IT Education Association
1.23K subscribers
826 photos
245 videos
533 links
🏢 Non-governmental non-profit organization focused on the development of education in the field of information and communication technologies
📝 info@ite-association.uz
☎️ +99855 511 07 77
☎️ +99877 707-00-66
☎️ +99890 037-99-29
Download Telegram
#PROtalks

Qizlarning kommunikasiyadagi yetakchilik va tenglik tendentsiyalari PROtalks’ning navbatdagi mavzusi bo’ldi


8-mart Xotin-qizlar kuni munosabati bilan Beeline Uzbekistan kompaniyasining PROtalks hamjamiyati ayollarning liderlik hamda teng imkoniyatlari muhokama qildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan ma'ruzachilar ayollar yetakchiligi, shaxsiy brend orqali tajriba oshirish, og'zaki bo'lmagan muloqot orqali yetakchilik fazilatlarini namoyon etish kabi masalalarning turli jihatlarini yoritib berdilar. Qizlarga rasmiy va norasmiy uchrashuvlarda o’zinini qanday tutishdan tortib, kiyinish madaniyatigacha bir-biridan qiziqarli ma’ruzalari orqali yetkazildi.

Tadbirda IT Education Uyushmasining IT Ladies hamjamiyati vakillari ham ishtirok etib, bunday community’larning ahamiyati haqida ma’ruza qilishdi. Bu kabi tadbirlar esa bilim va tajriba almashishda hamjamiyatlarning o’rnini belgilab beradi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Start_Up

Startap: Sun’iy intellekt bolalar nutqi nuqsonlari bilan ishlaydi

Unicon Soft kompaniyasining xalqaro masalalar bo‘yicha menejeri, turli ta'lim loyihalari bilan ishlash tajribasiga ega, dastur va loyihalarni boshqarish bo‘yicha kuchli mutaxassis Feruza Xamroyeva “Bolalar uchun logoped” startap loyihasini yaratdi.

Qizlarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga, ayniqsa IT sohasiga jalb etishga qiziqadigan Feruza kuni kecha «Women in IT Start up» doirasida o‘z startapini taqdim etdi.

Bugun o‘zbek tilida mazkur yo‘nalishda ilova mavjud emas va shu bois investorlarni aynan shu yo‘nalishda jalb qila olaman deb o‘ylayman.

“Bugun bolalar erta yoshdan telefondan foydalanishni boshlayotgani oqibatida nutqi rivojlanishdan oqsayapti. Shu sababdan ham aynan telefon yordamida biz bolaning nutqini ko‘tarish yechimini ishlab chiqdik”,

— deydi Feruza.

Ilovani yaratishda soha mutaxassislari bilan ishlangan bo'lib, undagi sun’iy intellekt istalgan yoshdagi bolaning nutqi bilan ishlaydi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍6🔥1
#Bepul_vebinar

IT Ladies'dan ayollar uchun BEPUL Vebinar:
"MAQSADGA YO'NALTIRILGAN SOTISH"

📅 WEBINAR bugun!
2024-yil 12-mart, soat 19:30

🎤Mutaxassis ma'ruzachi: Feruza Xamroyeva - Unicon Soft kompaniyasining xalqaro masalalar bo‘yicha menejeri, turli ta'lim loyihalari bilan ishlash tajribasiga ega, dastur va loyihalarni boshqarish bo‘yicha kuchli mutaxassis

Davomiyligi: 1,5 soat
Ayollar uchun ishtirok etish bepul😉

Mutaxassisga savollar berishingiz mumkin

Video uchrashuvga havola: ⬇️

https://us05web.zoom.us/j/85339432199?pwd=0GIEBM3aowOn80Zz3hq9wm41Nm42uD.1

Meeting ID: 853 3943 2199
Passcode: 32qg3w

Oldindan roʻyxatdan oʻtish shart emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Start_Up

4 nafar qiz hunarmandchilik mahsulotlari savdosiga mo‘ljallangan marketpleys yaratishdi

Westminster universiteti talabasi Sevil, Iqtisodiyot universiteti talabasi Hulkar hamda 10-sinf o’quvchisi Zamira tomonidan yaratilgan Startap loyiha hunarmand ayollarning qo‘lda tayyorlangan mahsulotlarini savdosini ko‘paytirishga qaratilgan.

Odatda hunarmand ayollar o'z mahsulotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilishga harakat qilishadi, lekin ko‘pincha ularning urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ladi. Bizning loyihamiz esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lda tayyorlangan mahsulotlarni joylashtirish va sotish uchun mo‘ljallangan.

Platform Uber modeli asosida yaratilgan bo'lib, bir tomondan sotuvchi, ikkinchi tomondan esa xaridorlarni uchrashtiradi.

Xo‘sh, loyihaning o‘ziga xosligi nimada?

💠Joy ijarasi uchun to‘lov yo‘qligi sababli narxlar, bozordagidan past bo‘lishi kutilmoqda;

💠sotuvchining o‘zi etkazib berish usulini tanlaydi. Imkoniyatiga qarab Yandex Go tanlaydi yoki o‘zi yetkazib beradi;

💠foydalanuvchi saytni ochganda, u taklif etilayotgan mahsulotlar rastalardagi kabi ko‘radi. Masalan, boshqa portallarda aniq tasavvurga ega bo‘lmagan mahsulotni topish uchun uni qidiruvga kiritish va ma’lumotlarni ko‘rish lozim.

Darvoqe, mazkur platformadan imkoniyati cheklanganlar ham foydalanishi mumkin.

Mazkur Startap loyihasi «Women in IT Start up» doirasida TOP-3 dan joy oldi. Qizlarga homiylarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Hozirda loyiha yaratuvchilari Startap uchun investorlar topish harakatida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143🔥3👏2
#IT_talant

“Ota-onam men qabul qilgan qarorlarni hamisha qo'llab-quvatlashgan”


Python backend dasturchisi bo’lgan Robiya Muzaffarova hozirda Data Science yo’nalishini ham mukammal o’rganmoqda. Robiya poytaxtimizdagi 234-maktabning 10-sinf o’quvchisi.

U Python backend mutaxassisligi bo'yicha IT kompaniyada ishlash bilan birga, Technovation Girls, Qizlar uchun AI, Startup Weekend Women Edition loyihalarida ishtirok etib, yuqori natijalarni qo’lga kiritgan. Bundan tashqari, u turli hakatonlarda ham ishtirok etadi. Robiya TDTU qoshidagi GoogleDeveloperStudentClub a’zosi hamdir.

“13 yoshimdan ushbu sohaga qiziqqanman va ota-onam meni qo'llab-quvatlab dasturchilikni o'rganishim uchun sharoitlar yaratib berishgan. Python dasturlash tilini 13 yoshimda PDP Academy’da boshlaganman. Hozirda Universitetga tayyorgarlik qilyapman. Stanford universitetiga o’qishga kirib, kelajakda Data Scientist bo’lmoqchiman. Keyingi oy IELTS imtixonlarini topshiraman va hozirda matematikadan ham saboq olyapman”.


— deydi Robiya.

Robiya yosh bo’lishiga qaramay o’z sohasida o’qish bilan birga ishlab daromad ham topishga ulgurgan. U erishayotgan har bir yutug'ida ota-onasining o'rnini e'tirof etadi:

"Ota-onam doim men qabul qilgan qarorlarni doim qo'llab-quvatlashgan va bilim olishim yo'lida mablag'ni hech qachon ayashmagan. Dasturlash tillarini o'rganishni hohlaganimda IT O'zbekistonda endi mashhur bo'lib borayotgan edi. Ota-onamga bu aslida qanday sohaligini va bu orqali qanday yutuqlarga erisha olishimni tushuntirganimdan so'ng ular menga qarshilik qilmasdan o'qishim uchun hamma sharoitlarni yaratib berishdi. Kelajakdagi orzuim ota-onamni menga bildirgani ishonchlarini oqlab, Vatanim rivojiga hissa qo'shadigan dasturchi bo'lish va ayollar ham shunday yuqori natijalarga erisha olishini ko'rsatish".



Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
6👍4🔥4❤‍🔥22👏1💋1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Endi o‘quvchilarim 60 kilometr uzoqqa borib IT'ni o‘rganishiga ehtiyoj qolmadi"

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani 2-sonli maktabning Informatika fani o‘qituvchisi Sayyora Ro‘zimova bilan maktablarda informatika fani o‘qitilishining bugungi holati, mavjud muammo va ularning yechimi haqida suhbatlashdik.

Oradagi ming kilometrdan ziyod masofa suhbatni tashkil qilishimizga halal bermadi. O‘qituvchimiz bilan onlayn intervyu uyushtirdik.

Suhbat davomida maktablarda AKTni o‘rganish uchun mavjud infratuzilma,

Hech qanday o‘quv markazlari va oliy ta’lim diplomisiz ham xalqaro IT bozoriga tayyor mutaxassis qilib chiqarish maqsad qilingan kadrlar tayyorlashning noyob dasturi bo'lgan “Muhammad Al -Xorazmiy vorislari” loyihasining maktab o‘quvchilari uchun ahamiyati;

O‘qituvchilaridan kuchli o‘quvchilar;

Hamda bugun zamonaviy Informatika o'qituvchisi oldida turgan vazifalar haqida so‘z borgan.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥4👏3
Forwarded from Rustam Karimjonov
IT sohasida yuqori daromad topish istagida bo‘lgan yoshlarga zo'r imkoniyat!

Yaxshi daromad topish uchun Siz dasturchi bo‘lishingiz shart emas.
Agar Siz ingliz, nemis, koreys, yapon va boshqa tillarda B2 va undan yuqori darajada so’zlasha olsangiz, IT xizmatlar eksport qiluvchi xalqaro kompaniyalarda ishlash imkoniyatingiz bor.


Bugun o‘nlab yirik IT kompaniyalarda 10 mingdan ortiq chet tillarini mukammal biladigan yoshlarga talab mavjud.
Shu sababdan xorijiy til sertifikati mavjud bo‘lgan yoshlarimizni loyihada ishtirok etishga taklif etamiz!

Quyidagi so‘rovnomani to‘ldirib, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni qoldiring.
Biz siz bilan bog‘lanib, IT kompaniyalarga ishga joylashishingizga yordam beramiz!

➡️ Ro'yhatdan o'tish uchun havola - https://forms.gle/qtLZuwGfKidecRJE6
👍4👏1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Эртага эрталаб Ўзбекистондаги имкониятларни кўрсатишга 150дан ортиқ чет эллик меҳмонларни юртимизда илк бор ўтказилаётган Offshore Outsourcing Tour доирасида кутиб оламиз, бу эса чет тилини пухта биладиган ёшларимизга масофавий хизматлар орқали юқори даромадли ишчи ўринларини янада кўпроқ яратишга ёрдам беради. Инглиз тилини биладиганлар учун ютубда кузатишни тавсия этамиз.
—————

Tomorrow morning we are hosting our first Offshore Outsourcing Tour, where more than 150 representatives of foreign companies are going to visit Uzbekistan for the first time to get to know about how they can grow their business with us.

The live broadcast of the ceremony will be available at: https://youtube.com/live/OUh7BWBbyO8?feature=share

More information is available at: https://outsource.gov.uz
👍5👏1
🎥3 kun davomida Xalqaro kompaniyalarga Oʻzbekistonning IT salohiyati namoyish etilmoqda

Xalqaro kompaniyalarga Oʻzbekistonning axborot texnologiyalari va autsorsing sohasidagi salohiyati, shuningdek, mamlakatga sarmoya kiritish uchun hukumat tomonidan yaratilgan imkoniyat va chora-tadbirlarni namoyish etish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan “Offshore Outsourcing Tour” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi.

📸 Tadbirdan fotolavhalarni tomosha qiling.

🟠 Ushbu tadbirni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin:

🎬 https://youtube.com/live/FCQSZcid7rA?feature=share

🔵 https://www.facebook.com/share/v/PCg7PjbSWayZ27xE/?mibextid=oFDknk


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UYDA FRILANSER SIFATIDA FAOLIYAT YURITGAN MADINA OTASIGA AVTOMOBIL SOVG‘A QILDI
———

«Bolaligimda tezroq katta bo‘lib ota-onamga yordam berishni orzu qilardim»

Madina Mavlonova GRAFIK DIZAYNЕR. U ish faoliyatini frilanser sifatida uydan olib boradi. Uning otasi zavodda elektrik, onasi esa bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlaydi.

"Ota-onam oila qurgach, hammasini birgalikda noldan boshlagan, mustaqil oila tebratib, bizni katta qilishgan. Ularning hayotdagi qiyinchiliklarini ko‘rganimda, tezroq katta bo‘lib, ularga yordam beraman deb orzu qilardim."


Madina Chirchiqdagi 5 maktabda, so‘ngra Texnika kasb-hunar kollejida tahsil olgan. Faoliyatini 17 yoshidan, kollejning 2 bosqichida o‘qiyotganida fotostudiyaga amaliyotga chiqib, suratlarni montaj qilishdan boshlagan.

“Ilk o‘qigan o‘quv kursim, dasturchilik bo‘lgan. O‘shanda ustozim Toshkentda imkoniyat ko‘proqligini aytib, poytaxtda ishlashimni tavsiya qilgan. Onamning qarshiliklariga qaramay, ulardan bekitib, suhbatga borib kelganman. Bilib qolgach menga uydan chiqishni umuman taqiqlab qo‘yganlar onam. Lekin Toshkentdan qo‘ng‘iroq qilib chaqirishganida so‘ng, otam o‘zlari birga borib ish joyimni ko‘rib, tanishgach Toshkentda ishlashga ruxsat berishgan».

ONAM 2 OY MЕNI DЕB IJARADA YASHAGANLAR...


«2021-yilda "Ma'no branding" agentligida o‘qishni boshlagan davrlarini shunday eslaydi. O‘qish 2 oy offlayn formatda bo‘lgan. Darslar kech soat 6 yarimdan 10 gacha davom etardi. Onam o‘shanda 2 oy ijarada Toshkentda yashaganlar. O‘zlari olib borib o‘zlari olib ketardilar».


AVTOMOBIL UCHUN 2 YILLIK PULIMNI JAMG‘ARDIM

«2020-yil pandemiya boshlagan paytlarda ota-onamning ishlari to‘xtagan, shunda uydan onlayn o‘tirib daromad topib, oilamizni tebratganman. Keyinchalik uyimizni ta’mirladim. 2022-yildan esa pullarimni otamga mashina olish maqsadida yig‘ishni boshladim va dadamga yangi Kobalt olib berdim».

Madina doimiy ravishda turli xorijiy kurslarda o‘qiydi. Xozir o‘zining ingliz tili bilimini yaxshilab, xizmatlarini chetga eksport qilishni rejalashtirmoqda.
👍53
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT Ta'lim Uyushmasi Yangi O'zbekiston universiteti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Uchrashuv chog'ida Uyushmaning Universitet talabalari uchun foydali bo'ladigan imkoniyatlar, jumladan, talabalar uchun Uyushmada tajriba orttirish, imtiyozli shartlarda onlayn kurslardan foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

🤝Suhbat so'ngida tomonlar hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib oldilar.

🏫 Universitetning Strategiya, ilmiy tadqiqotlar va hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Azizbek Shukurov IT Ta'lim Uyushmasi vakillarini talabalar kampusida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

#IT_education
#Hamkorlik

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏1
🎰LINKEDIN SAHIFAMIZ OBUNACHILARI SONI 2000 DAN OSHDI!

O'tgan vaqt mobaynida bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Bizni LinkedIn’da kuzatish uchun sabablar:

1️⃣Taʼlim va mehnat bozorida raqamli imkoniyatlarni kengaytirish;
2️⃣AKT sohasida faoliyat yurituvchi ta'lim tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash;
3️⃣AKT sohasida yagona sertifikatlashtirish tizimini joriy etish
4️⃣Universitetlar va maktablarning xalqaro reytingga chiqishi uchun intellektual va texnik yordam ko'rsatish;
5️⃣Yirik xalqaro taʼlim uyushmalari va jamiyatlari bilan aloqalar oʻrnatish.

Sahifamizni ko'plab insonlarga yetib borishi uchun yaqinlaringizga ham ulashishda davom etasiz, degan umiddamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🎉3🤩2
#IT_talant

17 yoshli farg‘onalik o‘quvchi biznesni raqamlashtirish loyihalari orqali jamoasi bilan 10 ming AQSh dollar daromad topdi

Asli Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan Hikmatillo Madaliyev dasturlash texnologiyalari yo‘nalishida o‘qib, hozirda frilanser sifatida faoliyat yuritayotgan yoshlardan.

Bugungi kunda yosh bo‘lishiga qaramay 4 kishidan iborat jamoasini shakllantirgan o‘quvchi IT sohasida yuqori daromad topmoqda.

Uning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishi 9-sinfda boshlangan. Dastavval Youtube ijtimoiy tarmog‘ida, keyinchalik bir qancha IT o‘quv markazlarda tahsil olgan Hikmatillo IT aynan uning kelajagi ekanligini 2020-yilda Farg‘onadagi Raqamli Texnologiyalar Markaziga kelib tushunib yetgan.

Hikmatillo ishchilar oilasidan. Uning otasi ustachilik qiladi, onasi esa uy bekasi. Oilada 4 o‘g‘ilning uchinchisi.

Hikmatillo asosan Mobile va Desktop ilovalar yaratish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek u o‘zi asos solgan kichik jamoasi bilan biznesni raqamlashtirish va savdo-sotiqni avtomatlashtirish bo‘yicha dasturiy ta’minotlar yaratib kelmoqda.

Hikmatillo o‘zining faoliyati haqida shunday deydi:


«Bugungi kunga qadar jamoamiz bilan 10 ga yaqin katta va kichik hajmdagi loyihalarni amalga oshirib, 10 ming AQSH dollaridan ortiq daromad topdik. Loyihalarimiz, savdo markazlari dasturiy ta’minotidan tortib, xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z ichiga oladi.
Aynan shu soha mening kelajagim ekanligini Farg‘onadagi Raqamli Texnologiyalar Markazida tahsil olgan chog‘imda tushunib yetganman. U yerdagi muhit va sharoit meni AyTi olamiga yanada mehr qo‘yishimga sabab bo‘lgan”.

Hikmatillo ayni damda kollejning 2-bosqichida tahsil olmoqda. U kelajakda o‘z IT kompaniyasini yaratmoqchi.

“Kelajakdagi eng katta maqsadlarimdan biri bu ota-onamni barcha orzulariga yetkazish”,

— deya so‘zlarini yakunladi u.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1
🎉IT Ta'lim Uyushmasi sizlarni Navro'z ayyomi bilan muborakbod etadi!

Hayotingiz tinchlik, osoyishtalik, baxtli onlarga, farovonlikka va saxovatga to'la bo'lsin.

Oilangizdan tinchlik xotirjamlik, qut-baraka arimasin. Umringiz hamisha yorqin, quvonchli va nurli laxzalar bilan o’tsin.

🌷 Bayramingiz muborak bo'lsin!

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
📢 "IT Ta'lim Uyushmasi" ishga taklif qiladi

⚡️Lavozim:
Taʼlim muassasalari bilan aloqalar boʻlimi mutaxassisi

💰 Maosh:
Suhbat davomidagi kelishuv asosida

📎 Nomzodga qo'yiladigan talablar:

- Oliy ma'lumot;
- Ajoyib muloqot va ishontirish qobiliyatlari;
- Mas'uliyat;
- Kamida 2-3 yillik ish tajribasi;
- Xalqaro va mahalliy tashkilotlar va birlashmalar bilan o'zaro manfaatli aloqalarni o'rnatish.

Asosiy ko'nikmalar:
- RUS-INGLIZ-O'ZBEK tillarini mukammal bilish;
- Kompyuter ko'nikmalari;

Shartlar:
- Ish vaqti: 5/2, 09:00 - 18:00
- Mehnat shartnomasi mehnat.uz saytida rasman ro'yxatdan o'tkaziladi

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
📲+998900379929
📧 Info@ite-association.uz (CV ni yuboring)

📍 Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Navnihol shoh ko‘chasi, Tepamasjid ko‘chasi, 4 A
👍4👎1🔥1
🔊 Aziz do'stlar, jamoamizga qo'shiling, ko'rgazma bo'yicha ish o'rinlari mavjud

⚡️Lavozim:
Sotuv menejeri

💰 Ish haqi:
Suhbat davomidagi kelishuv asosida

🧾 Vazifalari:

- Ko'rgazmalar, xalqaro forumlar, sammitlar va simpoziumlar sohasida ikki yillik tajribaga ega malakali mutaxassislar
- xalqaro tashkilotlarni jalb qilish imkoniyati
- Ko'rgazma maydonlarini sotish imkoniyati
- Ko'rgazma gidlari/tashrif buyuruvchilar xizmatlari vakillari
- Manzilga borib tadqiqot va tahlil qilish

📎 Talablar:

- Ingliz, rus tillarini mukammal bilishi va boshqa tillarni bilishi imtiyozli
- Kamida 2 yillik tajriba
- Ravon muloqot va ishontirish qobiliyatlari
- O'rganishga ochiqlik va o'sishga tayyorlik
- Kompyuter bilimlari
- Stressga chidamlilik
- Kechki paytlar va dam olish kunlarida ishlashga moslashuvchanlik

Shartlar:
- Ish vaqti: 5/2, 09:00 - 18:00
- Mehnat shartnomasi mehnat.uz saytida rasman ro'yxatdan o'tkaziladi

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
📲+998900379929
📧 Info@ite-association.uz (CV ni yuboring)
👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Dasturchi bo’lmasam o’zimni judayam yomon his qilaman...”

Kichik yoshidan IT sohasiga mehr qo’ygan navbatdagi qahramonimiz 13 yoshli dasturchi Nuraziz Narzikulov.

Nuraziz bugungi kunda Sirdaryo viloyati hokimligi uchun murojaatlar portalini yaratmoqda. U dasturlar yaratish va ularni sotish bilan shug‘ullanadi.

Nuraziz qiziqishi ortidan IT sohasida faoliyat yuritayotgan juda ko‘pchilik bilan tanishgan.

📹Uning GITA dasturchilar akademiyasi asoschisi Qudrat Abduraximov bilan o‘tgan suhbatidagi mana shu 1 daqiqa e’tiborimizni tortdi.

Odatda bunday yoshda bolalarning biror sohaga mehr qo‘yishi juda qiyin. Biroq Nurazizdagi kuchli istak uni maqsadiga erishtirishi shubhasiz.

Nurazizning dasturlashga bo‘lgan qiziqishi 6-sinfda maktablarda darslar onlayn formatga o‘tgan paytda boshlangan. O’shanda Nurazizning onasi unga ilk telefonini olib bergandi. Nuraziz qo‘lidagi telefon yordamida Youtubedan dasturlashni o‘rgana boshlagan.

Onasi o‘g‘lidagi qiziqish ortidan uning dasturlashni o‘rganishi uchun Boyovutdan Shirin shahriga ko‘chishga qaror qilgan. Bu yerda Nuraziz IT markazga qatnab, darsdan bo‘sh vaqtida dastur yaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Nurazizning dasturlashga bo‘lgan qiziqishi haqida onasi shunday deydi:

“O‘g‘lim o‘sha paytdan meni dasturlashga o‘qiting deb yig‘lardi, biroq o‘g‘limni mustaqil o‘qitishga imkoniyatim bo‘lmagan. Shirindagi IT yoshlar markazida Nuraziz kompyuter savodxonligi bilan dasturlash tilini o‘rgandi, o‘ziga Portfolio yaratdi. Hozirda o‘g‘lim Sirdaryo viloyati hokimligi uchun murojaatlar portali ustida ish olib bormoqda. Sirdaryo viloyati hokimligi Nurazizning qiziqishini ko‘rib, unga kompyuter ham sovg‘a qildi. O‘g‘lim albatta harakatlari bilan oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishiga ishonaman”.


Nuraziz kelajakda professional dasturchi bo’lish uchun hozirda matematika va ingliz tilini ham o’rganmoqda. Uning maqsadi tanlagan sohasi yordamida ulkan yutuqlarga erishish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🥰1