Xalqaro press klub
1.43K subscribers
10.4K photos
3.12K videos
35 files
4.74K links
Download Telegram
Kecha Vashington shahrida Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Kengash mamlakatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.

Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi
imzolandi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Председателем Совета Федерации Федерального Собрания Российской Федерации Валентиной Матвиенко.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сфере физической культуры и спорта.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

“Sport bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch,

– dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

So‘nggi to‘qqiz yilda 1,5 mingdan ziyod mahallada 1 ming 774 ta zamonaviy sport maydonchasi qurilgani, joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshlagani ta’kidlandi. Sport bilan professional tarzda shug‘ullanadigan yoshlar soni 2 karra oshdi, olimpiya terma jamoalarimiz sportchilari 2 barobar, paralimpiya bo‘yicha 3 barobar ko‘paydi.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida sportchilarimiz xalqaro arenalarda 452 ta oltin, 418 ta kumush va 501 ta bronza medali sohibi bo‘lgani, ularning 50 nafardan ziyodi jahon va Osiyo rekordlarini yangilagani barchamizni xursand qiladi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press klub
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. “Sport bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat…
Hozirda olimpiya sport turlari bo‘yicha 26 ta federatsiyaning har biriga vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari boshchilik qilmoqda. O‘tgan yili viloyat hokimlari joylarda olimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident vakili etib belgilandi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, soha mutasaddilari, hokimlar, 26 ta federatsiya rahbari 207 ta oliygoh, 15 ta olimpiya va paralimpiya markazi, 310 ta sport maktabi, 16 ta sport internatiga borib, rahbarlari va jamoasiga chempion tayyorlash, olimpiadaga litsenziya olish bo‘yicha sharoit qilib berganida hozirgi yutuqlar yanada yuqori bo‘lishi mumkin edi.

Masalan, Zarbdor tumanida o‘tgan yili 23 ta mahalladagi 34 ming yosh ommaviy sportga jalb etildi. Tumanda 3 ta yangi sport zali qurilib, stol tennisi, taekvondo va voleybolga ixtisoslashdi. Bundan tashqari, tadbirkorlar bilan birgalikda 2 ta usti yopiq futbol maydoni, fitness klubi tashkil qilindi.

Infratuzilma yaxshilangani uchun Zarbdor tumani ilk bor voleybol va stol tennisi bo‘yicha joriy yilgi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.

Yoki qashqadaryolik 14 nafar tadbirkor o‘z hisobidan ikki yilda maktab va mahallalarda 60 milliard so‘mlik sport inshootlari qurib berdi.

Qolgan tumanlarda aholini ommaviy sportga jalb qilish ishlari sustligi, hokimlarning musobaqalar o‘tkazish va umuman sportga befarqligi tanqid qilindi. Zarbdor tajribasini o‘rganish va barcha hududlarda joriy qilish topshirildi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarda sport turi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va murabbiylarni mahallalarga jalb qilish ishlarining ahvoli tahlil qilindi.

Masalan, Toshkent shahrining 15 ta maktabida to‘garaklar “nomiga” tashkil qilingani uchun 3-4 nafar bola qatnayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoki o‘tgan yili Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘onadagi maktab o‘quvchilarining to‘rtdan biri jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha minimal talabni bajara olmagan.

Hokimlar oldiga har bir maktabda sport to‘garaklari uchun sharoit yaratish, to‘garaklarga qamrovni oshirish vazifasi qo‘yildi.

Sport maktablari mahallama-mahalla yurib, iqtidorli yoshlarni topish o‘rniga haligacha o‘zi kelgan tayyor sportchi bilan ishlayotgani qayd etildi. Masalan, sport bazalari bo‘yicha poytaxtdan keyin turadigan Samarqandda 100 ming yoshni professional shug‘ullantirsa bo‘ladi. Amalda bu 3 karra kam. Navoiy, Surxondaryo viloyatlari ham bor quvvatini yarmidan foydalanmoqda, xolos.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalarida sport yo‘nalishidagi ishlar yetarli darajada emasligi, federatsiyalar bilan hamkorlik, iqtidorli talabaga individual murabbiy biriktirish sustligi qayd etildi.

Ayrim oliygohlarda sport sohasi bo‘yicha yaxshi tajribalar bor. Masalan, Termiz davlat universiteti 4 ta klub tashkil qilib, 5 ming talabani 18 ta sport turiga qamrab oldi. Talabalar o‘tgan yili xalqaro musobaqalarda 18 ta medal oldi. Oliygohning voleybol va gandbol jamoalari oliy ligada, futzal va futbol jamoalari esa 1-ligada qatnashyapti.

Lekin Jizzax politexnika, Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali, Qarshi davlat texnika universiteti, Buxoro davlat universitetlarida 70 foiz talaba jismoniy normativ topshira olmagan. Bu ulardagi klublar “nomiga” ishlayotganini anglatadi.

Shu munosabat 207 ta oliygoh rektorlariga Termiz davlat universitetining tajribasini o‘rgatish va sport bo‘yicha bir yillik reja ishlab chiqish topshirildi.


📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Mahalla – maktab – sport muassasasi – federatsiya” zanjiri asosida aholini sportga jalb qilish va seleksiya bo‘yicha yangicha yondashuv joriy qilinadi.

Oliygoh rektori, federatsiya rahbarlari va hokimlar o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Bunda hokimlar hududidagi maktab, texnikum va boshqa sport obyektlarida darsdan tashqari vaqtda sport to‘garaklari tashkil qilish uchun sharoit yaratadi.

Mutasaddilarga 9 mingta mahallani 26 ta federatsiya rahbarlariga bog‘lab, maktablardagi to‘garaklarni zarur sport anjomlari bilan jihozlash topshirildi.

Sport yo‘nalishidagi oliygohlarning 2- va 3-kurs talabalarining yarmini, 4-kursdagilarning esa barchasini dual ta’lim bilan qamrab olib, murabbiylik qilish uchun to‘garaklarga yuborish muhim ekani qayd etildi. Bunday talabalarga avtomatik ravishda murabbiylik sertifikati beriladi.

Talabalar haftada uch kun oliygohda o‘qisa, qolgan kunlarda o‘zi biriktirilgan maktablardagi to‘garakka borib, yoshlarni shug‘ullantiradi. Sport to‘garaklaridagi tushumning 50 foizi murabbiy talabaning o‘ziga beriladi.

Shuningdek, dual ta’lim bitiruvchilariga diplom bilan birga hakamlik sertifikatini berish ham yo‘lga qo‘yiladi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish, professional sportda seleksiya tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yildan Prezident Olimpiadasi doirasida musobaqa o‘tkaziladigan sport turlari 2 karra ko‘paytirilib, 21 taga yetkaziladi. Endi mazkur olimpiada parasport bo‘yicha ham o‘tkazilishi belgilandi.

Har bir tuman, viloyat hokimi o‘z hududida Hokim olimpiadasini tashkil qiladi. Ushbu musobaqalar g‘oliblari Prezident olimpiadasiga yo‘llanma oladi.

Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limi direktorlari bir vaqtning o‘zida viloyat hokimlariga sport bo‘yicha maslahatchi bo‘ladi.

Poytaxtdagi 7 ta oliy sport mahorati maktabi tugatilib, o‘rniga Olimpiya shaharchasida “Olimpiya terma jamoalari markazi” tashkil qilinadi. Joylardagi 56 ta ixtisoslashgan sport maktabi ham markazning boshqaruviga o‘tadi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda joylarda 39 ta ochiq va yopiq sport inshooti ta’mirtalab bo‘lgani bois, to‘liq foydalanilmay turgani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga bu joylarni zamonaviy sport majmualariga aylantirish uchun qulay shartlarda xususiy sheriklikka berish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Bugun 100 mingdan ortiq yoshlar olimpiya o‘yiniga kirmagan sport turlari bilan doimiy shug‘ullanyapti. Ular dzyudo, sport kurashlari, taekvondo, qilichbozlik, og‘ir atletika kabi olimpiya sport turlari uchun tayyor zaxira ekani ta’kidlandi.

Sport vazirligi va hokimlarga sport maktablarida yoshlar qiziqadigan noolimpiya sport turlari bo‘yicha ham seksiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston noolimpiya sport turlari konfederatsiyasini tashkil qilish taklifi ma’qullandi.

“Shu o‘rinda yana bir masalaga to‘xtalmoqchiman: o‘tgan hafta yangi qonunni qabul qilib, har bir vazir, federatsiya rahbari, hokimni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mas’uliyati, majburiyati va javobgarligini aniq belgilab qo‘ydik. Bundan buyon ushbu rahbarlardan talab ham, so‘rov ham shunga yarasha bo‘ladi!,

– dedi Prezidentimiz.

Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari soha rahbarlari va hokimlarning hisobotlarini tingladi, tadbirkor va sportchilar bilan muloqot qildi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Turizm qo‘mitasi tomonidan OAV xodimlari uchun Samarqanddagi qayta bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga media-tur tashkil etildi. Media-turda Xalqaro press klub jamoasi ham ishtirok etdi.

Keng ko‘lamli rekonstruksiya natijasida majmua hududi sezilarli darajada kengaytirilib, bir vaqtning o‘zida 10 mingdan ziyod namozxonni bag‘riga oluvchi muhtasham masjid qad rostladi. Ziyoratchilar uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish ob’ektlari majmuani nafaqat muqaddas qadamjoga, balki mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatini dunyoga namoyon etuvchi strategik markazga aylantirdi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1💔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ruhiyat va tarix uyg‘unligi — Imom al-Buxoriy majmuasi

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1
Tayinlovlar

Umid Shodiyev O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Turizm qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Akram Shukurov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Oliy sud raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi etib saylandi.

Baxodir Abdullayev, Sobirjon Ergashev, Begzod Xaydarov, Nozimjon Jurayev o‘n yillik muddatga hamda Akmal Murodov va Odil Normahmatov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.

Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Dilshod Rajabov, Kamoliddin Tollibayev, Anvar Elmurodov, Elbekjon Turgunboyev Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi.


📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 2026–2027 o‘quv yilidan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar uchun yangi imtiyoz va imkoniyatlar joriy etiladi.

▶️ Imtiyozlar haqida batafsil video davomida tanishish mumkin.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Bugun Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyuradi va Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi rekonstruksiya ishlari bilan tanishadi.


📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1