IT specialist
10.5K subscribers
1.11K photos
484 videos
63 files
3.8K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Ish beruvchi sendan stajing 10 yillik bo‘lishi lozimligini talab etsayu, yoshing hali 20 ga ham to‘lmagan bo‘lsa... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Formulalarni yaratish uchun maxsus vositalar dasturning qaysi varaqa (вкладка)sida joylashgan?
Anonymous Quiz
25%
Главная
52%
Вставка
14%
Макет
8%
Ссылки
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #IT_humor

🔹Alijon: Ko‘chirishga berib turasanmi?
🔸Valijon: Ha, faqat birga-bir qilib ko‘chirma, xo‘pmi?

Natijada esa... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

🗑 Barcha keraksiz mobil ilovalarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?

Hozirgi keltirayotgan ko‘rsatmamiz kanalga bundan oldin nashr qilingan postimizning davomidir, joriy ko‘rsatma bilan tanishish oldidan ushbu ko‘rsatmamizga amal qiling.

Endi esa telefon xotirasini qanday qilib keraksiz ilovalardan tozalash borasida gaplashamiz.

1️⃣. O‘rnatilgan mobil ilova menejerini ochamiz.
2️⃣. Ortiqcha (keraksiz) ilovalar joylashgan bandlar ustiga bosib turgan holda birma-bir belgilaymiz.
3️⃣. Savatcha belgisi ustiga bosamiz.
4️⃣. Tizim oynasida chiqqan xabarga javoban o‘chirishga roziligimizni tasdiqlaymiz.

Sizning qurilmangiz tozalandi.

📌 Layfxak: aynan qaysi ilova ko‘proq joy egallayotganini anglash uchun qidiruv maydonidagi sozlamalar belgisi ustiga bosamiz va o‘lcham bo‘yicha saralaymiz.

ℹ️
Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish 🖥|💻

Windows'ni o‘rnatishga qaror qilganimizda, ushbu operatsion tizimning muayyan versiyasi asosida yuklanuvchi fleshkani yaratishimizga to‘g‘ri keladi.

Bundan ilgari biz operatsion tizim tarkibida keluvchi Buyruq satri (Командная строка), Rufus yoki UltraISO dasturlari orqali yuklanuvchi (operatsion tizimni o‘rnatish uchun xizmat qiluvchi) fleshkani yaratishni ko‘rib o‘tgandik. Bugun tizimga o‘rnatilgan PowerShell konsoli yordamida shunday fleshkani yaratish usuli bilan tanishamiz.

Boshlanishiga Windows diskining ISO-obrazini yuklab oling va hajmi 8 Gb'dan kam bo‘lmagan USB-saqlash qurilmasini kompyuterga ulang. Пуск menyusining qidiruv satriga powershell so‘zini kiriting va natija panelida odatda birinchi turuvchi PowerShell konsol dasturi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib Запуск от имени администратора'ni tanlang.

So‘ngra ochilgan konsol dasturi oynasiga ushbu buyruqlarni kiriting:

1️⃣. $Results = Get-Disk | Where-Object BusType -eq USB | Out-GridView -Title 'Select USB Drive to Format' -OutputMode Single | Clear-Disk -RemoveData -RemoveOEM -Confirm:$false -PassThru | New-Partition -UseMaximumSize -IsActive -AssignDriveLetter | Format-Volume -FileSystem FAT32.

2️⃣. Ulangan qurilmani formatlash uchun tanlang. OK tugmasini bosing, fleshkangiz FAT32 fayl tizimiga formatlanadi.

3️⃣. Windows disk obrazini virtual qurilmaga ulang. ISO kengaytmasi bilan tugaydigan ushbu fayl Windows 10'da odatda ustiga ikki marta bosilganida alohida virtual diskovodga ulanadi. Foydalanib bo‘lib uni ham haqiqiy disk o‘quvchi qurilmalar bilan bo‘lgandagi kabi Извлечь qilish mumkin.

❗️Windows 7'da fayl ustiga ikki marta bosib virtual diskka ulash imkoniyati qoida bo‘yicha mavjud emas, bu uchun UltraISO, Daemon Tools va shu kabi boshqa dasturlar alohida o‘rnatiladi.

4️⃣. Set-Location -Path "$($ISO):\boot"
bootsect.exe /nt60 "$($Results.DriveLetter):"
Copy-Item -Path "$($ISO):\*" -Destination "($Results.DriveLetter):" -Recurse -Verbose

Fayllarning nusxalanish jarayoni yakunlanishini kuting. Fleshkangiz Windows'ni o‘rnatish uchun tayyor!

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz ushbu ro‘yxatlarda: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #smartfon

🎣 Suvdan himoyalanish bo‘yicha IP68 standartiga ega smartfonlar ba’zida mana shunday zaruriy vaziyatlarda ham insoniyatga qo‘l kelishi mumkin.

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#excel

Ustunlar o‘rnini almashtiramiz (2-usul) 🧾

👉🏻 1-usul

Excel'da ustunlarning o‘rnini shuningdek qaynoq klavishlar yordamida almashtirish mumkin:

— 1-qadam
Sarlavhasi ustiga bosish orqali ma’lumotlar keltirilgan ustunni butunlay belgilaymiz va ustunni "kesib olish" uchun CTRL + X klavishlari birikmasini bosamiz.

— 2-qadam
"Kesib olingan" ustunni joylashtirish uchun kerakli ustunni tanlaymiz (bunda joylashtirilayotgan ustun belgilangan ustunning chap tomoniga joylashishi hisobga olinadi).

— 3-qadam
Ustun ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyusidan Вставить вырезанные ячейки bandini tanlaymiz (rasmda ko‘rsatilgan).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
Satrlar va ustunlarning sarlavhalarini har bir sahifada chop etish (Печать сквозных строк и столбцов)
Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Siz ham hech shu holatni kuzatganmisiz? 🙄

ℹ️ Salomatlikka oid mavzular keltirib o‘tilgan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#operatsion_tizim #video_kursatma

Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash 📆🧮

Windows operatsion tizimi tarkibida o‘rnatiladigan “Калькулятор” dasturidan ko‘pchilik foydalanuvchilar asosan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanishadi.

Ushbu dasturda qo‘shimcha tarzda ikki sana oralig‘ini ko‘rsatgan holda, ushbu sanalarning necha yil, oy, hafta va kunga farq qilishini yoki ma’lum bir yil, oy, kunni ko‘rsatgan holda, ma’lum bir sanaga nisbatan kunlar sonini qo‘shish yoki ayirish orqali qanday sanaga mos kelishini aniqlash mumkin. Ushbu video ko‘rsatmamizda shu haqida so‘z yuritiladi. 👆

📄 Kanalimizdagi matnli post ostidagi Batafsil... havolasi ustiga bosgan holda ushbu jarayon haqida o‘qib ko‘rishingiz ham mumkin.

🎞 @itspecuz_videos
#mulohaza_uchun #excel #IT_humor

MS Excel jadvaliga kiritiluvchi kasr sonlarni ifodalashda nuqta (.) va vergul (,) bilan bog‘liq doimiy dardlarimizdan biri... 🙄

📌 P.S.: Kasr sonlarni jadvalga kiritish paytida, butun sonni kasr sondan ajratuvchi belgi dastur interfeysi:
🇷🇺 rus tilida bo‘lganida — (,)
🇬🇧 ingliz tilida bo‘lganida — (.) ko‘rinishida keltirilishi o‘rinlidir.

Formulalarda ham atributlarni bir-biridan ajratish uchun:
🇷🇺 ruscha interfeysda — (;)
🇬🇧 inglizcha interfeysda (,) qo‘llaniladi.

Dastur interfeysi tilidan qat’i nazar, fayl tarkibidagi ma’lumotlar shunga mos tarzda ko‘rsatiladi.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

⌨️ Windows'dagi har bir ilova uchun klaviaturadan kiritish tilini alohida o‘zgaradigan qilamiz

Qoida bo‘yicha klaviatura tilini almashtirilishi global tarzda barcha ilovalar uchun amal qiladi, ya’ni ingliz tili tanlanganida siz har bir ochilib turgan oynada matnni inglizchada kiritasiz. Bir jihatdan bu qulay, chunki siz qaysi kiritish tili faol ekanligini doim bilib turasiz.

Boshqa tomondan, agar bir nechta oynada turli tillarda matn kiritishingizga to‘g‘ri kelsa, oynadan-oynaga o‘tgandan keyin boz ustiga tilni hadeb almashtirish diqqatimizni oshirishi va vaqtimizni olishi mumkin. Windows'da klaviatura uchun kiritish tili sifatidan tanlangan til faqat bir dastur doirasida amal qilishini sozlash mumkin.

Kiritish usulini tanlash uchun quyidagi qadamlar bajariladi:

1️⃣. “Параметры(WIN + I) → “Устройства” → “Ввод” bandlari bo‘ylab o‘ting.

2️⃣. Oyna ostida ko‘k rangli matnda keltiriluvchi “Дополнительные параметры клавиатуры” bandiga o‘ting.

3️⃣. “Позволить выбирать метод ввода для каждого окна приложения” bandini faollashtiring.

Endi kiritish tili boshqa oynalarga ta’sir o‘tkazmagan holda, faqat alohida oynaga nisbatan o‘zgartiriladi. Turli oynalarda turli tillarda hadeb tilni qo‘lda o‘zgartirib o‘tirish zaruratisiz matn kiritish mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Onlayn klaviatura trenajyorlari
Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish (Ratatype)
Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Punto Switcher dasturi
СОЛО на клавиатуре dasturi
Nimaga klaviaturadagi harflar alifbo tartibida emas?
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaga qaramay matn terishni o‘rganamiz: 1-qism | 2-qism
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Klaviaturadan kiritish tili (раскладка клавиатуры)ni qo‘shish yoki olib tashlash
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
Sichqoncha va klaviaturani bloklash
Smartfondan Wi-Fi sichqoncha sifatida foydalanish
To‘g‘ri yozish uchun 10 ta tavsiya
Klaviatura topilmadi (hazil post)
Telefon uchun lazerli klaviatura
Internetda kamroq vaqt sarflash ushun 5 maslahat
Ekranda ochilib turgan hujjat oynalari o‘rtasida tezkor o‘tish
Windows 10’da barcha oynalarni pastga tushirish va joyiga qaytarish
Windows 10'da oyna elementlarini boshqarish uchun foydali klavishlar birikmalari
Klaviaturadagi yorqinlikni boshqarish tugmalari ishlamasa nima qilish lozim?
Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?
Klaviaturadan sichqoncha sifatida foydalanamiz
Windows'da sichqoncha kursorini klaviatura yordamida boshqarish
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Unutilgan “Scroll Lock” klavishi
Caps Lock, Scroll Lock va Num Lock klavishlari bosilishida ovoz chiqishini sozlaymiz
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi yordamida ekran fragmentini rasmga olish
Windows'da “Залипание клавиш” funksiyasi qanday o‘chiriladi?
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #tarmoq #internet #security

📶 Wi-Fi tarmog‘ingizdan kim foydalanayotganini aniqlang

Qo‘shnilar yoki boshqa odamlar Wi-Fi parolini bilib olishlari va unga ulangan bo‘lishlari, siz esa bundan bexabar bo‘lishingiz mumkin. Bunday holatda esa tabiiyki Internet tezligi tushib ketadi.

O‘z tarmog‘ingizni nazorat qilishingiz uchun Fing ilovasini o‘rnatish yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Ilova Wi-Fi'dan pinhona foydalanishlardan himoyalaydi, yangi notanish qurilmalar haqida xabar beradi, Internet tezligini tekshiradi va tarmog‘ingizdagi sirli kameralarni aniqlaydi.

Shunday qilib, kimdir Wi-Fi tarmog‘ingizga kirishga muvaffaq bo‘lsa ham, siz uni darhol aniqlaysiz va o‘chirib qo‘ya olasiz.

📎 Fing Pro v12.0.2 mobil ilovasini yuklab olish.

📝 Manba: @trojan_anonym

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#internet #maslahat

Internetda kamroq vaqt sarflash ushun 5 maslahat 🌐

1️⃣. Har qanday havolaga bosishdan oldin o‘ylab ko‘ring (balki bu batafsil tanishish uchun unchalik muhim emasdir);

2️⃣. Brauzerning qaynoq klavishlaridan foydalaning:
CTRL + T — yangi varaqa (вкладка)ni ochadi;
CTRL + SHIFT + T — so‘nggi yopilgan varaqa (вкладка)ni qayta ochadi. Tasodifan kerakli sahifani yopib qo‘ygan paytingizda foydali;
CTRL + W | CTRL + F4 — joriy varaqa (вкладка)ni yopadi. Agarda brauzerda faqat bitta sahiga ochilgan bo‘lsa, u holda dastur oynasini yopadi;
CTRL + L — kursorni brauzerning manzil satriga o‘tkazadi;
CTRL + F — joriy sahifa bo‘ylab qidiruv satrini chaqiradi.
⌨️ Brauzerning qolgan foydali klaviatura birikmalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

3️⃣. Ochilgan varaqa (вкладка)lar miqdorini ko‘paytirib yubormang (har biri bilan tanishib chiqishim kerak, deb ortiqcha vaqt yo‘qotishingiz mumkin);

4️⃣. Foydalanilmayotgan oyna/varaqa (вкладка)larni fonga o‘tkazib turing yoki yoping;

5️⃣. Brauzerdagi joriy qidiruv tizimidan emas, balki Google'dan foydalaning (bu uchun qoida bo‘yicha boshqa sayt o‘rnatilib qolgan bo‘lishi mumkin, sozlamalarga o‘tib buni to‘g‘rilashingiz mumkin).

ℹ️ Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet

🚫🎞 YouTube'da video ijro etilishini bloklash

Agar YouTube videoxostingida turli musiqa to‘plamlarini tinglashni xush ko‘rsangiz, u holda videodagi ma’lumotlarning vizual tashkil etuvchilari sizga qiziq bo‘lmasligi mumkin. Boz ustiga ko‘pincha musiqa to‘plamlarini fon rejimida tinglashga to‘g‘ri keladi.

Agarda limitli Internet ulanishidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, u holda Google Chrome brauzeri uchun Music Mode for YouTube kengaytmasi sizga yordamga keladi.

U butunlay video qatorni olib tashlab, faqat ovozni qoldiradi. Videoni yuklab olish uchun trafik ham endi mos tarzda talab etilmaydi, faqat audio qator yuklab olinadi. Kengaytmalar orasida 🎶 ko‘rinishidagi belgini doimiy ko‘rinib turadigan qilib qadab qo‘yishingiz mumkin.

Kerakli to‘plam ishga tushirilganidan so‘ng kengaytmadagi surgichni On holatiga o‘tkazib, ENTER'ni bosganingizda video qator ketib, uning o‘rnida kengaytma nomi qora fonda ko‘rinib turadigan bo‘ladi. Videoni bevosita tomosha qilish xohishi yuzaga kelganida kengaytmadagi surgichini yana Off'ga o‘tkazib, ENTER'ni bosgan holda pleyerga video qatorni qaytarish mumkin.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma
Youtube.com saytidan videoni yuklab olish
YouTube'da videoni tezkor izlash uchun buyruqlar
YouTube'da videoni kerakli joyidan ko‘rsatish
YouTube'dan videoning muayyan parchasini yuklab olish mumkinmi?
YouTube'dagi videodan GIF yaratish
YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!
YouTube’dagi barcha videolarni tomosha qilish uchun qancha vaqt ketadi?
YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul)
YouTube'da qancha vaqt sarflashingizni qanday bilish mumkin?
YouTube funksionalini Premium obunasisiz kengaytirish
Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
YouTube qaynoq klavishlari
YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
YouTube'dagi videodan audioni MP3 formatida qanday yuklab olish mumkin?
YouTube URL-manzillari bilan foydali tryuklar
YouTube kontentini tartibga solish
Brauzerda videoning qotib ishlashi
Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?
YouTube'ning ko‘zga ko‘ringan yulduzlari qancha mablag‘ to‘plashdi va buni qanday sarf qilishni maqsad qilishdi?
Qo‘shimcha dasturlarsiz har qanday saytdan videolarni yuklab olish uchun 10 universal servis
Google siz haqingizda nimalarni biladi?
Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi?
Filmdan parchani topish va yuklab olish
720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi?
Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati
Telegram’dagi “tasvir ichida tasvir” funksiyasi
Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
Mobil ilovalar:
NewPipe
Snaptube
YouTube Vanced
YouTube-kanallar:
Bolalar uchun
Kompyuter Akademiyasi
Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati:
1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#security

💰 Ethereum kriptovalyutasidagi kamchilik va uning bartaraf etilishi

Oq xaker Jey Friman ixtiyoriy miqdordagi Ethereum kriptovalyuta tokenlarini yaratishga imkon beruvchi muhim xatolikni aniqladi. Ayni paytda bu imkoniyatning oldi olingan.

Frimanning tushuntirishicha, xatolik hujum qiluvchiga Go Ethereum vositasining Optimistic Virtual Machine (OVM) 2.0 forkidan foydalangan holda pullarni nusxalash imkonini bergan. Kashfiyoti uchun Friman "bounty-hunterlar" tarixidagi eng katta mukofot — 2 million dollarni qo‘lga kiritdi.

📝 Manba: @tbite

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi
Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 Debian — uy serveri uchun

Uy serveri ko‘p maqsadlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Masalan, ma’lumotlar va zaxira nusxalarini saqlash, torrentlarni yuklab olish yoki o‘zingizning o‘lchamsiz bulutli xotirangizni yo‘lga qo‘yish uchun.

Debian uy serveringizda yaxshi yashab keta oladi. Bu Ubuntu va boshqa ko‘plab Linux tizimlari uchun asos bo‘la olgan barqaror va konservativ distributivdir. U faqat eng ishonchli paketlardan foydalanadi, bu esa uni ajoyib tanlovga aylantiradi.

Afzalliklari: barqarorlik va ilovalarning katta to‘plami.

Kamchiliklari: o‘rnatilganidan so‘ng distributivni qo‘lda sozlash zarurati.

✔️ Alternativlari: Agar Debian siz uchun juda noqulay bo‘lib tuyulsa yoki uning omborlarida sizga kerakli bo‘lgan dasturiy ta’minot mavjud bo‘lmasa — Ubuntu Server'ni sinab ko‘rish mumkin. CentOSRed Hat Enterprise Linux'ga asoslangan, juda barqarorligi bilan ajralib turadi. Shu tufayli CentOS ko‘pincha tijorat tashkilotlarining serverlarida qo‘llaniladi.

📥 Debian'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🖥 Kanalimizdagi #operatsion_tizim heshtegi ostida Windows 11'ga oid nashr etilgan maqolalar ro’yxati bilan tanishing (6):

Bluetooth qurilmalarining zaryadi darajasi
Faol oynadan tashqari qolgan barchasini vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish
Windows 10'da torrentlar va “keraksiz” dasturiy ta’minotlarni bloklashni bekor qilish
Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
SSD va HDD xotiralar bir-biridan qanday farq qiladi?
Photoshop'ning ishlashini tezlashtirish
Klaviaturadan sichqoncha sifatida foydalanamiz
Windows'ning vazifalar panelidagi oynalar prevyusini kattalashtiramiz
Windows 10'da Wi-Fi'ni routersiz tarqatish
Noutbukning sensorli paneli uchun 10 ta ishora
Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Windows 10/11'da boshqa kompyuterni boshqaramiz
Windows reyestriga oid qiyosiy hazil
Windows 10'da ovoz balandligi tekislashuvini faollashtirish
Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
Windows 10 interfeysini soddalashtirish orqali uning ishlashini tezlashtirish
Klaviaturadan kiritish tili (раскладка клавиатуры)ni qo‘shish yoki olib tashlash
Ixtiyoriy hajmdagi fayl yaratish
Windows 7/8/8.1'lardagi odatiy rasmlarni tomosha qilish vositasini Windows 10/11'ga qaytaramiz
Ekran ortida g‘oyib bo‘lgan oynani ko‘rinadigan joyga olib chiqamiz
Windows 10'da Internet tezligini oshiramiz
• Windows (WIN) klavishi bilan bog‘liq foydali kombinatsiyalar to‘plami: 1-qism | 2-qism
Windows va operativ xotira yetishmovchiligi muammosi (IT-hazil)
WIN + X orqali chaqiriluvchi menyudagi Buyruq satri (Командная строка)
Vazifalar paneliga tizim indikatorlarini qo‘shish
Kompyuter sichqonchasining brauzer ilovasidagi funksiyalari
Windows'da sichqoncha kursorini klaviatura yordamida boshqarish
Windows'da dasturlarning ishga tushirilish tarixini olish
Windows 10 “Корзина”si uchun kreativ rasmchalarni sozlaymiz
Windows 10'da virtual xotira (файл подкачки)ni boshqa diskka o‘tkazish
Noutbuk batareyasining eskirganlik darajasini aniqlash
Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish
Windows 10'da internetga ulanish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tavsiyalar
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
Tarmoq parametrlarini qayta tiklash
Windows'da “Максимальная производительность” rejimini faollashtirish
Microsoft Internet Explorer'ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
Windows 10 kalkulyatori ishlamay qolsa nima qilish mumkin?
Klaviaturadagi yorqinlikni boshqarish klavishlari ishlamasa nima qilish lozim?
Windows'ning himoya tizimi (“Защита системы”) funksiyasini faollashtirish
Windows xotira kartasi (fleshka)ni formatlashni uddalay olmagan holatda nima qilish mumkin?
Smartfondan Wi-Fi sichqoncha sifatida foydalanish
Fayl joriy fayl tizimi uchun juda katta bo‘lsa nima qilish kerak?
“Yangi avlod Windows”i qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi
Windows 11 chiqishiga ishora: “Microsoft” ramziy post qoldirdi
Microsoft Windows 11'ni taqdim etdi
Windows 11 Compatibility Checker dasturi
Windows 10'dan Windows 11'ga yangilanish
Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish
“Mos kelmaydigan” kompyuterda Windows 11'ga yangilanish (1-usul)
Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
“Mos kelmaydigan” ShK'da Windows 11'ga yangilanish (3-usul)
Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
Windows 11'da “Пуск” tugmasini chap tomonga ko‘chirish
Microsoft eski shaxsiy kompyuterlarga Windows 11'ni o‘rnatishga ruxsat beradi
Rufus dasturi yordamida Windows 11 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish
Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)

📌 P.S.: Kanalga Windows 11 bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi | 3-qismi | 4-qismi | 5-qism.

💡Kanalga ulashilgan maqolalar bilan tanishing, tavsiyalarni amalda qo‘llab ko‘ring va do‘stlaringizni ham jalb eting! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
💿 Kompyuteringiz uchun operatsion tizimni Google'dan qidirib vaqt ketkazmang!

Shunchaki @UsefulOS_bot ga ulaning va Windows'dan Linux'gacha bo'lgan tizimlarning istalgan versiyasini bepul yuklab oling.

👉 Botni ochish: @UsefulOS_bot