanmu” jumlasi doim yodingizda turadi. Qo‘shiq parchasidagi har bir so‘zning bosh harflarini olib, ularni parol sifatida ishlating. Natijada — “Jbdhk,kbfyy” hosil bo‘ladi. Bu kabi parolni buzish uchun zamonaviy kompyuterga 33 yil talab etiladi. Parolning oxirida bir nechta raqam, hech bo‘lmaganda, oddiygina qilib “123” qo‘shilsa, unda hosil bo‘lgan “Jbdhk,kbfyy123” kombinatsiyasi uchun kompyuter 33 asr vaqt ajratishiga to‘g‘ri keladi!

Ko‘rib turganingizdek, buning hech qanday murakkab joyi yo‘q, lekin bundan ham qulayroq usul mavjud, u haqida keyingi maqolamizda so‘z yuritamiz - bizdan uzoqlashmang!

💡Maqolamiz sizga uchun foydali bo‘lib, uning davomini o‘qimoqchi bo‘lsangiz, unda 🔥 belgisiga bosing. Unutmang, sizning fikringiz biz uchun muhim!

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#security #maslahat

Murakkab parolni o‘ylab topish va uni unutmaslikning eng oddiy usuli🔓

🔛 Murakkab parollar haqidagi maqolamizning davomi.

🔝 Bugun bizda siz uchun murakkab parolni o‘ylab topish va uni unutmaslikning eng oddiy usuli haqida so‘z yuritiladi. U juda ko‘p odamlarga chindan ham murakkab parollarni o‘ylab topish va eslab qolishga yordam bergan. Usul oltita eng oddiy so‘zlarni parol sifatida tanlashni nazarda tutadi,

📄 Masalan – “lom kuchuk bodom nechuk tablo benom” so‘zlar to‘plami (oson eslab qolish uchun atayin qofiyasi moslashtirilgan) parolga aylanadi: lomkuchukbodomnechuktablobenom.

🔑 Ushbu parolni buzish uchun oddiy kompyuterga 10 mingdan ortiq asrlar kerak bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, parollar uchun bunday kodli so‘zni turli variantlarni terib ko‘rish usuli orqali topishning mutlaqo iloji yo‘q. Bundan tashqari, hattoki Tianhe-2 deya nomlanuvchi eng kuchli superkompyuter ham ushbu parolni muvaffaqiyatli tarzda, turli variantlarni terib ko‘rish imkoniyatiga erishishi uchun yaqin bir necha ming yil kerak bo‘ladi.

❗️Agar qofiyasini keltirgan holda so‘zlarni tanlash qiyin bo‘lsa yoki bunga xohishingiz bo‘lmasa, siz shunchaki maktab dasturiga kiruvchi biror-bir satrni olishingiz mumkin (kamida bittasini siz aniq eslab qolgansiz).

✍️ Masalan, Alisher Navoiyning misralari: “Orazin yopgach ko‘zumdin sochilur har lahza yosh”, osongina “orazinyopgachkozumdinsochilurharlahzayosh” paroliga aylanadi va murakkabligi bo‘yicha yuqorida tavsiflangan namunadan hech qolishmaydi.

Mana endi hech qanday xaker parolni turli variantlarni terib ko‘rish usuli orqali sizning qayd yozuvlaringizga kirishni uddalay olmaydi!

🗝 Shu bilan parollar haqidagi suhbatimizga yakun yasaymiz. Parolni topishga qancha vaqt ketishi mumkinligini, Bender Rodriges kim ekanligini va mustaqil tarzda o‘z parolingizning murakkablilik darajasini tekshirib ko‘rishni istasangiz, u holda ushbu maqolamizga murojaat etishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang - qiziqarli maqolalar hali oldinda. 😉

ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​#internet #telegram #maslahat

🤖 Bu Telegram-botlar bilan chatdan chiqmasdan ishlay olasiz

Quyida e’tiboringizga havola etilayotgan botlar “Telegram” messenjerida ishlashingizni yana qulaylashtiradi.

Masalan, @ya — “Yandeks”da qidiruvni amalga oshirishda, @bold — matnni formatlashda sizga qo‘l keladi.

Botni ishga tushirish uchun chatda botning nomini yozing (masalan, @pic) va yoniga so‘roq so‘zni (jumlani) kiriting.

@gif — GIFlarni qidirish;

@pic — “Yandeks”da surat qidirish;

@wikiru — “Wikipedia”da maqola qidirish;

@bold — matnni formatlash;

@youtube — “YouTube”da video qidirish;

@vkmusic_bot — “VKontakte”da musiqa qidirish;

@ya — “Yandeks”da qidirish;

@coub — koublar qidirish;

@sticker — stikerlar bo‘yicha qidirish;

@imdb — IMDB da filmlar qidirish.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#security

📠 Xakerlar kompyuterni faks orqali buzishdi

“Check Point” tadqiqotchilari faksimil aloqani qo‘llovchi ko‘p funksiyali qurilmalarda kritik xatoni topishdi. “Hightech.fmyozishicha, agarda xakerlar buni bilib qolishganida ana shunday qurilmaga ulangan kompyuterni bemalol o‘z tizginlariga solib olishgan bo‘lardi.

Albatta, e’tiroz bo‘lishi mumkin — fakslar bugun kam ishlatiladi. To‘g‘ri, ammo ayrim ko‘p funksiyali qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar printer va skanerni “yolg‘izlatib” qo‘ymaslik uchun faksni ham qo‘shib chiqarishyapti. Bu qurilmalar internetga ulanadi, biroq himoya tizimi yo‘q hisobi.

“Check Point” kompyuter ustalari JPEG-fayllar kutubxonasi orqali “HP Officejet Pro 6830” qurilmasini buza olishdi. Buzilgan kompyuter tarmoq orqali boshqa qurilmalarga virus ulasha oladi. Bu jarayonda mutaxassislar mashhur “WannaCry” virusidan ishchi material sifatida foydalanishdi.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#maslahat

🙋🏻‍♂🙋🏻‍♀ Aziz kanalimiz muxlis va muxlisalari!

🇷🇺 Kanalimizning rus tilidagi talqiniga ham a’zo bo‘lishni unutmang.

🤝 Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat!

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#mulohaza_uchun

Beloruslik talaba dunyoning eng zo‘r dasturchisi bo‘ldi

Beloruslik talaba Gennadiy Korotkevich nufuzli xalqaro chempionat hisoblangan “Google Code Jam” g‘olibi bo‘ldi. Ushbu musobaqada 50 000 nafardan ziyod dasturchi ishtirok etgan.

“Google Code Jam” chempionati 2003 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. U dasturlash bo‘yicha eng mashhur va ommaviy chempionat hisoblanadi. Chunki uning g‘oliblari kelgusida Google kompaniyasi xodimiga aylanishi mumkin. Ushbu musobaqada istagan kishi qatnasha oladi, ammo saralash shartlari juda qattiq. Ikkinchi davraga atigi 500 kishi o‘ta oladi, finalga esa eng zo‘r 25 nafar dasturchi chiqadi.

Gennadiy Korotkevich tomonidan qatorasiga besh marta birinchilik zabt etildi. Bunday natijaga bundan oldin “Google Code Jam” ishtirokchilaridan hech kim erisha olmagan. Korotkevich — haqiqiy talant, “ACM ICPC” dasturlash bo‘yicha ikki marta jahon chempioni, “Yandeks. Algoritm” musobaqasining besh karra g‘olibi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, u polshalik Kamil Debovskni 8 ballga ortda qoldirib, jami 104 ball to‘pladi.

G‘olibning aytishicha, uning uchun musobaqaning eng murakkab joyi, konkurs qoidalarining o‘zgarganida bo‘ldi. Endi test natijalari bo‘yicha qarorni ishtirokchilarning shaxsiy mashinalari emas, balki kompyuter hay’ati qabul qiladi. Shuningdek, musobaqa o‘tkazish tizimi ham qayta yozib chiqilgan.

Google o‘tkazgan konkursda g‘olib bo‘lganiga qaramay, Gennadiy hozircha xorijga ketishni niyat qilmayapti. Iqtidorli dasturchi ITMO universiteti aspiranturasida o‘qishni davom ettirmoqchi.

📝 Manba: Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#maslahat

Telegram’dagi eng yaxshi botlar

Ushbu messenjerdan foydalanuvchilarning aksariyati uning botlaridan ham xabardor bo‘lishsa kerak. Protelegram.ru sayti o‘z versiyasiga ko‘ra rus tilidagi foydali va qiziqarli bir necha botlar ro‘yxatini e’lon qilgan. Ular orasidan bizning muxlislar uchun ham kerakli bo‘lganlarini quyida qisqacha izohlari bilan tavsiya etamiz.

1️⃣ @gymbossbotfitnes-trener va parhezshunos (dietolog) bot;

2️⃣ @pikabubestbotko‘ngilochar Pikabu saytidan eng yaxshi postlarga obuna boti;

3️⃣ @deagle_botbugungi kun bilan bog‘liq barcha bayram va tarixiy voqealarni biladigan bot;

4️⃣ @MStickersBotistalgan matnni yuborsangiz, uni stikerga aylantirib beradi;

5️⃣ @top3000botinglizcha so‘zlarni o‘rganyapsizmi? Mana shu bot eng ommabop 3000 tacha so‘zning inglizchasini biladi;

6️⃣ @LifeHackerRuBotlifehacker.ru sayti navigatori, komiks va mushukchalari ham bor;

7️⃣ @sonnik_bottushlarga ishonuvchilar uchun ta’birchi bot. Tushingizga nima kirganini yozib yuborsangiz, uni ta’birlab beradi;

8️⃣ @cocktailbestbotkokteyllar retseptlarini, shuningdek, kayfiyatingizga qarab kokteyl tanlab beradi;

9️⃣ @Photo_editor_botFotomuharrir: kadrni sozlash, rasmni aylantirish, turli effektlar qo‘shish, gardishga solish va boshqa funksiyalari bor;

1️⃣0️⃣ @JavaDocsBotdasturlashni o‘rganayotganlar uchun kerakli – Java bo‘yicha qo‘llanmalar;

1️⃣1️⃣ @docphpbotdasturchilar uchun yana bir bot, PHP funksiyalari bo‘yicha ma’lumotnoma;

1️⃣2️⃣ @transnow_botruscha-inglizcha va inglizcha-ruscha tarjimon. Inglizchadagi fraza shaklidagi fe’llarni yaxshi bilishi bilan ham tanilgan;

1️⃣3️⃣ @vk_botVKontakte tarmog‘i bilan integratsiya: do‘stlar, musiqa, videolar, guruhlar va fotosuratlar ro‘yxati bo‘yicha qidiruv;

1️⃣4️⃣ @synonim_botruschadagi biror so‘zni yuborsangiz, uning sinonimlarini jo‘natadi;

1️⃣5️⃣ @kinomanbotonlayn tarzda ko‘rish uchun serial yoki badiiy film tanlab beradi. Torrentlardagi yangi filmlar, kino olamidagi yangiliklar, shu mavzudagi o‘yinlar… – hammasi shu bitta botda;

1️⃣6️⃣ @InstaRusBotInstagramdan suratni ko‘chirib olishga yordam beradi;

1️⃣7️⃣ @ijokingbotKayfiyatni ko‘tarish kerakmidi? Mana shu botga istalgan matnni yuboring – javoban qiziqarli voqea yoki latifa jo‘natadi;

1️⃣8️⃣ @baneksbotso‘rovga ko‘ra latifa, latifalar bo‘yicha qidiruv, turli vaqt oralig‘ida mashhur bo‘lgan latifalar – mana shu botda;

1️⃣9️⃣ @accentsbotruscha so‘zlarda urg‘u qaysi bo‘g‘inga qo‘yilishini bilmay qiynalasizmi? Unda bu bot aynan siz uchun!

2️⃣0️⃣ @topdf_botmatnli yoki rasm-fayllarni PDF formatiga o‘girib beradi. Ruscha tili yo‘q, ammo til kerak ham emas – faylni yuborsangiz bas;

2️⃣1️⃣ @DrWebBotfayllar (10 MBgacha) va havolalarda viruslar bor-yo‘qligini tekshirib beradi. Biror virus xavfi bo‘lsa, Dr.Web saytidagi shu xavf haqidagi sahifaga yo‘llovchi havola beradi;

2️⃣2️⃣ @ytranslatebotinglizchadan ruschaga va aksincha yo‘nalishdagi tarjimon. Shunchaki, matnni yuboring – bot uning tilini aniqlab, narigi tilga o‘girib beradi;

2️⃣3️⃣ @mycookbotPazanda-bot. Sizda bor masalliqlardan kelib chiqib retsept tanlaydi va taom nomlariga ko‘ra retseptlarni topib beradi;

2️⃣4️⃣ @MyTeleCloudBotTelegramdagi cheksiz “bulutli” server. To‘g‘ri, messenjerda o‘zingizga xabar yuborish funksiyasi orqali ham fayllaringizni saqlashingiz mumkin. Ammo bu botda yana fayllarni toifalariga ko‘ra saralash imkoni ham bor;

2️⃣5️⃣ @AIPrismaBotApp Store va Google Play reytinglarida birinchi o‘rinlarni olgan Prisma ilovasining rasmiy boti. Fotosuratlaringiz va boshqa rasmlarni neyrotarmoqlar vositasida qayta ishlaydi, ularni mashhur rassomlar uslubiga solib beradi;

2️⃣6️⃣ @ya – mashhur Yandeks saytining rasmiy boti. Imkoniyatlariga ko‘ra eng zo‘r rusiyzabon bot. Uning yordamida Yandeksning istalgan servisidan biridan foydalansa bo‘ladi.

📝 DiMaX: Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​🌙 Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!
Kelayotgan Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin!
🕋

Bu kunlarga yetib kela olmagan iymon ahllarini Robbim o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin!

Duolar ijobat kunlarda Ollohim qalblarimizdagi ezgu niyatlarimizni o‘zi ro‘yobga chiqarsin!

O‘ylaganimizdan ko‘ra ham afzal maqomlarga erishtirsin!

Millatimizga ofiyat va taraqqiyot, xalqimizga baxt va saodat, peshvolarimizga haq va adolat, avomga insof va itoat, dinimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishda barchamizga hikmat va shijoat bersin!

Ollohim ilm talabida yurganlarga foydali ilm;
- befarzandlarga solih va soliha farzandlar;
- bemorlarga shifo;
- qarzdorlarga kushoyish;
- g‘ariblarga nusrat;
- mazlumlarga najot;
- musofirlarga omonlik;
- safardagilarga g‘animatlar;
- ummat orasiga ittifoqlik;
- dushman jamoalariga tafriqa, qalblariga ixtilof;
- olimlarimizga haybat;
- omilarimiz uchun olimlarga itoat;
- farzandlarimizga ilm, odob va ummat xizmati;
- ayollarimizga hayo va iffat;
- ota-onalarimizga uzun va saodatli umr;
- vafot etganlariga rahmat va mag‘firat ato etsin!

Robbim niyatlarimizga ixlos, duolarimizga ijobat, qalblarimizga samimiyat, aqllarimizga rushd, oqibatimizda xayr nasib etsin!

Omin! Omin! Omin, yo Robbal-olamiyn!

💐 Hurmat va ehtirom ila,
© IT-specialist kanali ma’muriyati
#mulohaza_uchun

😢 Stiv Jobsning o‘limidan oldin aytgan oxirgi so‘zlari...

Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs zamonamizning eng mashhur odamlaridan sanaladi.

Apple kompaniyasi ko‘plab pozitsiyalar bo‘yicha jahonning eng yetakchi o‘rinlariga ko‘tarilganiga qaramasdan, Jobs doimo oddiy va kamtar odam bo‘lib qolgan. Yaqinda uning shifoxona palatasida o‘limidan avval qoldirgan oxirgi maktubi chop etildi. Uning bu so‘zlari eng nozik qalb torlarini ham junbushga keltiradi.

“Men biznes dunyosidagi cho‘qqilarni zabt eta oldim. Ko‘pchilik mening hayotimni muvaffaqiyat timsoli deb ataydi. Biroq men tan olaman, ishimdan tashqari hayotimda uncha ham quvonchlarim ko‘p emas. Va umuman, boylik bu men turmushimda ko‘nikib qolgan bir voqelikdir.

Ayni paytda men shifoxona to‘shagida yotibman va butun hayotimni ko‘z o‘ngimdan o‘tkazmoqdaman. Men faxrlangan boylik va e’tirof bostirib kelayotgan o‘lim oldida o‘zining avvalgi qiymatini yo‘qotganini endigina anglamoqdaman.

Men qorong‘ulikda hayotni ta’minlovchi qurilmadan taralayotgan yashil nurga qaraganimda va o‘ziga xos mexanik tovushni eshitganimda, o‘limning yaqinlashayotgani va Tangrining nafasini sezmoqdaman.

Endi, menda yetarlicha pul bo‘lganda, hayotning boylik bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa masalalari haqida o‘ylash vaqti keldi...

Hayotda boylikdan bo‘lak boshqa muhimroq narsalar ham bor... Ehtimol bu kimdir uchun munosabatlar, kimdir uchun san’at yoki bolalikdagi orzudir...

Boylik ortidan doimo quvish odamni marionetkaga aylantirib qo‘yadi. Bu men bilan ham yuz berdi. Tangri biz yaqinlarimizga muhabbatimiz haqida gapira olishimiz uchun bizga tuyg‘ular berdi. Men hayotimda yiqqan boylikni o‘zim bilan narigi dunyoga olib keta olmayman. Men o‘zim bilan olib keta oladigan narsa bu faqatgina muhabbat bilan bog‘liq xotiralardir. Mana sizning ortingizdan boruvchi, sizga hamrohlik qiluvchi, sizga olg‘a borishga kuch beruvchi asl boylik nima.

Muhabbat katta masofalarni kecha olishga qodir. Hayotning cheki yo‘q. Siz erishmoqchi bo‘lgan cho‘qqilarga erishing. Qalbingiz chorlayotgan joyga boring. Bularning barchasi sizning qo‘lingizda.

Biz qo‘ldan boy bergan moddiy narsalarga yana erishishimiz, ishlab topishimiz, izlab topishimiz mumkin. Biroq bir narsa borki, biz uni yo‘qotsak, boshqa qayta topa olmaymiz. Bu hayotdir.

Hozir siz necha yoshda ekanligingiz va nimaga erishganligingiz ahamiyatsiz. Barchamizda bir kun parda tushiriladigan kun keladi...

Sizning xazinangiz – bu oilangiz, sevgan yoringiz, yaqinlaringiz, do‘stlaringizga bo‘lgan muhabbatingiz. Shunday ekan, bir-biringizni asrang. Boshqalar haqida g‘amxo‘rlik qiling”
, deb o‘z maktubini yakunlaydi Jobs.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​#surovnoma

🙋🏻‍♂️Aziz kanalimizning muxlis va muxlisalari!🙋🏻

Yaqinda Telegram tarmog‘idagi Aziz Gafurov ismli yosh yigit yurituvchi @tgcasher kanaliga ko‘zim tushib qoldi. Kanal rus tilida va uning nomi “Кэш в Телеге” bo‘lib, Telegram tarmog‘ida kanal yuritish va u orqali daromad qilish haqida foydali maslahatlar ulashib borishga bag‘ishlangan ekan.

Kanalning boshiga o‘tib, bir boshdan diqqat bilan o‘qib tushdim. Telegram ilovasini shunchaki kanallarni kuzatish, do‘stlar va yaqinlar bilan shaxsan va guruhlarda suhbatlashish uchun qulay vosita deb biluvchi ko‘pchilik insonlar uchun Telegram’ning yashirin imkoniyatlari haqida so‘zlab beruvchi kanal ekan.

Do‘stlar, mana masalan men IT-sohasiga qiziqqanim kabi, har biringizning ham o‘z qiziqadigan sohangiz, hobbiingiz bor. Mana shu qiziqqan sohangiz bo‘yicha aniq bir reja, ssenariy tuzgan holda kanal yuritishingiz va u orqali qandaydir pulli xizmatlar taqdim etgan holda daromad qilishingiz mumkin.

Shuning uchun menga bir g‘oya keldi, hamma ham rus tilini yaxshi tushuna olmasligini inobatga olgan holda, @tgcasher kanalida nashr qilingan foydali maqolalarni muallifning ruxsati bilan o‘zbek tiliga o‘girgan holda, kanalimda #telegramda_kanal_yuritish heshtegi ostida joylashtirib borishimga nima deysiz?

Agar bunga rozilik bildiruvchilar soni 500 nafardan oshsa, ushbu maqolalarni sizlar uchun tayyorlagan holda joylashtirib borardim. Safimizni kengaytirish maqsadida do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qilishingiz mumkin.

Xo‘sh, ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlaysizmi?
​​#mulohaza_uchun

IMHO - inglizcha In My Humble Opinion yoki In My Honest Opinion iborasining qisqartmasi, ya’ni o‘zbekchadagi “mening fikru ojizimcha” degani.

👨🏻‍💻@itspecuz & @xushnudbek
​​#maslahat

Belgilangan maqsadga erishish uchun 1️⃣1️⃣ kuchli maslahat.

1️⃣. Yozma tarzda fikrlang. Qog‘ozda aks ettirilmagan maqsad aslida mavjud emas hisob.

2️⃣. Maqsadni aniq: “nimani?”, “qayerda?”, “qachon?” va “qanday qilib?” savollariga javob bergan holda belgilang.

3️⃣. Maqsadni vaqt bo‘yicha chegaralang: vaqti belgilanmagan maqsad – bu shunchaki orzudir.

4️⃣. O‘z maqsadingizga erishishingiz Sizdan tashqari yana kim uchun foyda keltirishi haqida o‘ylab ko‘ring.

5️⃣. Maqsadni ijobiy shaklda, hozirgi vaqt bilan ifodalang.

6️⃣. Maqsadlarni quyi maqsadlar (maqsadchalar)ga bo‘lib chiqing, maqsadga erishishning batafsil ssenariysini tayyorlab oling.

7️⃣. Maqsad sari yo‘ldagi xatti-harakatlaringiz uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga oling.

8️⃣. Maqsadga erishishning oraliq natijalarini belgilab oling.

9️⃣. Maqsad haqida fikrlang, uning amalga oshirish vositalari haqida emas. So‘nggi manzilni belgilang va u tomon yo‘lga tushing.

1️⃣0️⃣. Kelajakdagi maqsadga erishgan obrazingizni yarating va ushbu obrazni o‘zingiz uchun muhrlab qo‘ying.

1️⃣1️⃣. O‘zingizni xuddi muvaffaqiyati kafolatlangan insondek tuting.

📝 Manba

👨🏻‍💻@itspecuz
​​🙋🏻‍♂Aziz do‘stlar, aka-uka, opa-singillar! 🙋🏻‍♀

Assalomu alaykum, Sizlarni buyuk O‘zbekistonimiz, jonajon Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi bilan chin yurakdan, samimiy tabriklaymiz.

Xonadoningizga tinchlik-totuvlik, oilaviy hotirjamlik, baxt-saodat, dasturxoningizga fayzu-baraka, omonlik, ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.

Buyuk Vatanimiz mustaqilligi abadiy, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin!

💐 Hurmat va ehtirom ila,
©IT-specialist kanali ma’muriyati
​​#security #internet

🌐 Brauzerlarda parolni saqlamaslik uchun 3 sabab

Saytga kirish uchun parolni hadeb kiritmaslik uchun, uni brauzerda saqlab qo‘yish juda qulay, shunday bo‘lsa-da, uni keyinchalik unutib qo‘yish va kira olmay qolish ham mumkin, xo‘sh bu shunga arziydimi?

1️⃣. Qurilmani yo‘qotish yoki uning o‘g‘irlanishi

Hech kim o‘z qurilmasining, xoh u smartfon, planshet yoki noutbuk bo‘lsin, yo‘qotilishi yoki o‘g‘irlanishi va undagi saqlab qo‘yilgan parollarni kimdir tomonidan foydalanilishidan sug‘urtalanmagan. Bunday vaziyatda siz nafaqat qurilmangizni yo‘qotasiz, balki shaxsiy ma’lumotlaringizga erkin murojaat etish uchun kalitni qo‘sh qo‘llab topshirgan bo‘lasiz.

2️⃣. Viruslar

Xakerlar umumiy tarmoqqa viruslarni shunchaki tarqatib yuborishmaydi: Ular buni o‘ljaning qurilmasiga kirish huquqini qo‘lga kiritish uchun amalga oshirishadi. Ko‘pincha buzg‘unchilar shunchaki qurilmani nazorat qilishni qo‘lga kiritishadi, lekin bu parollardan erkin foydalanish uchun ham zamin yaratishi mumkin. Buning natijasida yovuz niyatli shaxs sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga bemalol kirib, ular bilan nimani xohlasa, shuni qilishi mumkin bo‘ladi.

3️⃣. Sizning atrofingizdagi insonlar

Yaqin insonlar, masalan oilangizdagilar yoki xonadosh qo‘shnilaringiz sizning ijtimoiy tarmoqlaringizga shunchaki qiziqish asosida kirib ko‘rish ishtiyoqini yenga olmasliklari mumkin, axir sizning akkauntingizga kirish oson – parol saqlanganku. Bundan hech qanday himoya yo‘q, biroq parolni shunchaki saqlamaslik va hech qanday qog‘oz parchalarida yozib qoldirmaslik buning oldini olishi mumkin.

Maslahat: Eslab qolinishi oson, lekin hayolga keltirib terilishi murakkab bo‘lgan parolni o‘ylab toping. Buning uchun tavsiya qilinadi:

- Harflar, raqamlar va maxsus belgilardan foydalanish;
- Bir paroldan ko‘p marotaba foydalanmaslik;
- Keng iste’moldagi so‘zlar va shaxsiy ma’lumotlardan foydalanmaslik.

Quyidagi maqolalarni ham o‘qib, ularga amal qilishni tavsiya etamiz:
1) https://t.me/itspecuz/2096
2) https://t.me/itspecuz/2100

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#surovnoma

🙋🏻‍♂️Kanalimizning aziz muxlis va muxlisalari!🙋🏻

Navbatdagi so‘rovnomamiz orqali sizning o‘z shaxsiy kompyuteringizda qanday operatsion tizim (OT)dan foydalanishingizni aniqlab olmoqchimiz.

Aksariyat oddiy foydalanuvchilar MS Windows OTdan foydalanganliklari uchun, uning qanday versiyasidan foydalanishingizni belgilab o‘tishingizni so‘raymiz. O‘z tajribamizdan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, ushbu savol tinglovchilarga berilganda, ularning har biri ham ushbu OTning aynan qanday versiyasidan foydalanishini aniq ayta olmaydi.

Buni aniqlashning yo‘li esa oddiy, klaviaturadagi Win (ya’ni Alt klavishining yonidagi bayroqcha) va R, (Win+R) klavishlari birgalikda bosiladi, bu orqali ochilgan “Выполнить” oynasining matn kiritish satriga winver (Windows Version) buyrug‘i kiritiladi va Enter klavishi yoki OK tugmasi bosiladi. Ochilgan oynada MS Windows’ning versiyasi keltirilgan bo‘ladi.

Xuddi biz uchun qiziq bo‘lgani kabi, sizga ham ushbu ma’lumot qiziq bo‘lsa kerak, deb umid qilamiz. Har holda tayyor statistika ko‘z o‘ngingizda, hech qanday o‘zgartirish va tuzatishlarsiz namoyon bo‘ladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#surovnoma

🙋🏻‍♂️Aziz do‘stlar, kayfiyatlaringiz qalay, sizni zeriktirib qo‘ymadikmi?🙋🏻

Navbatdagi so‘rovnomamiz orqali sizdan qaysi MS Office paketidan foydalanishingizni aniqlamoqchimiz.

MS Windows bilan bo‘lgandagi kabi, MS Office’da ham versiyasini aniq ayta olmasangiz, unda Win (Alt klavishi yonidagi bayroqcha) klavishini bosing (Пуск tugmasini bossangiz ham bo‘ladi), ochilgan tizimning Bosh menyusida qidiruv maydoniga Micro so‘zini kiriting, agar sizda MS Office paketi o‘rnatilgan bo‘lsa, unda misol uchun Microsoft Office Word 2010 yozuvli dastur yorlig‘i qidiruv natijasi sifatida paydo bo‘ladi, aynan shu versiyani so‘rovnomamizda belgilab o‘tsangiz bo‘ldi.

MS Windows’ning qaysi versiyasidan foydalanishingizni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan so‘rovnomamizda ham qatnashishni unutmang, sizdan bunga mas’uliyat bilan yondashishingizni so‘ragan bo‘lardik. Unutmang, sizning faol ishtirokingiz biz uchun muhim!

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#maslahat

☎️ 9 xonali raqam terish tartibi📱

2018 yilning 10 sentabridan mobil va simli aloqa tizimlariga 9 xonali raqamlash tartibi kiritilmoqda.

1️⃣. 9 xonali raqam terish:

«UMS» MChJ abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 97, 92 operator kodi)

«Unitel» MChJ (Beeline) abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 90, 91 operator kodi)

«Coscom» MChJ (Ucell) abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 93, 94 operator kodi)

UzMobile abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 95, 99 operator kodi)

«RWC» MChJ (Perfectum) abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 98 operator kodi)

“O‘zbektelekom” AK simli aloqa abonentlari raqamlarini terish - BC XXXXXXX (bunda BC –70, 71, 72, 73, 74, 75, 79, 61, 62, 65, 66, 67, 69 geografik kodi)

Alternativ simli aloqa abonentlari raqamlarini terish - BC XXXXXXX (bunda BC – 78 operator kodi)

Masalan, ilgari 0 597 100-00-00 terilgan bo‘lsa, endilikda 97-100-00-00 teriladi.

2️⃣. Quyidagi shaharlararo raqam terish tartibi bekor qilinadi:

0 ABC XXXXXXX (bunda ABC – geografik kod yoki operator kodi)
Masalan, 0 371 123-45-67

3️⃣. Xalqaro raqam terish tartibi qoladi:

O‘zR raqamini terish - 00 998 BC XXXXXXX / +998 BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi)

4️⃣. “O‘zbektelekom” AK ning simli tarmoqlari 9 xonali raqam terish tartibiga to‘laligicha o‘tkunga qadar 7 xonali abonent raqamlarini terish tartibi saqlanib qoladi

Toshkent shahar va Toshkent viloyati 30 sentabrga qadar to‘liq o‘tadi, qolgan hududlar bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.

5️⃣. Turli xil pereadresatsiyalarni o‘rnatish:

xalqaro fotmatda +998 BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi)

9 xonali formatda BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi)

6️⃣. SMS yuborish tartibi:

xalqaro fotmatda +998 BC XXXXXXX (bunda BC – operator kodi)

9 xonali formatda BC XXXXXXX (bunda BC – operator kodi)

📝 Manba

👨🏻‍💻@itspecuz & @xushnudbek