IT Education Association
1.23K subscribers
826 photos
245 videos
533 links
🏢 Non-governmental non-profit organization focused on the development of education in the field of information and communication technologies
📝 info@ite-association.uz
☎️ +99855 511 07 77
☎️ +99877 707-00-66
☎️ +99890 037-99-29
Download Telegram
Faqat qizlar uchun!

"IT Star" tanloviga 50 dan ortiq arizalar kelib tushdi


Avval xabar berganimizdek
, IT ta'lim Uyushmasi qoshidagi IT Ladies hamjamiyati IT va unga yondosh sohalar bo‘yicha faqat qizlar uchun "IT Star" tanlovini o'tkazyapti.


🎚️Tanlovda iqtidorli loyiha menejerlari, marketologlar, dasturchilar, grafik dizaynerlar, IT rekruterlar va IT sohasi bilan bog'liq har qanday yonalishda faoliyat yuritadigan (jurnalistlar, yurist, talaba, o'quvchi, tadqiqotchi, muhandis va boshqalar) qatnashishlari mumkin.

✍️Anketani to'ldiring va tadbir qatnashchisiga aylaning:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeQbTsXLPdqIP2wbwFGvM07f50rXodllA7fhGr0Y2frFoLkUA/viewform

⌛️Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil, 1-may.

🎁G'oliblar 11-may kuni taqdirlanadi

⚠️ Tanlovda O‘zbekistonda yashovchi 12 yoshdan oshgan ayol va qizlar mutlaqo BEPUL ishtirok etishlari mumkin.

Iqtidoringizni namoyon etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!


Tanlovni do'stlaringiz bilan ham ulashing ⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UZINFOCOM tomonidan tashkil etilgan “Ustudy” IT o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

💬 Vazir ushbu tadbirdan maqsad “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da ko‘proq yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning o‘z ustilarida ishlab, kelgusida muvaffaqiyat qozonishlari uchun qo‘shimcha imkoniyat yaritishdan iborat ekanini ta’kidladi.


⚪️ “Ustudy” katta talabga ega mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori sifatli va hamyonbop ta’lim beradigan o‘quv markazi hisoblanib, unda kiberxavfsizlik, grafik va motion dizayn, shuningdek, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish (back-end va front-end) yo‘nalishlari mavjud.

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍3🔥1👏1
🤝Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasi vakillari IT ta’lim uyushmasiga tashrif buyurdi

IT ta’lim uyushmasida Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasi Raisi hamda hammuassisi Vladimir Norov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki uyushmaning sun’iy intellekt sohasidagi ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari, O‘zbekistonda startaplar akseleratsiyasi, ekotizim rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, hamkorlikda suniy intellekt sohasida jahon tajribasini o‘rganish, mahalliylashtirish va ta'limda implimentatsiya qilish, kelgusida hamkorlikda tadbirlar tashkil etishga kelishib olindi.

Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasining maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida sun’iy intellekt taraqqiyotga ko‘maklashishdan iborat.


Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling ⬇️

✝️ Telegram | ☮️ Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Qoraqalpog'iston yoshlari uchun zamonaviy kasblarda o'qish uchun ajoyib imkoniyat!

«Najot Ta'lim» o'quv markazi qoraqalpog'istonlik yoshlar uchun 200 ta grant e'lon qiladi.

Grant g'oliblari "Kelajak kasblari" loyihasi doirasida quyidagi yo'nalishlardan birida 1 yilgacha bo'lgan muddatda bepul ta'lim olishlari mumkin bo’ladi:

dasturlash;
grafik dizayn
SMM

Grantlardan 100 tasi o'quv markazning Toshkent filiali va qolgan 100 tasi Urganch filiali uchun ajratilgan.

⚠️Ushbu grantda "Kelajak kasblari" loyihasining talablariga mos bo'lgan barcha qoraqalpog'istonlik yoshlar qatnashishi mumkin.

➡️ Grantga nomzodlar IQ va ingliz tilidan imtihon asosida qabul qilinadi. Imtihonlar Toshkent, Urganch va Nukusda bo'lib o'tadi.

✍️ Grant uchun ro'yxatdan o'tish:

https://docs.google.com/forms/d/11tPA07rg38siG6Etrs6BO3MRAsobOBqlIvTnnKWuZUg/viewform?edit_requested=true

☎️ 78-888-9-888 | @aloqa_ntbot


Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling ⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2🤩2
#Zamonaviy_kasblar

SMM mutaxassisi: nimani bilishi kerak va qancha daromad topishi mumkin?

SMM (Social Media Marketing) – bugungi kunda mehnat bozorida talab katta bo‘lgan ushbu zamonaviy kasbning maqsadi ijtimoiy tarmoqlarda brendlarni targ‘ib qilish, samarali SMM strategiyasini ishlab chiqish, kontent yaratish va reklamalarni ishga tushirish va samarali targ‘ib qilishdan iborat.

Ushbu kasbga bo‘lgan talabning ortishiga Internet-marketingning jadal rivojlanishi sabab bo'ldi.

SMM mutaxassislari tomonidan ishlatiladigan ko‘plab vositalar mavjud, biz asosiylarini sanab o‘tamiz:

Rasmiy sahifa yaratish va uni targ‘ib qilish.
Interfaol tadbirlar o‘tkazish.
Axborot platformasini ishlab chiqish.
Umumiy reklama vositalaridan foydalanish.
Kompaniya vakillarining hisobini yuritish.
Mutaxassisning professionalligi turli reklama vositalaridan foydalanish qobiliyatini belgilaydi.

SMM menejeri kasbining afzalligi nimalardan iborat?

📈Talabning yuqoriligi.
💳Ish haqi.
🖼Ijodiy yondoshuv.
🎓Oliy ma’lumotga ega bo‘lish talabi yo‘qligi.
🚕Masofadagi ish.
📊Moslashuvchan jadval.

Mutaxassislikka o‘qish qancha vaqt va mablag‘ talab qiladi?

Kurs davomiyligi:
3-4 oy

💸Butun kurs davomida ta’lim olish narxi:

6 dan - 9 mln so'mgacha

👛SMM-mutaxassisining maoshi:

Boshlovchi – 1,5 mln – 5 mln so'm
Tajribali – 6 mln – 12 mln so'm
Bir nechta tashkilotda autsors faoliyat yuritayotga tajribali SMM mutaxassislar – 20 mln so'm + daromad olishi imkoniga ega

IT ta’lim uyushmasi bugungi kunda IT o‘quv markazlarida o‘qitilayotgan zamonaviy kasblar, qisqa muddatli kurslarda o‘qish orqali olish mumkin bo‘lgan daromadlar haqida ma’lumot berib boradi. Izohlarda o'zingizni qiziqtirgan yo'nalishlarni yozib qoldiring.


Materialni tayyorlashda hh.uz platformasi, Najot Ta'lim, Space Academy hamda Proweb o'quv markazlari ma'lumotlaridan foydalanildi.


Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling
⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#IT_talant

O’zbekistonlik qiz Saudiya Arabiston kompaniyasida masofadan dasturchi bo'lib ishlab daromad topmoqda

Sabohat Kalandarova — 2023 - yilda Toshkent Xalqaro Westminster Universitetini Business Information Systems yo'nalishini tamomlagan. Hozirda Saudiya Arabistonning Barq kompaniyasida middle front-end dasturchi bo'lib ishlab kelmoqda. Faoliyatini talabalik davrida Upwork platformasida frilanserlikdan boshlagan Sabohat top-rated Upwork Developer darajasiga chiqqan. Bugungi kunda esa Youtube kanalida yuzlab obunachilariga Upworkga kirish, frilanserlikni boshlash haqidagi bilimlarini ulashib kelmoqda.

Sabohat Polshada bo'lib o'tgan iqtiqbolli "Women in Tech" summitiga full-scholarship yutib, ishtirok etgan. Toshkent Xalqaro Westminster Universitetida o'qigan paytda ham full-scholarship g'olibi bo'lgan. Mamlakatimizda IT sohasida ayol, qizlarga yordam beruvchi, start-up'larni qo'llab-quvvatlaydigan "ICT for Girls" dasturida qizlarni start-up'larini boshlashga yordam beradigan mentorship'da qatnashgan va 5000$ grantni qo'lga kiritgan. Keyinchalik, IT sohasida ko'nikmasi bor qizlarga frilanserlikka kirish, ish topish bo'yicha "ICT for Girls" dasturida 2023-yilning yozida mentorlik qilgan. Bundan tashqari front-end yo'nalishi bo'yicha qizlarni o'qitib kelmoqda.

IT sohasiga kirib kelishidan avval bir qancha sohalarda o’zini sinab ko'rgan Sabohat yo'nalishini topishga qiynalayotgan yoshlarga "Venn diagrammasi"dan foydalanishni tavsiya qiladi. Bunda 3 ta doira chizilib, 1-o'zi yoqtiradigan soha, 2-o'zi juda yaxshi biladigan, qobiliyati bor soha, 3-esa nima bilan pul olib kelishi mumkinligi yoziladi.

O’z tajribasi haqida u shunday deydi:

"O'zim matematika, logika, ingliz tili, shularni birlashtirib qarasam IT'da ishlatiladi, shu bois IT'ni tanlaganman, o'qib ko'rganman, yoqqan, davom ettirganman. Hozirda AI (Sun'iy Intellekt), ML (Machine Learning) o’rganyapman. Kelajakda Machine Learning sohalarida ishlashni rejalashtiryapman"
👍25🔥127🥰3
Хотин-қизлар учун "IT Star" танлови ўтказилади

IT Ladies ҳамжамияти ҳомийлари билан биргаликда фақат қизлар учун мўлжалланган "IT Star" танлови учун рўйхатдан ўтиш бошланади. 40 та номинацияда ўтадиган лойиҳада IT соҳаси билан боғлиқ ҳар қандай йўналишда фаолият юритадиганлар иштирок этиши мумкин.

👉 https://kun.uz/kr/85847794

Kun.uz расмий канали
👍8
Siz allaqachon Midjourney, Kandinsky va matn so'rovi asosida tasvirlarni yaratuvchi boshqa xizmatlarni sinab ko'rgan bo'lsangiz kerak.

Ammo bu texnologiya hammasi emas: quyida sizga yordam beradigan yana bir neyron tarmoqni tanishtiramiz:

Fotoroom

Har qanday fonni o'chirish
imkoniyati
Photoroom old fonga e'tibor qaratadi va fon nima ekanligini aniq belgilaydi.

Yangi fon qo'shish afzalligi
Tasvirlar sun'iy intellekt yordamida yaratilgan — siz dengiz bo'yidan tortib har qanday tasvirdagi fonga istalgan narsani qo'shishingiz mumkin.

Obyektlarni o'chirish

Ta'tildagi fotosuratlaringizdan ortiqcha sayyohlarni yoki oshxona selfilaringizdagi tartibsiz idishlarni o'chirishingiz mumkin.

Bu qancha turadi: past sifat va burchakdagi logotip xizmatidan qoniqsangiz bepul. Premium xizmat esa pullik bo'ladi. Ushbu post bilan joylangan surat ham aynan mazkur xizmatdan foydalangan holda yaratilgan.

Tasvirlar bilan ishlash uchun yana qanday bepul xizmatlarni bilasiz? Izohda yozib qoldiring!

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍4🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qudratimizga shubha qilsangiz AyTishnik yoshlarimiz qilayotgan ishlarga boqing"

IT tadbirkor va investor Bobir Akilxanov bilan suhbatdan parcha
👍5🔥2
Raqamli texnologiyalar vazirligida "XXI asr bolalari" birinchi xalqaro bolalar teatr va IT festivali bo‘lib o‘tmoqda

Yosh ijrochilar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning teatr va ITga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida kuni kecha Raqamli texnologiyalar vazirligida teatr va IT xalqaro festivali boshlandi.

Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun Belarus Respublikasi, Ozarbayjon, Qalmog‘iston Respublikasi, Gruziya, Kipr kabi davlatlaridan 55 dan ziyod aktyor xamda rejissyorlar tashrif buyurgan. Festival doirasida ushbu Davlatlarning teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar namoyishlari, aktyor-rejissyorlarning innovatsion va qiziqarli chiqishlari, mahorat-darslari bo'lib o'tadi.

Festival san’at va AyTi sohasida yirik va ahamiyatli voqea bo‘lib, raqamli texnologiyalar sohasida ijodiy g‘oyalarni rivojlantirish, madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga va yosh iste’dodlar o‘rtasida ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Teatr tadbirlari O‘zbekiston Davlat yosh tomoshabinlar Teatri, O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri hamda IT Park binosida bo‘lib o‘tadi.
5👍3🔥1🤯1
😁10👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro bolalar teatr va IT festivalining ochilish marosimi qanday o’tdi?
👍81🔥1🥰1👏1🤩1👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
11-sinf o‘quvchisiga bir emas ikkita xorijiy davlatdan BI yo‘nalishida masofadan ishlash taklifi kelib tushdi

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 7-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Farrux Madraximovga bir yo‘la ikkita xorijiy davlat Tunis va Germaniyadan yuqori maoshli ish taklifi kelib tushdi.

Farrux bilan:

✔️uning muvaffaqiyatga erishish yo‘li;
✔️ish taklifi qayerdan va qay tarzda berilgani;
✔️“yiqilgan” suhbatlari;
✔️ Linkedin imkoniyatlari
hamda rejalari xususida suhbatlashdik.

Suhbat nafaqat Farruxning tengdoshlari balki IT sohasida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan barcha uchun foydadan holi bo‘lmaydi degan umiddamiz.

“IT sohasida ishlashni hech qachon hayolimga keltirmaganman, ota-onam ham bunga qarshi bo‘lishgan…”


#Kelajak_ITniki
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥53👏31👎1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida JOB & EDU FEST – mehnat va taʼlim yarmarkasi ham yoshlarimizni ham biznesni qo‘llashga qaratildi

Prezidentimiz tomonidan IT sohasiga alohida e’tibor qaratilishi tufayli yurtimizga ko‘plab xorijlik IT kompaniyalar kelib malakali kadrlar qidirishayotgani uchun yoshlarimizga yuqori daromad topish imkoniyatlari kengayib bormoqda.

Yoshlarimizdan esa faqat chet tillarini va masofadan xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan kasblarni o‘rganish, Linkedinda va boshqa ish topish platformalarida o‘zlarining portfoliolarini yoritib borish talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz:
- Linkedinda yarim milliondan ortiq masofadan ishlash mumkin bo‘lgan vakansiyalar mavjud: https://t.me/shshermatov/552

- Mahalliy ish topish saytlarida ham yuzlab vakansiyalarni ko‘rish mumkin: https://t.me/shshermatov/557

- Ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilgan yoshlarimizga IT sertifikatini olish va o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi: https://t.me/shshermatov/553

- ITni bepul o‘qishning boshqa imkoniyatlari ham bor: https://t.me/shshermatov/574

https://www.facebook.com/watch?v=335871545810937
👍7🔥1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amerikaning yirik kompaniyasida frilanserlik ortidan yuqori daromad topayotgan dasturchi o’z faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan

Munira Begmuratova bugun Amerikaning eng yaxshi dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar, dizaynerlar va moliya ekspertlaridan iborat global Toptal kompaniyasida katta dasturiy ta’minot muhandisi sifatida masofadan faoliyat olib boradi.

U o'z faoliyatini Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida moliya, biznes va matematika fakultetida katta o‘qituvchi bo'lib boshlagan.

Munira IT'da muvaffaqiyatli faoliyat yuritishimga bolalikda shaxmat va matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini sababchi deb biladi:

"Bizning sohada uzoq vaqt bir joyda fikrni jamlab o‘tira olish kerak, aynan shaxmat o‘yini menda shu hislatni tarbiyalagan"

— deydi u.

Maoshi haqida so'raganimizda Munira aniq javob berishni istamadi, biroq xalqaro kompaniyalarda frilanser sifatida dasturchilar 5 ming AQSh dollardan yuqori maosh olish imkoniyati borligini aytdi.

👉 To'liq intervyu ushbu havolada

Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling ⬇️

🔹Telegram | 🔹Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤‍🔥4🔥3🥰3🤩1👨‍💻1
Sovrin jamg'armasi 45 million so'm bo'lgan Eco-Xakatonda ishtirok eting!

IT Community of Uzbekistan 4-5-may kunlari o'tkazilayotgan IT Eco Fest xalqaro ekofestivali doirasida Xakaton o'tkazmoqda.

🌎Sovrin jamg'armasi 45 million so'm bo'lgan Xakatonda texnologiyalar yordamida dunyomizni ekologik toza qilishni istagan barcha mutlaqo BEPUL qatnashishi mumkin.

Biz qanday IT loyihalarini qidiramiz:

🌱 ekologik muammolarni hal qiluvchi — havoning ifloslanishi, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, ichimlik suvi yetishmasligi va boshqalar;
🧑‍💻 yaxshi ishlab chiqilgan — maqsad, vazifalar va amalga oshirish rejasini tuzgan;
🤝 amalga oshirish uchun hamfikr insonlarni va sheriklarni izlayayotgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya Vazirligi tomonidan eng yaxshi loyihalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin
— 20 million so‘m
2-o‘rin — 15 million so‘m
3-o‘rin — 10 million so‘m

G‘olib, shuningdek, festivalning bosh homiysi va bosh tashkilotchisi – Realsoft dasturiy ta’minot kompaniyasi bilan birgalikda o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Loyihangizni taqdimot formatida 3-may soat 10:59 ga qadar shaklni to'ldirib topshirishingiz mumkin — xakaton mutaxassislari barcha arizalarni baholaydilar va sizni 4-may kuni Astrum IT akademiyasida boʻlib oʻtadigan pitchingga taklif qilishadi.

Natijalar 5-may kuni kechki payt Markaziy bog‘dagi festival o‘tkaziladigan joyda e’lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👨‍💻1
IT Star tanloviga 700 dan ortiq arizalar kelib tushdi

IT ta'lim Uyushmasi qoshidagi IT Ladies hamjamiyati homiylari bilan birgalikda IT va unga yondosh sohalar bo‘yicha faqat qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "IT Star" tanloviga 700 dan ortiq arizalar kelib tushdi.

Ayni damda ariza qoldirgan ishtirokchilar bilan hakamlar hay’ati tomonidan suhbatlar tashkil qilinmoqda.

Suhbat jarayonida qizlarning nafaqat AyTi sohasida amalga oshirgan loyihalari balki ularning ijtimoiy hayotdagi faolliklari, til bilish ko‘nikmalari, kirishuvchanlik kabi jihatlariga ham e’tibor qaratilmoqda.

Eslatib o'tamiz, tanlov g'oliblari 11-may kuni 40 ta nominatsiya bo'yicha aniqlanadi.


Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling ⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍3🤩2