O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti
131 subscribers
110 photos
6 videos
2 files
43 links
O'zRFA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti
www.genetika.uz
Download Telegram
Qingdao Agricultural University delegatsiyasi institutimizga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida — vitse-prezidenti Wang Yongjian, Mechanical and Electrical Engineering kolleji partiya kotibi Lv Yuting, Natural Resources and Environment kolleji partiya kotibi Shi Yueqing, Marine Science and Engineering kolleji partiya kotibi Zhang Guoli hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi direktor o‘rinbosari Du Kun institutimiz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashdi. Delegatsiya a’zolariga institutimizda olib borilayotgan dala va laboratoriya tadqiqotlari, ilmiy yo‘nalishlar hamda amaliy natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

https://t.me/IGPEB
👍3
Institutimizda Yosh olimlar kengashining հavbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institutda faoliyat olib borayotgan yosh tadqiqotchilar tomonidan bajarilayotgan dolzarb ilmiy ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Donli ekinlar genetikasi laboratoriyasi tayanch doktoranti Matluba Mamatova “Farg‘ona viloyati sharoitida yetishtirilayotgan bug‘doy don mahsulotlarining aholi populyatsiyasida mikroelementlar yetishmasligiga ta’siri” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, Hayvonlar genetikasi laboratoriyasi tadqiqotchisi Berdimurodova Barchin “G‘o‘za bargi buralishi va pakanaligi virusi (Cotton leaf roll dwarf virus)ni ajratish, ayrim xususiyatlarini o‘rganish va molekulyar-genetik tavsiflash” mavzusida o‘z ilmiy izlanishlari bilan ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida taqdim etilgan ilmiy ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, tavsiyalar berildi va yosh olimlarning ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi.

https://t.me/IGPEB
👍7👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Institutimiz xodimlarining dala tadqiqot ishlaridan video lavha!!!

by Marjona Muzafarova
👍10
#tijoratlashtirish

Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi: yangi ekin navlari urug‘chiligi yo‘lga qo‘yiladi


“SEMRUGʻ CLUSTER” MCHJ urug‘chilik klasteri hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlik hujjatlari imzolandi. Xususan litsenzion shartnoma asosida institut olimlari tomonidan yaratilgan moshning yuqori hosildor, kasalliklarga nisbatan chidamli, mahalliy agroiqlim sharoitlarga tez moslashuvchan va mexanizatsiyalashgan agregatlarda yig‘ib-terib olishga mos yangi “Ishonch” navi urug‘chiligini yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, imzolangan hamkorlik memorandum bo‘yicha dukkakli va moyli ekinlarlarning yangi navlarini hamkorlikda joriy etish, ekin maydonlarini kengaytirish va ilmiy-amaliy hamkorlik rivojlantiriladi.

Mazkur nav yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Интеграция науки и производства: будет налажено производство семян новых сортов сельскохозяйственных культур

Между семенным кластером ООО «СЕМРУГ КЛАСТЕР» и Институтом генетики и экспериментальной биологии растений Академии наук Узбекистана подписаны документ о научно-практическом сотрудничестве. В частности, на основе лицензионного соглашения будет налажено производство семян нового сорта маша "Ишонч" созданного учеными института, который отличается высокой урожайностью, устойчивостью к болезням, быстрой адаптацией к местным агроклиматическим условиям и пригодностью для уборки в механизированных агрегатах.

Также в рамках подписанного меморандума о сотрудничестве будет осуществляться совместное внедрение новых сортов бобовых и масличных культур, расширение посевных площадей и развитие научно-практического сотрудничества.

Этот сорт играет важную роль в обеспечении продовольственной безопасности нашей страны и производстве экспортно-ориентированной сельскохозяйственной продукции.

Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👎1
E’LON
Falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga asosan O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlar o‘tkaziladi:
🔹 03.00.09 - Umumiy genetika 🗓 Imtihon sanasi: 2026 yil 21 may
🔹 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi 🗓 Imtihon sanasi: 2026 yil 22 may
🔹 03.00.03 – Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya
🗓 Imtihon sanasi: 2026 yil 25 may
🔹 🕙 Vaqti: soat 10:00
📌 Manzil: Toshkent vil. Qibray tumani Yuqori-yuz MFY Yuqori-yuz ko'chasi N266.
O'zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti


Подключиться к конференции Zoom
https://us06web.zoom.us/j/6220790784?pwd=dTVreXJLQXFzdVNrTUp0aVpZUzdJUT09&omn=85292812923

Идентификатор конференции: 622 079 0784
Код доступа: 5
👍2❤1
Yosh olimimiz “Akademik harakatchanlik” tanlovi g‘olibi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik ilmiy xodimi hamda Yosh olimlar kengashi raisi Aytenov Ilham Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Akademik harakatchanlik” tanlovida g‘olib deb topildi.
Tanlov doirasida yosh olimning ilmiy loyihasi yuqori baholanib, uni amalga oshirish uchun 81 178 140 so‘m miqdorida moliyalashtirish ajratildi.
Mazkur yutuq institutimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning natijadorligi hamda yosh olimlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.
Institut jamoasi nomidan Aytenov Ilhamni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!

https://t.me/IGPEB
👍25🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti Hayvonlar genetikasi laboratoriyasida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlardan video lavfha.

https://t.me/IGPEB
👍8
INSTITUT XODIMLARI XALQARO MULTIKONFERENSIYADA ISHTIROK ETDI

2026-yil 6–11-iyul kunlari O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti xodimlari I.Dj. Kurbanbayev, N.N. Sanayev, O. Ergashev va A. Mutalov Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida o‘tkazilgan “Bioinformatika, genomlar regulyatsiyasi va tuzilishi hamda tizimli biologiya” mavzusidagi XV xalqaro multikonferensiyada ishtirok etdilar.

Anjumanda I.Dj. Kurbanbayev O‘zbekiston soya germoplazmasining SSR markerlari asosidagi genetik xilma-xilligi va morfologik-biokimyoviy xususiyatlariga bag‘ishlangan ma’ruza bilan qatnashdi.

Xizmat safari davomida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limining Sitologiya va genetika instituti direktori, akademik A.V. Kochetov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar yakunida ikki institut o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
https://t.me/IGPEB
👏3
XALQARO ANJUMANLARDA ISHTIROK

2026-yil 5–10-iyul kunlari O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti xodimlari F.N. Kushanov, B. Rasulov va X. To‘raqulov Xitoy Xalq Respublikasining Yanlin shahridagi Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universitetida o‘tkazilgan “11th Silk Road Alliance for Agricultural Education, Science and Technology Innovation” hamda “The Fifth Shanghai Cooperation Organization National Agricultural University Presidents Forum” xalqaro anjumanlarida ishtirok etdilar.
Anjumanda O‘simliklar genom tadqiqotlari laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori, professor F.N. Kushanov “Modern Biotechnological Approaches to Conserving Plant Genetic Resources and Developing Stress-Resilient Crop” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi. Ma’ruzada o‘simliklar genomikasi, bioinformatika, molekulyar seleksiya hamda qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli ekinlarni yaratishga qaratilgan tadqiqot natijalari taqdim etildi.

https://t.me/IGPEB
👏5
Oʻsimliklarning “sogʻligini” endi zamonaviy uskunalar aniqlaydi

Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining Texnik ekinlarning ekologik fiziologiyasi va genetikasi laboratoriyasida qishloq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega boʻlgan yangi ilmiy bosqich boshlandi.
Bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biri — hosildorlikni oldindan bashorat qilish, ekinlarning qurgʻoqchilik, yuqori harorat va tuproq shoʻrlanishi kabi stress omillariga chidamliligini baholashdir.
Institutdagi mazkur laboratoriya xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori aniqlikdagi uskunalar bilan jihozlangan:
✔️ GFS-3000 tizimi gaz almashinuvi va fluorestsensiya oʻlchash uskuna dala sharoitida, oʻsimlikka shikast yetkazmagan holda uning fotosintez faolligini real vaqt rejimida oʻlchaydi.
✔️ Oʻsimlikning CO₂ yutish qobiliyati, suv sarfi, barg orqali gaz almashinuvi va fotosistemalarning ishlash samaradorligi aniqlanadi.
✔️ Fiziologik va biokimyoviy koʻrsatkichlar tahlili orqali oʻsimlikda koʻrinadigan belgilar (simptomlar) hosil boʻlmasdanoq uning ichki himoya mexanizmlari va stressga moslashuvi oʻrganiladi.

Mazkur uskunalar yordamida ekinlarning kelgusi hosildorlik salohiyatini hali gullamasdan va hosil tugmasidan oldin ilmiy asosda bashorat qilish imkoniyati yaratiladi. Oʻsimliklarning suvga va stressga munosabati oldindan aniqlanib, sugʻorish hamda parvarish tadbirlarini optimal rejalashtirishga yordam beradi.

Ma’lumot o‘rnida: Institut boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy taʼlim maskanlari, seleksiya va urugʻchilik markazlari hamda fermer va bogʻdorchilik xoʻjaliklari uchun shartnoma asosida yuqori aniqlikdagi tahlil xizmatlarini yoʻlga qoʻydi.

Bizni kuzatib boring👇

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5