IT-USTOZ
290 subscribers
875 photos
2.7K videos
412 files
2.12K links
💡- IT bo'yicha bepul videodars va dasturlar
💡- IT dasturlari haqida ma'lumotlar
💡- Eng foydali saytlar
👨‍💻 Kompyuter bilimlari
Download Telegram
Forwarded from IT | Ishkal
Fences

🖥 Fences dasturi bu ish stolingizdagi papkalar, yorliqlar va boshqa fayllaringizni tartiblashda yordam beradi. Fences bilan ish stolingiz tartibli bo'ladi.

🎞 Videoda Fences programmasi imkoniyatlari ko'rsatib berilgan.

👉 Dasturni yuklab olish 👈

📍@it_ishkal - Har qanday muammoning решаласи!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖 Intel protsessorlari haqida ma'lumot

1. Protsessorlar oilasi. Ayni damda Intel protsessorlari 6 oiladan iborat.
Core - asosan stol kompyuterlarida ko'proq foydalanilib kelinadi. Sotuvda i3 avlodidan boshlanib, unchalik qiyin bo'lmagan vazifalar: ofis ishlari, video tomosha qilish yoki shunga o'xshash oddiy ishlar uchun mo'ljallangan. i5 o'rta darajadagi protsessorlar avlodi bo'lib, ancha murakkab dasturlar (montaj va dasturlash) bilan ishlashda qo'l keladi. i7 va i9 protsessorlari og'ir dasturlar bilan professsional darajada ishlashda foydalaniladi.
Xeon - asosan server kompyuterlarda foydalanilinadi.
Atom - netbuk yoki planshet kompyuterlarda qo'llanilinadi.
PENTIUM va CELERON - narxi arzon, ammo shunga qaramay o'rtamiyona og'ir dasturlar bilan ishlashga mo'ljallangan universal protsessorlar.
QUARK - kuchsiz va kam quvvat talab etuvchi protsessorlar, kichik elektron qurilmalarda ishlatilinadi.
2. Protsessorlar avlodlari. Hozircha Intel protsessorlari 11 ta avlodga bo'lingan.
Birinchi avlod (Nehalem) chiqarilgan yili - 2009
Ikkinchi avlod (Sandy Bridge) chiqarilgan yili - 2011
Uchinchi avlod (Ivy Bridge) chiqarilgan yili - 2012
To'rtinchi avlod (Haswell) chiqarilgan yili - 2013
Beshinchi avlod (Broadwell) chiqarilgan yili - 2015
Oltinchi avlod (Skylake) chiqarilgan yili - 2015
Yettinchi avlod (Kaby Lake) chiqarilgan yili - 2017
Sakkizinchi avlod (Coffee Lake) chiqarilgan yili - 2017
To`qqizinchi avlod (Coffee Lake Refresh) chiqarilgan yili - 2019
O'ninchi avlod (Comet Lake) chiqarilgan yili - 2019.
O'n birinchi avlod (Tiger Lake) chiqarilgan yili - 2021.
3. Intel protsessorlaridagi raqamlar ma'nosi. Siz Intel protsessorlari nomlarida uzundan uzoq raqamlarni ko'rgansiz. Ho'sh bular nimani anglatadi? Buni tushuntirishni i7 protsessori misolida ko'ramiz. Masalan, Protsessor nomida Intel® Core i7 8650 U turgan bo'lsin. Bunda,  Intel® Core - kompaniya brendi, i7 - protsessor oilasi, 8 - avlodi, 650 - protsessor seriya raqami, U - harf qo'shimchasi.
4. Intel protsessorlarida harf qo'shimchasi.
K - bu turdagi protsessorlarda turbo rejimi mavjud.
X - o'ta kuchli Intel protsessorlari.
M - mobil protsessorlar.
Q - to'rt yadroli.
H - kuchaytirilgan protsessor.
HQ
- yuqori grafikali mobil protsessor.
MX - kuchli mobil protsessorlar.
MQ, QM - to'rt yadroli mobil protsessorlar.
P - turbo rejimsiz va cheklangan grafikali.
S - kam quvvatli o'rta kuchli protsessor.
T - kam quvvatli kuchsiz protsessor.
L - kamquvvatli protsessor.
E - ona platada joylashgan protsessor.
QE - to'rt yadroli o'rnatilgan protsessor.
ME - mobil o'rnatilgan protsessor.
LE - kuchli o'rnatilgan protsessor.
U - noutbuk uchun kam quvvatli protsessor.
Y - noutbuk uchun kam quvvatli va kuchsiz protsessor.
R - kuchli grafikaga ega protsessor.

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan bilim oling
#lifehack

Rasmdagi shriftni aniqlashni o'rganamiz!

🔎 Rasmlar bilan ishlaydigan yoki veb-dasturchilar uchun ba'zan rasmda ishlatiladigan matnning shriftini aniqlash kerak bo'ladi.

🌎 Ushbu muammoni hal qilish uchun WhatTheFont sayti mavjud. Rasmni yuklang, matn bilan maydonni ajratib ko'rsatish uchun ramkadan foydalaning va “➞” tugmasini bosing.

🙌 Birozdan so'ng sizga rasmda ishlatilgan shriftga imkon qadar o'xshash shriftlar ro'yxati beriladi. Siz 100% moslikni topishingiz ham mumkin.

Sayt manzili: myfonts.com

Manba

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan barchasi oson
Forwarded from Abdusattor
🔑 Qo’lingizdagi imkoniyatdan foydalaning!

Kasb tanlash va noaniqlikdagi tanlovlar.

Obuna bo’ling 👉 @abdusattor
Biz "Активируйте Windows" yozuvini abadiy olib tashlaymiz 😉

💻Agar siz Windows-ni qayta o'rnatgan bo'lsangiz, lekin sizda aktivatsiya kodingiz bo'lmasa, sinov muddati tugagandan so'ng, ekranda litsenziyani sotib olish haqida bildirishnoma paydo bo'ladi. Yaxshiyamki, bu xabarni bir necha marta bosish orqali olib tashlashning bir usuli bor: ↘️

Qidiruvga CMD kiriting, sichqonchaning o'ng tugmachasini bosing va buyruq satrini administrator sifatida ishga tushiring.

"bcdedit / set testsigning off" buyrug'ini kiriting.

Kompyuterni qayta ishga tushiring.

Shu bilan o'ng burchakdagi yozuv yo'qoladi💪

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan barchasi oson
#foydali_botlar
👨‍🎨 Grafik dizaynerlar va shu kasbni o'rganishni xohlaganlar uchun #tavsiya

Hozirgi kunda grafik dizayn sohasi jadallik bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa, ular yaratayotgan dizayn katta daromad keltiryapti.

@DizaynResursBot — telegramdagi dizaynga oid o'zbekcha va yagona platforma bo'lib, sizga quyidagilarni taqdim etadi:

➞ O'zbekcha video darslar va dasturlar
➞ Sifatli rasmlar va mokaplar
➞ Top shriftlar va foydali manzillar
➞ Ish topish imkoniyati
➞ Premium fayllar

📍Manzil: @DizaynResursBot

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan barchasi oson
IT-USTOZ pinned Deleted message
💻 Sizni hamyonbop noutbuklar kutmoqda...

🧑‍💻 Hozirgi kunda ko'pchilik noutbuk uchun bozorlarga bormay, onlayn sotib olishni afzal ko'rmoqda. Sababi, ham vaqt ham pul tejaladi. Telegramdagi @noutbukcom kanali ham siz kabi xaridorlarga "shokolad" narxlarda noutbuklar tayyorlab qo'ygan.

🚚 Siz o'tirgan joyingizgacha yetkazib berish xizmati ham bor!

😍 Aytgandek bizning kanal nomidan aloqaga chiqsangiz "zo'rkuuu" deydigan chegirmalar qilib berishadi

👉 Kanalga marhamat: @noutbukcom
Forwarded from Temurbek Adhamov
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev instagram sahifasida ma’lum qilishicha, “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 12500 dan oshiq yoshlar zamonaviy kasblarni o’rganish uchun ro’yxatdan o’tgan.

Ularga ta’lim berish uchun 1044 ta o’quv markaz ro’yxatga olingan.

Yoshlar bepul ta’lim olishi uchun “Yoshlar daftari”ga kirgan yigit-qizlarga yil oxiriga qadar 2mlrd 645mln so’m ajratilgan.

Eslatib o’taman, Kelajak kasblari doirasida “Yoshlar daftari” ro’yxatida bo’lgan yigit-qizlar zamonaviy kasblarni 6 oy davomida mutlaq bepul o’rganishlari mumkin. O’quv markaz to’lovini Yoshlar ishlari agentligi va joylardagi hokimliklar to’lab berishadi.

***

“Kelajak kasblari” favqulodda ajoyib loyiha bo’lgan. Men yoshlardan ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishlarini, haqdor (kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan) yigit-qizlarga bu haqida aytishlarini so’rab qolaman!

Yoshlardaftari.uz orqali ta’lim olish uchun ro’yxatdan o’tish mumkin.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasiga loyiha uchun alohida tashakkurimni izhor qilaman. InshaAlloh bu loyiha orqali ko’p yigit-qizlar ish joyli bo’ladi…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3D dasturlarni o'rganib Abdusattorday bo'lishni istaysizmi?

🔥 O'z bazasida 3Ds Max, Blender, Maya va ZBrush bo'yicha BEPUL va SIFATLI darslarni jamlagan yangi loyihaga start berildi.

⚡️ Endi siz qisqa muddat ichida kasb o'rganib, jahon frilans bozoriga chiqish va oyiga 1500$ daromad topish imkoniga egasiz.

👉 Darslarga ulanish: 3D_School_Uz

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan barchasi oson
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kopirayting boʻyicha zaruriy koʻnikmalar

Kopirayting — reklama yoki marketingning turli shakllari uchun matn yozish.

SMMʼning muhim qismlaridan biri.

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan oson o'rganing
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sotiladigan kopirayt yozish

Sotiladigan matnlar tuzilishi va maqsadiga koʻra odatiy matnlardan farq qiladi.

Sifatli kopirayt yozish uchun esa, kitob va masterklaslar yetarlicha ilhom bermasligi mumkin.

Istalgan turdagi kopirayt, reklama matnlari yoki firma shiorlarini yozish uchun sizga self-study zarur.

Bunda oson mashq va fishkalar yordamida bilimlaringizni mustahkamlang.

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan oson o'rganing
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Co-Learning Academy - reklama matnlarida qo'llaniladigan formulalar - AIDA

Endi muhim formulalarni o'rganishni boshlaymiz.

AIDA - inglizcha Attention, Interest, Desire va Action so'zlarining jamlanmasi bo'lib, sotiladigan reklama matnlarida eng ko'p qo'llaniladigan formula hisoblanadi.

AIDA'ni amalda qo'llash va uning ahamiyati haqida mazkur va shundan keyingi darslarimizda o'rgatishda davom etamiz.

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan oson o'rganing
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sotiladigan matnlarda muhim atamalar - TOV

Tone of voice — brendning mijoz va hamkorlari bilan muloqot ohangi, uslubi.

U brendingizning o'ziga xosligini aks ettiradi, auditoriyangiz bilan muloqot qilishingizga yordam beradi va sizni boshqalardan ajratib turadi.

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan oson o'rganing
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SMM va kopirayting. Muhim formulalar - 4U

4U - inglizcha usefulness, uniqueness, ultra-specificity, urgency so'zlarining umumiy jamlanmasi bo'lib, sotiladigan matnlar yozishda ishlatiladi.

Kopiraytning muvaffaqiyatli ekanligi uning maqsadli yo'naltirilganligi, qisqa, aniq va ravonligiga bog'liq.

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan oson o'rganing
#kamera

Butun dunyo bo'ylab minglab kuzatuv kameralariga ega sayt

📎link: earthcam.com

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan oson o'rganing
Trenddan ortda qolmang

Hozirda web-site va ijtimoiy tarmoqlar uchun chiziladigan dizaynlarda 3D illustratsiyalarni ishlatish trend hisoblanadi.

Quyidagi platformalar orqali 3D shot'larni bepul yuklab olishingiz mumkin:

Freepik.com
Icons8.com
Free3dicon.com
Iconscout.com
Robinbobina.ru
Figma.com

#nuriddinoff_blog

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan oson o'rganing
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Divandan turmasdan Parij, London, Seul va boshqa o'nlab dunyo poytaxtlariga boramiz.

Eng zo'r Drive & Listen xizmatini toptik. Havolaga kirishingiz bilan, virtual mashinada o'tirasiz va dunyoning turli shaharlariga borib, mahalliy radio tinglay olasiz.

2022 yilda mablag'imiz yeta oladigan sayohat.😁

👨‍💻 @IT_USTOZ — bilan barchasi oson