Aqliy Psixolog test - IQtest
2.1K subscribers
109 photos
6 videos
2 files
375 links
Mantiqiy, qiziqarli, matematik va boshqa yunalishlarda savollar
Miya uchun trenirovka + psixologik testlar

@IQtestlaruzbot
Download Telegram
 Pisihiologik test.
Rasmda birinchi bo'lib nima e'tiborizni tortdi?
?qush
?qo'l
?palma


@Aqliytest

?Admin
👍1
?Qush - qalbing hazillashadigan olamga zavq bilan kiradi. Bir to'tiqush, ruhiy quvonch va baxtni anglatadi. Sizning yuragingiz odamlar uchun juda ko'p yorug'lik chiqaradi.
?Palma - Siz bayram haqida o'ylayapsizmi, siz qirg'oq bo'yidagi qirg'oq bo'ylab kunlarni o'tkazib tashlamoqchimisiz? Siz yoz odamisiz - quyosh, yorug'lik, issiqlik, yashil dunyo va, eng muhimi, qiziqarli bo'lishingiz kerak.
✋Qo'l. Siz etakchi, "shoh", xo'jayin bo'lishni yoqtirasiz. Siz uchun eng muhimi, hamma narsani sizning qo'lingizda ushlab turish, hamma narsani nazorat qilishdir. Siz boshliq xo'jayiniz, sizning nazorati ostida, hamma narsa muammosiz ketadi.

@Aqliytest

?Admin
👍2
Anqarada yigitlar mast holda jamoat tartibini buzganligi uchun Anqara sudi tomonidan antiqa tarzda jazolanadi. U har kuni 2 soat davomida "BU ISHNI QILISHGA" majbur etiladi. Bir mashxur insonning fikricha esa "BU ISHNI QILISH" o'zing qolib boshqa odamning kallasi bilan fikrlash ekan.
Diqqat savol. BU Qanday ISHNI QILISH?

@Aqliytest

?Admin
👍2
 
Pisihiologik test.
Rasmda birinchi bo'lib nima e'tiborizni tortdi?
✈️samalyot
?gitara
☁️bulut

@Aqliytest

?Admin
👍2
? Samolyotlar
Sizning ehtirosingiz sayohatdir. Dunyoni har kuni o'zingiz ochasiz, yangi, ajoyib va ​​kashf qilinadigan biror narsa topasiz. Siz hayotdagi tadqiqotchisiz. Katta kashfiyotlarga aylaning.

? Gitara (chiziqlar)
Siz kompaniyaning ruhisiz. Har bir inson sizga yoqadi. Siz faqat seva olmaysiz.
Siz shunchalik xursandsiz, hayotdagi joker, hazillashuvchisiz. Ammo jiddiy ish sodir bo'lganda siz o'zgarsiz. Siz juda jiddiy, aqlli va to'g'ri bo'lasiz.

☁️ Bulutlar
Siz tug'ma, romantik, xayolparast va umuman juda mehribon va samimiy insonsiz. Hayotingizdagi vazifangiz shodlik va baxtni bo'lishishdir, va bu dunyo bulut kabi yorug'lik qilishdir.

@Aqliytest

?Admin
👍2
ODATDA SPIRTLI ICHIMLIKLAR MUZDAY HOLDA ICHILADI. LEKIN DUNYODA SHUNDAY DAVLAT BORKI AXOLISI SPIRTLI ICHIMLIKLARNI ISITIB ICHISHADI.
BU QAYSI DAVLAT?

@Aqliytest

?Admin
Student qorni ochib, kotlet qovurmoqchi bo'lib matematika haqida o'ylayabdi. Har bir katlet ikki tomonlama qoviriladi, har bir tomoni 5 daqiqadan vaqtni oladi.
Savol: Qanday qilib student 15 daqiqada 6ta kotletni qovurishi mumkun, agar tovaga faqatgina 4 kotlet sig'sa?


@Aqliytest
👍1
Hayrli tong azizlar!
Olamga nurlar taratgan tong uchun shukrlar bo'lsin!
Yaratgan har ishingizni natijali etsin. Oilangiz tinch, xonadoningiz fayzli bo'lsin!

@Aqliytest
Aqliy Psixolog test - IQtest
Student qorni ochib, kotlet qovurmoqchi bo'lib matematika haqida o'ylayabdi. Har bir katlet ikki tomonlama qoviriladi, har bir tomoni 5 daqiqadan vaqtni oladi. Savol: Qanday qilib student 15 daqiqada 6ta kotletni qovurishi mumkun, agar tovaga faqatgina 4…
Javobi: Friend:
4 ta kotletni tovaga soliniladi 5 min.dan song 2 tasi olinib 2 tasi 2- tomonini pishiriladi. Qolgan 2 ta kotletni ham soliz 5 min. dan so'ng pishgan 2 ta kotletni olamoz o'rniga olib qoygan kotletni solamiz va 4 talasiniyam 2- tomonini pishiramiz jami:15 min.

@Aqliytest
👍1👎1🤣1
#psixologik_maslahat

🌏 Атрофингиздаги олам бу - сизнинг фикрларингиз акс этадиган ойнадир .
🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔

😠 Ойнадаги жахл килишни бас килинг .
😌😌😌😌😌😌😌

😄Унга кулиб бокинг, уни борича яхши куринг , унга яхшилик тиланг .
😃😃😃😃😃😃😃😃😃

👩‍💼Узгариш ва узгартиришларни эса узингиздан калбингиздаги хиссиётлардан ва фикрлардан бошланг .
🤷‍♀🤷‍♀🤷‍♀🤷‍♀🤷‍♀🤷‍♀🤷‍♀💁💁💁

💁Ойна узингиздан бошка нарсани курсатишга кодир эмас .
🙋🙋🙋🙋🙋🙋🙋🙋🙋🙋

@Aqliytest
👍3
IQ ko'rsatgichi 145dan balandlar uchun mahsus.

Javobni @ideat0r ga jo'nating

@Aqliytest
Psixologiklarni 10ta Noto'g'ri maslahatlar erinmasangiz o'qib chiqing!
👍 @Aqliytest
Murakkab vaziyatga tushib qolgan kishi muammoni hal qilishi mumkin bo‘lgan har qaysi imkoniyatga xuddi cho‘kayotgan odam xasga osilgandek tirmashadi. Ruhshunos qabuliga borish hamda undan maslahat olishni esa muammoning yechimi sifatida qabul qiladi. Ammo ba’zi hollarda mutaxassislarning maslahati yordam berish o‘rniga kichik masalani katta muammoga aylantirib qo‘yishi ham mumkin...

1. Qiyinchiliklarni mustaqil yengish lozim!
Aslida esa...
Tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra, individual tarzda faoliyat yuritadigan insonlar jamoa bilan ishlaydiganlarga qaraganda tushkunlikka beriluvchan bo‘lishar ekan. Ish yoki shaxsiy hayotdagi muammolarni yolg‘izlikda hal etuvchilarning deyarli barchasi salomatligidan shikoyat qiladi. Shunday ekan, «Kuchli bo‘ling, hammasini o‘zingiz uddalang» degan maslahatga ko‘pam quloq tutavermang. Har qanday insonga dardlashguvchi, qo‘llovchi kerak.

2. Orzuga tezroq yetishmoq uchun uni amalga oshganini tasavvur qilib turish kerak!
Aslida esa...
Ruhshunoslar tomonidan bir guruh talabalarga imtihon oldidan yuqori baho olganlarini tasvirlovchi surat chizishni buyurishdi. Ikkinchi guruh talabalarga esa ikki kun davomida darslarni qaytarish topshirildi. Aynan ana shu ikkinchi guruhdagi talabalar imtihonni a’lo bahoga topshirib chiqishdi. Bu tajribadan shunday xulosa chiqarish mumkin: maqsadga erishilganini tasavvur qilish kishida unga bo‘lgan intilishni susaytirib qo‘yishi ham hech gapmas.

3. Jahlingiz chiqdimi? Yostiqni uring, baqiring yoki yer teping!
Aslida esa...
Bu qarashning xato ekanligini isbotlash uchun ham tajriba o‘tkazilgan. Unda dars qilib o‘tirgan talabalarni o‘qituvchi yarim soat davomida tinmay haqoratlagan. So‘ng guruhning yarmiga nok mevasi tarqatilib, uni ezg‘ilash taklif etilgan, qolganlari esa tinch holatda o‘tirishgan. Tajriba so‘nggida nokni ezg‘ilash talabalarning jahlini tushirishga emas, aksincha yanada avj olishiga xizmat qilgani ma’lum bo‘ldi. Tinch o‘tirgan talabalar esa oz muddatda haqoratlarni unutishga muvaffaq bo‘lishgan. Maslahatimiz shuki, jahl otiga minganingizda chuqur-chuqur nafas olib, tinchlanishga harakat qiling.

4. Hozir bilan yashang, kelajakka sayohat qilavermang!
Aslida esa...
Vaqti-vaqti bilan o‘tkazilib turiladigan fuqaro muhofazasi o‘quv-mashg‘ulotlarini bir eslang. Ularga asoslanib biz qiyin hamda kutilmagan vaziyat (yong‘in, zilzila, portlash kabi)larda o‘zimizni qanday tutishni o‘rganib, rejalashtirib olamiz. Ro‘y berishi kutilayotgan voqea-hodisalarni ko‘z oldiga keltirish ham ana shunday foyda beradi. Masalan, sizni oldinda oilaviy ajrim yoki ishdan bo‘shash masalasi kutayotgan bo‘lsa, siz har qanday holatga tayyor turishingiz uchun bir marta bo‘lsa-da, xayolan o‘sha vaziyatga tushishingiz tavsiya etiladi.

5. Hayotga doim umid bilan qarang! Optimizm hamrohingiz bo‘lsin...
Aslida esa...
Har qanday vaziyat va masalaga optimistik ruhda yondashish tufayli inson ehtiyot choralarini ko‘rish haqida unutib qo‘yadi. O‘zi yaxshilikni tilayotgani uchun unga ham barcha ana shunday munosabatda bo‘lishiga ishonadi. Ammo aksariyat hollarda buning teskarisi ro‘y beradi. Odamlardan ko‘nglingiz qolishini yoki kimdir sizning qalbingizga ozor berishini istamaysizmi?! Maslahatimiz, hayotga teran va aql bilan boqing!

6. Qo‘rqmang, xatarga tik boqing!
Aslida esa...
Deylik, biror nimadan xavotirdasiz. Ruhshunoslarning gapiga quloq tutib, qo‘rquv sizni tark etishni buyurasiz. «Men qo‘rqmayman, qo‘rqmayman!» deganingiz sari qo‘rquv ong ostiga yanada musmtahkamlanib borar ekan. Shuning uchun holatingizni boricha qabul qiling, sizni bezovta qilayotgan o‘y-xayollaringizni yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Bu mavzuda suhbatlashing. Ana shunda biroz bo‘lsa-da, yengil tortasiz.
👇👇👇
@Aqliytest
👍 @Aqliytest

7. O‘zingizga yuqori baho bering! Aks holda omadsizga aylanasiz...
Aslida esa...
O‘zini hurmat qilish boshqa, o‘ziga yuqori baho berish boshqa! Ana shu ikki holatning farqini bilish hamda ulardan birinchisiga amal qilish tavsiya etiladi. Ruhshunoslarning kuzatuviga ko‘ra, o‘ziga haddan ortiq yuqori baho berish kishini xudbinga aylantiradi. Bunday insonlar boshqalarning ustidan hukm o‘tkazish, ularning fikrini mensimay, faqat o‘zinikini uqtirish, masxara qilish, ba’zan esa atrofdagilarga nisbatan kuch ishlatishga ham o‘zlarini haqli sanashar ekan. Bu xulosadan keyin “Kamtarga kamol, manmanga zavol” degan naql bejiz aytilmaganiga amin bo‘lasiz. Maslahatimiz, ko‘zgu qarshisida turib olib, o‘zingizga yuqori baho beravermay, bajargan ishlaringiz va qo‘lga kiritgan yutuqlaringiz ortidan faxrlanishni o‘rganing.

8. Qarama-qarshi qutblar bir butun bo‘ladi. Shu bois do‘st va juftingiz sizga o‘xshamagan bo‘lsin!
Aslida esa...
Odatda og‘ir-bosiq yoki kamgap yigitlarga shaddodgina qizlarni kelin qilishga harakat qilishadi. Ota-onalarning fikricha, turli xil fe’l-atvorli kishilarning juftligi mustahkam bo‘lar emish. Bu shunchaki farazlar, ular hayotda ham (ayrim tasodiflarni inobatga olmaganda), fanda ham o‘z isbotini topmagan. Bizda bu fikrni xatoga chiqarish niyati yo‘q. Biroq masalaga oydinlik kiritmasak bo‘lmaydi. Bolaligimizdan o‘zimizga o‘xshagan tengqurlarimiz bilan do‘stlashamiz. Ulg‘ayib, ishlayotganimizda ham qarashlari bizniki bilan bir xil bo‘lgan hamkasblarni ko‘proq hurmat qilamiz. Didi, dunyoqarashi, yashash tarzi, bilimi o‘xshash bo‘lgan insonlarning do‘stligi mustahkam bo‘lgani kabi, turmushi va baxti ham bardavom bo‘ladi.

9. Chin dildan istasang, niyatingga yetasan!
Aslida esa...
Boyib ketishni yoki oilaviy baxtga erishishni kim istamaydi deysiz! Lekin bu orzular amalga oshishi uchun ertalabdan kechgacha niyat qilib o‘tirishning o‘zi kifoyami?! «Harakatda — barakat» emasmi?! «Olma pish — og‘zimga tush» bilan ish bitmaganidek, istaklar amalga oshishi uchun shunga yarasha harakat qilish ham zarur! Ba’zan biror narsani haddan ortiq xohlasak, uning amalga oshishi yo‘lida o‘zimiz anglamagan holda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yamiz. Maslahatimiz, asabiylashmasdan, aql bilan ish tuting! Ana shunda har qanday cho‘qqini ham zabt eta olasiz!

10. Barchamiz individualmiz! Kimdir tunni bedor o‘tkazsa, kimdir erta uyquga ketadi...
Aslida esa...
Bir sutkada 8 soat uxlamaslik, tunni bedor o‘tkazish barchaning sog‘lig‘i uchun birdek zarar. Tunda uxlamaydigan kishilarning organizmida uyqu davomida ishlab chiqariladigan melotanin gormonining miqdori keskin kamayib ketadi. Buning oqibatida esa gormonal fon o‘zgaradi, bepushtlik, ko‘krak hamda prostatit saratonining yuzaga kelish xavfi keskin ortadi. Shuningdek, depressiyaga moyillik ham ortadi. Sanalgan muammolar bilan ro‘baro‘ kelishni istamasangiz, o‘z vaqtida va yetarlicha vaqt uxlashga odatlaning!
👍1
Bir kuni 3 ta kal bir uyga og'rilikka tushibdi. U uydan hamma narsani og'irlashibdi lekin faqat bir narsani olishmabdi
Savol : ular nimani olishmagan?

@Aqliytest

#Javobni @ideat0r ga junating
👍4
#PSIXOLOGIK

ISMINGIZNI BIRINCHI XARFIGA INSON XARAKTERI va SIRLARI...

(A). Fikrlash va xatti-harakatlarning o’ziga xosligi, fe’l-atvorning erkinligi va sardorlik qobiliyati bilan boshqalardan farq qiladi;

(B). Ta’sirchan va qalbi xis-tuyg’uga to’la bo’ladilar. Ular o’z xis-tuyg’ularini yashira olmaydi. Shodlik, xafalik, jahl, hayratda qolish – buning barchasini uning yuzidan ochiq kitobni o’qigandek bilib olish mumkin. Bunday insonga jamoada ishlash yaxshiroq, yakka holdagi ish uni g’amlikka olib kelishi mumkin;

(D). Artistlarcha mahoratli va xazil-mutoyiba tuyg’usiga ega bo’ladi. Bunday inson samimiy va muloqotda ochiq bo’ladi, faqatgina idora tashqarisida. Bolaligidan o’tkir zehnli bo’ladi va bor kuchini jamiyatda mustahkam o’rin egallashga qaratadi;

(E). Pokizaligi bilan boshqalardan farq qiladi. Kichkina dog’ yoki chang izi uni asbiylashtirishi mumkin. Bunday inson hayotidagi barcha narsalar o’z-o’zidan bo’lishini xohlaydi, o’zini hech urintirmaydi. Ishda ko’pincha u ikkinchi darajali e’tiborini qaratadi va o’z faoliyatining tub maqsadini unutadi;

(F). Har tomonlama rivojlangan shaxs. Ijod bilan bog’liq bo’lgan ish unga shodlik baxsh etadi. Bunday inson es-xushini yo’qotguncha ijod qilishi mumkin. Nazariy bilimlarni mustahkam egallaganiga qaramay bunday insonga amaliyot yetishmaydi. Ba'zan ular zamonaviy hayotga umuman moslashmagan bo’ladi;

(G). O‘z uyi va oilasiga bog’langan bo’ladi. Qarindosh urug’larning muammolarini yechish uchun hamma narsaga tayyor. Dam olishni ham, ishlashni ham birdek xush ko’radi. Bunday inson kuy va ohanglarni yaxshi farq qiladi va biror cholg’u asbobida musiqa chaladi. Musiqa uning bo’sh vaqtini o’tkazish uchun sevimli mashg’ulotiga aylanadi.

(H). Yorqin shaxsiyatparast. Uning bir o’zi hech xijolat tortmay butun jamiyatga qarshi tura oladi. Fikrini o’ziga o’tkazmoqchi bo’lgan insonlarni keskinlik bilan to’xtatadi. Shu tariqa ularda o’z ishlariga aralashish xohishini yo’qotadi.

(I) Tom ma’noda pullarni o’ziga tortadi. U yo’q narsadan ham pul qila oladi. Har qanday holatni u o’z foydasiga burishi mumkin. Bunday insonda millioner bo’lish uchun barcha imkoniyatlar bor. Unga xardamxayollik xos, lekin o’zi buni sezmaydi.
(J). Oliyjanoblik erkinlik va o’ziga xos murosasizlik xos. O’zini tez-tez saxiy qilib ko’rsatib, o’zi bundan zavqlanadi.

(K). Yaxshi san’atkor. U barcha ishni mukammal darajaga yetkazadigan haqiqiy idealist. Bunday inson ijod qilishni yaxshi ko’radi.

(L). Hissiyotlari jo’shqin. Boshqalarning xafa qiladigan so’zlari va harakatlariga umuman befarq bo’lsada biroq u atrofdagi hayvonlar va tabiat hodisalaridan qattiq ta’sirlanadi. O’z ichki dunyosini voqea hodidalar tomon yo’naltirib, tabiat va hayvonot dunyosidan ilhom kutadi. Ko’pincha bunday inson kelajakni oldindan ko’radigan yoki ekstrasens bo’lib chiqadi.

(M). Intizomliligi va javobgarliligi bilan ajralib turadi. Bunday insonga biror ishni topshirib, vaqtida bajarilishiga ishonish mumkin. Uning xaddan tashqari ishbilarmonligi katta xarajatlar evaziga yashash istagi bilan yaqin turadi.
(N). Og’ir ishdan qochmaydi. U juda ham jizzaki odam va kelajakdagi muvaffaqiyatlar hozirda qilingan harakatlarga bog’liq deb hisoblaydi. Ko’pincha u o’z kuchiga ishonmaydi. Bunday insonlar oarsida ruhi tushgan insonlar ko’p uchraydi.

(O). Doimo o’z-o’zi bilan kurashadi. Bu narsa uning ikkiyuzlamachiligi tufayli sodir bo’ladi. Atrofdagi insonlarning fikriga qaramay, 5 daqiqa ichida o’z fikrini qarama-qarshi fikrga almashtirishi mumkin.

(P). Sardorlik qobiliyatiga ega, qat’iy va qaysar, mansabparastdirlar. Agar o’zini biroz tiyib turmasa, u holda ertami kechmi jahli tez va tajang zolimga aylanadi. Bu mohir, xiylagar, g’azablangan insonni o’z ishlarini hal qilish uchun boshqaradi, uni osonlikcha o’z ixtiyoriga bo’ysundira oladi.

@Aqliytest
👍2
Bugunni shunaqangi o'tkazki, hayotingni eng unutilmas kuni bo'lsin!
Hayrli tong!

@Aqliytest
👍5
Islom dini Osiyo ga kirib kelgan paytda taxminan 90foiz odamlar bu dinga hayrihoh bo'lgan bular ichida hitoy ham bo'ligan. Lekin hitoy bir sabab tufayli Islom dinni qabul qilmagan.
Savol bu qanday sabab.?

Javobni @ideat0r ga jo'nating
ВАЪДАГА ВАФО

Осмонга термулиб турган қизга йигит:
-Сенга осмондаги ойни олиб бераман, -деган ваъдани берди...
Орадан йиллар ўтиб, икки нафар қиз фарзанд кўришди, оиланинг катта бекаси:
-Отангиз ваъдани бериб устидан чиқмайди, бир замонлар осмондан ойни олиб бераман, деганди.
Сочларига оқ тушган киши:
-Икки қизимизни осмондаги ойдан қаери кам? -дея жавоб берди...

Дониёр ҚУРБОНХЎЖАЕВ

@Aqliytest
👍1
Suhbatdoshingizning qoshiga qarab, fe'l-atvorini aniqlang!

H
ayotimiz davomida ko’p insonlar bilan munosabatlarga kirishamiz, biroq ularning fe'l atvori haqida ko’p ma'lumotga ega emasmiz. Qarangki, bugungi kunda insonning tashqi ko’rinishiga qarab tabiati, imkoniyatlari va xohish-istaklari haqida to’liqroq ma'lumotga ega bo’lish imkoni bor ekan.
Yoysimon qosh sohiblari
Yo
y, bu - go’zallik ramzi. Bunday qosh egasi go’zallik uchun dunyoga kelgan. U istagan narsalariga qiyinchiliksiz erishish qobiliyatiga ega. Tabiiy kamon qoshlar ta'sirchanlik, hissiyotga beriluvchanlik va san'atkorlik xususiyatlaringizni oshkor etmoqda. Shu bilan birga, ko’zlagan maqsadingizga erishish uchun sizda etarlicha qat'iyat topiladi. Kamon qoshlar munosabatlarda o’zaro ahillikdan darak beradi.
Qaldirg’och qanoti kabi qo’shilgan qoshlar
Bu
ndaylarni o’z maqsadlarga erishish yo’lida xech narsadan tap tortmaydigan, ushalganini uzmay qo’ymaydigan insonlar qatoriga qo’shish mumkin. Agar qoshning oxiri chakkaga tomon ko’tarilgan bo’lsa, odatda bu jahldorlik, tadbirkorlik, mag’rurlik, o’ziga bo’lgan ishonchdan darak beradi.
Egilgan uchli qoshlar
Bu
nday qosh sohibalari odatda o’z taqdirining yaratuvchisi hisoblanmaydi. Maqsadingizga erishish uchun odamlardan foydalanishdan tiyilishingiz lozim.
Tekis qoshlar
Bu
nday qosh egalari shijoatli, mard, sport va dam olishni xush ko’ruvchi insonlar bo’lishadi. Ular odatda uy bekasi roliga umuman mos kelmaydi. Ishda tavakkalchi bo’lib, turli to’siqlarni osonlik bilan engib chiqish tekis qosh sohiblariga xos jihat. Atrofdagilar ularni aqlli, o’z ishini yaxshi biladigan inson sifatida qadrlashadi.
Burchaklari bo’rtib chiqqan qoshlar
Bu
nday insonlar moliyaviy masalalarda juda uddaburon bo’lishadi. Shuningdek, ular hayotdan bahra olib yashashni istashadi. Biroq shaxsiy munosabatlarda anchayin beqarordirlar. Beqarorliklari tufayli odamlarda ishonchsizlik uyg’otadilar.
Yarimoy shaklidagi qoshlar
Bu
haqiqiy tadbirkor insonning qoshlari. Bunday qosh egalari odatda o’ta sinchikov va ehtiyotkor bo’lishadi. Shuningdek, topqirlik, ixtirochilik va o’ziga kuchli ishonch ham ularga xos xususiyat. Odamlar sizga osonlik bilan ishonch bildirishadi.
Xususiyatlariga ko’ra…
Qa
lin qoshlar hayotga bo’lgan chanqoqlik, shijoatni bildirsa, siyraklari beqaror, kam harakat, muloqot doirasi chegaralangan insonlardan darak beradi. Qisqa qoshlilar boshlagan ishlarini oxirigacha etkazishlari amri mahol. Keng qoshlar o’ziga nisbatan ishonchdan dalolat. Ingichkalari esa, uyatchan va beqarorlikni bildiradi

👉 @Aqliytest
❤2👍2
@Aqliytest IQ ko'rsatgichi 150dan balandlar uchun!
👍3
Davlatlar bor xarita emas boyliklar bor yer emas olimlar bor fanlar akademiyasi emas bu nima?
👍4