IT Education Association
1.23K subscribers
826 photos
245 videos
533 links
🏢 Non-governmental non-profit organization focused on the development of education in the field of information and communication technologies
📝 info@ite-association.uz
☎️ +99855 511 07 77
☎️ +99877 707-00-66
☎️ +99890 037-99-29
Download Telegram
VEBINAR: SHAXSIY BREND VA UNING ITDAGI O‘RNI

Bugun 27 fevral soat 17:00 da "IT Education Association" Feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali o‘tkaziladigan onlayn vebinarimizga taklif etamiz.

Vebinar davomida:

Shaxsiy brend rivojlantirishning maqsad va vazifalari;

Shaxsiy brendni rivojlantirish vositalari;

Shaxsiy brendni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasi.

👩‍💻 Vebinarni IT Ladies Boshqaruv Qo‘mitasi Rezidenti, "Codecraft" IT kompaniyasining direktori Saida Xalilova olib boradi.

👑 IT Ladies Uzbekistan IT sohasidagi tashabbuskor qizlar tomonidan "IT Education Association" hamda Raqamli Texnologiyalar Vazirligi tashabbusi bilan yaratilgan jamoa bo‘lib, 200 dan ortiq tashabbuskor ayollarni o‘z ichiga oladi.

O‘tkazib yubormang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Neuron Glif yangilandi va endilikda eng qulay foto muharriri

AI obyektlarning ranglarini osongina o'zgartiradi, odamlarning kiyimlarini o'zgartiradi, fonni qayta bo'yaydi va hokazo. Bularning barchasi brauzeringizda bir necha funksiyalarni bajarish orqali.

Yangiliklarni kuzatib boring!

—————

⚡️ Neuron Glif has been updated and is now the most convenient photo editor

AI easily changes the colors of objects, changes people's clothes, repaints backgrounds, and more. All this in a couple of clicks right in your browser.

Stay tuned!

#AINews
#Innovation

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍3🔥1🤩1
#Imkoniyatlari_chegarasiz_IT

“Tunda mobil kompaniyalar beradigan bepul internetdan foydalanib IT o‘rganardim»

Butunlay sog‘lom va hech kimga qaramligi bo‘lmagan odamlar uchun salomatligida muammosi bo‘lgan insonlarning muammolari ko‘pincha juda uzoq va begona ko‘rinadi.


Buning sababi shundaki, o‘ziga xos ehtiyojlari bo‘lgan insonga qiyinchilik bilan beriladigan imkoniyatlar to‘laqonli sog‘lom insonlar odatdagidek qabul qiladi. Biz yurishga, eshitishga va o‘zimiz sevgan ishga har kuni borib kelishga o‘rganib qolganmiz.

Bugungi qahramonimiz Full-Stack dasturchisi 28 yoshli Shahzod Aktamov bo‘ladi. U Navoiy viloyati Xatirchi tumani Yovi qishlog‘ida yashaydi. Bugungi kunda oilali 1 farzandning otasi.

Shaxzodda mushaklar yemirilishi bilan bog'liq xastalik mavjud. U tengdoshlari singari jismoniy faol hayot tarzini olib bora olmaydi.

"O'sha paytlarda internetdan sohani o‘rganaman deb kirishgan paytlarim internetda video darslar ko'rish qimmat bo'lgani sababli ko‘rishga qiynalardim, shu boisdan haftaning dam olish kunlari tunda mobil kompaniyalar beradigan bepul internetdan foydalanib, darslarni yuklab olardim, hamda boshqa kunlari ushbu darsliklardan o‘zimni rivojlantirish uchun foydalanardim.

Inson mehnatiga va intilishiga yarasha oladi. Barcha sharoit shaharda, chekka qishloqdan turib, nima ham qilsa bo‘lardi deganlarga javoban, insonda intilish bo‘lsa u eng chekka qishloqdan turib ham orzulariga erishishi mumkin. Otam dehqon, davlat ishida ishlamaydi, onam esa uy bekasi. Nimaiki niyatim bo‘lsa harakatlarim va o‘z mehnatim orqali erishmoqchiman”,
— deydi Shahzod.

Batafsil: https://bit.ly/3v1BmYe


📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍5🔥21🥰1👏1
2024-yil 1-martdan boshlab

🇺🇿Nodavlat ta’lim tashkilotlariga bir martalik subsidiya ajratish tizimini nazarda tutuvchi Dastur joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra:

🟢bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha (25,5 mln. so‘m);

🟢nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 105 baravarigacha (35,7 mln so‘m) ajratish ko‘zda tutilgan.

Subsidiya bitiruvchisi IT-xizmatlar eksporti sohasida talab yuqori bo‘lgan o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olgan hamda IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga ishga qabul qilingan nodavlat ta’lim tashkilotlariga ajratiladi.

👩‍💻Subsidiya olish bo‘yicha davlat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bepul ko‘rsatiladi.

Har bir bitiruvchi uchun ajratiladigan subsidiya Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

🤝Nogironligi bo‘lgan yoshlarni hayotda o‘z o‘rnilarini topishga ko‘mak bering va subsidiyaga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!


📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
Forwarded from Digital.uz
📢 My.gov.uz portali orqali 2 ta yangi davlat xizmatlari ishga tushirildi

📱 Bugundan boshlab My.gov.uz portalida yoshlarning IT-sertifikat xarajatlarini qoplash va o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 ta yangi davlat xizmati ishga tushirildi.

1️⃣ Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-Park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga subsidiya ajratish xizmati

🦠 Bu xizmat orqali bitiruvchisi IT xizmatlar eksport qiluvchi kompaniyaga ishga joylashgan o‘quv markazlariga BHMning 75 baravarigacha (25,5 mln so‘mgacha), nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha (35,7 mln so'mgacha) bir martalik subsidiya ajratiladi.


➡️ Ariza berish uchun: https://my.gov.uz/uz/service/901

2️⃣ Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish xizmati

🦠 Bu xizmаt orqali ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.


➡️ Ariza berish uchun: https://my.gov.uz/oz/service/622

‼️Mazkur xizmatlar davlatimiz rahbarining 2024-yil 2-fevraldagi 51-son qaroriga muvofiq yo‘lga qo‘yildi.

#digital
#mygovuz

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Хоразм вилояти ижобий тажрибасини бошқа ҳудудларимиз ҳам ўрганиши керак

Ҳар 10 минг аҳолига АйТи соҳасида банд бўлганлар сони бўйича Хоразм вилояти Тошкентдан ташқари барча ҳудудларимиз орасида биринчи ўринда. Ўтган йили вилоятда АйТи Парк резидентлари сони 2 баробарга, уларнинг хизматлари ҳажми 4 баробарга, экспорти эса 5 баробарга ўсди.

Ёшларимизни АйТи орқали юқори даромадли иш билан таъминлаш бўйича Президентимиз топшириқларини тўлиқ тушуниб етган Хоразм вилояти ҳокимияти томонидан нафақат вилоят марказида, балки барча туманларда ҳам замонавий АйТи Парклар ташкил этилганини ушбу роликда кўрсангиз бўлади. Энди уларда Ал-Хоразмий ворислари лойиҳаси бўйича мактаблардан саралаб олинган иқтидорли ёшларимиз инглиз тили ва ахборот технологияларига бепул ўрганиб, юқори малакали мутахассис бўлиб етишадилар.

Вилоятлик мутахассислар нафақат чет элга аутсорсга, балки Тошкентдаги компанияларга аутсорсга ҳам ишламоқдалар, масалан Узинфокомнинг катта лойиҳаларини амалга оширадиган филиали айнан Хоразмда фаолият юритмоқда.

Маҳаллий стартаплар ҳам бошқа ҳудудларга кенгаймоқда. Хусусан, MAAB Innovation чет элга Data Science йўналишида хизматлар кўрсатишга юқори малакали кадрлар қидириб, бошқа ҳудудларда филиалларини очаётган бўлса, ёқилғи қуйиш шаҳобчалари учун онлайн навбатга қўйиш тизими MBOS ҳам вилоят автомобиллар хайдовчилари учун қулайлик яратиб, бошқа ҳудудларга ҳам кенгаймоқда.

Албатта, бу йилга вилоятда АйТи экспортини ошириш бўйича жуда катта марра белгиланган, бунинг учун ҳар маҳалладан камида 7 тадан С1 даражада чет тилини биладиган мутахассисларни тезроқ тайёрлаш керак бўлади.
👍1🔥1👏1
#Bilasizmi

2024-yilning 1-martidan boshlab...

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lgan yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Shuningdek ingliz tilida B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlari ham to‘liq qoplab beriladi.

Bunda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar:

International English Language Testing System (IELTS)
Test of English as a Foreign Language (TOEFL iBT)
Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP)
Cambridge Assessment English

🇺🇿Qaror Raqamli texnologiyalar sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning xorijiy tillarni bilish ko‘nikmalarini oshirish va rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.

****

#Знаете_ли_вы

С 1 марта 2024 года...

Для молодых людей, имеющих международные IT-сертификаты, будет покрыто до 60 процентов затрат на обучение и получение данных сертификатов.

Также установлена ​​полная компенсация затрат на получение международных IT-сертификатов для молодых людей, имеющих сертификат по английскому языку уровня B2 и выше.

К сертификатам, определяющим уровень знания английского языка, относятся:

International English Language Testing System (IELTS)
Test of English as a Foreign LanguageTest of English as a Foreign Language (TOEFL iBT)
Test of English as a Foreign LanguageTest of English as a Foreign Language (TOEFL iTP)
Cambridge Assessment English

🇺🇿Решение предусматривает подготовку квалифицированных специалистов в области цифровых технологий, совершенствование и поощрение их владения иностранным языком.

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Men qachonlardir kareramda yuqori cho‘qqilarga chiqayotgan inson edim, lekin nimadandir ko‘nglim to‘lmasdi… Oilam va farzandlarim bilan birga bo‘lishni, ular bilan ko‘p vaqt o‘tkazishni hamda dunyo bo‘ylab sayohat qilishni istardim. Va aynan shu istaklarim meni ketayotgan yo‘limdan texnologiyaga yetakladi”.


Bu dunyodagi TOP-100 yetakchi ayollar ro‘yxatiga kiradigan ayol Ayumi Mur Aokining so‘zlaridan iqtibos edi.

Ayumi Bosh qarorgohi Parijda joylashgan, 45 mamlakatda faoliyat yuritadigan Women in Tech xalqaro harakati asoschisi va bosh direktori.

Mazkur tashkilot va 2025 yilga borib 100 ta davlatga kengayishni rejalashtirmoqda. Missiyaning maqsadi 2030 yilgacha STEM sohalarida 5 million ayol va yosh qizlarga ko‘proq imkoniyatlar taqdim etishdan iborat.

Harakat ayollarga ko‘nikmaga ega bo‘lish, mablag‘ olish va aloqalarni o‘rnatishga yordam beradigan turli dasturlar, mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etish orqali ushbu maqsadga erishmoqchi.

Endilikda Women in Tech Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekistonga ham kirib keldi.
Bugun O‘zbekistonda Texnologiya sohasida ayol va qizlar ulushi ko‘p emas. Bu jamiyatimizdagi stereotiplar bilan bog‘liq.

Biz hayotimizni texnologiyalar boshqaradigan davr yaqinlashayotgan bir vaqtda qizlarimizni bugundanoq o‘zining o‘rnini topa oladigan malakali STEM mutaxassisliklarini egallashlari uchun ko‘maklashishimiz zarur.

Zero, 75 foiz ish o‘rni texnologiya sohasida yaratiladi.
👍1👏1
Bugun IT Ta'lim Uyushmasi 1 yilligini nishonlamoqda!

📈1 yil davomida biz nimalar qila oldik?

Markaziy Osiyodagi eng yirik AKT haftaligi - ICTWEEK Uzbekistan 2023 tashkilotchisi;

Unutilmas yutuqlarga boy bo'lgan - Digital Leadership Forum;

3000 dan ortiq dasturchilarni bir joyda birlashtirgan - GDG DevFest:Global dasturchilar konferensiyasi;

Yoshlar uchun imkoniyatlar eshigini ochgan - Freelance Business Forumlari tashkil etildi.

👩‍💻IT sohasida ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi - IT Ladies Community loyihasi tashkilotchisi.

Shuningdek,

10 mingdan ortiq kurslar va ta'lim imkoniyatlarini taklif qiluvchi - Coursera platformasi bilan hamkorlik o'rnatildi;

Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro informatika olimpiadasida talabalar ishtiroki ta'minlandi;

UNICEF bilan hamkorlikdagi GIGA-Accelerator loyihasi, olis maktablarga va aholiga internet xizmatlari taqdim etildi;

Huawei bilan ta'lim loyihalari rivojlantirilmoqda;

IT ta’lim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga bag'ishlangan - IT Ta'lim forumi tashkil etildi

🙌 Biz sizlar bilan birgalikda yutuqlarga erishishda davom etamiz!

💯Bizni yanada ko'proq muvaffaqqiyatlar kutmoqda!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉4👍1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

👩‍💻Start Up: 10-sinf o’quvchisi Zamira Rustamovaning chekka hududlardagi hunarmand ayollarning ishlarini elektron savdosini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan innovacion platformasining muhokama jarayonidan


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistondagi eng yirik IT hamjamiyati asoschisi Shavkat Karimov: Yoshlarimizni juda yaxshi ko’raman, ular juda bilimga chanqoq”

Bugun IT Education uyushmasiga O‘zbekistondagi eng yirik IT hamjamiyati asoschisi va rahbari, veb-saytlarni qurish, rivojlantirish va sotish bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega internet tadbirkor, BOLD va Microsoft kabi global kompaniyalarda yuqori darajadagi SEO rollarini bajargan, 25 yildan ortiq umrini xorijda o‘tkazgan IT sohasida xalqaro liderlardan sanalgan Shavkat Karimov tashrif buyurdi.

Shavkat Karimovni suhbatga tortdik hamda u bilan zamonaviy yoshlarning muammo va yutuqlari, eng yirik hamjamiyat faoliyati haqida gaplashdik.

***

Шавкат Каримов, основатель крупнейшего IT-сообщества Узбекистана: «Я люблю нашу молодежь, она очень тянется к знаниям»

Сегодня основатель и лидер крупнейшего IT сообщества в Узбекистане, интернет-предприниматель с более чем 20-летним опытом создания, разработки и продажи веб-сайтов, занимавший высокие позиции в области SEO в таких мировых компаниях, как BOLD и Microsoft, один из международных лидеров в сфере АйТи посетил Ассоциацию IT Education.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1
Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Sizlarni ezgulik va go'zallik bayrami 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Barchangizga mustahkam sog’lik, go’zal baxt, xonadonlaringizga tinchlik va osoyishtalik, fayzu baraka tilaymiz. Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodlik hech qachon arimasin!

Bayramingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
IT Ta'lim Uyushmasi


📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IT Ladies hamjamiyatida «Women in IT Start up» nomli muhim tadbir bo‘lib o‘tdi

Qizlar innovatsiya va ilhomlanish muhitini yaratib, investorlarga o‘z startaplarini taqdim etdilar.

Tadbir ko'plab qiziqarli odamlarni birlashtirib, hissiyotlarga to'la bo'ldi va ishtirokchilarga tajriba va fikr almashish imkoniyatini berdi.

Homiylarning ko‘magi tufayli har bir kishi nafaqat qimmatli tajriba, balki sovg‘alar ham qo'lga kiritdi.

Bu kun IT sohasida ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish kuni bo'ldi.

Alohida tashakkur: @skillboxuz, @undpuzbekistan, @pizzapitchuz, @uenteruz 🙏.
5👍1🔥1
🕌 Ramazon oyi
muborak bulsin 🤲🏻


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
🎉42👍2🙏1
#PROtalks

Qizlarning kommunikasiyadagi yetakchilik va tenglik tendentsiyalari PROtalks’ning navbatdagi mavzusi bo’ldi


8-mart Xotin-qizlar kuni munosabati bilan Beeline Uzbekistan kompaniyasining PROtalks hamjamiyati ayollarning liderlik hamda teng imkoniyatlari muhokama qildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan ma'ruzachilar ayollar yetakchiligi, shaxsiy brend orqali tajriba oshirish, og'zaki bo'lmagan muloqot orqali yetakchilik fazilatlarini namoyon etish kabi masalalarning turli jihatlarini yoritib berdilar. Qizlarga rasmiy va norasmiy uchrashuvlarda o’zinini qanday tutishdan tortib, kiyinish madaniyatigacha bir-biridan qiziqarli ma’ruzalari orqali yetkazildi.

Tadbirda IT Education Uyushmasining IT Ladies hamjamiyati vakillari ham ishtirok etib, bunday community’larning ahamiyati haqida ma’ruza qilishdi. Bu kabi tadbirlar esa bilim va tajriba almashishda hamjamiyatlarning o’rnini belgilab beradi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Start_Up

Startap: Sun’iy intellekt bolalar nutqi nuqsonlari bilan ishlaydi

Unicon Soft kompaniyasining xalqaro masalalar bo‘yicha menejeri, turli ta'lim loyihalari bilan ishlash tajribasiga ega, dastur va loyihalarni boshqarish bo‘yicha kuchli mutaxassis Feruza Xamroyeva “Bolalar uchun logoped” startap loyihasini yaratdi.

Qizlarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga, ayniqsa IT sohasiga jalb etishga qiziqadigan Feruza kuni kecha «Women in IT Start up» doirasida o‘z startapini taqdim etdi.

Bugun o‘zbek tilida mazkur yo‘nalishda ilova mavjud emas va shu bois investorlarni aynan shu yo‘nalishda jalb qila olaman deb o‘ylayman.

“Bugun bolalar erta yoshdan telefondan foydalanishni boshlayotgani oqibatida nutqi rivojlanishdan oqsayapti. Shu sababdan ham aynan telefon yordamida biz bolaning nutqini ko‘tarish yechimini ishlab chiqdik”,

— deydi Feruza.

Ilovani yaratishda soha mutaxassislari bilan ishlangan bo'lib, undagi sun’iy intellekt istalgan yoshdagi bolaning nutqi bilan ishlaydi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️⬇️⬇️

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍6🔥1
#Bepul_vebinar

IT Ladies'dan ayollar uchun BEPUL Vebinar:
"MAQSADGA YO'NALTIRILGAN SOTISH"

📅 WEBINAR bugun!
2024-yil 12-mart, soat 19:30

🎤Mutaxassis ma'ruzachi: Feruza Xamroyeva - Unicon Soft kompaniyasining xalqaro masalalar bo‘yicha menejeri, turli ta'lim loyihalari bilan ishlash tajribasiga ega, dastur va loyihalarni boshqarish bo‘yicha kuchli mutaxassis

Davomiyligi: 1,5 soat
Ayollar uchun ishtirok etish bepul😉

Mutaxassisga savollar berishingiz mumkin

Video uchrashuvga havola: ⬇️

https://us05web.zoom.us/j/85339432199?pwd=0GIEBM3aowOn80Zz3hq9wm41Nm42uD.1

Meeting ID: 853 3943 2199
Passcode: 32qg3w

Oldindan roʻyxatdan oʻtish shart emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Start_Up

4 nafar qiz hunarmandchilik mahsulotlari savdosiga mo‘ljallangan marketpleys yaratishdi

Westminster universiteti talabasi Sevil, Iqtisodiyot universiteti talabasi Hulkar hamda 10-sinf o’quvchisi Zamira tomonidan yaratilgan Startap loyiha hunarmand ayollarning qo‘lda tayyorlangan mahsulotlarini savdosini ko‘paytirishga qaratilgan.

Odatda hunarmand ayollar o'z mahsulotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilishga harakat qilishadi, lekin ko‘pincha ularning urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ladi. Bizning loyihamiz esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lda tayyorlangan mahsulotlarni joylashtirish va sotish uchun mo‘ljallangan.

Platform Uber modeli asosida yaratilgan bo'lib, bir tomondan sotuvchi, ikkinchi tomondan esa xaridorlarni uchrashtiradi.

Xo‘sh, loyihaning o‘ziga xosligi nimada?

💠Joy ijarasi uchun to‘lov yo‘qligi sababli narxlar, bozordagidan past bo‘lishi kutilmoqda;

💠sotuvchining o‘zi etkazib berish usulini tanlaydi. Imkoniyatiga qarab Yandex Go tanlaydi yoki o‘zi yetkazib beradi;

💠foydalanuvchi saytni ochganda, u taklif etilayotgan mahsulotlar rastalardagi kabi ko‘radi. Masalan, boshqa portallarda aniq tasavvurga ega bo‘lmagan mahsulotni topish uchun uni qidiruvga kiritish va ma’lumotlarni ko‘rish lozim.

Darvoqe, mazkur platformadan imkoniyati cheklanganlar ham foydalanishi mumkin.

Mazkur Startap loyihasi «Women in IT Start up» doirasida TOP-3 dan joy oldi. Qizlarga homiylarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Hozirda loyiha yaratuvchilari Startap uchun investorlar topish harakatida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143🔥3👏2