O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti
131 subscribers
110 photos
6 videos
2 files
43 links
O'zRFA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti
www.genetika.uz
Download Telegram
🌿 Navro‘z – yangilanish va birlik bayrami! 🌿

Bugun Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida umummilliy bayram — Navro‘z ayyomi keng va ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbir davomida institut jamoasi bahorning kirib kelishi, tabiatning uyg‘onishi va yangilanish ramzi bo‘lgan ushbu qutlug‘ ayyomni katta shodiyonalar bilan qarshi oldi. Milliy urf-odatlarimiz aks etgan kuy-qo‘shiqlar va samimiy tilaklar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Tadbirni institutimiz direktori q/x.f.d. prof A.A. narimanov ochib berdi hamda tadbirda Ayupov Shavkat Abdullayevich — O‘zR FA prezidenti, hamda Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich — O‘zR FA vitse-prezidenti ishtirok etib, institut jamoasini ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabrikladilar.

🌱 Navro‘z — bu nafaqat bahor bayrami, balki mehr-oqibat, birdamlik va ezgulik timsolidir.

✨ Ushbu muborak kun munosabati bilan barchangizni Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Yurtimizga tinchlik, baraka va ravnaq tilaymiz!

https://t.me/IGPEB
🔥4
🌿 Noyob g‘o‘za turlari – genofondimiz boyligi! 🌿

G‘o‘za genofondi noyob obyekt kolleksiyasida saqlanayotgan yovvoyi g‘o‘za turlarini saqlash va ko‘paytirish bo‘yicha muhim ishlar olib borilmoqda. Xususan, kolleksiya rahbari Marjona Muzafarova tomonidan noyob namunalar seleksiya jarayonida o‘rganilib, ular “speed breeding” iqlim xonasida ko‘paytirilmoqda.

Gossypium armourianum turi genofond kolleksiyasida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, undan oxirgi hosil 1983-yilda olingan. Kuchli fotoperiodik xususiyati sababli oddiy sharoitda urug‘ olish qiyin, shu bois hozirda maxsus iqlim sharoitida hayotchanligi saqlanmoqda. Ushbu tur kuchli sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadi.

Shuningdek, Gossypium robinsonii turi ham noyob genetik resurslardan biri bo‘lib, undan oxirgi hosil 1987-yilda olingan. Kuchli fotoperiodik xususiyati tufayli bu turdan urug‘ olish murakkab hisoblanadi.

Ushbu tur yana bir muhim jihati bilan ajralib turadi — u yuqori miqdorda smola (shira) ishlab chiqaradi hamda tarkibida biologik faol gossypiol moddasi mavjud.

🌱 Ushbu noyob yovvoyi turlar kelajakda sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamli yangi navlar yaratishda muhim genetik manba bo‘lib xizmat qiladi.

https://t.me/IGPEB
🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#workingtime

🌿 G‘o‘za genofondi noyob kolleksiyasidagi yovvoyi turlar kolleksiya rahbari Marjona Muzafarova tomonidan saqlanib, seleksiya jarayonida o‘rganilmoqda hamda “speed breeding” iqlim xonasida ko‘paytirilmoqda.

https://t.me/IGPEB
🔥4
​🎓 ILMIY YUTUQ VA MUVAFFAQIYATLI HIMOYA!

Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti huzuridagi ilmiy kengashda tayanch doktorantlar tomonidan bajarilgan dissertatsiya ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

🔬 Tolibova Zevar Hojievna
“Molekulyar markerlar yordamida no‘xat (Cicer arietinum L.)ning mahalliy va jahon kolleksiyasi namunalarini sho‘rga chidamliligi bo‘yicha genotiplash” mavzusida
03.00.09 – Umumiy genetika ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
👩‍🔬 Ilmiy rahbar: b.f.d., katta ilmiy xodim Qulmamatova Dilafruz Erkinovna

🌱 Amonova Dildora Bahodirovna
“Soya (Glycine max L.) o‘simligining fiziologik va biokimyoviy jarayonlariga mikrobiologik preparatlarning ta’siri” mavzusida
03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
👩‍🔬 Ilmiy rahbar: b.f.d., professor Matniyazova Hilola Xudaybergenovna

✨ Mazkur ilmiy ishlar qishloq xo‘jaligi ekinlarining sho‘rga chidamliligini oshirish, samarali seleksiya olib borish hamda mikrobiologik yondashuvlar asosida hosildorlikni yaxshilash yo‘nalishlarida muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

👏 Institut jamoasi nomidan ustozlarini va yosh olimalarni ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

https://t.me/IGPEB
👏5❤2🔥2
Xalqaro hamkorlik

FA o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida Rossiya Fanlar akademiyasining Ural filiali vakillari Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar institutning ilmiy yo‘nalishlari, zamonaviy laboratoriyalari hamda olib borilayotgan istiqbolli tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda institut direktori professor A. A. Narimanov tomonidan institut faoliyati, erishilgan ilmiy natijalar, xalqaro loyihalar va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida qisqacha taqdimot qilindi. Shuningdek, tomonlar genetika, biotexnologiya, mikrobiologiya, qishloq xo‘jaligi va ekologiya yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Mazkur tashrif ilmiy tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va xalqaro ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bu kabi uchrashuvlar mamlakatimiz ilm-fan salohiyatini oshirish va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

https://t.me/IGPEB
👍4
Channel name was changed to «O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

➡️Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Axatov Habibulla tomonidan golubika o‘simligini in vitro usulida ko‘paytirish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy ishlar "O‘zbekiston 24" telekanali nigohida!

🔬Videoreportajda doktorantimiz tomonidan in vitro texnologiyasi asosida golubika ko‘chatlarini ko‘paytirish, ularni sog‘lom, kasalliklarga chidamli va yuqori hosildor qilib yetishtirish hamda parvarishlashning zamonaviy yondashuvlari keng yoritib berildi.

🔽Bizni kuzatishda davom eting!
🌐WEB SAYT ✔️TELEGRAM 🌐INSTAGRAM 📝FACEBOOK 🎞YOUTUBE
👍1
2027-yildan Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabulni talabgorning umumiy ballar yig‘indisi asosida amalga oshiriladi.

Bunda, talabgorning magistraturadagi baholari, nashr etilgan ilmiy ishlariga beriladigan ballari va xorijiy til sertifikati balining umumiy yig‘indisi asosida ballar ketma-ketligida imtihonlarsiz to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.

(PF-58. 10.04.2026-yil.)

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
👎2
Institutimizda Birlashgan kasaba uyushmasining 2025-yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda institut KUK raisi Mansurjon Xotamov hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi raisi Jurayev Sherzod Sultonboyevich ishtirok etdilar.

Hisobot davomida qo‘mita tomonidan o‘tgan yil mobaynida amalga oshirilgan ijtimoiy va tashkiliy ishlar, jamoa manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyat, erishilgan natijalar hamda mavjud masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida xodimlarning mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va jamoa faolligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

https://t.me/IGPEB
👍4