IT Education Association
1.23K subscribers
826 photos
245 videos
533 links
🏢 Non-governmental non-profit organization focused on the development of education in the field of information and communication technologies
📝 info@ite-association.uz
☎️ +99855 511 07 77
☎️ +99877 707-00-66
☎️ +99890 037-99-29
Download Telegram
Bugun IT Ta'lim Uyushmasi 1 yilligini nishonlamoqda!

📈1 yil davomida biz nimalar qila oldik?

Markaziy Osiyodagi eng yirik AKT haftaligi - ICTWEEK Uzbekistan 2023 tashkilotchisi;

Unutilmas yutuqlarga boy bo'lgan - Digital Leadership Forum;

3000 dan ortiq dasturchilarni bir joyda birlashtirgan - GDG DevFest:Global dasturchilar konferensiyasi;

Yoshlar uchun imkoniyatlar eshigini ochgan - Freelance Business Forumlari tashkil etildi.

👩‍💻IT sohasida ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi - IT Ladies Community loyihasi tashkilotchisi.

Shuningdek,

10 mingdan ortiq kurslar va ta'lim imkoniyatlarini taklif qiluvchi - Coursera platformasi bilan hamkorlik o'rnatildi;

Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro informatika olimpiadasida talabalar ishtiroki ta'minlandi;

UNICEF bilan hamkorlikdagi GIGA-Accelerator loyihasi, olis maktablarga va aholiga internet xizmatlari taqdim etildi;

Huawei bilan ta'lim loyihalari rivojlantirilmoqda;

IT ta’lim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga bag'ishlangan - IT Ta'lim forumi tashkil etildi

🙌 Biz sizlar bilan birgalikda yutuqlarga erishishda davom etamiz!

💯Bizni yanada ko'proq muvaffaqqiyatlar kutmoqda!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉4👍1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

👩‍💻Start Up: 10-sinf o’quvchisi Zamira Rustamovaning chekka hududlardagi hunarmand ayollarning ishlarini elektron savdosini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan innovacion platformasining muhokama jarayonidan


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistondagi eng yirik IT hamjamiyati asoschisi Shavkat Karimov: Yoshlarimizni juda yaxshi ko’raman, ular juda bilimga chanqoq”

Bugun IT Education uyushmasiga O‘zbekistondagi eng yirik IT hamjamiyati asoschisi va rahbari, veb-saytlarni qurish, rivojlantirish va sotish bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega internet tadbirkor, BOLD va Microsoft kabi global kompaniyalarda yuqori darajadagi SEO rollarini bajargan, 25 yildan ortiq umrini xorijda o‘tkazgan IT sohasida xalqaro liderlardan sanalgan Shavkat Karimov tashrif buyurdi.

Shavkat Karimovni suhbatga tortdik hamda u bilan zamonaviy yoshlarning muammo va yutuqlari, eng yirik hamjamiyat faoliyati haqida gaplashdik.

***

Шавкат Каримов, основатель крупнейшего IT-сообщества Узбекистана: «Я люблю нашу молодежь, она очень тянется к знаниям»

Сегодня основатель и лидер крупнейшего IT сообщества в Узбекистане, интернет-предприниматель с более чем 20-летним опытом создания, разработки и продажи веб-сайтов, занимавший высокие позиции в области SEO в таких мировых компаниях, как BOLD и Microsoft, один из международных лидеров в сфере АйТи посетил Ассоциацию IT Education.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1
Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Sizlarni ezgulik va go'zallik bayrami 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Barchangizga mustahkam sog’lik, go’zal baxt, xonadonlaringizga tinchlik va osoyishtalik, fayzu baraka tilaymiz. Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodlik hech qachon arimasin!

Bayramingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
IT Ta'lim Uyushmasi


📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IT Ladies hamjamiyatida «Women in IT Start up» nomli muhim tadbir bo‘lib o‘tdi

Qizlar innovatsiya va ilhomlanish muhitini yaratib, investorlarga o‘z startaplarini taqdim etdilar.

Tadbir ko'plab qiziqarli odamlarni birlashtirib, hissiyotlarga to'la bo'ldi va ishtirokchilarga tajriba va fikr almashish imkoniyatini berdi.

Homiylarning ko‘magi tufayli har bir kishi nafaqat qimmatli tajriba, balki sovg‘alar ham qo'lga kiritdi.

Bu kun IT sohasida ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish kuni bo'ldi.

Alohida tashakkur: @skillboxuz, @undpuzbekistan, @pizzapitchuz, @uenteruz 🙏.
5👍1🔥1
🕌 Ramazon oyi
muborak bulsin 🤲🏻


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
🎉42👍2🙏1
#PROtalks

Qizlarning kommunikasiyadagi yetakchilik va tenglik tendentsiyalari PROtalks’ning navbatdagi mavzusi bo’ldi


8-mart Xotin-qizlar kuni munosabati bilan Beeline Uzbekistan kompaniyasining PROtalks hamjamiyati ayollarning liderlik hamda teng imkoniyatlari muhokama qildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan ma'ruzachilar ayollar yetakchiligi, shaxsiy brend orqali tajriba oshirish, og'zaki bo'lmagan muloqot orqali yetakchilik fazilatlarini namoyon etish kabi masalalarning turli jihatlarini yoritib berdilar. Qizlarga rasmiy va norasmiy uchrashuvlarda o’zinini qanday tutishdan tortib, kiyinish madaniyatigacha bir-biridan qiziqarli ma’ruzalari orqali yetkazildi.

Tadbirda IT Education Uyushmasining IT Ladies hamjamiyati vakillari ham ishtirok etib, bunday community’larning ahamiyati haqida ma’ruza qilishdi. Bu kabi tadbirlar esa bilim va tajriba almashishda hamjamiyatlarning o’rnini belgilab beradi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Start_Up

Startap: Sun’iy intellekt bolalar nutqi nuqsonlari bilan ishlaydi

Unicon Soft kompaniyasining xalqaro masalalar bo‘yicha menejeri, turli ta'lim loyihalari bilan ishlash tajribasiga ega, dastur va loyihalarni boshqarish bo‘yicha kuchli mutaxassis Feruza Xamroyeva “Bolalar uchun logoped” startap loyihasini yaratdi.

Qizlarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga, ayniqsa IT sohasiga jalb etishga qiziqadigan Feruza kuni kecha «Women in IT Start up» doirasida o‘z startapini taqdim etdi.

Bugun o‘zbek tilida mazkur yo‘nalishda ilova mavjud emas va shu bois investorlarni aynan shu yo‘nalishda jalb qila olaman deb o‘ylayman.

“Bugun bolalar erta yoshdan telefondan foydalanishni boshlayotgani oqibatida nutqi rivojlanishdan oqsayapti. Shu sababdan ham aynan telefon yordamida biz bolaning nutqini ko‘tarish yechimini ishlab chiqdik”,

— deydi Feruza.

Ilovani yaratishda soha mutaxassislari bilan ishlangan bo'lib, undagi sun’iy intellekt istalgan yoshdagi bolaning nutqi bilan ishlaydi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍6🔥1
#Bepul_vebinar

IT Ladies'dan ayollar uchun BEPUL Vebinar:
"MAQSADGA YO'NALTIRILGAN SOTISH"

📅 WEBINAR bugun!
2024-yil 12-mart, soat 19:30

🎤Mutaxassis ma'ruzachi: Feruza Xamroyeva - Unicon Soft kompaniyasining xalqaro masalalar bo‘yicha menejeri, turli ta'lim loyihalari bilan ishlash tajribasiga ega, dastur va loyihalarni boshqarish bo‘yicha kuchli mutaxassis

Davomiyligi: 1,5 soat
Ayollar uchun ishtirok etish bepul😉

Mutaxassisga savollar berishingiz mumkin

Video uchrashuvga havola: ⬇️

https://us05web.zoom.us/j/85339432199?pwd=0GIEBM3aowOn80Zz3hq9wm41Nm42uD.1

Meeting ID: 853 3943 2199
Passcode: 32qg3w

Oldindan roʻyxatdan oʻtish shart emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Start_Up

4 nafar qiz hunarmandchilik mahsulotlari savdosiga mo‘ljallangan marketpleys yaratishdi

Westminster universiteti talabasi Sevil, Iqtisodiyot universiteti talabasi Hulkar hamda 10-sinf o’quvchisi Zamira tomonidan yaratilgan Startap loyiha hunarmand ayollarning qo‘lda tayyorlangan mahsulotlarini savdosini ko‘paytirishga qaratilgan.

Odatda hunarmand ayollar o'z mahsulotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilishga harakat qilishadi, lekin ko‘pincha ularning urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ladi. Bizning loyihamiz esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lda tayyorlangan mahsulotlarni joylashtirish va sotish uchun mo‘ljallangan.

Platform Uber modeli asosida yaratilgan bo'lib, bir tomondan sotuvchi, ikkinchi tomondan esa xaridorlarni uchrashtiradi.

Xo‘sh, loyihaning o‘ziga xosligi nimada?

💠Joy ijarasi uchun to‘lov yo‘qligi sababli narxlar, bozordagidan past bo‘lishi kutilmoqda;

💠sotuvchining o‘zi etkazib berish usulini tanlaydi. Imkoniyatiga qarab Yandex Go tanlaydi yoki o‘zi yetkazib beradi;

💠foydalanuvchi saytni ochganda, u taklif etilayotgan mahsulotlar rastalardagi kabi ko‘radi. Masalan, boshqa portallarda aniq tasavvurga ega bo‘lmagan mahsulotni topish uchun uni qidiruvga kiritish va ma’lumotlarni ko‘rish lozim.

Darvoqe, mazkur platformadan imkoniyati cheklanganlar ham foydalanishi mumkin.

Mazkur Startap loyihasi «Women in IT Start up» doirasida TOP-3 dan joy oldi. Qizlarga homiylarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Hozirda loyiha yaratuvchilari Startap uchun investorlar topish harakatida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143🔥3👏2
#IT_talant

“Ota-onam men qabul qilgan qarorlarni hamisha qo'llab-quvatlashgan”


Python backend dasturchisi bo’lgan Robiya Muzaffarova hozirda Data Science yo’nalishini ham mukammal o’rganmoqda. Robiya poytaxtimizdagi 234-maktabning 10-sinf o’quvchisi.

U Python backend mutaxassisligi bo'yicha IT kompaniyada ishlash bilan birga, Technovation Girls, Qizlar uchun AI, Startup Weekend Women Edition loyihalarida ishtirok etib, yuqori natijalarni qo’lga kiritgan. Bundan tashqari, u turli hakatonlarda ham ishtirok etadi. Robiya TDTU qoshidagi GoogleDeveloperStudentClub a’zosi hamdir.

“13 yoshimdan ushbu sohaga qiziqqanman va ota-onam meni qo'llab-quvatlab dasturchilikni o'rganishim uchun sharoitlar yaratib berishgan. Python dasturlash tilini 13 yoshimda PDP Academy’da boshlaganman. Hozirda Universitetga tayyorgarlik qilyapman. Stanford universitetiga o’qishga kirib, kelajakda Data Scientist bo’lmoqchiman. Keyingi oy IELTS imtixonlarini topshiraman va hozirda matematikadan ham saboq olyapman”.


— deydi Robiya.

Robiya yosh bo’lishiga qaramay o’z sohasida o’qish bilan birga ishlab daromad ham topishga ulgurgan. U erishayotgan har bir yutug'ida ota-onasining o'rnini e'tirof etadi:

"Ota-onam doim men qabul qilgan qarorlarni doim qo'llab-quvatlashgan va bilim olishim yo'lida mablag'ni hech qachon ayashmagan. Dasturlash tillarini o'rganishni hohlaganimda IT O'zbekistonda endi mashhur bo'lib borayotgan edi. Ota-onamga bu aslida qanday sohaligini va bu orqali qanday yutuqlarga erisha olishimni tushuntirganimdan so'ng ular menga qarshilik qilmasdan o'qishim uchun hamma sharoitlarni yaratib berishdi. Kelajakdagi orzuim ota-onamni menga bildirgani ishonchlarini oqlab, Vatanim rivojiga hissa qo'shadigan dasturchi bo'lish va ayollar ham shunday yuqori natijalarga erisha olishini ko'rsatish".



Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
6👍4🔥4❤‍🔥22👏1💋1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Endi o‘quvchilarim 60 kilometr uzoqqa borib IT'ni o‘rganishiga ehtiyoj qolmadi"

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani 2-sonli maktabning Informatika fani o‘qituvchisi Sayyora Ro‘zimova bilan maktablarda informatika fani o‘qitilishining bugungi holati, mavjud muammo va ularning yechimi haqida suhbatlashdik.

Oradagi ming kilometrdan ziyod masofa suhbatni tashkil qilishimizga halal bermadi. O‘qituvchimiz bilan onlayn intervyu uyushtirdik.

Suhbat davomida maktablarda AKTni o‘rganish uchun mavjud infratuzilma,

Hech qanday o‘quv markazlari va oliy ta’lim diplomisiz ham xalqaro IT bozoriga tayyor mutaxassis qilib chiqarish maqsad qilingan kadrlar tayyorlashning noyob dasturi bo'lgan “Muhammad Al -Xorazmiy vorislari” loyihasining maktab o‘quvchilari uchun ahamiyati;

O‘qituvchilaridan kuchli o‘quvchilar;

Hamda bugun zamonaviy Informatika o'qituvchisi oldida turgan vazifalar haqida so‘z borgan.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥4👏3
Forwarded from Rustam Karimjonov
IT sohasida yuqori daromad topish istagida bo‘lgan yoshlarga zo'r imkoniyat!

Yaxshi daromad topish uchun Siz dasturchi bo‘lishingiz shart emas.
Agar Siz ingliz, nemis, koreys, yapon va boshqa tillarda B2 va undan yuqori darajada so’zlasha olsangiz, IT xizmatlar eksport qiluvchi xalqaro kompaniyalarda ishlash imkoniyatingiz bor.


Bugun o‘nlab yirik IT kompaniyalarda 10 mingdan ortiq chet tillarini mukammal biladigan yoshlarga talab mavjud.
Shu sababdan xorijiy til sertifikati mavjud bo‘lgan yoshlarimizni loyihada ishtirok etishga taklif etamiz!

Quyidagi so‘rovnomani to‘ldirib, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni qoldiring.
Biz siz bilan bog‘lanib, IT kompaniyalarga ishga joylashishingizga yordam beramiz!

➡️ Ro'yhatdan o'tish uchun havola - https://forms.gle/qtLZuwGfKidecRJE6
👍4👏1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Эртага эрталаб Ўзбекистондаги имкониятларни кўрсатишга 150дан ортиқ чет эллик меҳмонларни юртимизда илк бор ўтказилаётган Offshore Outsourcing Tour доирасида кутиб оламиз, бу эса чет тилини пухта биладиган ёшларимизга масофавий хизматлар орқали юқори даромадли ишчи ўринларини янада кўпроқ яратишга ёрдам беради. Инглиз тилини биладиганлар учун ютубда кузатишни тавсия этамиз.
—————

Tomorrow morning we are hosting our first Offshore Outsourcing Tour, where more than 150 representatives of foreign companies are going to visit Uzbekistan for the first time to get to know about how they can grow their business with us.

The live broadcast of the ceremony will be available at: https://youtube.com/live/OUh7BWBbyO8?feature=share

More information is available at: https://outsource.gov.uz
👍5👏1
🎥3 kun davomida Xalqaro kompaniyalarga Oʻzbekistonning IT salohiyati namoyish etilmoqda

Xalqaro kompaniyalarga Oʻzbekistonning axborot texnologiyalari va autsorsing sohasidagi salohiyati, shuningdek, mamlakatga sarmoya kiritish uchun hukumat tomonidan yaratilgan imkoniyat va chora-tadbirlarni namoyish etish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan “Offshore Outsourcing Tour” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi.

📸 Tadbirdan fotolavhalarni tomosha qiling.

🟠 Ushbu tadbirni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin:

🎬 https://youtube.com/live/FCQSZcid7rA?feature=share

🔵 https://www.facebook.com/share/v/PCg7PjbSWayZ27xE/?mibextid=oFDknk


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram |
☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1