Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
19.5K subscribers
1.83K photos
504 videos
529 files
3.36K links
@ILM_NUR_2020 - илм-фан ва тадқиқотларга оид маълумотлар билан танишиб боришингиз мумкин.

Биз билан алоқа учун - @Ilmga_yordam_bot
Download Telegram
#course #online #korean

Yonsey universitetidan onlayn koreys tili kursi

Kurs hamma uchun mavjud va koreys alifbosi bilan tanish bo'lgan yangi boshlanuvchilar uchun mo'ljallangan. Ushbu kurs orqali talabalar har kuni koreyslar bilan muloqot qilish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni o'rganadilar. Kurs olti moduldan iborat bo'lib, ularning har biri beshta bo'limdan iborat. Har bir bo'limda lug'at, grammatika va iboralar, nutq amaliyoti, videokliplar, testlar, ish kitobi va lug'at ro'yxati mavjud.
Kurs dasturi olti hafta davom etadi.


Batafsil ma'lumot

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
KÜ stipendiya dasturlari - Magistr yoki doktorlik darajasini olishni xohlovchilar uchun Koch universitetida ( Turkiya) o'qish uchun stipendiya.

Grantlar ta'lim xarajatlarini to'liq qoplaydi.

👉Batafsil

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
Пешона тери.

Марк Твен ёшлигида бўлиб ўтган воқеани шундай ҳикоя қилади:

«Ёшлигимда жуда камбағал эдик. Мен нимжон ва кучсиз эдим. Устозимиз тозаликка қаттиқ эътибор берарди. Ким сиёҳдонидан сиёҳ тўкиб юборса, унга икки жазодан бирини қўлларди — бири уриш бўлса, иккинчиси бир доллар жарима.

Мен сиёҳдонни жуда эҳтиёт қилардим. Чунки отамнинг қўли калта ва у ошиқча доллар бера олмайди, шунингдек ўзим ҳам устознинг калтагига дош бера олмайман. Лекин бир куни барибир сиёҳ партага тўкилиб кетди. Устоз менга ўқрайиб қаради. Эртага мени нима кутиб турганини билдириб бошим билан устозга ишора қилдим.

Кечқурун отамга бўлган воқеани айтиб бердим. Отамнинг кўнгли юмшаб кетди ва устоз калтагидан қутилиб қолиш учун бир доллар берди. Эртасига долларни беришга кўзим қиймай, устознинг калтагига бир амаллаб чидадим. Пешона терим билан ишлаб топган биринчи долларимга шу тарзда эришганман».

♻️Navigator-1

♻️Navigator-2

Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
"Darslik yoki maqoladan ilm ruhini o‘rganish mumkin emas. Ular bizga universitetda fizika, kimyo va boshqa ko'plab fanlarni o'rgatishlari mumkin, ammo qanday qilib eng zo’r 'ilm qilish' bu bizga, ya'ni shunga undaydigan his-tuyg'ular (intuitsiya) mizni rivojlantirishimizga bog'liq."

Qisqasi: Ya'ni ba'zida bizning his-tuyg'ularimiz (intuitsiya) bizni eng zo'r ilm, ixtirolar qilishga undaydi.

"It is impossible to learn the spirit of science from a textbook or article. They may be able to teach us physics and chemistry and many other disciplines at university, but it is up to us to develop a gut feeling for how best to 'do
science'."
- Konstantin Novoselov on the true essence of science

©️ Saidov Hakimjon

♻️Navigator-1

♻️Navigator-2

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
Bunyodkor” futbol klubi yilni 27,5 mlrd, “Paxtakor” futbol klubi esa 25,2 mlrd so‘m zarar bilan yopgan.

Ps: O‘zbekiston uchun shunday futbol kerakmi? Ilm-fan uchun ajratilayotgan pul bilan sport uchun yo‘naltirilayotgan pul mablag‘larini o‘rtasidagi farq bizni keyingi 50 yilda qoloq yoki rivojlangan davlat bo‘lishimizni belgilab beradi. Byudjet mablag‘larini taqsimlash jarayonida jamiyat va davlatning ustuvor manfaatlarini aniq belgilab olish, strategik ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan shoshmasdan "yonboshlab" chuqurroq o‘ylash zarur.

♻️Navigator-1

♻️Navigator-2

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
🧑‍🎓Magistraturaga kimlar imtihonsiz qabul qilinadi?

🟢 Xuddi bakalavrdagi kabi ayrim abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar magistraturada ham bor.

➡️ Qator toifadagi talabalar magistraturaga imtihonsiz grant asosida o‘qishga kiradi:

Prezidentning davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari;

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari;

"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohiblari; fan olimpiadasi g‘oliblari;

Ta'lim vazirligi o'tkazadigan fan olimpiadasi g'oliblari (3 ta o'rin)

❗️Faqat bir sharti mukofotlar beradigan imtiyozda undan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgor talaba bo‘lishi yoki oliy ta’limning bakalavriat bosqichini tamomlagan bo‘lishi kerak.

Imtiyoz bilan o‘qishga kiradiganlar umumiy kvotadan tashqari magistraturaga qabul qilinadi. Ya’ni ular boshqalarga xalaqit bermaydi.

📌 Eslatib o'tamiz, magistraturaga qabul tugagan, lekin natijalar hali chiqmadi.

♻️Navigator-1

♻️Navigator-2

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
Фемицид – аёлни аёл бўлгани учун ўлдириш. Фемицид патриархал жамиятларда аёл устидан назоратни ифода қилиш ва эркаклар доминацияси, статус-квосини ушлаб туриш формасидир. Рашк, аёлни назорат этиш ва шунга ўхшаш нарсаларни культга чиқариш оммавий тарзда олиб борилиши давлат ва жамият томонидан тўхтатилмаслиги ва аксинча, қўллаб-қувватланиши натижаси.

Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 martdan qabul qilinadi. 2023-yildagi qabulning oxirgi muddati – 2023-yil 1-noyabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈


Navigator-1

Navigator-2

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar ayni (https://t.me/ILM_NUR_2020/2761) hujjatlarni tayyorlashlari lozim.

Shundan so‘ng bu saytga kirib hujjatlarni yuklashlari mumkin.

Yuqorida Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat topshirish bo'yicha videorolikdan foydalaning.

Sayt: https://phd.mininnovation.uz/login

Hozirga qadar mustaqil ravishda maqola yoki tezis yozmaganlar uchun mana bu yerda IMRAD standarti haqida batafsil ma'lumotlar mavjud.

🚀Ps: ma'lumotlarni boshqa ilmiy doiralarga ham yuborib qo'ying!

Kanalga ulanishni unutmang
@ILM_NUR_2020
Илмий иш қандай ёзилиши ёки бўлиши керак? Унинг натижаси-чи?

Ўзбекистонда фалсафа доктори, фан доктори илмий даражасини олиш учун ёзиладиган диссертацияга ўндан ортиқ талаб қўйилган. Синчиклаб ўқилса, ҳаммаси айни муддао — пухта ўйланган, бари рисоладагидек...

Лекин амалда-чи? Ҳамма ҳам талаб-қоидага риоя қиляптими? Ëзилаётган илмий ишлар қанчалик сифатли? Ўзбек илм-фани учун нечоғлик янгилик бўлмоқда? Йилдан йилга тадқиқотчи, изланувчилар сони ошяптию, нега натижаси билинмайди? «Газета.uz» мутахассислардан муаммо нимада эканлиги ва илмий иш аслида қандай ёзилиши ҳақида сўради.

https://www.gazeta.uz/uz/2022/12/13/scientific-work/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
Генри Форднинг заводларидан бирида бир гуруҳ ишчилар дам олгани учун пул олар эди. Бу конвейернинг узлуксиз ишлашига жавоб берувчи сервис бригадаси, яъни таъмирчи усталар эди. Уларнинг дам олиш хонасида ўтказган вақти учун ҳисобларига пул ёзиларди. Йиғиш линиясида носозликдан дарак берувчи қизил чироқ ёниши билан уларга пул ҳисоблаётган ҳисоблагич тўхтар эди.

Биринчидан, таъмирчилар тезроқ дам олиш хонасига қайтиш учун таъмир ишларини тезкорлик билан амалга оширар эди. Иккинчидан, яна муаммо чиқмаслиги учун таъмир юқори сифатда амалга оширилар эди.

Ps: яхши усул қўллангана, биздачи қилган ишига тўлов қилинади ва усталаримиз тезроқ бузилишидан манфаатдор.

Генри Форд ҳақида ҳужжатли филм👇
https://youtu.be/AWK0tG_JWIU

Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
❗️Кўз нурини гимнастика ёрдамида даволаймиз!

Ҳар куни ухлашдан олдин расмдаги машқларни бажаринг ва кўзларингизга дам беринг! Кўзингиз хиралашишини олдини олиш учун бу жуда зарур.

Navigator-1

Navigator-2

Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
39 yoshli indoneziyalik Velin Kusuma dunyodagi eng g'alati hobbilardan biriga ega. U 20 yildan beri diplom to'plash bilan shug'ullanadi. 1999-yilda, 18 yoshli Velin sanoat muhandisligi bo'yicha ilmiy unvon olgan va shu vaqtdan beri o'qishni davom etmoqda. Hozirda u 11 ta fan bo'yicha bakalavr darajasiga, 3 ta magistr darajasiga va 18 ta kasb sertifikatiga ega.

Navigator-1

Navigator-2

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
Докторантура_Аналитика.doc
93.5 KB
#тахлил

📑Хорижий давлатларда олий таълимдан кейинги таълим тизими структураси ва функцияси юзасидан ТАҲЛИЛИЙ МАЪЛУМОТ (қабул жараёни, давомийлиги, диссертация ҳимояси учун талаблар, стипендия)

каналга уланиш👇
@ILM_NUR_2020
7_ 19-29.pdf
870.3 KB
Диссертациялар илмий натижаларининг амалиётга жорий қилинишини баҳолаш бўйича услубий кўрсатмалар

ОАК Раёсатининг 2015 йил 20 мартдаги 214/9-сон қарори билан тасдиқланган.
ОАК Раёсатининг 2017 йил 31 майдаги 239/9-сон қарори билан ўзгартиришлар ва қўшимчалар киритилган.

- Талабгор бевосита ўзи ёки иш бажарилган ташкилотнинг кузатув хати асосида илмий натижаларни амалиётга жорий этиш учун тақдим қилишга ҳақли;

- Иш бажарилган ташкилот илмий натижаларни амалиётга жорий этиш бўйича ишларни ташкиллаштиришда талабгорга ҳар томонлама ёрдам кўрсатиши зарур;

-Барча турдаги ташкилотлар, шу жумладан давлат органлари, хўжалик бошқаруви органлари, корхоналар, муассасалар, жамоат бирлашмалари диссертациянинг илмий натижасини амалиётга жорий этиш объекти бўлиши мумкин.

Батафсил: lex.uz/acts/2622958

@ILM_NUR_2020
​​Ilmiy ishlarda haligacha yetarli ma'lumot baza topolmay yuribsizmi 🤔

Ko'pgina tadqiqotchilar odatda Google amaki-ga murojaat qilishadi va kam yoki tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ega bo'lishadi.

Shunday qilib, ushbu postda siz ilm-fan va madaniyatga bag'ishlangan 12 ta eng muhim va ishonchli saytlarni topasiz. O'ylaymizki, bu siz uchun juda foydali bo'ladi.

refseek.com - Akademik resurslarni osongina taqdim etadigan qidiruv tizimi. Kitoblar, jurnallar va yangiliklardan milliarddan ortiq manbalar. Va ensiklopediyalar.

worldcat.org - 20 000 dan ortiq kutubxonalarni qidiradigan va 2 milliarddan ortiq manbalarni o'z ichiga olgan foydalanish uchun qulay qidiruv tizimi.

link.springer.com - Turli ilmiy sohalarga oid 3 milliondan ortiq manbalarni, jumladan maqolalar, ma'ruzalar, kitoblarning qismlari va konferensiyalarni o'z ichiga oladi.

academic.microsoft.com - U keng ko'lamli tadqiqot natijalarini, olimlar uchun mazmunni o'z ichiga oladi, doimiy ravishda yangilanadi va 120 milliondan ortiq nashrlarni o'z ichiga oladi.

bioline.org.br - Misr, Turkiya, Iroq, Iordaniya va boshqalar kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalarni to'playdigan ixtiyoriy qidiruv tizimi.

etos.bl.uk - Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 500 000 dan ortiq himoyalangan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari .

repec.org - Iqtisodiyot va boshqa tegishli fanlar bo'yicha ikki milliondan ortiq so'rovlarni o'z ichiga olgan qidiruv tizimi.

science.gov - 2000 dan ortiq ilmiy veb-saytlarni jamlagan va ishonchli manbalarga ega 200 milliondan ortiq maqolalarni o'z ichiga olgan AQSh hukumati ilmiy qidiruv tizimi.

kotobgy.com - Qidiruv tizimi arab tilidagi millionlab yuklab olinadigan kitoblarni o'z ichiga oladi. Qisqacha arabcha kitob qidirish mexanizmi.

pdfdrive.com - PDF formatida barcha fanlar bo'yicha kitoblarni yuklab olish uchun eng katta va eng yaxshi sayt. Unda to'g'ridan-to'g'ri yuklab olish uchun tayyor bo'lgan 225 milliondan ortiq kitoblar mavjud.

education.iseek.com - Talabalar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan ajoyib qidiruv tizimi.

base-search.net - Eng yaxshi va eng kuchli akademik tadqiqotlardan biri. 100 milliondan ortiq ilmiy hujjatlar mavjud. Ulardagi maqolalarning 70%i bepul.
©️
🚀Ps: ma'lumotlarni boshqa ilmiy doiralarga ham yuborib qo'ying!

Kanalga ulanishni unutmang
@ILM_NUR_2020
Ilmiy rahbarim maslahat bermoqda!

Ps: boshqa ilmiy doiralarga ham yuborib qo‘ying!

Nаvigator-1👈

Navigator-2👈

Kanalga obuna bo‘ling
@ILM_NUR_2020
#Turk_tili

📄02/10-1616-son

Ps: turk tili bo‘yicha "ko‘chadagi tadbirkorlardan" sertifikat sotib olayotgan shunqor do‘stlar, berayotgan pulingizni havoga sarflamang. O‘zingiz o‘qib izlaning. Juda ko‘p online bepul kurslar mavjud. Shulardan foydalaning!

♻️Navigator-1

♻️Navigator-2

Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
"Форум", "Конференция", "Конгресс", "Семинар", "Симпозиум" тушунчалари ўртасидаги фарқлар нималардан иборат?

Форум — минтақавий ёки глобал муаммоларни аниқлаш ва муҳокама қилиш учун ўтказиладиган тадбир. Форумнинг асосий мақсади — бу муҳокама. Яъни форумни муҳокама, мушоҳада майдончаси деб аташ мумкин.
Конференция — муайян мавзуни муҳокама қилиш учун ташкилот, мутахассис, таниқли инсонлар иштирокида ўтказиладиган тадбир. Конференцияда иштирокчилар учун тавсиялар берилиб, сўнгида қарор қабул қилинади. Халқаро конференциялар эса бу кўп томонлама дипломатик музокараларни қамраб олган тадбирдир. Конференция формат жиҳатидан каттароқ йиғилиш бўлиб, одатда у кенгроқ муҳитда бир неча кун давомида бўлиб ўтиши мумкин. Конференция бир қатор тадбирлар (форумлар, семинарлар, ҳисобот тақдимотлари, дебатлар)ни ўз ичига олиши мумкин.
Конгресс конференциядан миқёс нуқтаи назардан фарқ қилади. Конгресс янада кенгроқ, халқаро тушунча саналади. Конгресс доирасида кўплаб конференциялар бўлиб ўтиши мумкин. Конгрессда иштирокчиларнинг чиқишлари маълум регламент қоидалар асосида ташкил қилинади. Илмий конгрессда илм-фан соҳасидаги мунозарали масалаларни муҳокама қилиш, ечим таклиф қилиш учун олимлар йиғилади. Кўп ҳолатларда маълум соҳадаги конгресс йилига бир маротаба ўтказилиб, унда ютуқлар ва натижалар ёритилади.
Симпозиум — маълум бир муаммога (тор мавзуга) бағишланган илмий конференция. Кўпинча у халқаро даражада ташкил этилади.
Семинар эса аниқ масаланинг муҳокамасига бағишланган ўқув-маърифий машғулотларнинг бир тури. Семинар муайян шахс (профессор илмий раҳбар, тютор) бошчилигидаги гуруҳ учрашуви.

Ps: маълумотларни бошқа илмий доираларга ҳам юбориб қўйинг.

🚀Каналга уланишни унутманг
@ILM_NUR_2020