Insholar va bayonlar
5.54K subscribers
531 photos
20 videos
221 files
109 links
Assalomu alaykum. Xush kelibsiz Kanalimizga.

Kanalimizda topishingiz mumkun:

📝Insholar

📄Bayonlar

📋Testlar va yechimlar

📚Darslik va Qullanmalar
Download Telegram
Mehr bu insonning eng yuksak tuyg‘ularidan biridir
Sharq falsafasida rahm – shafqat, muruvvat, odamiylik kabi fazilatlar doimo ulug‘lanib, madh etilib kelingan. Odamiylik – bu kishining boshqa odamlarga, urug‘ – aymog‘iga mehr-shafqat ko‘rsatishi, yaxshilik qilishini, insonparvarlik munosabatlarida bo‘lishini taqozo etadigan fazilatdir. Mehr va muruvvat – insoniylikning ajralmas belgilaridir. Mehr tushunchasiga muhabbat, sadoqat, oqibat kabi tushunchalar hamohang bo‘lib, bularning har birida xalq donishmandligi va milliy qadriyatlar o‘z ifodasini topgan. Muruvvat esa saxovat va rahmdil, o‘zgalarga shafqatli bo‘lishni, qo‘li ochiqlik va bag‘rikenglikni ham anglatadi.
Hadisi sharifda Rasululloh (s.a.v) marhamat qiladilarki:“Ey Uqba, senga dunyo va oxirat ahllari axloqlarining afzallaridan xabar beraymi? Kim sen bilan silai rahmni uzgan bo‘lsa, sen uni bog‘laysan, kim seni bir narsadan mahrum qilgan bo‘lsa, unga o‘shani berasan va kim senga zulm qilgan bo‘lsa, afv qilasan”.
Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi mehrli bo‘lish, insonparvar bo‘lish borasidagi g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirish insoniy fazilatdir. Chunki, Forobiy fozil shaharni orzu qilib, bu shaharda hamma kishilar mehr-muruvvatli, boshqa kishilarni izzat qiladigan insonparvar odamlar ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Alisher Navoiy o‘zining “Vaqfiya” asarida inson ulkan izzat va hurmat to‘g‘risida so‘z yuritadi. Asarda ko‘rsatilishicha boshqalarga mehr ko‘rsatish insonning eng oliy fazilatlaridan biridir. Navoiy mehrsiz, muruvvatsiz kishini hayvonga tenglashtiradi. Navoiy fikricha inson butun koinotning duru-gavhari, markaziy siymosi, butun mavjudotning toji, hayotning gulidir. Dunyodagi barcha yaxshi narsalar, jamiyki ne’matlar inson uchun, uning baxt-saodati uchun yaratilgan, bularning bari insonga xizmat qilmog‘i kerak. Navoiy fikricha olamda insondan qudratli, undan muhimroq salohiyat yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Shunday ekan, har bir inson o‘zini hurmat qilish bilan birga, boshqa insonlarni ham olamning duru-gavharlari deb bilishi, ularga mehr va izzat ko‘rsatishi lozim bo‘ladi deya ta’kidlaydi.
Hayotni kuzatsak, yaxshi muomala va samimiy munosabat qalblarga sevinch bag‘ishlasa, qo‘rslik va manmanlik, kibr kishilarga aziyat yetkazishini anglaymiz. Sevinchga to‘la qalblar yaxshilik, ezgulik istaydi. Hamsuhbat kishiga quvonch ulashish gunohlarning kechirilishiga ham sabab bo‘larkan. Shirinso‘zlik va muloyimlik bilan muomala qilgan inson nafaqat o‘zini, balki suhbatdoshining qalbini ham charog‘on etadi. Ko‘rishganda salomlashish, chaqirganda “labbay” deyish, xayrlashganda omonlik tilash xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Zero, insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, ahil-inoqlikning ziyoda bo‘lishi, birinchi navbatda, odamlar bilan muloqotda xushmuomalalikka bog‘liq.
Yonimizdagi insonga baho berganda, eng avvalo, uning muomalasiga, odamlar bilan munosabatiga e’tibor qaratamiz. Muomala odobi esa “Assalomu alaykum, vaalaykum assalom” dan boshlanadi. Chiroyli xulq va yaxshi muomala — odamiylik ziynatidir. Xalqimiz kechayu kunduz qimirlab mehnat qilar ekan, to‘ylar qilsam, odamlarga ehsonlar qilsam deb hamisha xayolidan o‘tkazib turadi. Bir-birlarining haqlariga duo qilganda ham “topganing to‘ylarga buyursin” deyishlik odat bo‘lib qolgan. Chunki ularga ochiq qo‘l bo‘lishlik ajdodlaridan meros bo‘lib qolgan. Xalqimiz biladiki, uning farog‘ati dunyoda ham baraka keltiradi, oxiratda ham ulkan ajrlarga sabab bo‘ladi. Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam: "Saxiylik bir daraxtdir, uning tomirlari jannatda, shoxlari esa dunyoga tushgandir. Kim uning bir shoxiga osilsa, uni jannatga olib boradi. Baxillik ham bir daraxtdur, uning tomirlari do‘zaxda va shoxlari dunyoga tushgan. Kim uning bir shoxiga osilsa, uni do‘zaxga olib boradi" dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
"O‘zlaringiz va o‘liklaringiz uchun bir qultum suv bilan bo‘lsa ham sadaqa qilinglar! Agar bunga qodir bo‘lmasangiz, Allohning Kitobidan bo‘lgan bir oyat bilan, ya’ni, uni o‘qinglar, unga amal qilinglar,
boshqalarga ham yetkazinglar. Bas, agar bunga ham qodir bo‘lmasangiz, rahmat va mag‘firat so‘rab, Allohga duo qilinglar! Chunki U zot duoni ijobat qilishga va’da bergandir". Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam): "To mo‘min bo‘lmagunlaringcha jannatga kirmaysizlar, to bir-birlaringga mehr-muruvvatli bo‘lmagunlaringcha mo‘min bo‘lmaysizlar" (Imom Muslim rivoyati), degan ta’limlari bizlarni o‘zaro mehr-muruvvatli bo‘lishga chorlaydi. Mehr-muruvvat haqida Qur’oni karimda bunday bayon qilingan: "Sizdan(ey Muhammad,) kimga ehson qilishni so‘raydilar. Ayting: "Nimani xayr-ehson qilsalaring, ota-ona, qarindosh, yetim, miskin va musofirlarga qilinglar! Har qanday ehsonlaringni Alloh bilib turuvchidir" (Baqara, 215).
Hadislardan birida: "Bemorlarni ziyorat qilinglar, ochlarga taom yediringlar, qarz¬dorlarga qarzlarini uzishga yordam beringlar" deyilgan. Shirin so‘z va yaxshi muomala mehru oqibat kalitidir. Shuning uchun Parvardigor o‘zining kalomi sharifida mo‘minlarni shirinso‘z bo‘lishga chaqiradi. Hadisda: "Kim biror kishini yaxshi ishga dalolat qilsa, unga o‘sha yaxshilikni bajarganning savobi beriladi", deyilgan.


Manba ⤵️
@IRamond
Assalomu alaykum qadrli obunachilar!
Men yangi adminka sifatida ish boshladim. @Ulugbekova_Aziza ga murojaat qiling. Qo'ldan kelgancha yordam berib yozib berishga harakat qilaman. E'tibor uchun rahmat
Mavzu:Birni kessang mingni ek!
Ijodiy bayon
Reja:
1)Mungli qõshiq sozandachasi
2)G'azalxon terakning nobud bo'lishi
3)Astrobod o'lkasining gullab-yashnashi
Alisher Navoiy Astrobodga hukmronlik kezlarida osmon bilan chambarchas birlashgan terak do'st edi. Navoiy har bir g'am-u-g'ussasini, quvonch-u-shodligini o'sha terak bilan bo'lishar edi. Har kuni ular hamsuhbat bo'lar edi. U terak shunchalik ajoyib ediki, tunlari qo'shiqchi oyning qo'shiqlarigz mohir raqqoslik qilar edi. Shoxlari-yu barglari tunda bamisoli shamchiroq singari miltillar edi. Uni ko'rgan har bir banda u terakka oshifta bõlar edi va do'st tutinib, dardlarini baham ko'rgisi kelardi.
Kunlardan bir kuni Alisher Navoiy o'sha terakning yoniga bormadi. Bir kuni Navoiy jyda ham parishon edi buni sababini o'zi ham bilnasdi. Mulozimlari sababini rosa izlashdi. Lekin topa olmadi. Keyin terskning yoniga olib borishdi, terak joyida kesilgan holatda edi. Navoiyning ko'nglidagi tugun shu edi. Navoiy bu holatdan juda g'azablandi va tabiat kushandasini topdirtirdi. Keyin u qotilga 40darra jazo berdi. Har darra urilayotganda "biriga o'n"degan naqlni ishlatdi.
Qilgan ishidan pushaymon bo'lgsn va yuqoridagi naqldsn xulosa chiqargan kushanda o'sha tepalikka katta bir bog' barpo etadi. Ko'plab teraklar va daraxtlar ekadi. Boshqalar ham kamida bittadan nihol ekib parvarishlaydi. Yaqin yillarda u niholar zabardast, chiroyli, ko'rkam va hashamdor terag-u-daraxtlarga aylanadi. Astrobodda shu kabi bog'-u-rog'lar ko'payadi vz chiroyiga yanada chiroy qo'shiladi.


Ulug'bekova Aziza

Manba: @iRamond
Insho

Navoiy g’azal mulkining sultoni.

Reja
1
2 Kirish.

Navoiy va bulbul
2
3 Asosiy qisim:

a) Navoiy g’azallari shaydosiman.

b) Navoiyning buyukligidagi oddiylik xulosa

Ogohiy, kim topgo’y erdi

so’zi nazmingdin navo,

Bahra gar yo’qdir

Navoiyning merosidan sango

…U bog;da dtirib, yoqimli, jarangdor ovozi bilan o’zi bitgan g’azalni o’qiy boshladi. Uning shunday go’zal ovozi bor edi-ki, bundan sarmast bo’lgan borlik ham unga quloq tutgandek edi, goyo… Chandorda onish qiloyotgan bulbul ham uning ovoziga maliyo bo’lib, onishdan toxtadi va sorti: “Ey yoqimli ovoz so ibi! Sening shunday go’zal ovozing bor ekan, aytiki sen o’zingga ta allus tanladingmi?”

“Yo’q”-deb lavob beribdi u. Unday bo’lsa sen o’zingga “navo” ta’allusini tanla,-debdi bulbul. U uzoq o’ylabdi va o’ziga Navoiy deb ta’allusini tanlabdi. Ha, bu ulug’zot- o’zbek adabiy lilining asoschisi, buyuk so’z san’atkori Mavlono Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlari edi.

Navoiy deganda eng avvalo ko’z ongimizda yorqin bir simo gavdalanadi. Biz uni o’z ko’zimiz bilan ko’rmagan bo’lsakda, u haqida juda ko’p o’qiymiz, izlanamiz

Xalqimizda Navoiynibilmagan, u haqida eshitmagan,

uning go’zallaridan yod olmagan kishining o’zi bo’lmasa kerak. Chunki Navoiyni bilmaslik, o’z lilini hurmat qilmaslik bilan boro-bardir. Tilimizda go’zal asarlar yaratgan buyuk adibimiz necha-nacha zamomlardan biri ulug’lanib kelingan. Uning Far odu shirinlari, layliyu Majnunlari bugun ham bar, hayotdirlardir.

Uning yaratgan asarlari, mumtoz g’azal, ruboiy, qit’a, tuyuqari har bir kshining ma’naviy oziqasini oshirishga xizmat qiladi. Chunki Navoiyning asarlararida g’ayriaddiylik, insonlarga xos mehr-oqibat, sevgi-muhabbat tuyg’ulari tarannum etilgan.

Men har gal Navoiy g’azallaridan yod olganimda ularning mag’zini chaqishga qilaman. Chunki har bir g’azalda o’zgacha bir dam yashiringan.


Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin?

Ko’ngluma har biring dardu balosinmu deyin?

Ko’zi qahrinmu deyin, kep-rigi zahrinmu?

Bu qudurat oza ruxsori safosin deyin?..


Navoiy yoshligidan boshlab o’ta zrhnli, ziyrak, aqli bola bo’lgan. U yetti yoshida boshab g’zallar yoza boshlagan.

Orazin yopqoch ko’zimdir sochilur har lahza yosh,

Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, ni-har bolg’och

quyosh…

O’zing on ikki ming she’rini shu birgina baytga almashmoqchi bo’lgan Lutfiy ham unga ko’ngil qoladi va uning buyuk kelajagiga ishonadi. Jomiy hazratlari ham Naoiyning asarlariga tan berib: “yahshiyamki Navoiyning asarlari turk tilida, agar ular fors tilida bo’lganda, bizning asarlarni hech kim o’qimagan bo’lar edi”,- deb aytib o’tgan rkanlar.

Buyuk zotlarning Navoiyga tan berishga ham uning asarlari qanchalik bebaho ekanligi yorqin isbotidir. Kecha oqshom o’tirib, Navoiydan yod oldim:


Kichkina ma’lum emas hali parishonim meni,


Osmonni pord qildi tiyri afg’onim meni


Men nechuk shod etmayin bu hosta ko’nglumni bukun,

Keldi holimni so’rab jona-jonim meni

G’azalni bot-bot o’qib ekanman, unda Navoiyning ichki his-tuyg’ulari, dardlari borligini payqadim.


Biz Alisher Navoiy nomini ulug’lab, ko’klarga ko’taramiz. Ular buyuk zot bo’lsa ham, aslida juda kamlarin, oqko’ngil, xalqparvar, oily-janob inson bo’lganlar. Hash, Navoiyning buyuklidagi anao’sha oddeylik nimada? Navoiy hamisha xalq orasida yashagan. Navoiyni mansab, shon-shuhrat emas, balki il-yurt uchun xizmat qilish qiziqtirar edi.

U umri davomida xilqning qilish dardi bilan yashad, Navoiy o’z tasavvurida oddiygina bir inson edi. Lekin uning qalb quashi hamisha parlab turar edi.

Navoiy ham fars ham tojik tillarida ijod etgan. uniong yaratgan boy merosi o’zbek xazinasining duru-javohirlanadir. Ha, biz bejiz! Lekin shoir og’r kasallik tufayli 1501-yilning 3-yanvarida vafot etdi.

Bu esa Navoiyning zamondoshlari uchun og’ir bu musubatga aylandi.


O’limidan har bir uyga tushdi matam.

Mamlakatning har burchidan chiqdi fiqon.

Temir yurak, tosh yurakli kishilar ham

Bu dahshati musibatdan yutdilar qon.
"Sa'bai sayyor"
Reja:
1-A.Navoi hayot yõli
2- Sa'bai sayyor
2-....Tavsif
dostoni (1484), ishqiysarguzasht harakterda. 38 bob (5000 baytdan oshiq). Sharkda keng tarqalgan "Bahrom Goʻr" afsonasi asosida. Afsona Eronning sosoniy hukmdori Chyaraxran V (420— 438 hukmronligi) nomi bilan bogʻliq (Varaxran — dariycha Bahrom). U goʻr— qulon oviga oʻchligi uchun Bahrom Goʻrnomi bilan mashhur. Afsonani yozma adabiyotga, dastlab Firdavsiy olib kirgan. Soʻng Nizomiy, Hisrav Dexlaviy va boshqa shu mavzuda asarlar yozganlar. Navoiy bu tajribalarni umumlashtirib, mukammal original doston yaratgan. Doston Sharqda "Bahrom va Gulandom", "Bahromnoma", "Haft manzari Bahrom" nomlari bilan shuhrat qozongan. "Sabʼai sayyor" anʼanaga koʻra, hamd, munojot va naʼt bilan boshlangan, soʻng voqealar bayon etilgan. Mundarijasi "Hamsa"dagi boshqa dostonlardan farq qiladi; hikoya ichida hikoya usulida yozilgan. Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya boʻlib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan. Ular asarning umumiy yoʻnalishi bilan chambarchas bogʻlanib, yaxlit bir badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi. Ayni vaqtda hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzular davrning , xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi; xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va vatanparvarlik, sevgi va maʼrifat gʻoyalari ilgari suriladi, munofiklik va zolimlik qoralanadi.

Bahrom — 7 iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Moniyxitoylik goʻzal Dilorom haqida xabar beradi, oʻzi chizgan qizning suratini koʻrsatadi. Shoh suratni koʻrib telbalarcha oshiq boʻladi. Xitoyning 1 yillik xirojini toʻlab, qizni saroyga keltiradi. Shoh qizga butunlay mahliyo boʻlib, mamlakat ishlarini unutadi. Mastlik bilan sevgilisidan ham ajraladi, soʻng uzlatga beriladi. Undagi savdoyilikni daf etmoq uchun 7 iqlim shohi 7 rangdagi 7 qasr qurdiradi. Baxrom ularning har birida har kuni 1 musofirdan hikoya tinglaydi, tuzala boshlaydi. Nihoyat 7-kun oq qasrda Diloromning daragini eshitadi va uni topadi. Yana ovga, ayshishratga beriladi va navbatdagi ov paytida butun arkoni davlati bilan yer yutadi.

Navoiy Bahrom obraziga juda katta maʼno-mazmun yuklagan. Uning timsolida oshiqlik va shohlikning bir tanga sigʻmasligini koʻrsatgan. Navoiy asar voqealarini XurosonuMovarounnaxr hayoti bilan bogʻlashga harakat qilib, qissaga turkona ruh bergan. "Sabʼai sayyor" voqealari, qahramonlarining xatti-harakatlari yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Navoiydan soʻng ogʻzaki va yozma adabiyotda "Sabʼai sayyor"ning bir necha variantlari yaratildi [ Sayqaliy "Bahrom va Gulandom", N. Sitsishvili "Bahromguriani" dostonlari; K.Yashin "Mehr va Suhayl" musiqali dramasi, K. Yashin, M.Muhamedov "Dilorom" operasi librettosi, Gʻaribiy (19-asr) "Shoh Bahrom va Dilorom", Umar Boqiy "Qissai haft manzari Bahrom", Fozil Yoʻldosh oʻgʻli "Bahrom va Gulandom" va boshqa].

Manba: @Iramond
Abdulla Qodiriyning
Hayoti va ijodi.

REJA:
1. A.Qodiriyning bolalik va yoshlik yillari.
2. A.Qodiriyning ilk ijodi.
3. A.Qodiriy – jurnalist.
4. A.Qodiriy – tanqidchi.

BAYONI:
Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda bog’bon oilasida dunyoga keldi. “Boshida boy oilada tug’ildimmi yoki kambag’al oiladami, albatta, bilmadim, – deb yozadi A.Qodiriy, – ammo yoshim 7-8ga yetgach, qornim oshga to’ymog’onidan, ustim tuzukroq kiyim ko’rmaganidan aniq bildimki, besh jonning tomog’i faqat 80 yoshli bir chol otamning mehnatidan, 1300 sarjin bog’ning yozda yetishtirib beradigan hosilidan kelar ekan. Agar bahor yomon kelib, bog’ mevalari ofatga uchrab qolsa, biz ham ochliqqa duch kelib, qishi bilan jovrashib chiqar ekanmiz”.
Abdulla bolaligidayoq zehni o’tkir, o’qish-o’rganishga mehr-ishtiyoqi baland bo’lgan. Ammo oiladagi moddiy muhtojlik tufayli bir oz kechikib, 9-10 yoshlarida maktabga boradi. Ikki-uch yil eski maktabda o’qigach, 12 yoshida uni oiladagi nihoyatda qashshoqlik vajidan bir boyga xizmatchilikka beradilar. Xo’jayin savdogar kishi bo’lib, o’rischa yozuv-chizuvni biladigan odamga muhtoj edi. Abdullaning zehnini, o’qishga ishtiyoqini sezgan savdogar uni rus-tuzem maktabiga yuboradi. Ham o’qish, ham o’qishdan keyin xo’jayin qo’lida ishlash Abdulla uchun og’irlik qiladi, maktabga yaxshi bilim ololmaydi. Bu hol ikki davom etadi. So’ng bunga chidolmay, ota-onasiga yolvorib o’z uyiga qaytib keladi, shu yerda turib o’qishga qatnaydi. O’qishdan bo’sh vaqtlarida akasi yoniga kirib toqichilik hunarini o’rganadi. Ikki-uch yil shu toqichilik va bog’ ishlari bilan band bo’ladi. Bolalikda egallagan bu hunarlarni, ayniqsa, bog’dorchilikni u bir umr tark etolmaydi.
Abdulla rus-tuzem maktabini 1912-yil muvaffaqiyat bilan tugatdi. Bu maktabda o’qish, bolaligidanoq rus tilini egallash bo’lg’uvchi yozuvchi ijodiy taqdirida muhim kasb etdi, rus va jahon adabiyoti, madaniyati bilan tanishuvi uchun bevosita yo’l ochib berdi. Ikki yil o’tgach, Abdulla Toshkentdagi Abulqosim madrasasiga o’qishga kirdi. Madrasadagi qisqa ta’lim uning islom ilmi, arab va fors tillarini egallashi, keyinchalik bu sohalarni mustaqil o’zlashtirish uchun zamin hozirladi.
Abdulla 1912-yili Rasulmuhammadboy otliq savdogarga prikazchik bo’lib ishga kirdi. Bu savdogar boy insofli, ochiqko’ngil, mulla, ziyolilarni hurmat qiladigan kishi edi. Bu odam xonadonida yashab, uning savdo do’konida ishlab, Abdulla zamonasining ko’p ilg’or, ziyoli kishilari bilan tanishadi. 1914-yili boyning katta qizi Rahbaroyga uylanadi. Abdullaning bundan keyingi ham totuv, ham sertashvish hayoti, faoliyati umr yo’ldoshi Rahbaroy, u keyinchalik birin-ketin in’om etgan ikki o’g’il, ikki qiz – Nafiza, Habibulla, Adiba, Ma’sudlar bilan kechdi.
Abdulla ijodiy faoliyatining boshlanishi ham o’sha davrga to’g’ri keladi. “Shu miyonalarda, - deb eslaydi A.Qodiriy, - bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadig’on gazetalarni o’qib, dunyoda gazeta degan gap borlig’iga imon keltirdim. 1913-yilda o’zbekcha “Sadoyi Turkiston”, “Samarqand”, “Oina” gazetalari chiqa boshlag’och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg’ondi”. “Sadoyi Turkiston” gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida “Yangi masjid va maktab” sarlavhali xabari bosilgan. Bu xabar ostiga Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan. Shu tarzda matbuotda Abdulla Qodiriy nomi paydo bo’ldi. Oradan ko’p o’tmay shu nom ostida “Millatimga”, “Ahvolimiz” she’rlari, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi chiqdi. Bu asarlar Qodiriyning ijodidagi dastlabki izlanishlar bo’lib, ular o’sha davrning taraqqiyparvar harakati – jadidchilik g’oyalari bilan sug’orilgan, jadid adabiyoti ta’siri ostida yozilgan edi. Bu asarlarda Qodiriy qoloq odatlarni tanqid ostiga oladi, xalqni o’zligini anglashga, yangilikka da’vat etadi.
Yozuvchining “Juvonboz” asari bevosita Behbudiyning “Padarkush” dramasiga taqlidan yozilgan. Hikoyada o’qishni tashlab buzuq, shaltoq yo’llarga kirib ketgan boyvachcha otasining mol-mulkini sovuradi, sindiradi; ota-onani dog’da qoldirib, oxiri jinoyatga qo’l uradi, qamaladi. “Baxtsiz kuyov”da esa muallif qoloq odatlardan biri – hashamatli to’y ortiqch
a sarf-xarajatlar va ularning ko’ngilsiz oqibatlari masalasini ko’taradi. Amakisining maslahati bilan Solih ismli yetim yigit katta qarz ko’tarib dabdabali to’y qilib, boy xonadon qiziga uylanadi. Vaqtida qarzini uzolmay garovga qo’yilgan hovli-joyidan ajralish oldida sharmandalikdan o’zini-o’zi o’ldiradi.
Qodiriyning oktabr inqilobidan keyingi faoliyati asosan matbuot bilan bog’langan. 1919-yili “Oziq ishlari” gazetasiga muharrir bo’lib tayinlandi; so’ngra “Ro’sta” gazetasiga muxbir, “Ishtirokiyun” va “Qizil bayroq” gazetalarida xodim, “Inqilob”, “Kommunist yo’ldoshi” majmualarida sarkotib va xodim bo’lib ishlaydi.
Qodiriy ham matbuot xodimi, ham jurnalist-publitsist, hajviy yozuvchi sifatida O’zbekistonda yangi tipdagi sovet matbuotining tug’ilishi va shakllanishida benihoyat katta xizmat qildi. Ayniqsa, “Mushtum” jurnalining tashkil topishida va oyoqqa turishida katta jonbozlik ko’rsatdi.
Qodiriy matbuot, jurnalistika sohasidagi bilimi va malakasini oshirish maqsadida 1924-1925-yillar orasida Moskvadagi oliy jurnalistika institutida ta’lim oladi. Moskvada o’qigan kezlarida ham respublika matbuoti bilan aloqasini uzmaydi.
Qodiriy 1919-1925-yillar orasida matbuotda yuzlab maqola, hajviyalari bilan qatnashadi. Bu asarlarni u har xil – Qodiriy, Julqunboy, Kalvak Mahzum, Toshpo’lat, Ovsar, Dumbul, Shig’oy degan imzo-taxalluslar bilan e’lon qilgan.
Qodiriy publitsistikasining mavzu-mundarijasi, muammolar doirasi keng. Ular orasida hayotdagi muhim tadbirlarni, yangiliklarni olqishlab, qo’llab-quvvatlovchi, targ’ib-tashviq etuvchi (“Matbuot kuni”, “Otam va Bolshevik”, “1918-yil yodgori”, G’irvonlik Mallaboy aka“singari”), hayotdagi xilma-xil illatlarni fosh etuvchi maqolalar hamda bir turkum adabiy-tanqidiy ishlarni uchratamiz. Qodiriyning “Bizda teatr ishining borishi”, “Ravot qasgqirlari”, “O’tgan kunlar” va “O’tgan kunlar tanqidi ustida ba’zi izohlar” maqolalari 20-yillar o’zbek tanqidchiligining eng yaxshi namunalaridandir. Ularda realistik adabiyotning jiddiy masalalari – haqqoniylik, milliylik, badiiy shakl haqida muhim fikrlar ilgari surilgan.
Qodiriy oktabr inqilobi tufayli so’z erkinligi, jasorat oldik, deb quvongan edi. Endi bor ovoz bilan haqiqatni aytish, yozishga chog’lanadi. U inqilobni, yangi hayotni olqishlash, himoya qilish bilan barobar bu hayot yo’lidagi xilma-xil to’siqlarni fosh etishga, sho’ro voqealigiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib ko’rsatishga jazm etdi. U yangi hayot yo’lidagi to’siqlar faqat sinfiy dushmanlar – boy, domla-imom, ruhoniylar qarshiligidan iborat emasligini bilardi. Yangi dunyo quruvchilari ongi, xatti-harakati, o’zi ichki ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga to’la edi. Qator maqolalarida, hajviyalarida adib mana shu ziddiyat, kamchiliklarni ko’rsatishga harakat qildi. Ammo uning bu intilishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yilda “Mushtum” jurnalida bosilgan “Yig’indi gaplar” hajviyasida hayotdagi kamchiliklar, hukumat kishilari haqidagi beozor kulgi, hazil uchun aksil-inqilobiy harakat qilganlikda ayblanib qamoqqa olinadi. Qodiriy o’ziga qo’yilgan asossiz ayblarni qat’iyan rad etadi. Qamoqxonada nohaqlikka norozilik sifatida ochlik e’lon qiladi. Uzoq davom etgan tergovda, nihoyat, sudda mardona turib tuhmatchi, pastkash kimsalarni ayovsiz fosh etadi, siyosiy ayblar va dag’dag’alardan aslo cho’chimay, hech ikkilanmay faqat haqiqatni aytadi, qat’iy turib o’z sha’nini himoya qiladi. “Men to’g’rilik orqasida bosh ketsa “ix” deydirgan yigit emasman” deydi.
Oily sud

@Iramond
OYBEKNING “NAVOIY” ROMANI.
Reja:
1. Asarning yozilish tarixi.
2. Romanning asosiy g’oyasi.
3. Asardagi tarixiy shaxslar.
4. Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro o’rtasidagi munosabatlar.
5. Romanning badiiy xususiyatlari.
 
BAYONI:
Oybek Navoiy hayoti va ijodi bilan 30-yillar arafasida faol qiziqa boshladi. U shu yillarda Yazdiy, Koshifiy, Qazviniy, Muhammad Tolib, Abdurazzoq Samarqandiy, Vosifiy, Mirxond singari tarixchi olimlarning asarlarini qunt bilan o’rganishga kirishdi, lekin 20-yillar oxiri – 30-yillarda o’zbek adabiyotida avj olgan noto’g’ri qarashlar tufayli Oybekka ham qator ayblar qo’yildi.
Oybek, bir tomoni, o’ziga qo’yilgan aybdan xalos bo’lish uchun “Qutlug’ qon” romaniga oddiy kambag’al xalq vakilini bosh qahramon sifatida tanladi. Lekin romanda tasvir etilgan voqealar mantiqi shuni ko’rsatdiki, yo’lchilar tarixning burilish nuqtalarida xalq ommasiga rahbarlik ham qilaolmaydilar, ta’sir ham o’tkaza bilmaydilar. Qolaversa, 30-yillarda oddiy ishchilar va dehqonlar orasidan yetishib chiqqan davlat va mamlakat rahbarlari ham mustabit markaz oldida na el-yurt manfaatini, na o’zlarini himoya qilaolmaydilar. Shuning uchun Oybek xalqqa ham, adabiyotga ham Navoiy singari daholar kerak degan xulosaga keldi.
“Qutlug’ qon romani” hali chop etilmay turib Oybek 1940-yil 6-yanvarda “Navoiy” romani ustida ish boshlab yubordi va uni 1942-yilning qish oylarida tugatdi. Roman turli muhokamalardan o’tib, 1944-yilda nashr etildi.
O’zbek xalqi tarixida XIV-XV asrlar alohida o’rinni egallaydi. Amir Temurning tarix sahnasiga chiqishi bilan yangi va qudratli o’zbek davlatchiligiga asos soladi. Sharqning hozirga qadar iftixori bo’lib kelgan mahobatli inshootlar – me’moriy obidalar bino etildi. Adabiyot, san’at va fan keng taraqqiy etdi. Ana shu taraqqiyotning timsoli va natijasi sifatida Alisher Navoiyning buyuk asarlari yaratildi. Navoiy faqat buyuk shoir bo’libgina qolmay XV asrning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy hayotiga ham katta ta’sir o’tkazdi.
Ayrim tarixchilarda agar Husayn Boyqaro bo’lmaganida Navoiy shoir sifatida bunday yuksaklikka erishmagan bo’lardi degan fikr bor. Ehtimol, bu fikrda haqiqat urug’lari yo’q emasdir. Ammo eng muhimi shundaki, agar Navoiy boo’lmaganida Husayn Boyqaro ham davlatni va avom (xalq)ni idora etishda bu darajada muvaffaqiyat qozonmagan Husayn Boyqaroning o’zi ham, xalq ham, davlat ham allaqachonlar ichki nizolar va urushlarning qurboni bo’lgani bo’lardi. Shu so’zlarning o’zidanoq roman markazida Navoiy va Husayn Boyqaro obrazlari turishi yaqqol ko’rinib turibdi. Shubhasiz, Oybekning asosiy maqsadi Navoiyning ulug’ inson, shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini yaratishdir. Oybekning talqinicha, Navoiy siymosining ana shu uchala qirrasini o’zaro birlashtirib turadigan “magnit maydoni” uning insonparvarligidir. Oybek Navoiyning insonparvar shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini yaratish uchun asarga tarixiy shaxslar obrazi bilan birga badiiy to’qima obrazlarni ham kiritgan. Bular, birnchi navbatda, Navoiyning shogirdi Sultonmurod, uning do’sti Arslonqul va uning sevgilisi Dildordir. Bular roman voqealaridan oddiy xalq vakillari sifatida ishtirok etib Navoiyning ulug’ inson, shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini ochishga ko’maklashadi. Husayn Boyqaro, Jomiy, Behzod, Nizomulmulk, Majididdin singari o’nlab qahramonlar esa Oybek asariga to’ppa-to’g’ri tarix sahifalaridan kirib kelgan. Oybek bu qahramonlar obrazini yaratishda tarix haqiqatiga suyangan.
Shoir va tarjimon A.Naumovning yozishicha, Oybek u bilan suhbatida “Navoiy” romanining yaratilish tarixi haiqda so’zlab, unga: “Yozishdan avval men qahramonlarimni aniq tayin ko’rganman, ular, mening xayolimda, bir paytlar tarix shudgoriga tashlangan urug’dan o’sib chiqqandek edilar”, - degan ekan.
Adibning bu fikri nafaqat tarixiy shaxslar, balki to’qima obrazlarga ham taalluqlidir.
O’sha suhbatdoshning yozishicha, Oybek unga yana bunday so’zlarni aytgan: “Mening stolim ustida o’rta asrlardagi Hirotning o’zim chizgan xaritasi yotardi.

Manba @iramond
Saddi Iskandariy adolatli hukmdor

Ulug'bekova Aziza
@iRamond
Sabr toqat

Ulug'bekova Aziza
@iRamond
ERKIN VOHIDOV
O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hozirgi o’zbek she’riyatining zabardast vakillaridan biridir. Uning sharq mumtoz adabiyoti an’anlari izidan borib, zamondoshlari ma’naviy dunyosini ochib beruvchi g’azallari, zo’r insoniylik ruhi bilan yo’g’rilgan talay she’rlari, urush fojialari haqida bahs etuvchi “Nido”, hayot jumboqlari, inson qismati xususidagi falsafiy mushohadalari bilan yo’g’rilgan “Ruhlar isyoni”, “Istambul fojiasi” asarlari, tomoshabinlarni xushnud etgan “Oltin devor” komediyasi, shuningdek, I.Gyote, S.Yesenin, A.Blok, M.Svetlov, A.Tvardovskiy, R.Xamzatovdan qilgan tarjimalari, ayniqsa, “Eron taronalari” bilan “Faust” tarjimasi adabiyotimizda, ma’naviy hayotimizda ulkan voqea bo’ldi.
“Men ijodiy mehnatbi faol jamoat ishlari bilan qo’shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman. Odamlarga faqat she’ring emas, o’zing kerakligini sezish – bu katta baxt. Shuning uchun ham jamoat mehnatidan hech qachon o’zimni olib qochgan emasman. Qaynoq hayot ichida yashash, ishlab o’rganganman”, - deb yozadi shoir. Darhaqiqat, u badiiy ijodni faol jamoatchilik ishlari bilan qo’shib olib boradi. Yoshlar nashriyotida bosh muharrir, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sa’nat nashriyotida director, “Yoshlik” jurnaliga bosh muharrir bo’lib ishlagan. Shoirning ijtimoiy faoliyati doirasi Respublika Oliy Kengashi va Oliy Majlisiga deputat bo’lib saylangan, Oliy Kengashning oshkoralik masalalari qo’mitasi, Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasiga raislik qilgan kezlari ayniqsa kengaydi. Bu yillarda atoqli shoir davlat va jamoat arbobi sifatida ham tanildi. Uning ko’p vaqti xalq ichida, yurtimiz va mamlakatlar bo’ylab safarlarda o’tmoqda. Shoir “Buyuk romani” unvoniga sazovor bo’ldi.
Erkin Vohidov Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida 1936-yilning 28-dekabrida qishloq o’qituvchilari oilasida dunyoga keldi. Otasi Cho’yanboy Vohidov, onasi roziyaxon davrning obro’-e’tiborli, ma’rifatli, faol kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yashamadilar. Avval Ikkinchi jahon urushida qatnashib, og’ir yarador bo’lib qaytgan ota, so’ng ona dunyodan o’tdi. Ikki qisqa umrning yolg’iz yodgori bo’lib Erkin toshkentlik tog’asi qo’lida qoldi. Unig o’spirirnlik, yoshlik yillari Toshkentda o’tdi. Erkin ulg’aygan xonadon ma’rifatga, san’atga, adabiyotga tashna edi, bu xonadonni tez-tez shoir va xonandalar ishtirokida suhbatlar bo’lib turardi. Erkin Vohidovdagi nafosatga, she’riyatga mehrva mayl shu xonadonda, ana shu davralarda shakllandi. Erkin juda erta qo’liga qalam oldi. 7-sinfda o’qib yurganida “Mushtum” jurnalida birinchi she’ri bosildi. Maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetiga kirib o’qidi. Universitet ta’limi shoirning ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi; birinchi she’rlar kitobi “Tong nafasi” talabalik yillarida yaratildi.
Hozirgi zamon o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida o'qituvchi oilasida tavallud topgan. Vohidovlar oilasi 1945-yilda poytaxt Toshkentga ko'chib keldi. Erkinjon avval o'rta maktabda, so'ng hozirgi O'zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida ta'lim oladi. 1960-yilda o'qishni bitirgach, nashriyotlarda muharrir, bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlaydi, yangi tashkil qilingan «Yoshlik» jurnalining oyoqqa turishiga rahbarlik qiladi.
Erkin Vohidov dastlabki she'rlarini maktabda o'qib yurgan paytidayoq e'lon qila boshlagan, birinchi she'riy to'plami esa «Tong nafasi» nomi bilan 1961-yilda chop etilgandi. Shundan buyon ijodkorning qirqdan ziyod kitobi o'quvchilarga tortiq etildi. Uning she'rlaridan tashqari «Palatkada yozilgan doston», «Ruhlar isyoni», «Istambul fojiasi» singari dostonlari, «Donishqishloq latifalari» hajviy turkumi, «Oltin devor» komediyasi, «Shoiru she'ru shuur» nomli adabiy-falsafiy to'plami XX asr o'zbek adabiyoti rivojiga katta hissa bo'lib qo'shilgan. Erkin Vohidov dunyo she'riyatining yorqin vakillari S.Yesenin, A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov singari shoirlarning ko'plab asarlarini ona tilimiz
ga tarjima qilgan. Erkin Vohidov tomonidan ulug' nemis mutafakkiri Gyotening «Faust» asari o'zbek tiliga yuksak mahorat bilan o'girilishi esa (1974-yilda) nafaqat adabiyotimiz, balki madaniya-timiz tarixida ham muhim voqea bo'lib qoladi.
Erkin Vohidov she'riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qiladi. Sho'ro adabiyotshunosligida aruz vazni «eskirgan, zamonga javob bera olmay qolgan vazn», deya inkor qilina boshlagan bir paytda Erkin Vohidov «Yoshlik devoni» (1969) kitobini e'lon qilgan, undan joy olgan o'nlab go'zal g'azallari bilan bunday da'volarning puch ekanligini isbotlagan edi. U «O'zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvonga sazovor bo'lgan ijodkordir.
Darhaqiqat, Erkin Vohidov o'zining butun faoliyati va ijodini xalqimiz orzu-o'ylarini ifodalash, millatimiz taqdiriga daxldor muammolarni dadil ko'tarib chiqish, kishilarimiz madaniy-estetik saviyasini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga yo'naltirgandir. Bu jihatdan shoirning 1968-yilda yozilgan «O'zbegim» qasidasi alohida e'tiborga molik.

Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o'zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u oqsoch Tiyonshon, o'zbegim.

So'ylasin Afrosiyob-u so'ylasin O'rxun xati,
Ko'hna tarix shodasida bitta marjon, o'zbegim.

Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Forob avlodidan,
Asli nasli balki O'zlik, balki Tarxon, o'zbegim.
Shoir lirikasi
Erkin Vohidov publitsist, dramaturgy dostonnavis, tarjimon sifatida barakali ijod qilgan bo'lsa-da, awalo, u lirik shoir sifatida adabiyotga kirib kelgan, xalqimiz qalbidan ham nafis, ham dolg'ali, isyonkor she'rlari orqali joy olgan.
Shoirning ijodi bahs-munozaralar ichida kechdi. Shoir o'z qo'lidagi qurol — she'r, lining tabiati, shoirning el-yurt oldidagi burchi — vazifasi xususida ko'p o'yladi, she'r va shoir haqidagi qarashlarini bayon etdi. U bular xususida so'z ochganda har doim ijod mashaqqatlarini, shoir bo'lish oson emasligini eslatadi. Uningcha, shoirlik o'z ona yurtiga, xalqiga, inson zotiga bo'lgan fidoyi mehrning samarasidir.
Erkin Vohidov dastiab hayot, go'zallik, yoshlik, muhabbat kuychisi bo'lib maydonga chiqdi. Taqdir in'om etgan hayot, saodat, yoshlik, muhabbat suairini, hayotdan rizolikni toiib-toshib kuyladi. Xalqimiz erishgan yutuqlar, uning shonli tarixi, qo'lga kiritgan g'alabalari to'g'risida faxr-iftixorga to'la satrlar bitdi. Jumladan, ,,Yoshligim" g'azalida yoshlik sururidan jo'shib yozadi:
Yoshligim, kel, kuyga to'lgan Qalbim oltin sozi bo'l. Men qo'shiq aytay to'lib,
Bir lahza jo'r ovozi boi. 40—50- yillarda ,,vulgar sotsiologizm" deb atalgan qarash oqibati o'laroq, sevgi, shaxsiy kechinmalar badnom etilgan.
she'riyatdan quvg'in qilingan edi. 50- yillar oxiri, 60- yillarga kelib vaziyat o'zgara boshladi, inson shaxsiga hurmat, qalbiga e'tibor birmuncha oshdi, kishining xilma-xil kechinmalari, jumladan, an'anaviy sevgi taronalarini kuylash uchun yo'l ochildi. Bu hoi an'anaviy she'riy shakl, ayniqsa, g'azalning jonlanishiga olib keldi. Tabiiyki, bu jarayon o'sha kezlari osonlikcha, silliq kechgani yo'q. AbdullaOripov yozganiday, ,,mumtoz g'azaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekildi, deya karomat qilishayotganda yosh avlod orasidan birinchilardan bo'lib Erkin Vohidov anizning tabarruk ostonasida posbon yanglig' paydo bo'ldi". Ba'zi munaqqidlar ishqiy kechinmalarni kuylash, ko'hna she'riy shakl —aruzga murojaat qilishni zamondan uzoqlashish deb ataydilar. E, Vohidov ,,Yoshlik devoni" kitobining ,,Debocha"sida shunday qarashlar bilan bahsga kirishadi:
Istadim sayr aylamoqni
Men g'azal bo'stonida. Kulmangiz, ne bor senga deb
Mir Alisher yonida. She'nyat dunyosi keng,
Gulzori ko'p, bo'stoni ko'p, Har ko'ngil arzini aytur
Neki bor imkonida. Ey munaqqid, sen g'azalni
Ko'hna deb kamsitmagil, Sevgi ham Odam Atodin
Qolgan inson qonida.
Shu tariqa shoir inson qonidagi azaliy, tabiiy tuyg'u — sevgini kuylagan qadimiy g'azal shaklini himoya qiladi. She'rda g'azal shunchaki she'riy shakl ma'nosida emas, muhabbat, boqiy insoniy tuyg'ular ramzi tarzida ham qo'llangan:
Barcha shodlik senga bo'lsin,
Bor sitam, zorlik menga. Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xushtorlik meng
a... Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin menga ber. Senga bo'lsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.
(„ Barcha shodlik senga bo’lsin ")
Shoir oshiq ko'ngilning ma'shuqaga bo'Igan mayli ifodasida xuddi mumtoz she'riyat namoyandalari kabi mubolag'ani hadsiz oshiradi:
Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o'zimdan ham, Uzoqroq termulib qolsam
Bo'lurman g'ash ko'zimdan ham. Ko'zim yongay senga nargis —
Ko'zin tiksa chamanlarda, Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo'lgay yuzimdan ham.
(„ Rashkim")
Oshiq yigitning dil rozlari, ma'shuqaning ta'rif-tavsifi har qancha mubolag'ador, romantik bo'yoqlar bilan zeb berilgan bo'lmasin, har ikkisi ham zamon va zamin farzandi, ular shoir aytmoqchi, ,,o'z zamonin zayli"ga itoat etadigan bizga zamondosh odamlardir.
Bora-bora shoir ijodida o'shanday romantik jo'shqinlik, hayotsevarlik tuyg'ulari yoniga jiddiy realistik mushohadakorlik kelib qo'shila boshladi. Shoir hayotni nuqul madh etish bilan chek-lanmay, uning tub mohiyatiga, ichki ziddiyatlariga ham nigoh tashlaydi, qalamga olingan hodisani qarama-qarshiliklari, ziddiyatlari, manfiy va musbat tomonlari bilan birgalikda idrok etadi. Natijada shoir she'rlari o'ziga xos bahs-munozara tusini oladi. 70 — 80- yillarga kelib shoir sevgi, ,,hayot kuychisi"gina emas, ko'proq hayotning, inson qalbining badiiy tadqiqotchisi sifatida ko'rina boshladi. ,,Hozirgi yoshlar", ,,Inson", ,,Sirdaryo o'lani", ,,Arslon o'ynatuvchi" she'rlari, ,,Ruhlar isyoni", ,,Istambul fojiasi" singari dostonlari bu jihatdan shoir ijodida olg'a tashlangan qadambo'ldi.
Hayotga, el-yurtga mehr — bu faqat shirin so'zlar, madhiyalar, hamd-u sanolar orqali ifodalanmaydi.

“Ruhlar isyoni” dostoni. “Ruhlar isyoni” dostoniga isyonkor bengal shoiri Nazrul Islom hayoti, fojiali qismati asos qilib olingan. „Otashin bengal shoiri Nazrul Islomning qahramonona va fojiali taqdiri ko’pdn meni hayajonga solib kelar, u haqda biron narsa yozish xalida yurardim”, - deydi muallif. Shu maqsadda u shoir hayoti va ijodini astoyidil o’rgandi, shoir hayotiga oid faktlar bilan yaqindan tanishish niyatida Hindistonga bordi, shoir yashagan joylarda bo’ldi, shoirni shaxsan tanigan, bilgan kishilar bilan suhbat qurdi.
Ma’lumki, Nazrul Islom XX asr boshlarida chaqindek yaraqlab, she’riyatda o’chmas iz qoldirgan, isyonkor she’rlari bilan butun Hindiston yarim orolini larzaga solgan, hayotini Hindiston chet el mustamlakachilari zulmidan ozod etish ishiga, xalqlar birdamligi, erki, baxti yo’lida fido etgan dovyurak shoirdir. Tazyiq, hibs, qiynoqlar ostida shoirni hali o’ttiz beshga yetmagan navqiron yoshida, ayni ijodi qaynagan paytida es-hushidan ayiradilar. Oradan yillar o’tdi, shoir vatani Hindistonda katta o’zgarishlar yuz berdi. Nazrul Islom orzu qilgan kunlar keldi, mustamlakachilar yurtdan quvildi. Hindiston mustaqillik, tinchliksevarlik, ijtimoiy taraqqiyot yo’liga tushib oldi. Bir vaqtlar tahqirlangan, jabrlangan shoir hayotda o’rnini, qadrini topdi, el ardog’iga sazovor bo’ldi. Afsus, endi uning aql-hushi joyida emas, shu ahvolda u qirq yil ardoqda yashadi. Yurtidagi o’zgarishlarni, o’ziga ko’rsatgan ehtiromlarni sezmadi, bilmadi, uni tark etkan es-hush bir lahza bo’lsin qaytmadi.
Erkin Vohidov dastlab shoir boshidan kechgan shu hayajonli voqealarni hikoya qiluvchi bir she’riy qissa yozdi. Biroq bu asardan ko’ngli to’lmadi. „O’ylab qarasam, - deydi u, - unda men Nazrul Islom hayotiga oid ko’pchilikka tanish faktlarni shunchaki belletristik yo’lda sharhlash, hikoya qilib berish bilan cheklangan ekanman”.
Shoir dostonni yozishdan kuzatgan maqsadi haqida shunday deydi: „Ruhlar isyoni garchi Nazrul Islomga bag’ishlangan bo’lsada, asar faqat otashin shoir hayoti ifodasidan iborat emas. Unda men shoir hayoti bahonasida o’zining, umuman, shoirlik, insonlik, fidoyilik, erk tashnaligi haqidagi, erkka tashna ijod ahlining zamonasi, xalqi bilan murakkab munosabati haqidagi, qolaversa, inson hayotining ma’nosi, hayotning ham shafqatsiz, ham adolatli, haqiqati haqidagi o’y mushohadalarimni kitobxon bilan baham ko’rishga intildim”.
Doston haqsizlik va adolat, istibdod va erk orasidagi mangu kurashda iste’
dod egasining o’rni haqidagi falsafiy mushohadalar bilan boshlanadi. Chin iste’dod egasining tabiati yaralishdan nohaqlikka, adolatsizlikka, istibdodga qarshi isyondir deb sanaydi muallif:
Shoir yurak –
Pok tilagi,
Imonidir basharning.
Armon to’la yurakdagi
Isyonidir basharning.
Nazrul Islom dunyoga shoir bo’lib, ya’ni davrining pok tilagi, imoni, armon to’la yurakdagi isyoni bo’lib tug’ildi. Milliy ozodlik bo’sag’asida turgan el-yurt shunday isyonkor shoirga mushtoj edi, “Zamon uning yonib turgan yuragini so’radi”. Shoir hali tug’ilmasdan burun o’z yurtidan judo etilgan edi: el-yurti mustamlakachi zobitlar oyog’i ostida toptalib yotibdi. Jaholatda qolgan xalq zolim-zobitlarga qarshi turish o’rniga, hind-u musulmonga ajralib, bir-birining go’shtini yeyish, qirish bilan ovora. Muallif Hindiston tarixining shu qora kunlarinialam bilan qalamga olar ekan, yana shoir va uning fuqarolik burchi haqidagi bahsga ko’chib, deydi:
Har nechakim zo’r iste’dod,
Toshqin ilhom,
Xalqing yotsa chekib faryod,
Yaramasang kuniga.
Shoir esang,
Shoir bo’lib
Nega kelding hayotga?
Eling yotsa dardga to’lib,
Kelolmasang najotga?!
Ne shoirsang
Tashbehlaring
Bormi asli keragi.
Bo’lmasa el g’ami – darding,
Yuraging – el yuragi?!
Shoirni, ayniqsa, faqat o’z joni tinchini o’ylandigan, jur’atsiz, qo’rqoq, munofiqlar aqidasi tashvishga soladi. Haqsizlikni ko’ra-bila tura indamaslik, layoqaydlik xiyonatdir. Fasus, u jaholat tufayli karaxt, ko’r-u karga aylangan olomon ta’qibiga uchraydi: shoirni g’alayonning sababkori deb ataydilar. Shu tariqa el uchun jonini, jahonni berishga tayyor fidoyi shoir el dushmaniga aylanadi, hibsga olinadi.
Dostondagi Nazrul Islom qismati, unga daxldor rivoyatlar, shoirning ehtiroslarga to’la o’y-mushohadalari bilan tanishar ekansiz, asarni yozishdan maqsad faqat bengal shoiri hayoti, Hindistonda kechgan voqealar, qadim rivoyatlarni hikoya qilishdan iborat emasligini sezib, his etib turasiz. Ayni paytda gap o’z ona yurtimiz, unig istilochilar istibdodi yillaridagi kechmishi, Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat kabi millatning asl fidoyi o’g’lonlari, ularning yurt ozodligi, mustaqilligi yo’lidagi kurashlari va bu kurashlar qanchalar qimmatga tushganligi - barchasi birma-bir ko’z oldingizdan o’tadi. XX asdrning 70-yillari oxirlarida yozilgan bu dostondagi isyonkorona kurashchan ruh Qodiriy, Cho’lpon, Fitratlarga xos el-yurt g’ami, erki, ozodligi yo’lida kuyib-yonishlar bu yillarda ham davom etganligini tasdiqlaydi.