Xalqaro press klub
1.43K subscribers
10.4K photos
3.12K videos
35 files
4.74K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz jamoatchilik vakillari bilan birgalikda daraxt ekdi.

Президент нашей страны посадил деревья вместе с представителями общественности.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yarim asrdan so‘ng insoniyat yana Oyga qaytmoqda

AQSH "Artemida-2" missiyasi doirasida 1972 yildan beri ilk bor boshqariladigan kosmik kemani Oyga muvaffaqiyatli uchirdi. Bortda to‘rt nafar astronavt bor. Sayohat taxminan 10 kun davom etishi kutilmoqda, bu vaqt davomida missiya hayotni ta’minlash tizimlarini real sharoitlarda sinovdan o‘tkazadi.

Astronavtlar Yerdan taxminan 406 ming km masofada bo‘lishadi — bu insoniyat tarixidagi eng uzoq masofaga amalga oshirilgan sayohat bo‘ladi.

"Артемида-2" missiyasi NASAning odamlarni Oyga qaytarish dasturining bir qismi hisoblanadi. Keyingi bosqichlar — Oy yuzasiga qo‘nish, u yerda «Gateway» stansiyasini yig‘ish va Marsga boshqariladigan parvozlarga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda mijozlarning mablag‘lari himoya qilinadi

Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan yangi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra 22 apreldan banklar va to‘lov tashkilotlari mijozlarning mablag‘larini himoya qilish uchun quyidagi minimal talablarga rioya qilishlari shart:

🔹 Agar siz bir bankdan onlayn kredit (mikroqarz) olsangiz, Kredit byurosi boshqa banklarga bu haqda xabar beradi va keyingi 24 soat davomida sizga boshqa kredit berilmaydi. Bu firibgarlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta joydan qarz olishini oldini oladi.

🔹 Agar fuqaro firibgarlik qurboni bo‘lsa va jabrlanuvchi deb topilsa, bank kredit bo‘yicha foiz va jarimalarni hisoblashni to‘xtatadi. Sud qarori bilan esa undirilgan mablag‘lar qaytariladi.

🔹 Veb-saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadi. Har qanday o‘tkazma bir martalik kod (OTP) bilan tasdiqlanishi shart.

🔹 Mobil ilovadan ro‘yxatdan o‘tayotgan shaxsning telefon raqami va JSHSHIR (PINFL) bir-biriga mos kelishi shart. Agar mos kelmasa, ilovaga karta biriktirib bo‘lmaydi.

🔹 Yangi qurilmadan kirish, parolni tiklash yoki kartani biriktirish faqat Face-ID (liveness detection) orqali amalga oshiriladi (ya’ni rasmdan foydalanib bo‘lmaydi).

🔹 Agar telefoningizda masofadan boshqarish dasturlari ishlayotgan bo‘lsa yoki siz kim bilandir telefonda gaplashayotgan bo‘lsangiz (shu jumladan, messenjerlar orqali audio/video qo‘ng‘iroqlar), bank ilovasi ishlamaydi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi.

Sezilish kuchi Farg‘ona viloyatida 3 ball, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Toshkent viloyati va poyxtaxtda 2 ballni tashkil qildi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BMT 80-Yubileyi: O’zbekistonning global strategiyasi

Ko’rsatuvimizni YouTube sahifamizda tomosha qiling!

Youtube

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы работников в связи с Днем работников сферы геологии Республики Узбекистан"

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand sammiti: Sivilizatsiyalar muloqoti va strategik kelajak

YouTube sahifamizda navbatdagi ko’rsatuvimizni tomosha qiling!

https://youtu.be/k0QMPz0tbgw?si=th_jaWrJXZW3dlJD

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biz aytmoqchi bo’lgan faktlarni bilmasangiz shaxsiy ma’lumotlaringiz xavf ostida qolishi mumkin!

Onlayn firibgarlikdan himoya choralari haqida suhbatlashamiz!


Batafsil

https://youtu.be/bTipIb2Yh6E?si=77O1KUUF0eX0xU5n


📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Mar-a-Lagoda AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi.

“Samimiy mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bo‘lib o‘tgan mazmunli va konstruktiv muloqotni yuksak qadrlayman hamda yaqin kunlarda Vashingtonda samarali uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid qilaman,” — deydi Saida Mirziyoyeva uchrashuv xususida.


📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️O’smir yoshdagi bolalar bilan qanday munosabatda bo’lish kerak?

⁉️Ota-ona va farzand o’rtasidagi munosabatni qanday yaxshilash mumkin?

Psixolog Umida Atabayeva bilan aynan shu mavzuda suhbatlashdik!

Batafsil:


https://youtu.be/rg5TRWe9cag?si=ePIFa_A9f0R8zZeM

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Kecha Vashington shahrida Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Kengash mamlakatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.

Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi
imzolandi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Председателем Совета Федерации Федерального Собрания Российской Федерации Валентиной Матвиенко.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сфере физической культуры и спорта.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

“Sport bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch,

– dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

So‘nggi to‘qqiz yilda 1,5 mingdan ziyod mahallada 1 ming 774 ta zamonaviy sport maydonchasi qurilgani, joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshlagani ta’kidlandi. Sport bilan professional tarzda shug‘ullanadigan yoshlar soni 2 karra oshdi, olimpiya terma jamoalarimiz sportchilari 2 barobar, paralimpiya bo‘yicha 3 barobar ko‘paydi.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida sportchilarimiz xalqaro arenalarda 452 ta oltin, 418 ta kumush va 501 ta bronza medali sohibi bo‘lgani, ularning 50 nafardan ziyodi jahon va Osiyo rekordlarini yangilagani barchamizni xursand qiladi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press klub
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. “Sport bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat…
Hozirda olimpiya sport turlari bo‘yicha 26 ta federatsiyaning har biriga vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari boshchilik qilmoqda. O‘tgan yili viloyat hokimlari joylarda olimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident vakili etib belgilandi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, soha mutasaddilari, hokimlar, 26 ta federatsiya rahbari 207 ta oliygoh, 15 ta olimpiya va paralimpiya markazi, 310 ta sport maktabi, 16 ta sport internatiga borib, rahbarlari va jamoasiga chempion tayyorlash, olimpiadaga litsenziya olish bo‘yicha sharoit qilib berganida hozirgi yutuqlar yanada yuqori bo‘lishi mumkin edi.

Masalan, Zarbdor tumanida o‘tgan yili 23 ta mahalladagi 34 ming yosh ommaviy sportga jalb etildi. Tumanda 3 ta yangi sport zali qurilib, stol tennisi, taekvondo va voleybolga ixtisoslashdi. Bundan tashqari, tadbirkorlar bilan birgalikda 2 ta usti yopiq futbol maydoni, fitness klubi tashkil qilindi.

Infratuzilma yaxshilangani uchun Zarbdor tumani ilk bor voleybol va stol tennisi bo‘yicha joriy yilgi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.

Yoki qashqadaryolik 14 nafar tadbirkor o‘z hisobidan ikki yilda maktab va mahallalarda 60 milliard so‘mlik sport inshootlari qurib berdi.

Qolgan tumanlarda aholini ommaviy sportga jalb qilish ishlari sustligi, hokimlarning musobaqalar o‘tkazish va umuman sportga befarqligi tanqid qilindi. Zarbdor tajribasini o‘rganish va barcha hududlarda joriy qilish topshirildi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarda sport turi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va murabbiylarni mahallalarga jalb qilish ishlarining ahvoli tahlil qilindi.

Masalan, Toshkent shahrining 15 ta maktabida to‘garaklar “nomiga” tashkil qilingani uchun 3-4 nafar bola qatnayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoki o‘tgan yili Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘onadagi maktab o‘quvchilarining to‘rtdan biri jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha minimal talabni bajara olmagan.

Hokimlar oldiga har bir maktabda sport to‘garaklari uchun sharoit yaratish, to‘garaklarga qamrovni oshirish vazifasi qo‘yildi.

Sport maktablari mahallama-mahalla yurib, iqtidorli yoshlarni topish o‘rniga haligacha o‘zi kelgan tayyor sportchi bilan ishlayotgani qayd etildi. Masalan, sport bazalari bo‘yicha poytaxtdan keyin turadigan Samarqandda 100 ming yoshni professional shug‘ullantirsa bo‘ladi. Amalda bu 3 karra kam. Navoiy, Surxondaryo viloyatlari ham bor quvvatini yarmidan foydalanmoqda, xolos.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalarida sport yo‘nalishidagi ishlar yetarli darajada emasligi, federatsiyalar bilan hamkorlik, iqtidorli talabaga individual murabbiy biriktirish sustligi qayd etildi.

Ayrim oliygohlarda sport sohasi bo‘yicha yaxshi tajribalar bor. Masalan, Termiz davlat universiteti 4 ta klub tashkil qilib, 5 ming talabani 18 ta sport turiga qamrab oldi. Talabalar o‘tgan yili xalqaro musobaqalarda 18 ta medal oldi. Oliygohning voleybol va gandbol jamoalari oliy ligada, futzal va futbol jamoalari esa 1-ligada qatnashyapti.

Lekin Jizzax politexnika, Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali, Qarshi davlat texnika universiteti, Buxoro davlat universitetlarida 70 foiz talaba jismoniy normativ topshira olmagan. Bu ulardagi klublar “nomiga” ishlayotganini anglatadi.

Shu munosabat 207 ta oliygoh rektorlariga Termiz davlat universitetining tajribasini o‘rgatish va sport bo‘yicha bir yillik reja ishlab chiqish topshirildi.


📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Mahalla – maktab – sport muassasasi – federatsiya” zanjiri asosida aholini sportga jalb qilish va seleksiya bo‘yicha yangicha yondashuv joriy qilinadi.

Oliygoh rektori, federatsiya rahbarlari va hokimlar o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Bunda hokimlar hududidagi maktab, texnikum va boshqa sport obyektlarida darsdan tashqari vaqtda sport to‘garaklari tashkil qilish uchun sharoit yaratadi.

Mutasaddilarga 9 mingta mahallani 26 ta federatsiya rahbarlariga bog‘lab, maktablardagi to‘garaklarni zarur sport anjomlari bilan jihozlash topshirildi.

Sport yo‘nalishidagi oliygohlarning 2- va 3-kurs talabalarining yarmini, 4-kursdagilarning esa barchasini dual ta’lim bilan qamrab olib, murabbiylik qilish uchun to‘garaklarga yuborish muhim ekani qayd etildi. Bunday talabalarga avtomatik ravishda murabbiylik sertifikati beriladi.

Talabalar haftada uch kun oliygohda o‘qisa, qolgan kunlarda o‘zi biriktirilgan maktablardagi to‘garakka borib, yoshlarni shug‘ullantiradi. Sport to‘garaklaridagi tushumning 50 foizi murabbiy talabaning o‘ziga beriladi.

Shuningdek, dual ta’lim bitiruvchilariga diplom bilan birga hakamlik sertifikatini berish ham yo‘lga qo‘yiladi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM