Imtiyoz.uz
1.05K subscribers
225 photos
89 videos
110 files
731 links
Murojaatlar va hamkorlik uchun: @Domlajonn

Facebook: https://www.facebook.com/imtiyozuz
Instagram: https://www.instagram.com/imtiyozuz
Download Telegram
Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar - 2022.pdf
191.9 KB
#Qabul_2022 | #Kvota
#Xotin_qizlar | #Imtiyoz

⚡️Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Manba: Davlat test markazi

➡️ @imtiyozuz
#Qabul_2022 #Kvota #Imtiyoz

⚡️Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti

📌
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta kvota ajratildi. Hududlar kesimida:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
👉 Andijon viloyati – 183;
👉 Buxoro viloyati – 112;
👉 Jizzax viloyati – 81;
👉 Qashqadaryo viloyati – 193;
👉 Navoiy viloyati – 60;
👉 Namangan viloyati – 165;
👉 Samarqand viloyati – 227;
👉 Surxondaryo viloyati – 155;
👉 Sirdaryo viloyati – 50;
👉 Toshkent viloyati – 177;
👉 Farg‘ona viloyati – 221;
👉 Xorazm viloyati – 110;
👉 Toshkent shahri – 155.

Manba: Davlat test markazi

➡️ @imtiyozuz
O‘qituvchilar uchun maqsadli kvota - 2022.pdf
93.5 KB
#Qabul_2022 | #Imtiyoz

⚡️Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

➡️ @imtiyozuz
Farg‘ona viloyatining So‘x tumani - 2022.pdf
45 KB
#Qabul_2022 | #Imtiyoz

⚡️Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida Farg‘ona viloyati So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul parametrlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

➡️ @imtiyozuz
🌙 Assalomu alaykum aziz dindoshlar barchangizga Qurbon Hayiti muborak boʻlsin!

Qilinayotgan qurbonliklar va boshqa barcha xayrli amallarimizni Alloh ta'lo dargohiga qabul aylasin. Xonadonlaringizdan tinchlik hotirjamlik, fayzu-barokat arimasin!

Bizni kuzating:
➡️
@imtiyozuz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari kimlarga tayinlanadi?
Javobni o‘qish...

Bakalavriat bosqichi talabalari uchun qanday nomli davlat stipendiyalari bor?
Javobni o‘qish...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etuvchi nomzodlarga qanday talablar belgilangan?
Javobni o‘qish...

Stipendiyaga davogarlardan qanday hujjatlar talab qilinadi?
Javobni o‘qish...

Bizni kuzating:
➡️ @imtiyozuz
Forwarded from Ta'lim Huquqi
#Qabul_2022 | #Abituriyentlarga

⚡️Abituriyentlarga kerakli bo‘lgan ayrim ma'lumotlar (3-qism)

Kunduzgi va sirtqi qoʻshib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa boʻladi?
Batafsil...

Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
Batafsil...

Maqsadli qabul nima degani? Maqsadli qabul qanday amalga oshiriladi?
Batafsil...

Hujjat topshirib bo’lgandan keyin yana o’qish joyini o’zgartirsa bo’ladimi?
Batafsil...

“Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” desa, nima qilish kerak?
My.dtm.uz saytiga kirish uchun parolimni eslay olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi?
Batafsil...

2022/2023 yil uchun qaysi toifadagi abituriyentlar test sinovlari uchun undiriladigan toʻlovlardan ozod etilgan?
Batafsil...

Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
Batafsil...

Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni o‘qishga qabul qilish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Batafsil...

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini yangilash tartibi qanday?
Batafsil...

⚡️Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos fanlar majmuasi
Batafsil...

⚡️2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
Batafsil...

Abituriyentlar maksimal ball olishi uchun chet tilini qay darajada bilishi kerak?
Batafsil...

⚡️Imtihonlar sanasi, tartibi va boshqalar haqida, Sardor Rajabov bilan suhbat
Batafsil...

⚡️Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlangani e'lon qilindi.
Batafsil...

⚡️OTM kirish Imthonlariga oid ayrim savollarga mutasadilardan javoblar
Batafsil...

⚡️OTMga o‘qishga kirishda imtiyozlar...
Batafsil...

⚡️Imtiyozga ega abituriyentlar uchun kvotalar va sohalar uchun ajratilgan maqsadli qabul kvotalari...
Batafsil...

1-qismni o‘qish...
2-qismni o‘qish...

🎓 @Talim_Huquqi
⚡️​​Dizipro qizlar uchun "Qizlar kelajagi uchun" ta'lim grantini eʼlon qildi

👩‍💻 Bilasiz, uydan turib ishlash imkoniyati borligi sababli IT sohalari qizlar uchun eng maʼqul sohalardan hisoblanadi. Aynan shu sababli Dizipro markazi 20 dan 100 ta oʻringacha boʻlgan "Qizlar kelajagi uchun" ta'lim grantini tashkil etmoqda.

Agarda yoshiningiz 14 dan baland bo'lsa va sizda:
— 3D modeling sohasini oʻrganishga boʻlgan qiziqish;
— 3Ds Max dasturini bemalol ishlatish imkonini beruvchi kompyuter;
— 4 oylik oʻqish (3 oylik modeling va 1 oylik rendering darslari) davomida sabr-qanoat;
— Darslarni koʻrishga va vazifalarni bajarishga ajratiladigan kunlik boʻsh vaqt boʻlsa, ushbu imkoniyat aynan siz uchun.

Guruhlarga qiz bola ustoz mentor sifatida biriktiriladi. Ariza topshirish uchun qabul 25-iyulga qadar davom etadi.

"Qizlar kelajagi uchun" ta'lim grantiga ro'yxatdan o'tish

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun:
Tel. 👉 +998712008848
+998994008800
Tg. 👉 @dizipro_edu

P.S. 3D sohalariga qiziqadigan va ushbu sohalarni o'rganish istagida yurgan qiz bola tanishlaringiz bo'lsa, albatta ushbu postni ulashing 😊

📌 @imtiyozuz
#Abituriyentlarga | #imtiyoz

⚡️OTMga o‘qishga kirishda imtiyozlar...

⚡️Fan olimpiadalari g‘oliblariga oliy o‘quv yurtiga kirish uchun qanday imtiyozlar taqdim etiladi?
Batafsil...

⚡️Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat bo‘yicha Respublika tanlovi g‘oliblariga qanday imtiyozlar belgilangan?
Batafsil...

⚡️Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlariga oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda beriladigan imtiyozlar.
Batafsil...

⚡️Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilariga qanday imtiyozlar belgilangan?
Batafsil...

⚡️Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun qanday imtiyozlar belgilangan?
Batafsil...

⚡️Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarga qanday imtiyozlar beriladi?
Batafsil...

⚡️“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblariga oliy o‘quv yurtiga kirish uchun qanday imtiyozlar beriladi?
Batafsil...

⚡️Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga oliy o‘quv yurtiga kirishda qanday imtiyozlar berilgan?
Batafsil...

⚡️“Nihol” mukofoti sohiblariga qanday imtiyozlar belgilangan?
Batafsil...

⚡️Olis cho‘l hududlari aholisi uchun oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda qanday imkoniyat yaratilgan?
Batafsil...

⚡️“Tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblariga qanday imtiyozlar belgilangan?
Batafsil...

⚡️“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda beriladigan imtiyozlar.
Batafsil...

⚡️O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda qanday imtiyozlar mavjud?
Batafsil...

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xizmatchilari farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun qanday imtiyozlar belgilangan?
Batafsil...

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni otab, harbiy qismlar qomondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo`lganlarga beriladigan imtiyozlar.
Batafsil...

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda beriladigan imtiyozlar.
Batafsil...

📌 @imtiyozuz
ПҚ-323 Қарор таълим кредити (@imtiyozuz).pdf
1.5 MB
⚡️Ta’lim krediti berishning yangi tartibi

Prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va u bilan tasdiqlangan nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda, ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlarini bakalavr hamda magistratura bosqichining kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek, o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

🎓 Ta’lim tashkilotlari — O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, O‘zbekistondagi xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari).

📌 @imtiyozuz
⚡️Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

📌 @imtiyozuz
⚡️Uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lash tartibiga ayrim o‘zgarishlar kiritilmoqda

Toshkent shahrida propiskada turadigan fuqarolar Toshkent viloyatidan uy olishda ham subsidiyaga da’vogarlik qilishi mumkin. Buning aksi uchun taqiq saqlanib qoladi.

Fuqarolar endi faqat o‘zlari doimiy ro‘yxatdan o‘tgan tuman/shahar emas, balki shu viloyat (yoki Qoraqalpog'iston Respublikasi)ning boshqa tuman/shahrida qurilayotgan uylarni sotib olish uchun ham davlatdan subsidiya olishi mumkin.

📌 @imtiyozuz
#Халқаро_грант

🇸🇰Словакияда ўқиш учун стипендия дастури

Дастурда
иштирок етиш учун талабалар, магистрант ва аспирантлар, халқаро университет ўқитувчилари, тадқиқотчи ва рассомлар таклиф этилади.

💲Стипендиялар тақдим этилади⬇️
🔹яшаш учун: талабаларга 400 €💶, аспирантлар учун 734 €💶, бошқа тоифалилар учун эса 734-1050 €💶 гача.
🔹кўчиб ўтиш харажатлари.

Дедлайн: 2022 йил 31 октябрь.

📌@imtiyozuz
⚡️Pensiyani hisoblashdagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori oshiriladi

"Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartishlar kiritish haqida qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullandi.

2023-yildan boshlab fuqarolarga pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olinadigan oʻrtacha oylik ish haqini pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 12 baravaridan ortiq boʻlmagan (3 888 000 soʻm) miqdordagi oʻrtacha oylik ish haqidan hisobga olish.

Natijada, 352 ming nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilinib, oʻrtacha oylik pensiya miqdori 400 ming soʻmgacha oshadi.

Xususan, 304 ming nafar yoshga doir pensiyalar, 25,2 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxslar, 23 ming nafar boquvchisini yoʻqotganlarning pensiya miqdori oshishi kutilmoqda.

Batafsil...

📌 @imtiyozuz
#Bilasizmi

⚡️“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga ko'rsatiladigan ayrim yordam turlari

🔰“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga quyidagi yordam turlari ko'rsatiladi:

🔹moddiy ahvoli og'ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (BHMning 4 baravarigacha – 1,2 mln so'mgacha) beriladi;

🔹yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o'qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHMning 4, bir oydan ikki oygacha BHMning 8, ikki oydan ortiq muddatli o'quv kurslari uchun BHMning 12 baravaridan ko'p bo'lmagan qismi) qoplab beriladi;

🔹tadbirkor yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so'mgacha) bo'lgan qismi qoplab beriladi;

🔹Respublikadagi professional ta'lim tashkilotlarida o'qiyotgan, shuningdek, O'zbekistondagi barcha oliy ta'lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo'nalishida ta'lim olayotgan o'quvchi-talabalarga to'lov-kontrakt asosida o'qish bo'yicha yillik xarajatlarinnig bir qismi qoplab beriladi;

🔹Yoshlarga ta'lim, madaniyat va san'at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o'qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta'lim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so'mgacha) miqdorda qoplab beriladi.

📌 @imtiyozuz
Bola puli qanday oilalarga beriladi?

Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu nizomda belgilangan tartibda oila aʼzolarining taqdim etgan arizalariga asosan “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan (Kishi boshiga 498000 soʻmdan ortiq boʻlmagan)oila deb eʼtirof etilgandan soʻng tayinlanadi.

📌 @imtiyozuz
Bola puliga ariza berilganidan keyin qancha vaqtda bu nafaqa tayinlanadi?

Hukumatning 21.10.2021 yil kungi 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, bolalar nafaqasi va moddiy yordam belgilangan tartibda ariza beruvchi murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab toʻlanadi. Yaʼni, fuqaro ariza topshirgan oyda arizasi va xujjatlari nizom talablariga toʻgʻri kelib qabul qilinsa, ariza qabul qilingan oydan keyingi oyidan boshlab bola puli to‘lanadi.

📌 @imtiyozuz
Bola puli olish uchun qanday hujjatlar tayyorlanishi kerak?

📃 Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam olish uchun arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

👉 Ariza beruvchini oilaviy pasport nusxalari yoki ID-kartalari;

👉 Chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida qayd varagʻi nusxasi;

👉 Bolalari vasiylik ostida boʻlsa vasiylik va homiylik organining qarori nusxasi;

👉 Oilaning mavjud chorva mollari va PARRANDALARI toʻgʻrisida maʼlumot;

👉 Ariza beruvchi va uning oila aʼzolari nomidagi tijorat banklardagi 3 oylik pul oʻtkazmalarini Markaziy bank tomonidan “Yagona reyestr” ATga taqdim etinglar degan ariza.

☝️Yuqoridagi xujjatlarni arizangizga qoʻshib mahallaga topshirsangiz boʻldi yana qoʻshimcha xujjat tayyorlashga majbur emassiz.

📌 @imtiyozuz
Qanday hollarda bola puli berilishi to‘xtatiladi?

📃 Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, bolalar nafaqasi va moddiy yordam berilishi quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

👉 Tayinlangan muddati tugaganda;

👉 Nafaqa oluvchining ushbu nafaqani berilishini toʻxtatishni soʻrab yozgan arizasiga koʻra; (Xali birormarta boʻlmagan boʻlsa kerak bunaqasi)

👉 Oila doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga koʻchib ketganida;

👉 “Yagona reyestr” ATdagi texnik nosozliklar sababli oilaga nafaqa notoʻgʻri tayinlangan boʻlsa;

👉 Ariza beruvchi tomonidan notoʻgʻri va ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilganligi yoki toʻliq taqdim etilmaganligi aniqlanganda toʻxtatiladi.

❗️Ortiqcha toʻlovlar aniqlanganda esa nafaqa toʻlanishi vaqtincha toʻxtatiladi.

📌 @imtiyozuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali xizmatlardan foydalanishda qanday imtiyozlar mavjud?

Savolga adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliyev javob berdi.

📌 @imtiyozuz