IT-HOOPS
6 subscribers
6 photos
6 links
This is a test from IT-HOOPS
Download Telegram
Channel created
IT kanallarning jadal rivojlanishi huddi poyga marafoniga o'xshaydi. Shu marafonda qatnashayotgan yana bir sifatli kanal borligini sizlarga e'lon qilib qo'ymoqchiman.

@Digital_inform - bu kanal sizga zamon bilan hamnafas IT yangiliklar, qiziqarli saytlar, g'aroyib faktlar-u foydali ma'lumotlarni ulashib boradi.

P.s: Bozorda olmani maqtovini eshitgandan ko'ra, bitta olib tishlab, yeb ko'rgan yaxshi. 😁

Nima deganimni tushunganlar uchun:
👉🏻 https://t.me/joinchat/UPyJvucbpeoJEBKG
​​FRONTEND va BACKEND

Front End
— bu brauzer o'qishi, yoki ekranga yoki ishlay oladigan narsalarning barchasi. Ya'ni, bu HTML, CSS va JavaScript.

HTML (HyperText Markup Language) — brauzerga sahifaning mazmunini, masalan, «sarlavha», «paragraf», «ro'yxat», «ro'yxat elementi» nima ekanligini aytadi.

CSS (Cascading Style Sheets) — brauzerga elementlarni qanday ko'rsatish kerakligini aytadi, masalan, «birinchi xatboshidan keyin 20 piksel» va «tana elementidagi barcha matnlar quyuq yashil rangda bo'lishi yoki Verdana shriftida yozilishi kerak».

JavaScript brauzerga yengil dasturlash tilidan foydalangan holda muayyan vaziyatlarga qanday javob berish kerakligini aytadi. Ko'pgina saytlar aslida ko'p JavaScript ishlatmaydilar, lekin agar siz biron bir narsani bossangiz va sahifaning tarkibi oq ekran yonib o'chmasdan o'zgarsa, demak, biron-bir joyda JavaScript ishlatilgan.



Back end — serverda ishlaydigan barcha narsalar, ya'ni «brauzerda emas» yoki «tarmoqqa ulangan kompyuterdan boshqa kompyuterga javob yozish emas»

Belgilash uchun siz serveringizda mavjud bo'lgan har qanday vositalardan foydalanishingiz mumkin (bu aslida xabarlarga javob berish uchun sozlangan kompyuterdir). Bu har qanday universal dasturlash tilidan foydalanishingiz mumkin degan ma'noni anglatadi: Ruby, PHP, Python, Java, JavaScript / Node, Bash. Bundan tashqari, siz MySQL, PostgreSQL, MongoDB, Cassandra, Redis, Memcached kabi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanishingiz mumkin.

#frontend #backend #programming


👉 @ITHOOPS
✅ Kecha bilimli edim, dunyoni o‘zgartirmoqchi edim,
Bugun aqilliman o‘zimni o‘zgartirmoqchiman
©Rumiy

✅ Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga o‘xshaydi. U bilan har kuni shug‘ullanib turish kerak.
© Charli Chaplin

✅ Bilim bu – maktabda o‘rgatilgan hamma narsa esingdan chiqib ketgandan keyin o‘zingda qolgan narsalardir. Savol berishdan to‘xtamaslik juda muhim. Qiziquvchanlik odamga bejiz berilmagan. Chegaralarini bir marta kengaytirgan idrok hech qachon eski joyiga qaytmaydi.
© Albert Eynshteyn

✅ Dunyo sizga nimadir qilib berishi kerak, degan fikrga aldanmang. U sizgacha ham bo‘lgan, sizdan qarzdor emas.

✅ O‘zingizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirmoqchi bo‘lganlardan uzoqlashing. Buyuk inson, aksincha, siz ham buyuk bo‘la olishingizga ishonch uyg‘otadi.
©Mark Them

✅Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang.—
© Koko Chanel
#motiv

Do‘stlarga ulashing👇👇
@ITHOOPS
👏2
Smm Mutaxasislari uchun foydali saytlar

▪️Smm Planer

Instagram va Facebook postlarini oldindan joylashni rejalashtirib qo'yish, postlarga yozilgan izohlarni kuzatib borish imkoniyatini beradi.

▪️Buffer

Postlarni joylash, postlar va tarmoqlarning yuritilish samaradorligini grafik orqali ko'rish, bir necha sahifalarni boshqarish imkoniyatini beradi.

▪️Parasite

Instagram va Facebook postlarini oldindan joylashni rejalashtirib qo'yish, postlarga yozilgan izohlarni kuzatib borish imkoniyatini beradi.

▪️Novapress

Kontentlar yuklash va yuklab olish imkoniyatini beradi.

▪️Hootsuite

Mijozlar bilan muloqot qilosh imkoniyatini beradi.

💬ITHOOPS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1🔥1
Assalomu alaykum hamma hammaga
Men hozirda iOS App Deveper (Swift) kursida o'qiyapman
Bugundan boshlab kanalimizga o'zimiz o'rganayotgan darslarni baham ko'ramiz😉
Aniqrog'i birga o'rganamiz

Ha aytgacha! Yaxshi narsalarni albatta yaxshi insonlarga baham ko'rish kerak😊
Sizlardan shunchaki kanalimiz haqida boshqalar ham bilishi uchun kanalimizni do'stalaringizga ham baham ko'rishingizni so'rab qolamiz)

IT-HOOPS - Biz bilan bir qadam oldindasiz🟢

Do'stlarga ulashing👇👇
@ITHOOPS
🔥67👍2❤1🥰1
iPhone Fold seriyasini ishlab chiqaradimi?

Oxirgi vaqtlarda mana shu savol ko'plab ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Buni to'g'ri deb o'ylayotganlar asosan iPhone Samsung kompaniyasiga taqlid qilmoqchi demoqda🧐

Ammo ko'plab insayderlarga ko'ra ushbu ma'lumot to'g'ri emas. Albatta iPhone 14 dan keyin kompaniya yangi seriyada o'zgartirishlar kiritmoqchi lekin telefonlarni Fold seriyasini ishlab chiqarish xozircha rejada yo'q deyilmoqda😎

Kanalga obuna bo'ling va iPhonechi do'stlaringizga ushbu postni ulashing‼️

P.s: Sizningcha Fold seriyasi iPhonega qanchalik mos tushadi⁉️
👍3❤1
Ilm oluvchiga 7ta maslahat

1. Eng boshida fundamental(asosiy) bilimlardan boshla. Shunda kelajakda qiynalmaysan. Bular: Aqida, Fizika, Arifmetika, Biologiya.

2. O’rganuvchining eng asosiy quroli — Nega? — Shu savolni doim ber. Javobini qidirish senga mavzuni chuqurroq tushunishga yordam beradi.

3. Bilimdan ham muhimrog’i: Anti-bilim. Ya’ni nimani bilmasligingni bilish. Biliming ortgani sari anti-biliming ham ortadi.

4. Ilm oluvchining eng katta xatosi: “Yozishim shart emas, eslab qolaman” — deb o’ylash.

5. Agar biror narsani 5 ta yoki undan kamroq gap bilan tushuntirib bera olmasang, seni uni tushunmabsan. Eng sodda tushuntira oladiganlar — mavzuni eng zo’r tushunadiganlar.

6. Normal o’rganish tezligiga misol: Shu mavzu haqidagi 1 yil avvalgi fikrlaring senga kulguli tuyulishi kerak.

7. Kitob, leksiya, videolar zo’r ilm manbai. Lekin eng muhim, hamma yerda topilmaydigan, ko’p foydasi tegadigan bilimlar og’izdan og’izga o’tadi.

@ITHOOPS
❤4👏1
Seni nima qutqaradi?

Tasavvur qil, sen oddiy ishchi (kambag’al) oilada tug’ilding. Nima deb o’ylaysan kelajakda boy (yoki hech bo’lmasa o’rtahol) qatlamga qo’shilish imkoniyating qanday?

Ko’pchilik qattiq mehnat qilsa, omadi kelib qolsa, tanishi bo’lsa boyib ketish imkoni hammada bor deb o’ylaydi. Lekin afsuski unday emas. Kambag’al bo’lib tug’ilganlarning o’rtacha atigi 7,5%i o’z moliyaviy ahvolini umirini oxirigacha o’zgatira olarkan.
Xo’sh bu 7,5% ni nima ajratib turadi? Ta’lim.

Qanday ta’lim bo’lishining ahamiyati yo’q. Qo’shimcha til bilish, onlayn kurslar, universitet, kasbiy ta’lim, dasturlash, amaliy ta’lim. Muhimi doimiy o’rganish va izlanish. Ha hozir zamon shunday. Eng ko’p pul ma’lumot assimetriyasi hisobiga topiladi (bu haqda yana yozamiz). Ya’ni qancha boy bo’lmoqchi bo’lsang shuncha ko’p bilishing va ko’p narsa qila olishing kerak.

Ortib qolgan har bir daqiqangni, har bir 1000 so’mligingni ta’limga tikar ekansan senga oz vaqt o’tib 10 (keyinchalik 100) barobar bo’lib qaytadi. 100 tadan 7,5 ta odam eplayotgan ekan, sen ham eplay olasan, ta’limga e’tibor bermasang 93 ta odamni orasida qolib, Turkiya dengizlarini faqat kinolarda ko’rib yurishga to’g’ri keladi.

“Tanishing bo’lsa bilim shart emas” dema. Puli bor odam sen bilan gaplashishi uchun yoki biliming yoki puling bo’lishi kerak. Juda bo’lmasa mashhur odamni kuyovi bo’lishing kerak. Oxirgi ikkitasi bo’lmagandan keyin e’tiborni ta’limga qaratish eng выгодный вариант.

@ITHOOPS
🔥4
#SWIFT dasturlash tilida GERON formulasi yordamida uchburchak yuzini hisoblash

Ketma-ket xatoliklardan keyin oxiri kod ishladi😅

by @Load_oFF ( Asilbek Baxshilloyev )
👍4
Butun umr o'rganishdan to'xtamaslik

1. Hayot teskari ketayotgan eskalatorga o'xshaydi. Bir joyda turibsan - pastga ketyapsan degani. Yurishni boshlasang bitta joyda turasan. Tepaga chiqish uchun esa yugurish kerak. Yugurish bu - katta tezlikda o'rganish.

Tez o'rganish nima degani?

2. Shu darajada tez o'rganishing kerakki, 6 oy oldingi ahvolingni ko'rib qo'rqib ketishing yoki hayron qolishing kerak. ~ Ilon Mask

3. Odam yangi narsani o'rganayotganda o'zini noqulay his qiladi. Juda tez o'rganayotganda esa qo'rqadi. Agar hozirgi qilayotgan ishing davomida qo'rqmayotgan bo'lsang, demak tez o'rganmayapsan. O'zingni qulay his qilayotgan bo'lsang, umuman hech narsa o'rganmayapsan.

4. Qo'rqayapsan, lekin hech nimani o'zgartirmayapsanmi? Unda bu beqarorlik, yoki beamallik, yoki ikkalovi.

5. Odam butun umr komfortda yura olmaydi. Hozir bemalollikda yurganing, faqat kelajakda havotir bilan yurish hisobigagina bo'ladi. Buning uchun maktab paytingdagi bezorilarning hozirgi ahvolini kuzatishing kifoya.

6. Xulosa: O'rganishdan to'xtama. O'rganish tezligingni o'zing qo'rqib ketadigan darajaga olib chiq. Komfortga tushib qolishdan ko'ra diskomfort bilan yashashga ko'nik.

7. Yuqoridagilar ham diniy ham dunyoviy bilimlarga taaluqli.

@ITHOOPS
❤3
Balki endi o’qirsan

1. Iqro. Musulmonlarga tushurilgan birinchi oyat.

2. Hayotimda nechta dono odam ko’rgan bo’lsam, ularda bitta umumiylik bor edi — ular juda ko’p o’qishadi. ~ Milliarder Charlie Munger

3. Barcha muvaffaqiyatim sabablarini boshlanish nuqtasi ko’p kitob o’qish bo’lgan. ~Investor Naval Ravikant

4. Yoshlarga tavsiyam: Ko’p kitob o’qing. Turli mavzularda. Nima qiziqtirsa barchasini o’qiyvering. Iloji bo’lsa ensiklopediyalardan boshlang. ~Ilon Mask

5. Ko’p kitob o’qish hayotingni qanchalar o’zgartirib yuborishini bilganingda edi, bo’sh paytingni hammasida o’qiyotgan bo’larding.

6. O’qimasdan ham yaxshigina yurganlar bor-ku! deysan. Ha bor. Yuztadan bitta. Senga bu foiz yetarlimi? Menga - yo’q.

7. O’qish shartmi? Video ko’rsa bo’lmaydimi? Bilim hammasi internetda-ku.

8. Eh soddaginam. Qani gap faqat bilimda bo’lsa. Ko’p kitob o’qish uchun: Intizom, maqsad, sabr, diqqatni yig’a bilish qobiliyatlari kerak.

9. Eng qizig’i sog’lom tana, baxtli oila, katta biznes, aqlli do’stlarga erishish uchun ham xuddi shu qobiliyatlar kerak. Demak ko’p kitob o’qigan odam kitoblarni o’zidan hech nima o’rganmasa ham yutaveradi.

10. Hmm, o’rgansa nima bo’larkin unda?

@ITHOOPS
❤3
Audio
#Sheriy_tabrik

🎓Barcha talabalarga bayram muborak!!!

👉 Barcha talabalarni "Xalqaro talabalar kuni" bilan muborakbod etamiz!

🟢Talabalik baxtiga erishganlar bor, erishmay orzu qilganlar qancha. Oltin davringizning qadriga yeting, barcha abituriyentlarga ham keyingi yil shu bayramni birgalikda nishonlash nasib qilsin!

🔵Talaba kursdoshlarga ulashib, bayram bilan tabriklashni unutmang.
👍4