IT Education Association
1.23K subscribers
826 photos
245 videos
533 links
🏢 Non-governmental non-profit organization focused on the development of education in the field of information and communication technologies
📝 info@ite-association.uz
☎️ +99855 511 07 77
☎️ +99877 707-00-66
☎️ +99890 037-99-29
Download Telegram
🎥3 kun davomida Xalqaro kompaniyalarga Oʻzbekistonning IT salohiyati namoyish etilmoqda

Xalqaro kompaniyalarga Oʻzbekistonning axborot texnologiyalari va autsorsing sohasidagi salohiyati, shuningdek, mamlakatga sarmoya kiritish uchun hukumat tomonidan yaratilgan imkoniyat va chora-tadbirlarni namoyish etish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan “Offshore Outsourcing Tour” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi.

📸 Tadbirdan fotolavhalarni tomosha qiling.

🟠 Ushbu tadbirni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin:

🎬 https://youtube.com/live/FCQSZcid7rA?feature=share

🔵 https://www.facebook.com/share/v/PCg7PjbSWayZ27xE/?mibextid=oFDknk


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UYDA FRILANSER SIFATIDA FAOLIYAT YURITGAN MADINA OTASIGA AVTOMOBIL SOVG‘A QILDI
———

«Bolaligimda tezroq katta bo‘lib ota-onamga yordam berishni orzu qilardim»

Madina Mavlonova GRAFIK DIZAYNЕR. U ish faoliyatini frilanser sifatida uydan olib boradi. Uning otasi zavodda elektrik, onasi esa bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlaydi.

"Ota-onam oila qurgach, hammasini birgalikda noldan boshlagan, mustaqil oila tebratib, bizni katta qilishgan. Ularning hayotdagi qiyinchiliklarini ko‘rganimda, tezroq katta bo‘lib, ularga yordam beraman deb orzu qilardim."


Madina Chirchiqdagi 5 maktabda, so‘ngra Texnika kasb-hunar kollejida tahsil olgan. Faoliyatini 17 yoshidan, kollejning 2 bosqichida o‘qiyotganida fotostudiyaga amaliyotga chiqib, suratlarni montaj qilishdan boshlagan.

“Ilk o‘qigan o‘quv kursim, dasturchilik bo‘lgan. O‘shanda ustozim Toshkentda imkoniyat ko‘proqligini aytib, poytaxtda ishlashimni tavsiya qilgan. Onamning qarshiliklariga qaramay, ulardan bekitib, suhbatga borib kelganman. Bilib qolgach menga uydan chiqishni umuman taqiqlab qo‘yganlar onam. Lekin Toshkentdan qo‘ng‘iroq qilib chaqirishganida so‘ng, otam o‘zlari birga borib ish joyimni ko‘rib, tanishgach Toshkentda ishlashga ruxsat berishgan».

ONAM 2 OY MЕNI DЕB IJARADA YASHAGANLAR...


«2021-yilda "Ma'no branding" agentligida o‘qishni boshlagan davrlarini shunday eslaydi. O‘qish 2 oy offlayn formatda bo‘lgan. Darslar kech soat 6 yarimdan 10 gacha davom etardi. Onam o‘shanda 2 oy ijarada Toshkentda yashaganlar. O‘zlari olib borib o‘zlari olib ketardilar».


AVTOMOBIL UCHUN 2 YILLIK PULIMNI JAMG‘ARDIM

«2020-yil pandemiya boshlagan paytlarda ota-onamning ishlari to‘xtagan, shunda uydan onlayn o‘tirib daromad topib, oilamizni tebratganman. Keyinchalik uyimizni ta’mirladim. 2022-yildan esa pullarimni otamga mashina olish maqsadida yig‘ishni boshladim va dadamga yangi Kobalt olib berdim».

Madina doimiy ravishda turli xorijiy kurslarda o‘qiydi. Xozir o‘zining ingliz tili bilimini yaxshilab, xizmatlarini chetga eksport qilishni rejalashtirmoqda.
👍53
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT Ta'lim Uyushmasi Yangi O'zbekiston universiteti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Uchrashuv chog'ida Uyushmaning Universitet talabalari uchun foydali bo'ladigan imkoniyatlar, jumladan, talabalar uchun Uyushmada tajriba orttirish, imtiyozli shartlarda onlayn kurslardan foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

🤝Suhbat so'ngida tomonlar hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib oldilar.

🏫 Universitetning Strategiya, ilmiy tadqiqotlar va hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Azizbek Shukurov IT Ta'lim Uyushmasi vakillarini talabalar kampusida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

#IT_education
#Hamkorlik

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏1
🎰LINKEDIN SAHIFAMIZ OBUNACHILARI SONI 2000 DAN OSHDI!

O'tgan vaqt mobaynida bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Bizni LinkedIn’da kuzatish uchun sabablar:

1️⃣Taʼlim va mehnat bozorida raqamli imkoniyatlarni kengaytirish;
2️⃣AKT sohasida faoliyat yurituvchi ta'lim tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash;
3️⃣AKT sohasida yagona sertifikatlashtirish tizimini joriy etish
4️⃣Universitetlar va maktablarning xalqaro reytingga chiqishi uchun intellektual va texnik yordam ko'rsatish;
5️⃣Yirik xalqaro taʼlim uyushmalari va jamiyatlari bilan aloqalar oʻrnatish.

Sahifamizni ko'plab insonlarga yetib borishi uchun yaqinlaringizga ham ulashishda davom etasiz, degan umiddamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🎉3🤩2
#IT_talant

17 yoshli farg‘onalik o‘quvchi biznesni raqamlashtirish loyihalari orqali jamoasi bilan 10 ming AQSh dollar daromad topdi

Asli Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan Hikmatillo Madaliyev dasturlash texnologiyalari yo‘nalishida o‘qib, hozirda frilanser sifatida faoliyat yuritayotgan yoshlardan.

Bugungi kunda yosh bo‘lishiga qaramay 4 kishidan iborat jamoasini shakllantirgan o‘quvchi IT sohasida yuqori daromad topmoqda.

Uning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishi 9-sinfda boshlangan. Dastavval Youtube ijtimoiy tarmog‘ida, keyinchalik bir qancha IT o‘quv markazlarda tahsil olgan Hikmatillo IT aynan uning kelajagi ekanligini 2020-yilda Farg‘onadagi Raqamli Texnologiyalar Markaziga kelib tushunib yetgan.

Hikmatillo ishchilar oilasidan. Uning otasi ustachilik qiladi, onasi esa uy bekasi. Oilada 4 o‘g‘ilning uchinchisi.

Hikmatillo asosan Mobile va Desktop ilovalar yaratish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek u o‘zi asos solgan kichik jamoasi bilan biznesni raqamlashtirish va savdo-sotiqni avtomatlashtirish bo‘yicha dasturiy ta’minotlar yaratib kelmoqda.

Hikmatillo o‘zining faoliyati haqida shunday deydi:


«Bugungi kunga qadar jamoamiz bilan 10 ga yaqin katta va kichik hajmdagi loyihalarni amalga oshirib, 10 ming AQSH dollaridan ortiq daromad topdik. Loyihalarimiz, savdo markazlari dasturiy ta’minotidan tortib, xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z ichiga oladi.
Aynan shu soha mening kelajagim ekanligini Farg‘onadagi Raqamli Texnologiyalar Markazida tahsil olgan chog‘imda tushunib yetganman. U yerdagi muhit va sharoit meni AyTi olamiga yanada mehr qo‘yishimga sabab bo‘lgan”.

Hikmatillo ayni damda kollejning 2-bosqichida tahsil olmoqda. U kelajakda o‘z IT kompaniyasini yaratmoqchi.

“Kelajakdagi eng katta maqsadlarimdan biri bu ota-onamni barcha orzulariga yetkazish”,

— deya so‘zlarini yakunladi u.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1
🎉IT Ta'lim Uyushmasi sizlarni Navro'z ayyomi bilan muborakbod etadi!

Hayotingiz tinchlik, osoyishtalik, baxtli onlarga, farovonlikka va saxovatga to'la bo'lsin.

Oilangizdan tinchlik xotirjamlik, qut-baraka arimasin. Umringiz hamisha yorqin, quvonchli va nurli laxzalar bilan o’tsin.

🌷 Bayramingiz muborak bo'lsin!

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
📢 "IT Ta'lim Uyushmasi" ishga taklif qiladi

⚡️Lavozim:
Taʼlim muassasalari bilan aloqalar boʻlimi mutaxassisi

💰 Maosh:
Suhbat davomidagi kelishuv asosida

📎 Nomzodga qo'yiladigan talablar:

- Oliy ma'lumot;
- Ajoyib muloqot va ishontirish qobiliyatlari;
- Mas'uliyat;
- Kamida 2-3 yillik ish tajribasi;
- Xalqaro va mahalliy tashkilotlar va birlashmalar bilan o'zaro manfaatli aloqalarni o'rnatish.

Asosiy ko'nikmalar:
- RUS-INGLIZ-O'ZBEK tillarini mukammal bilish;
- Kompyuter ko'nikmalari;

Shartlar:
- Ish vaqti: 5/2, 09:00 - 18:00
- Mehnat shartnomasi mehnat.uz saytida rasman ro'yxatdan o'tkaziladi

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
📲+998900379929
📧 Info@ite-association.uz (CV ni yuboring)

📍 Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Navnihol shoh ko‘chasi, Tepamasjid ko‘chasi, 4 A
👍4👎1🔥1
🔊 Aziz do'stlar, jamoamizga qo'shiling, ko'rgazma bo'yicha ish o'rinlari mavjud

⚡️Lavozim:
Sotuv menejeri

💰 Ish haqi:
Suhbat davomidagi kelishuv asosida

🧾 Vazifalari:

- Ko'rgazmalar, xalqaro forumlar, sammitlar va simpoziumlar sohasida ikki yillik tajribaga ega malakali mutaxassislar
- xalqaro tashkilotlarni jalb qilish imkoniyati
- Ko'rgazma maydonlarini sotish imkoniyati
- Ko'rgazma gidlari/tashrif buyuruvchilar xizmatlari vakillari
- Manzilga borib tadqiqot va tahlil qilish

📎 Talablar:

- Ingliz, rus tillarini mukammal bilishi va boshqa tillarni bilishi imtiyozli
- Kamida 2 yillik tajriba
- Ravon muloqot va ishontirish qobiliyatlari
- O'rganishga ochiqlik va o'sishga tayyorlik
- Kompyuter bilimlari
- Stressga chidamlilik
- Kechki paytlar va dam olish kunlarida ishlashga moslashuvchanlik

Shartlar:
- Ish vaqti: 5/2, 09:00 - 18:00
- Mehnat shartnomasi mehnat.uz saytida rasman ro'yxatdan o'tkaziladi

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
📲+998900379929
📧 Info@ite-association.uz (CV ni yuboring)
👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Dasturchi bo’lmasam o’zimni judayam yomon his qilaman...”

Kichik yoshidan IT sohasiga mehr qo’ygan navbatdagi qahramonimiz 13 yoshli dasturchi Nuraziz Narzikulov.

Nuraziz bugungi kunda Sirdaryo viloyati hokimligi uchun murojaatlar portalini yaratmoqda. U dasturlar yaratish va ularni sotish bilan shug‘ullanadi.

Nuraziz qiziqishi ortidan IT sohasida faoliyat yuritayotgan juda ko‘pchilik bilan tanishgan.

📹Uning GITA dasturchilar akademiyasi asoschisi Qudrat Abduraximov bilan o‘tgan suhbatidagi mana shu 1 daqiqa e’tiborimizni tortdi.

Odatda bunday yoshda bolalarning biror sohaga mehr qo‘yishi juda qiyin. Biroq Nurazizdagi kuchli istak uni maqsadiga erishtirishi shubhasiz.

Nurazizning dasturlashga bo‘lgan qiziqishi 6-sinfda maktablarda darslar onlayn formatga o‘tgan paytda boshlangan. O’shanda Nurazizning onasi unga ilk telefonini olib bergandi. Nuraziz qo‘lidagi telefon yordamida Youtubedan dasturlashni o‘rgana boshlagan.

Onasi o‘g‘lidagi qiziqish ortidan uning dasturlashni o‘rganishi uchun Boyovutdan Shirin shahriga ko‘chishga qaror qilgan. Bu yerda Nuraziz IT markazga qatnab, darsdan bo‘sh vaqtida dastur yaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Nurazizning dasturlashga bo‘lgan qiziqishi haqida onasi shunday deydi:

“O‘g‘lim o‘sha paytdan meni dasturlashga o‘qiting deb yig‘lardi, biroq o‘g‘limni mustaqil o‘qitishga imkoniyatim bo‘lmagan. Shirindagi IT yoshlar markazida Nuraziz kompyuter savodxonligi bilan dasturlash tilini o‘rgandi, o‘ziga Portfolio yaratdi. Hozirda o‘g‘lim Sirdaryo viloyati hokimligi uchun murojaatlar portali ustida ish olib bormoqda. Sirdaryo viloyati hokimligi Nurazizning qiziqishini ko‘rib, unga kompyuter ham sovg‘a qildi. O‘g‘lim albatta harakatlari bilan oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishiga ishonaman”.


Nuraziz kelajakda professional dasturchi bo’lish uchun hozirda matematika va ingliz tilini ham o’rganmoqda. Uning maqsadi tanlagan sohasi yordamida ulkan yutuqlarga erishish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍💻O’zbekistonda IT mutaxassislari yetishmaydi

Raqamli texnologiyalar vazirligi yoshlarni sohaga jalb qilish qamrovini kengaytiradi.

📹Batafsil MY5 telekanali muhbiri Murod Berdiyev lavhasida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating⬇️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muvaffaqiyat_siri

«KOMPYUTER TOMOGRAFIYASI OPERATORLIGIDAN TIBBIYOTNI AVTOMATLASHTIRISH BIZNESIGACHA»

Tibbiyot yo‘nalishida mahalliy va xorijiy bozorlar uchun 50 dan ortiq yirik loyihalarni amalga oshirgan IT kompaniya


🔩 Sog‘liqni saqlashda avtomatlashtirish nima? Bu xodimlarning ishini samarali tashkil etishdan tortib, davolanish jarayonini kuzatish va boshqa jarayonlarda yordam beradigan dasturiy ta’minotni joriy qiladigan raqamlashtirish tizimi. Bugungi kunda avtomatlashtirish jarayoni nafaqat xususiy, balki budjet tibbiyot muassasalarida ham amalga oshirilmoqda.

🆘 Vasiliy Kogay tibbiyot muassasalarining avtomatlashtirish jarayoni bilan 6 yildan buyon shug‘ullanib keladi. U tibbiyot muassasalari va laboratoriyalar faoliyatini to‘liq avtomatlashtirish bilan shug‘ullanadigan “SIROCA TECH” kompaniyasi rahbari.

💸O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tganiga 3 yil bo‘lgan kompaniya bugungi kunga qadar nafaqat mahalliy balki xorijiy bozor uchun ham 50 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan. Bugungi kunga qadar kompaniyaning eksport hajmi 235 ming AQSH dollarni tashkil qilmoqda.

Vasiliy Kogay 2012-yilda Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagach, 6 yil tibbiyot markazida Kompyuter tomografiyasi operatori bo‘lib ishlagan. Ushbu faoliyati unga tibbiyotdagi biznes jarayonlarni avtomatlashtirishda qo‘l keldi.

Bugun Vasiliy o‘z kasbini IT-medik deb nomlaydi, u yo‘nalishni ommalashtir tibbiyotimiz rivoji uchun juda aktual deb sanaydi.

📉O‘tgan vaqt mobaynida kompaniya tomonidan 2 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari o‘qitilib, laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha 10 milliondan ortiq testlar o‘tkazildi. Kompaniya yaratayotgan avtomatlashtirish tizimi klinikalar uchun kunlik 2 mingdan ortiq fuqaroni qabul qilish imkoniga ega.

🌏Kompaniya ayni damda Toshkentdan Namanganda yangi ochilgan IT Park'ka ko‘chmoqda. Bu esa mahalliy fuqarolarga yangi ish o‘rinlarni yaratish, tibbiyot va AyTi sohasida bilimga ega, xorijiy til biladigan fuqarolar uchun masofadan chetga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍💻IT sohasida faoliyat boshlamoqchi bo’lgan ayollarga yordam berayotgan IT Ladies hamjamiyati haqida eshitganmisiz?

IT Ladies hamjamiyatining faoliyati haqida boshqaruv qo'mitasi raisi Saida Halilova bilan suhbatlashdik.

🎙Suhbat davomida:

🟢Jamiyatning maqsad va vazifalari;
🟢Unga a’zo bo’lish shartlari;
🟢Imkoniyatlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Ayni damda hamjamiyat IT sohasiga qiziquvchi va faoliyat yurituvchi 320 dan ortiq tashabbuskor va AyTiga qiziquvchi ayollarni jamlagan.

Jamiyatda 2024-yilga mo‘ljallangan 100 dan ortiq oflayn va onlayn tadbirlar mavjud.

Jamiyatga a'zo bo'lish va barcha dasturlarda ishtirok etish barcha ayollar uchun mutlaqo BEPUL!

O'zbekistondagi IT Ladies hamjamiyatiga qo'shiling va birgalikda yuksaling!

➡️A'zolik uchun: @IT_Ladies

#ITLadies
#WomenInTech
#imkoniyatlar

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3 nafar talaba qiz va 1 nafar maktab o‘quvchisi yaratgan savdo platformasi Kun.uz nigohida

“Sotuvchilar bozorga borishi shart emas” – hunarmandchilik buyumlarini sotuvchi platforma yasagan dasturchi qizlar haqida Kun.uz nashri jurnalisti Zuhra Abduhalimova reportaj tayyorladi.

Handihub sotuv platformasida o‘zbekistonlik hunarmandlar o‘z qo‘l ishlarini sotishlari mumkin. Uni 3 nafar talaba qiz va 1 nafar maktab o‘quvchisi tayyorlagan. “Loyihani o‘z mahsulotini sotishga qiynalayotgan chekka hududlardagi ayollar ham foydalanishi uchun tayyorladik. Qolaversa, platformamizdagi mahsulotlar narxlari bozordagidan past bo‘ladi.

#OAV_biz_haqimizda
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ROSSIYADAGI MIGRANTLIKDAN VATANDAGI ERKINLIKKACHA!

2 yil oldin Rossiyada santexnik bo‘lib ishlagan yurtdoshimiz bugun O‘zbekistonda, o'z oilasi yonida IT sohasida yuqori daromad topmoqda.

Xorazm viloyati Xonqa tumanidan bo'lgan 35 yoshli Arslonbek Abdullayev 2,5 yil oldin MAAB Innovation kompanyasining o'quv kurslarini online shaklda tamomlab, hozirgi kunda masofadan Amerika kompaniyalarida faoliyat yuritmoqda.

Arslonbek bilan:

➡️Rossiyaga ketish sabablari,
➡️topayotgan daromadi;
➡️IT'ga kirib kelishi yo‘li
➡️talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar xususida suhbatlashdik.

#Kelajak_ITniki
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
7,2 ming nafardan ortiq xorijiy til sertifikatiga ega yoshlar IT sohasida ishlash istagini bildirdi

16-mart kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan xorijiy til sertifiakatiga ega va IT sohasida ishlash istagida bo‘lgan yoshlar uchun so‘rovnoma e’lon qilindi.

Ushbu so‘rovnomada ishtirok etganlardan keyingi harakatda nima qilish zarurligi yuzasidan murojaatlar kelib tushyapti.

Bugungi kunga qadar 7,2 mingdan ortiq respondent ushbu so‘rovnomani to‘ldirgan bo‘lib, ularning 90 foizi ingliz tili, qolgan 10 foizi esa fransuz, nemis, koreys, yapon, rus, xitoy va arab tillarini bilishini ma’lum qilgan.

Shu o‘rinda 10 foiz ingliz tilidan boshqa xorijiy tillarni biladigan respondentlarga ham yuqori daromadli ishlarga talab yuqori ekanligini aytib o‘tamiz.

Ro‘yxatdan o‘tganlar soni juda ham ko‘p bo‘lgani sababli, ma’lumotlarni tahlil qilish va xorijiy AyTi kompaniyalarga tavsiya qilish uchun ma’lum vaqt talab etilishini inobatga olib, sizlardan o‘z imkoniyatingiz kelishini sabr bilan kutishingizni so‘rab qolamiz.


✍️Ro‘yxatdan o‘tish esa davom etadi: https://forms.gle/qtLZuwGfKidecRJE6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Imkoniyat

IT'ning Business Intelligence mutaxassisligini bepul egallash uchun ajoyib
imkoniyat taqdim etilmoqda

MAAB Innovation IT Akademiyasi BI mutaxassisligini 10 oy bepul o'qish imkoniyatini taqdim etyapti.

"Talant" dasturi bo'yicha mazkur o'quv kursining puli ishga kirgandan so'ng oylik maoshdan bo'lib to'lab boriladi.

⚠️Eng muhim jihati bu yo’nalishda ish beruvchilar ham tayyor.

O'QISHGA KIMLAR QABUL QILINADI?

Ingliz tilini bilish darajasi С1 dan yuqori;
IQ darajasi baland bo'lganlar.

Darvoqe, bepul o'rganish taklif etilayotgan mazkur kursda o'qish narxi 24 million so'mni tashkil qiladi!

☎️ Murojaat uchun: +998781139669

Shu o'rinda 2024-yilning 1-martdan boshlab Nodavlat ta’lim tashkilotlariga bir martalik 35 million so'mgacha subsidiya ajratish joriy etilganligini eslatib otamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍242🔥2
Forwarded from School 21 Uzbekistan
🚀 Raqamli texnologiyalar maktabi School 21 ga yangi qabul!

🔥Saralash intensivi 15-aprel va 27-may kunlari boshlanadi.

🌐 School 21 - bu xalqaro dasturlash maktabi bo‘lib, bu yerda har kim 18 yoshdan talab qilinadigan IT kasbiga bepul ega bo‘lishi mumkin. Kampus 24/7 ochiq. Boshqa shaharlardan kelgan talabalar uchun kampus hududidan yotoqxona beriladi.

Dastur turli yo'nalishlarni o'z ichiga oladi, jumladan, ilovalarni dasturlash, mobil ishlab chiqish, Frontend, Backend, ML & DS, Big Data, GameDev va boshqalar.

IT olamining bir qismi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

🔗 Intensivda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting
🔗 School 21 ning Instagram sahifasiga obuna bo'ling
🔗 https://t.me/skd21school

📍 Samarqand shahri, Ibn Sino ko'chasi, 17-uyda joylashgan.
👍6
🤔Google siz haqingizda, siz o'ylaganingizdan ham ko'proq narsalarni bilishini bilarmidingiz?

Ko'pchilik Google xizmatlaridan foydalanib, shu orqali u bilan do'st bo'lib qolgan.


🎚️Masalan:

Googe qidiruv tizimi
Android tizimi
Google Maps (Xarita)
Youtube videoxostingi
va boshqalar.

⚡️Siz shularni ishlatayotganingizda Google siz haqingizda ko'p narsalarni bilib olgan.

Google akkauntingizga kirsangiz quyidagi havolalar orqali u siz haqingizda nimalar bilishini aniqlab olasiz:

1️⃣ https://myaccount.google.com/device-activityqaysi qurilmalardan foydalanganingizni;
2️⃣ https://myaccount.google.com/permissionsGoogle akkauntingiz orqali qaysi xizmatlarga murojaat qilganingiz;
3️⃣ https://myactivity.google.com/myactivity qidirgan barcha so'rovlaringiz;
4️⃣ https://adssettings.google.com/authenticated?hl=ru qiziqishlaringizni aniqlab beradi;
5️⃣ https://myaccount.google.com/find-your-phone telefoningizni topasiz:
6️⃣ https://takeout.google.com/settings/takeoutgoogle'da saqlanayotgan barcha ma'lumotlaringizni arxivlaysiz.

😃Bonus
Youtube'da ko'rgan va qidirgan barcha videolaringizni ushbu havoladan topasiz:
https://www.youtube.com/feed/history

Shu bois Google'dan u yoki bu narsa so'rayotganingizda ehtiyot bo'ling!


👆Ushbu ma'lumotlarni Google sun'iy intellekt yordamida to'plab boradi.

Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling ⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilm olishga qiziqishi bor, lekin moddiy imkoniyati cheklangan yoshlar diqqatiga

"Najot ta'lim" hamda "Cambridge LC" o'quv markazlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati yoshlari uchun qiymati 3,5 mlrd so'mlik "Kelajak yoshlari" ta’lim grantini e’lon qildi.

⌛️Grantga arizalar 5-aprel soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

«Kelajak yoshlari» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Ta’lim grantini qo'lga kiritgan yoshlar 1 yil davomida:

dasturlash;
grafik dizaynerli;
ingliz tili bo'yicha bepul ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi.

✍️Ariza topshirish uchun: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc9NDEYfAhyE_EsAXUJ4Vr_OWUIWO-w559qXy32OuCaKT2WRw/viewform?usp=sf_link

Batafsil ma’lumot videoda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93🔥2
#yashilmakon

IT ta’lim uyushmasi “Yashil makon” loyihasida ishtirok etdi


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ajratilgan hududga IT ta’lim uyushmasi jamoasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligida ko‘chat ekdi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida ishtirokchilari tomonidan 300 tupdan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.


Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling ⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72👏2