IT Masters
44.7K subscribers
4.19K photos
2.01K videos
1.14K files
3.83K links
πŸ–₯ Axborot texnologiyalari kanaliga xush kelibsiz!

β€’ Video darslar β€” @BepulDarslarBot
β€’ IT kontentβ€” @MilliyTalimResursBot
β€’ Guruhimiz β€” @ITMastersUzChat
β€’ IT Testlar β€” @ITQuizzes

β€’ Reklama β€” t.me/techno_ads/13
Download Telegram
Instagramdagi eng boy yulduzlarning reklama narxlari e'lon qilindi.

β€’ Krishtianu Ronaldu (324 million obunachi) β€” 1,6 million dollar
β€’ Dueyn Jonson (260 million obunachi) β€” 1,5 million dollar
β€’ Ariana Grande (258 million obunachi) β€” 1,5 million dollar
β€’ Kayli Jenner (256 million obunachi) β€” 1,4 million dollar
β€’ Selena Gomes (250 million obunachi) β€” 1,4 million dollar
β€’ Kim Kardashyan (242 million obunachi) β€” 1,4 million dollar
β€’ Lionel Messi (245 million obunachi) β€” 1,1 million dollar
β€’ Beyonse (198 million obunachi) β€” 1,1 million dollar
β€’ Jastin Biber (188 million obunachi) β€” 1,1 million dollar
β€’ Kendall Jenner (180 million obunachi) β€” 1 million dollar

P.S: hammasida umumiy reklama sotib olsammikan-a? πŸ˜„

πŸ‘‰ @ITMastersUz | Manba
​​​​Texnologiya sohasida ayollarning nisbati qanday ko'rinadi?

1. 35 yoshdan katta ayollarning uchdan bir qismi hali ham kichik lavozimlarda.
2. 18 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan ayollarning deyarli 14 foizi 16 yoshga to'lmaganlarida kodlashni boshlagan.
3. GitHub: Ayollar tomonidan berilgan kod 78,6 % qabul qilingan, bu erkaklar yozgan koddan 4 % ko'proq degani.
4. Ayollar boshchiligidagi korxonalar erkak boshqaruvchilarga qaraganda uch barobar yaxshi ishlagan.
5. Texnik ma'lumotli bolali ayollarning deyarli yarmi o'z ishini tashlab ketadi.
6. 2016 yilda yirik universitetlarning CS(Computer Science) bitiruvchilarining deyarli 20 foizi ayollar edi.
7. Ayollar dunyodagi startaplarning 10% dan kamrog'iga egalik qiladi.
8. Buyuk Britaniyada har yili texnologiyada 100 000 yangi ish o'rinlari yaratiladi - ularning 14% ayollardir.
9. Ayollarning kiber kodli himoyadagi ulushi 14%.
10. Yevropadagi ayollar STEMga 11 yoshida qiziqishadi va 15 yoshida qiziqishlarini yo'qotadilar.

P.S.: Bizni kanalda ham nozik qo'llik koder qizlar va ayollar bo'lsa ajab emas.

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!
Menga endi nobel berishadimi? 😁

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!
Sizning telegram dekstop versiyangizda ham shunaqa muammo bo'lyaptimi?

P.S.: aytishlaricha yangi apdeyt ustida ishlashmoqda ekan dasturchilar...

@ITMastersUz
Pul uchun iymonini sotgan "adminlar"

Nega sarlavha bunday nomlandi deb o'ylaysiz?

β€” Sabab: Aksariyatimizni telegramda kanal yoki guruhimiz bor yoki shaxsiy o'quv kurslarimiz mavjud. Kimlardir esa SMM kompaniyalarda ishlaydi. Ammo shunaqangi "adminlar" borki, reklama uchun o'z kanalini yoki botini soxta obunachilari bilan sun'iy ravishda oshirib reklamalar qabul qilishni boshlaydi...

β€” Bundan ko'rinib turibdiki, kanal yoki botni qanday ko'tarilganini yolg'on ma'lumotlar bilan maqtagan "admin" o'z o'ljasini qo'lga kiritadi.

β€” U ahmoq "admin" (admin deyishga aslida noloyiq) o'zi yoki dasturchisini yo'ldan urib yaqin kunlarda yaratilgan botini 50-60mingta obunachisi bordek bezaydida, odatdagi mehnati bilan erishgan adminlarning reklama narxidan ancha arzon qilib olib, reklama sotadi.

β€” Tabiiyki, biz albatta arzoniga uchamiz ammo "arzonni sho'ravasi tatimas" degan gap bejizga emas...

β€” Bu gaplarni ancha kun yozolmadim, ammo bugun mana vaqti keldi! Kanal yoki bot uchun kontentni xatto o'zi topmasdan boshqa adminlarni mehnatini o'ziniki qiladi. Valijon Mahmudov bu kabi "adminlarni" β€” soyaga o'xshatgan..

β€” Ha soyalar... Man nimani xohlar edim, reklama berishda aldanib qolmang, pul uchun iymonidan kechgan odam ertaga borib xalqni ham sotishi turgan gap!

P.S: Telegramda adminlik faoliyatini yuritayotganimga ancha yillar bo'lgan va ko'plab loyihalar asoschisiman, shu sababli qaysi kanal yoki bot soxta yoki haqiqiyligini bila olmasangiz men bilan bog'laning sizni pulingizni havoga uchmasligi uchun beminnat yordamga tayyorman!
Ekraningiz uchun fon (@ITMastersUz).zip
5.4 MB
Ushbu zip arxiv ichida 4ta qizlar va yigitlar kompyuteri foni uchun rasmlar bor. O'zingizga maqulini foningiz uchun o'rnatib oling!

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa musiqaga moslab montaj qiladiganlarga besh ketaman πŸ’ͺ

P.S.: Music by Harry Potter edition 😁

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!
Kaspersky'dan 'hack' qilib bo'lmaydigan smartfon

πŸ›‘ Kaspersky labaratoriyasining bosh rahbari Eugene Kaspersky korporatsiya rahbarlari va xodimlari uchun ultra-maxfiylikka asoslangan smartfon ustida ishlayotganliklari haqida aytdi.

πŸ“± Smartfon KasperskyOS tizimida ishlaydi va unda SMS, email va internet mavjud bo'ladi, ammo ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib bo'lmaydi.

πŸ“… Smartfon shu yilning avgust oyida chiqishi va uning tizimini hech qaysi xaker buzib kira olmasligi ta'kidlandi.

©️ @ITvaTexnologiya

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!
no comment! πŸ˜…

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!
πŸ§‘β€πŸ’» Qaysi dasturlash tilini o'rganishim kerak? - juda ko'pchilikni qiynaydigan savol

β€’ Agar siz dasturlashni o'rganishni xohlasangiz lekin sizda qaysi birini birinchi o'rganish haqida idea yo'q bo'lsa unda albatta Python'dan boshlashingizni maslahat beramiz.

β€’ Hali yoshmisiz yoki farzandlaringiz yoki ukalaringiz dasturlash tilini o'rganishi xohlaysizmi? Unda ularga Scratch'ni maslahat beramiz.

β€’ Qiyinroq, lekin juda kuchli dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz? Unda C yoki C++ dasturlash tillarini o'rganing.

β€’ iOS uchun dastur yaratmoqchimisiz? Unda Swift'ni o'rganing.
β€’ Android OS uchun dasturlar yaratmoqchimisiz? Unda Java yoki Kotlin'ni o'rganing.

β€’ Sayt yaratish'ni xohlaysizmi? Unda HTML, CSS, Javascript, PHP'lardan boshlang.

πŸ˜‰ Xo'sh qaysi dasturlash o'rganmoqchisiz? Yoki o'rganayapsiz?

©️ @Universal_IT
#film #subtitle

engvideo.pro β€” ushbu saytda subtitrli inglizcha filmlar mavjud. Ingliz tilini o'rganuvchilar uchun ayni kerakli sayt!

πŸ’¬ Ingliz tilini qanchalik bilasiz?

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!
πŸ”₯ Auditoriya tahlilining natijasi: (10.08.2021 18:35)

πŸ“’ @ITMastersUz - 42118 ta obunachi

βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–

πŸ“‹ @ITMastersUz tafsilotlari

Javob qabul qilingan obunachilar: 37313 dan 42118 - 88,59%
πŸ“± Hozirda online: 1343 - 3.6%
πŸ€– Telegram botlar: 7 (0,02%)
πŸ’š Jonli obunachilar: 37306 (99,98%)
πŸ‘³β€β™‚οΈ RTL belgilar: 821 (2,2%)

(RTL β€” bu foydalanuvchi nomi turli xil tushunarsiz shriftdagi va arabcha nomlar)

πŸ‘ Oxirgi marta online bo'lgan obunachilar:
▫️ Har kuni kiruvchi obunachilar: 33242 (89,09%)
▫️ Haftada davomida kiruvchi obunachilar: 649 (1,74%)
▫️ 1 oy davomida kamyob kiruvchi obunachilar: 833 (2,23%)
▫️ Bir oydan ko'proq vaqtda kiruvchi obunachilar: 1239 (3.32%)

βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–

✏️ Ushbu statistika @crosser_bot tomonidan yaratildi!

βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–

Statistikani olishga ketgan vaqt: 22 minut.

Statistika kodi: #b3124a32fcab4e61aeb5d25e99f498cd
Telegram botdan qanday foyda bor?

β€” Telegram botlardan qanday foyda ko'rish mavzusi ko'pchilikka qiziq bo'lsa kerak! Quyida sizga tajribamdan chiqqan holda olgan foydalarimni misol tariqasida ko'rsataman!

Bot β€” ma'lum bir funksional xizmatlarni amalga oshiruvchi telegram menejer!

Afzalliklari:

1. Ko'p vaqt olmaydi
2. Doim o'zgartirish mumkin
3. Kontentni istalgan payt shakllantirasiz
4. Kanalga nisbatan obunachilar reaksiyasi kuchli
5. So'rov-javob tizimi
6. Tezkorlik

Foyda:

1. Reklama orqali (kunda 1-2 ta)
2. Kanal ulash imkoniyati ( biror bir bot sohasiga yaqin kanalni majburiy a'zolik orqali ko'paytirish pul evaziga)
3. Pullik kontentlar joylash
4. Donat ( bot rivoji uchun moddiy rag'batlar)

P.S: Shuni aniq ayta olamanki, agar sizda odamlarga foydasi tegadigan va hali hechkimni miyasiga kelmagan g'oya bo'lsa, uni tezda kodga aylantiringda telegram bot oching! ( bu haqida yana post yozaman)

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!
Sarmoyani to'g'ri tanlash β€” Forbes jurnalida boylar qatoridan joy olishdek gap!

1999 yilda:
dollar 7 rublga teng bo'lagan. Agar siz 1000 dollarni 7 ming rublga sotib olganingizda, bugun 75 ming rublga egalik qilishingiz mumkin bo'lar edi!

2012 yilda: Bitcoin narxi 5 dollarni tashkil qilgan. Agar siz 5 bitkoinni 5 dollarga sotib olganingizda, hozirda siz 21 170 000 rubl boylikka ega bo'lar edingiz.

2017 yilda: Tesla narxi 41 dollar bo'lgan. Agar siz Teslaning 10 ta aksiyasini 410 dollarga sotib olganingizda, bugun 7000 dollarni "bosib" bo'lar edingiz.

2021 yilda bozorda bir necha yil ichida 100 barobar o'sadigan ko'plab kompaniyalar, kripto valyutalar mavjud. Lekin biz ularni qanday hisoblashni bilmaymiz. Ammo boylar buni tushunishadi. Shuning uchun ularning kapitali o'sib bormoqda, aholi esa buni hali tushunib yetgani yo'q va o'tkazib yuborilgan imkoniyatlardan afsuslanmoqda.

P.S: Siz "sarmoya kiritish" degan tushunchaga qanday qaraysiz?

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!
Ruscha va inglizcha subtitrli kinolarni kim so'rayotgan edi?

https://subtitry.su/ β€” bu saytda siz ruscha va inglizcha subtitrli filmlarni HD sifatda tomosha qilishingiz mumkin. Eng qizig'i kinolarni barcha janrlarini topasiz.

P.S: Kinolarni yuklab olib bo'lmaydi, online ko'rasiz, shuning uchun trafik "simidan" bo'lsin!

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!
Foydang tegsa qanday yaxshi! 😎

@BepulDarslarBot β€” loyihamiz yaratilganiga yarim yildan oshganiga qaramay, o'zida 50 ga yaqin bo'limlar va 1500 dan ziyod bepul video darslarni jamladi va shu kungacha 70.000 ga yaqin obunachilar ro'yhatdan o'tdi!

@FoydaliDasturBot β€” bu loyihamiz yaratilganiga hali 3 oy bo'lmadi ammo hozirda 20.000 ga yaqin obunachilarni o'ziga a'zo qilib kompyuter va smartfon uchun dasturlarni o'zida jamladi!

P.S: Shu loyihalar orqali kimlargadir yordamimiz tegayotgan bo'lsa demak biz to'g'ri yo'ldamiz!

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!
Telegram ilovasi

β€” Bizning ilovalarimiz ochiq manbali va takrorlanadigan tuzilmalarni qo'llab -quvvatlaydi. Bu shuni anglatadiki, har kim GitHub-dagi bizning kodimizdan foydalanib App Store yoki Google Play -dan yuklab olingan ilovalarni yaratish uchun ishlatishi mumkin .

β€” Bunga misol sifatida Plus messenjerini yoki Telegraph ilovasini olishimiz mumkin. Prinsip telegram bilan bir xil, ammo qo'shimcha funksiyalar va dizayn o'zgargan bo'ladi. ( kod ochiq manbali bo'lgani uchun telegramni norasmiy ilovalari ko'p)

Mobil ilovalar

πŸ“² Android uchun telegram
πŸ“² IPhone va iPad uchun Telegram

Shuningdek , ushbu kanaldan Android uchun Telegram -ning so'nggi versiyasini yuklab olishingiz mumkin .

Kompyuter uchun ilovalar

πŸ’» Windows/Mac/Linux uchun Telegram
πŸ’» MacOS uchun telegram

Veb -ilovalar

🌐 Telegram WebK
🌐 Telegram WebZ

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!
Bu shunchaki xazil πŸ˜…

πŸ‘‰ @ITMastersUz β€” IT'shniklar planetasi!