IT Education Association
1.23K subscribers
826 photos
245 videos
533 links
🏢 Non-governmental non-profit organization focused on the development of education in the field of information and communication technologies
📝 info@ite-association.uz
☎️ +99855 511 07 77
☎️ +99877 707-00-66
☎️ +99890 037-99-29
Download Telegram
IT Ladies Uzbekistan sizni IT nonushtaga taklif qiladi

IT Ladies Uzbekistan hamjamiyati IT sohasidagi barcha qizlarni motivatsion nonushtaga taklif qiladi.

Nonushta davomida ishga qabul qilishdan to biznesgacha bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga olgan mavzular:

karyerani qanday boshlash;
korporativ va biznes muhitida turli yo'nalishlarda o'zingizni muvaffaqiyatli rivojlantirish;
yangi loyihalarni amalga oshirish;
oila va ishni uyg'unlashtirish kabi mavzularda suhbatlar bo’ladi.

⌛️O'tkazilish vaqti: 2024-yil 21-aprel, soat 10:00 dan 11:30 gacha

Manzil: Benedikt, Nukus ko’chasi 31/2, VIP xona

🟢Ishtirok etish mutlaqo BEPUL (barcha tadbirlarimiz kabi), siz faqat qahvaxonada buyurtma qilganlaringiz uchun to'laysiz.

Ro’yxatdan ushbu havola orqali o'tasiz.


Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling ⬇️

✝️ Telegram | ☮️ Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
Forwarded from Sherzod Shermatov
Яхши хабар: камида 10Gb мобиль интернетга эга тарифларни ўртача ойликка нисбати бўйича Ўзбекистон Марказий Осиё давлатлари орасида энг яхши ўринда эканлиги эътироф этилди

Broadband Genie томонидан тузилган Мобиль маълумотлар ҳамёнбоплиги индексида (Mobile Data Affordability Index 2024) 179 та давлатларда ўртача ойлик ва камида 10Gb интернет ишлатиш ушбу ойликни қанча қисмига тўғри келиши таҳлил қилинган. Ўзбекистон бу кўрсаткич бўйича Марказий осиё давлатлари орасида энг яхши ва дунёда 43-ўринда деб топилган.

Ушбу жадвални 10Gb интернетни ишлатиш нарҳи (Mobile data cost) бўйича таҳлил қилинса бу кўрсаткичда Ўзбекистон дунёда 5-ўринда энг арзон мобиль интернетга эга эканлиги кўрсатилган.
👎3👍2
O‘zbekistonda ilk bor nodavlat IT o‘quv markazlarini reytinglash boshlandi

Ilk reytinglash jarayonida «Najot ta'lim” nodavlat o‘quv markazi qatnashdi

IT ta’lim Uyushmasi nodavlat va notijorat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan dastlabki baholash jarayoni zamonaviy kasblarga o‘qitadigan “Najot ta'lim” nodavlat o‘quv markazida amalga oshirildi.

Reytinglashdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistondagi xususiy o‘quv markazlari uchun yagona reyting tizimini ishlab chiqish, ularda xalqaro standartlarni joriy qilish hamda tahlilily ma’lumotlar bazasini shakllantirishdan iborat. Bundan tashqari mijozlar uchun nodavlat xususiy ta’lim tashkilotlari reytingini kuzatib borish imkoni yaratiladi.

Reytinglash natijalariga ko‘ra har yili eng yaxshi o‘quv markazlarini taqdirlash ham ko’zda tutilgan.

3 ta yo‘nalishda baholangan reytinglash natijalariga ko’ra Najot ta’lim” o’quv markazi quyidagi ko’rsatkichlarda yuqori natija qayd etdi:

IT kurslarining tashqi va ichki bozor talablari asosida tashkil etilganligi;

Bitiruvchilarning o‘qishdan keyingi karyera faoliyati tashkil etilganligi;

Xalqaro tajriba asosida dasrsliklardan foydalanilingan holda darslar olib borilishi.

Ayni damda «Najot ta'lim” o‘quv markazining respublika bo‘ylab mavjud 5 ta filialida 3000 dan ortiq o‘quvchi 5 xil yo‘nalishda 10 dan ortiq zamonaviy kasblarda tahsil oladi. O‘quvchilarining ishga joylashish ko‘rsatkichi o‘rtacha 90 foizni tashkil qiladi.

Xo‘sh, reytinglashda ishtirok etish markazga nima beradi? Eng avvalo barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ayni damdagi holatini bilib olish, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq tavsiyalar olish imkoniga bo‘ladi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, IT ta’lim Uyushmasi tomonidan markazning 10 nafar ustoziga Coursera xalqaro ta’lim platformasidagi zamonaviy kurslardan foydalanish uchun vaucherlar taqdim etildi.

Mazkur vaucherlar bilan Coursera platformasida mavjud 12 mingdan ortiq kurslardan birida 6 oy davomida bepul o‘qib, xalqaro toifadagi sertifikatni qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥53👏1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Najot ta’lim” nodavlat o’quv markazi asoschisi Temur Adhamov Nodavlat markazining reytinglash natijalari haqida

“Reytinglash yordamida faoliyatimizni yana bir bor tahlil qilib olish imkoniga ega bo’ldik”
🔥53👍3👏1🤩1
Faqat qizlar uchun!

"IT Star" tanloviga 50 dan ortiq arizalar kelib tushdi


Avval xabar berganimizdek
, IT ta'lim Uyushmasi qoshidagi IT Ladies hamjamiyati IT va unga yondosh sohalar bo‘yicha faqat qizlar uchun "IT Star" tanlovini o'tkazyapti.


🎚️Tanlovda iqtidorli loyiha menejerlari, marketologlar, dasturchilar, grafik dizaynerlar, IT rekruterlar va IT sohasi bilan bog'liq har qanday yonalishda faoliyat yuritadigan (jurnalistlar, yurist, talaba, o'quvchi, tadqiqotchi, muhandis va boshqalar) qatnashishlari mumkin.

✍️Anketani to'ldiring va tadbir qatnashchisiga aylaning:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeQbTsXLPdqIP2wbwFGvM07f50rXodllA7fhGr0Y2frFoLkUA/viewform

⌛️Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil, 1-may.

🎁G'oliblar 11-may kuni taqdirlanadi

⚠️ Tanlovda O‘zbekistonda yashovchi 12 yoshdan oshgan ayol va qizlar mutlaqo BEPUL ishtirok etishlari mumkin.

Iqtidoringizni namoyon etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!


Tanlovni do'stlaringiz bilan ham ulashing ⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UZINFOCOM tomonidan tashkil etilgan “Ustudy” IT o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

💬 Vazir ushbu tadbirdan maqsad “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da ko‘proq yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning o‘z ustilarida ishlab, kelgusida muvaffaqiyat qozonishlari uchun qo‘shimcha imkoniyat yaritishdan iborat ekanini ta’kidladi.


⚪️ “Ustudy” katta talabga ega mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori sifatli va hamyonbop ta’lim beradigan o‘quv markazi hisoblanib, unda kiberxavfsizlik, grafik va motion dizayn, shuningdek, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish (back-end va front-end) yo‘nalishlari mavjud.

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍3🔥1👏1
🤝Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasi vakillari IT ta’lim uyushmasiga tashrif buyurdi

IT ta’lim uyushmasida Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasi Raisi hamda hammuassisi Vladimir Norov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki uyushmaning sun’iy intellekt sohasidagi ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari, O‘zbekistonda startaplar akseleratsiyasi, ekotizim rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, hamkorlikda suniy intellekt sohasida jahon tajribasini o‘rganish, mahalliylashtirish va ta'limda implimentatsiya qilish, kelgusida hamkorlikda tadbirlar tashkil etishga kelishib olindi.

Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasining maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida sun’iy intellekt taraqqiyotga ko‘maklashishdan iborat.


Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling ⬇️

✝️ Telegram | ☮️ Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Qoraqalpog'iston yoshlari uchun zamonaviy kasblarda o'qish uchun ajoyib imkoniyat!

«Najot Ta'lim» o'quv markazi qoraqalpog'istonlik yoshlar uchun 200 ta grant e'lon qiladi.

Grant g'oliblari "Kelajak kasblari" loyihasi doirasida quyidagi yo'nalishlardan birida 1 yilgacha bo'lgan muddatda bepul ta'lim olishlari mumkin bo’ladi:

dasturlash;
grafik dizayn
SMM

Grantlardan 100 tasi o'quv markazning Toshkent filiali va qolgan 100 tasi Urganch filiali uchun ajratilgan.

⚠️Ushbu grantda "Kelajak kasblari" loyihasining talablariga mos bo'lgan barcha qoraqalpog'istonlik yoshlar qatnashishi mumkin.

➡️ Grantga nomzodlar IQ va ingliz tilidan imtihon asosida qabul qilinadi. Imtihonlar Toshkent, Urganch va Nukusda bo'lib o'tadi.

✍️ Grant uchun ro'yxatdan o'tish:

https://docs.google.com/forms/d/11tPA07rg38siG6Etrs6BO3MRAsobOBqlIvTnnKWuZUg/viewform?edit_requested=true

☎️ 78-888-9-888 | @aloqa_ntbot


Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling ⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2🤩2
#Zamonaviy_kasblar

SMM mutaxassisi: nimani bilishi kerak va qancha daromad topishi mumkin?

SMM (Social Media Marketing) – bugungi kunda mehnat bozorida talab katta bo‘lgan ushbu zamonaviy kasbning maqsadi ijtimoiy tarmoqlarda brendlarni targ‘ib qilish, samarali SMM strategiyasini ishlab chiqish, kontent yaratish va reklamalarni ishga tushirish va samarali targ‘ib qilishdan iborat.

Ushbu kasbga bo‘lgan talabning ortishiga Internet-marketingning jadal rivojlanishi sabab bo'ldi.

SMM mutaxassislari tomonidan ishlatiladigan ko‘plab vositalar mavjud, biz asosiylarini sanab o‘tamiz:

Rasmiy sahifa yaratish va uni targ‘ib qilish.
Interfaol tadbirlar o‘tkazish.
Axborot platformasini ishlab chiqish.
Umumiy reklama vositalaridan foydalanish.
Kompaniya vakillarining hisobini yuritish.
Mutaxassisning professionalligi turli reklama vositalaridan foydalanish qobiliyatini belgilaydi.

SMM menejeri kasbining afzalligi nimalardan iborat?

📈Talabning yuqoriligi.
💳Ish haqi.
🖼Ijodiy yondoshuv.
🎓Oliy ma’lumotga ega bo‘lish talabi yo‘qligi.
🚕Masofadagi ish.
📊Moslashuvchan jadval.

Mutaxassislikka o‘qish qancha vaqt va mablag‘ talab qiladi?

Kurs davomiyligi:
3-4 oy

💸Butun kurs davomida ta’lim olish narxi:

6 dan - 9 mln so'mgacha

👛SMM-mutaxassisining maoshi:

Boshlovchi – 1,5 mln – 5 mln so'm
Tajribali – 6 mln – 12 mln so'm
Bir nechta tashkilotda autsors faoliyat yuritayotga tajribali SMM mutaxassislar – 20 mln so'm + daromad olishi imkoniga ega

IT ta’lim uyushmasi bugungi kunda IT o‘quv markazlarida o‘qitilayotgan zamonaviy kasblar, qisqa muddatli kurslarda o‘qish orqali olish mumkin bo‘lgan daromadlar haqida ma’lumot berib boradi. Izohlarda o'zingizni qiziqtirgan yo'nalishlarni yozib qoldiring.


Materialni tayyorlashda hh.uz platformasi, Najot Ta'lim, Space Academy hamda Proweb o'quv markazlari ma'lumotlaridan foydalanildi.


Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling
⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#IT_talant

O’zbekistonlik qiz Saudiya Arabiston kompaniyasida masofadan dasturchi bo'lib ishlab daromad topmoqda

Sabohat Kalandarova — 2023 - yilda Toshkent Xalqaro Westminster Universitetini Business Information Systems yo'nalishini tamomlagan. Hozirda Saudiya Arabistonning Barq kompaniyasida middle front-end dasturchi bo'lib ishlab kelmoqda. Faoliyatini talabalik davrida Upwork platformasida frilanserlikdan boshlagan Sabohat top-rated Upwork Developer darajasiga chiqqan. Bugungi kunda esa Youtube kanalida yuzlab obunachilariga Upworkga kirish, frilanserlikni boshlash haqidagi bilimlarini ulashib kelmoqda.

Sabohat Polshada bo'lib o'tgan iqtiqbolli "Women in Tech" summitiga full-scholarship yutib, ishtirok etgan. Toshkent Xalqaro Westminster Universitetida o'qigan paytda ham full-scholarship g'olibi bo'lgan. Mamlakatimizda IT sohasida ayol, qizlarga yordam beruvchi, start-up'larni qo'llab-quvvatlaydigan "ICT for Girls" dasturida qizlarni start-up'larini boshlashga yordam beradigan mentorship'da qatnashgan va 5000$ grantni qo'lga kiritgan. Keyinchalik, IT sohasida ko'nikmasi bor qizlarga frilanserlikka kirish, ish topish bo'yicha "ICT for Girls" dasturida 2023-yilning yozida mentorlik qilgan. Bundan tashqari front-end yo'nalishi bo'yicha qizlarni o'qitib kelmoqda.

IT sohasiga kirib kelishidan avval bir qancha sohalarda o’zini sinab ko'rgan Sabohat yo'nalishini topishga qiynalayotgan yoshlarga "Venn diagrammasi"dan foydalanishni tavsiya qiladi. Bunda 3 ta doira chizilib, 1-o'zi yoqtiradigan soha, 2-o'zi juda yaxshi biladigan, qobiliyati bor soha, 3-esa nima bilan pul olib kelishi mumkinligi yoziladi.

O’z tajribasi haqida u shunday deydi:

"O'zim matematika, logika, ingliz tili, shularni birlashtirib qarasam IT'da ishlatiladi, shu bois IT'ni tanlaganman, o'qib ko'rganman, yoqqan, davom ettirganman. Hozirda AI (Sun'iy Intellekt), ML (Machine Learning) o’rganyapman. Kelajakda Machine Learning sohalarida ishlashni rejalashtiryapman"
👍25🔥127🥰3
Хотин-қизлар учун "IT Star" танлови ўтказилади

IT Ladies ҳамжамияти ҳомийлари билан биргаликда фақат қизлар учун мўлжалланган "IT Star" танлови учун рўйхатдан ўтиш бошланади. 40 та номинацияда ўтадиган лойиҳада IT соҳаси билан боғлиқ ҳар қандай йўналишда фаолият юритадиганлар иштирок этиши мумкин.

👉 https://kun.uz/kr/85847794

Kun.uz расмий канали
👍8
Siz allaqachon Midjourney, Kandinsky va matn so'rovi asosida tasvirlarni yaratuvchi boshqa xizmatlarni sinab ko'rgan bo'lsangiz kerak.

Ammo bu texnologiya hammasi emas: quyida sizga yordam beradigan yana bir neyron tarmoqni tanishtiramiz:

Fotoroom

Har qanday fonni o'chirish
imkoniyati
Photoroom old fonga e'tibor qaratadi va fon nima ekanligini aniq belgilaydi.

Yangi fon qo'shish afzalligi
Tasvirlar sun'iy intellekt yordamida yaratilgan — siz dengiz bo'yidan tortib har qanday tasvirdagi fonga istalgan narsani qo'shishingiz mumkin.

Obyektlarni o'chirish

Ta'tildagi fotosuratlaringizdan ortiqcha sayyohlarni yoki oshxona selfilaringizdagi tartibsiz idishlarni o'chirishingiz mumkin.

Bu qancha turadi: past sifat va burchakdagi logotip xizmatidan qoniqsangiz bepul. Premium xizmat esa pullik bo'ladi. Ushbu post bilan joylangan surat ham aynan mazkur xizmatdan foydalangan holda yaratilgan.

Tasvirlar bilan ishlash uchun yana qanday bepul xizmatlarni bilasiz? Izohda yozib qoldiring!

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍4🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qudratimizga shubha qilsangiz AyTishnik yoshlarimiz qilayotgan ishlarga boqing"

IT tadbirkor va investor Bobir Akilxanov bilan suhbatdan parcha
👍5🔥2
Raqamli texnologiyalar vazirligida "XXI asr bolalari" birinchi xalqaro bolalar teatr va IT festivali bo‘lib o‘tmoqda

Yosh ijrochilar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning teatr va ITga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida kuni kecha Raqamli texnologiyalar vazirligida teatr va IT xalqaro festivali boshlandi.

Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun Belarus Respublikasi, Ozarbayjon, Qalmog‘iston Respublikasi, Gruziya, Kipr kabi davlatlaridan 55 dan ziyod aktyor xamda rejissyorlar tashrif buyurgan. Festival doirasida ushbu Davlatlarning teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar namoyishlari, aktyor-rejissyorlarning innovatsion va qiziqarli chiqishlari, mahorat-darslari bo'lib o'tadi.

Festival san’at va AyTi sohasida yirik va ahamiyatli voqea bo‘lib, raqamli texnologiyalar sohasida ijodiy g‘oyalarni rivojlantirish, madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga va yosh iste’dodlar o‘rtasida ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Teatr tadbirlari O‘zbekiston Davlat yosh tomoshabinlar Teatri, O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri hamda IT Park binosida bo‘lib o‘tadi.
5👍3🔥1🤯1