Javlonbek Ibragimov #ustoz
36 subscribers
8 photos
11 links
Ta'lim, media marketing, konsalting sohasida tadbirkor | Shaxsiy rivojlanish va biznes boʻyicha #ustoz

O'rganaman, amalda qo'llayman eng yaxshilarini ulashaman!

Murojat uchun: @Savol_ber_bot

#ustoz
Download Telegram
Marketingda tadqiqot va tahlil 1
Marketingda tadqiqot va tahlil 2
Assalomu alaykum #qaniboshladik

Bir paytlar menda nimadir qilishga katta xohish uygʻonardi, va maqsadlar qoʻyib rejalarimni ham tuzib harakatimni boshlar edim, lekin keyinchalik nimadir xalaqit berardi gohida dangaslik qilib oʻzim toʻxtatib qoʻyar edim.

Men juda koʻp mana shu kasaldan qiynalganman yani "boshlab keyin oxirigacha yetkazmaslik" kasalidan. Hamma ham chempion boʻla olmasligini sababi INTIZOM yetishmasligi hisoblanadi.

Siz zoʻr talantli, juda aqlli boʻlishingiz mumkin lekin INTIZOM boʻlmasa ORZU laringiz hech qachon amalga oshmaydi.

Esingizda boʻlsin: Intizom - maqsad va muvaffaqiyat orasidagi koʻprikdir.
Hozir sizni orzularingiz boʻlishi mumkin va unga ancha yildan beri erisha olmayotgan boʻlsangiz demak sizda INTIZOM yetishmayapti.

Agar harsang tosh ustiga bir tomchi suv tomsa nima boʻladi? Albatta hech nima roʻy bermaydi. Lekin uzluksiz aniq bir vaqt oraligʻida toshni ustiga tomib turgan tomchilar toshni parchalab, teshib yuboradi.

Misol keltiraman: Tasavvur qiling!
Men dasturchi boʻlmoqchiman. Men buning uchun oldin "nima uchun dasturchi boʻlmoqchiman" deb savol berib sababini aniqlab olardim (sabab masalasida keyin suhbatlashamiz).

Kuniga besh soat dasturlash sohasiga ajratishga reja qoʻyardim. Kun ichida aniq vaqtni tanlardim yani nechadan nechagacha shugʻullanaman. Keyin oʻshanga "budulnik qoʻyardim" va aniq shu vaqtimga amal qilib INTIZOM bilan harakatlanardim.

Albatta boshlanishiga birdaniga besh soatdan boshlay olmaysiz.

Boshlanishiga bir soat, keyin ikki soat ... va sekin oshirib borasiz. Boshida INTIZOM bilan harakatlanish qiyin boʻladi. Oʻzingizni majburlab amal qiling va albatta bu bora - bora odatga aylanadi. Oson boʻlmaydi vada beraman. Chempion boʻlish oson emas!

Meni aytganlarimga shubha bilan qarang va amalda qoʻllang. Faqat shundagina bilasiz toʻgʻrimi yoki yoʻqmi.

Siz INTIZOM bilan harakatlanishga tayyormisiz CHEMPION? 🥇

#Shaxsiyrivojlanish_kuni
@Ibragimov_Javlonbek #ustoz
Intizom haqida suhbatlashamiz...
Savol: "Oʻzimni qanday inson sifatida koʻraman?"

Shu savolga siz nima deb javob berardingiz ?

@Ibragimov_Javlonbek blogi
Sizlar uchun foydali boʻlyaptimi berilayotgan maʼlumotlar?
Bismillahir rohmanir rohiym
assalomu alaykum hammaga!

Men bu kanal sizga foydali boʻlishi uchun harakat qilaman lekin albatta nimadir oʻrgansangiz amalda qoʻllang.

Vada bera olmayman "har kuni maʼlumot yozaman" deb lekin ishlarimdan boʻsh vaqtim albatta olgan bilim va tajribalarim bilan oʻrtoqlashaman.

Odatda maqolalar soat 17:00 bilan 18:30 oraligʻida chiqishiga intilaman.
yuqorida kunlik jadvalimni ham tashladim.
Assalomu alaykum #qaniboshladik

Hamma narsani oʻz vazifasi boʻlganidek marketingni ham asosiy 2 ta vazifasi bor. Ular ishlab chiqarish va sotish.

Birinchisi shlab chiqarish vazifasi
Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish emas, balki sotsa boʻladigan mahsulotni ishlab chiqarish.
Ikkinchisi sotish vazifasi:
Isteʼmolchilar bozorini va ularga taʼsir qilish yoʻllarini oʻrganib chiqish.

Demak birinchisiga toʻxtalamiz. Koʻpchilik tadbirkorlar oldin mahsulotni ishlab chiqarishadi keyin uni sotishni oʻylashadi. "Nimadir ishlab chiqarsam boʻldi hamma sotib oladi" degan fikrdan yiroqlashish kerak.

Oldiniga bozorni oʻrganing: insonlar nima xohlashyapti va ularni ehtiyoji aniqlang. Keyingina ularni muammosini hal qiluvchi mahsulot yarating.
Mana shuni mana sotsa boʻladigan mahsulotni ishlab chiqarish deyiladi.
> Bozorni oʻrganish uchun quyidagi maqolani oʻqing! <

Endi ikkinchi vazifasiga toʻxtalamiz.
Bu sotish vazifasi boʻlib isteʼmolchilarga qaysi yoʻl bilan, qanday taʼsir qilish mumkin shuni oʻrganib chiqamiz.

Bunda eng avvalo mijozlarimizni jinsi, yoshi, ijtimoiy axvoli, kasbi, qiziqishlari, yashash hududi inobatga olinadi. Buni sabablari bor albatta undan keyin mijoz portreti yaratamiz.

Ana undan keyin qaysi yoʻl bilan qanday taʼsir qilishni oʻrganamiz. (Yoʻl degan savdo kanallarni ham olishimiz mumkin, yani qaysi joylarga reklama beramiz, mijoz bizni qayerda koʻrib keladi shular inobatga olinadi)

Bu marketingni ikkita vazifasini biznesni boshlashdan oldin qilgan yaxshi. Agar sizni biznesingiz boʻlsa hechqisi yoʻq hali ham kech emas.

Meni aytganlarimga shubha bilan qarang va amalda qoʻllang. Faqat shundagina bilasiz toʻgʻrimi yoki yoʻqmi.

#marketing_kuni
@Ibragimov_Javlonbek blogi
😊 Hurmatli kanalimni kuzatuvchilari.

Sizni kirib kelayotgan muborak Ramazon bayrami bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.

🕋 Muborak ramazon oyi mobaynida tutgan roʻzalarimiz, qilgan toat – ibodatlarimiz, hayr – ehsonlarimiz ilohim mustajob va qabul boʻlsin.

🤲 Yaratganning oʻzi doimo madadkor boʻlsin!
Hammamiz uchun aziz boʻlgan oilamiz hamda xonadonimizda tinchlik va xotirjamlik hukmron boʻlsin.

🗣 Hurmat va ehtirom ila Javlonbek Ibragimov
RAMAZON MUBORAK YAQINLARIM! 🤲
Assalomu alaykum #qaniboshladik

Chelakdagi qisqichbaqa fenomeni haqida eshitganmisiz?

Agar chelakga qisqichbaqalarni solsangiz va ulardan biri chelakdan chiqib ketish uchun urunsa boshqalari unga yordam berish o'rniga pastga tortadi.

Afsus hozirda bunday insonlar har birimizni atrofimizda topiladi. Ular bilan fikr almashsangiz oʻzingizni ojiz, qiyin ahvolda qolgandek xis qilasiz. Rivojlanish oʻrniga, umidsizlikka tushib boraverasiz.

Asli ular ataylab bunday qilmaydi (lekin orasida ataylab qiladiganlari ham bor). Bunday insonlarga orzu maqsadlaringizni aytishingiz bilan sizni jinniga chiqarishadi. Yoki sizga quloq solib ham oʻtirmaydi.

Xoʻsh nima qilish kerak?
Atrofingizda qanchalik rivojlanishingizga yordam beradigan kuchli insonlar boʻlsa siz juda tez rivojlanib borasiz, lekin aksi boʻlsa juda tez ...⬇️ )))

Qoʻlingizga ruchka qogʻoz oling va barcha atrofingizdagi insonlarni, tanishlaringizni roʻyxatini shakllantiring.

Uch xil insonlar mavjud menimcha:
Birinchisi: Sizni rivojlantiradi va ruhiyatingizni koʻtaradi
Ikkinchisi: U xuddi yoʻqdek unga umuman farqi yoʻq
Uchinchisi: Sizni ruhiyatingizni sindiradi, sizni pastga tortuvchi insonlar.

- Rivojlantiruvchi insonlarga " + "
- Ahamiyati yoʻq insonlarga " 0 "
- Pastga tortuvchi insonlarga " - " belgisini qoʻying.

Va " - " insonlarni hayotingizdan chiqarib tashlang yoki ular bilan koʻp suhbatlashmang!
Atrofingizda sizni oʻsishga, rivojlanishga undaydigan insonlar bilan koʻp suhbat quring va ularni sonini koʻpaytiring

Amalda qoʻllaysizmi ?

#Shaxsiyrivojlanish_kuni
@Ibragimov_Javlonbek blogi
Atrofdagi " -- " insonlarni nima qilish kerak?

@Ibragimov_Javlonbek blogi
Assalomu alaykum #qaniboshladik

Biznes boshqaruvidagi eng katta xato nima?

Tadbirkor o'z biznesini yo'lga qo'ya olishi, istalgan natijasiga erisha olishi uchun, oldin uni tizimlashtirishni bilishi kerak. Masalan, 20 yildan beri bir sohada tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan biznes egalarini ko'rganmiz. Ular shu sohada hali ham bir joyda qotib qolishgan, kengaymaydi, rivojlanmaydi.

Nima uchun? Chunki, ular ishni tizimlashtirmagan. Biznes boshqaruvining bir qismini xodimlariga berishdan qo'rqadi, ishonmaydi. Natijada, barchasini o'zi bajaradi va hech narsani mukammal qila olmaydi. Boisi, resurslar cheklangan. Vaqt yetmaydi, ko'p energiya yo'qotadi va e'tibori har narsaga qaratilgani uchun ishida unumdorlik bo'lish ehtimoli juda kam.

Buni qanday tuzatish mumkin? Bunday hollarda biznes egasi, sotuv, marketing va hisob-kitob va yana bir qancha tizimlarni o'zi emas, o'zidan ko'ra ishni professional bajaradigan yoki shu ishga bor mehrini bera oladigan kadrlarga topshirishi va ularni har hafta nazorat qilib borishi kerak. Shundagina ishda samaradorlik bo'ladi.

Amalda qoʻllaysizmi ?

#menejment_kuni
@Ibragimov_Javlonbek blogi
Assalomu alaykum
#qaniboshladik

Sotuvchi deganda ko'z oldimizga olib-sotar, biror narsani sotuvchi inson keladi.

Hozirgi paytda ko‘plab aholi sotuvchilarga ishonmay qo‘yishgan. Masalan, siz tijorat qilasiz va sotuvchi hisoblanasiz. Do‘konga kirdingiz hamda 80,000 so‘m pulga qiyma sotib olmoqchisiz. Halol go‘shtni berasiz va shundan qiyma tayyorlab berishini so‘raysiz. Sotuvchi mahsulotni olib ichkariga vazifani bajarish uchun kirib ketayotgan pallada esa qiymani ko‘z oldingizda tayyorlashini so‘rab murojaat qilasiz. Nima uchun ko‘pchilik shunday ish qilishadi? Chunki, bu ishonchsizlik natijasidir.

Endi sizga savol: 80,000 so‘mlik qiymaga ishonmadingiz, nima uchun mijozlar sizning mahsulotingiz (aytaylik 10 mln so‘mlik mebelingiz)ni sotib olishi kerak?

Mijozlar hozirgi paytda katta qiymatga ega biror buyum sotib olishdan avval o‘sha tovar haqida to‘liq o‘rganib chiqishadigan bo‘lishgan. Sotuvchilarning oldiga tayyorlanib borishadi va qaysi savolida aldashingizni kutishadi. Siz professional sotuvchi bo‘lish yoki biznesingizni samarali yuritishingiz uchun mijozlarning muammosini hal qilib bera olishingiz kerak.

Yuqoridagi misolga qaytamiz. Ko‘plab oziq-ovqat do‘konlari, shahobchalari go‘shtli mahsulotlarini halol ekanligiga xaridorlar ishonch hosil qilish uchun "Halal" savdo belgisi bilan chiqarishmoqda. Bu esa mijozlar go‘sht mahsuloti haqiqatan ham halol ekaniga ishonishlari, ularning mana shu boradagi savoliga javob olishlariga yordam beradi.

Siz tarbirkor yoki biznes egasi bo‘lsangiz ham sotuvchi hisoblanasiz. Mahsulot yoki xizmatingizni sotasiz. Insonlar sizga ishonishlari uchun esa ularning asl muammolari nimada ekanligini aniqlagan holda yechim bera olsangiz, savdoingiz hajmi samarali bo‘ladi. Tahlil qiling, o‘ylab ko‘ring va tadbiq qilishga urinib ko‘ring.

Sotuvchi psixolog, marketolog, moliyachi, analitik bo‘lishi kerak. Shu bo‘yicha bilimlaringizni oshirib boring. Kelishdikmi?

Amalda qo‘llaysizmi?

#menejment_kuni
@Ibragimov_Javlonbek blogi
Assalomu alaykum
#qaniboshladik

Reklamasiz ham mahsulot yoki xizmatingizni sotish mumkinmi?

Bu savolga: "Albatta, ha" deb javob berish o‘rinli.

Odamlar do‘stlari, yaqinlari bilan gaplashganda mavzu bo‘luvchi suhbatlar hozirgi paytda sarafan marketing deb ataladi. Uning asosiy vazifasi shuki, insonlar siz haqingizda yaxshi narsalarni gapirishadi.

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, insoniyat biror kerakli narsani izlashga kirishishdan oldin ishongan do‘stlari, oilasi, hamkasblar, tanishlarga murojaat qiladi. Reklamaga emas.

Mijozlarni haqiqatan baxtli qila olsangiz, marra sizniki. Shuni o‘rganing. Boshqa hech narsa kerak emas.

Korzinka oziq-ovqat do‘konini misol sifatida olishimiz mumkin. Mijozlarning kun sayin ortib borishiga asosiy sabab ham sarafan marketing hisoblanadi. Masalan, men bugun ro‘zg‘or qilish uchun u yerga bordim. Nima uchun bilasizmi?

Korzinkada barcha qulayliklar mavjud. "Свежый" mahsulotlar, keng assortimentdagi tovarlar, cho‘ntakbop narxlar, xodimlarning xizmat ko‘rsatishi, barcha-barchasi mijozlar ko‘nglidan joy oladigan darajada. Men ham o‘z tajribamdan ishonch bilan aytyapmanki, u yerga shunchaki dam olish uchun ham borish mumkin.

Yaxshisi o‘zingiz borib ko‘ring va nima uchun aynan ushbu supermarket suhbatlarda mavzuga aylanishini bilib olasiz, his qilasiz.

Sarafan marketing - bu juda katta mavzu. Kirish qismi uchun yetarli deb o‘yladim. Siz ham o‘z mahsulotingiz mavzubop bo‘lishi uchun izlaning. Kelishdikmi?

Amalda qo‘llaysizmi?

Keyingi postlarda ushbu mavzuda yanada batafsil to‘xtalib o‘tishga harakat qilaman.

#marketing_kuni
@Ibragimov_Javlonbek blogi
Assalomu alaykum
#qaniboshladik

Dangasalikni yo‘qotish

Har bir inson hayotining qaysidir davrida dangasalik degan yomon illatga tushib qolgan, bu barchada bo‘ladi. Sizda ham, menda ham. O‘qituvchidan tortib, sportchigacha. Insonga xos hislatlardan biri bu.

Ko‘p hollarda ishimiz, mo‘ljallagan maqsadimiz amalga oshmasa, bilingki, shu niyatimiz ro‘yobga chiqishi uchun yetarlicha harakat qilmagan bo‘lamiz. Qisqa qilib aytganda, dangasa bo‘lamiz.

Sizga hozir dangasalikni yo‘qotish haqida qisqacha tavsiya berishga harakat qilaman. Talabamisiz, qayerdadir ishlaysizmi, farqi yo‘q. Maqsadingiz sari o‘sha ishni qilib boring. Asta-sekin. Kitob o‘qimoqchimisiz, birdaniga o‘sha kitob mutolaasini 1 kunda tugatib qo‘yishga urinmang. Boshida kamroq bet, masalan 5, keyingi kun 6-7, shu asnoda ko‘paytirib boring.

Zalga chiqdingiz. Baquvvat bo‘lish xohishingiz kuchli. Bu holda ham birdaniga katta yukli toshni ko‘tarmang. Har kuni qadam-baqadam mashg‘ulot o‘tkazish orqali tosh og‘irligini oshirib borishingiz mumkin.

Dangasalikni yengishning yana bir usuli - bu o‘zingizni qo‘rqiting. Shu ishni qilmasangiz, kelajakda buning to‘lovi qanday bo‘lishi haqida o‘ylang. Misol uchun, o‘z vaqtida qilinmagan ish, vaqt o‘tib yig‘ilib qoladi va shu ishni qilmay qolib ketasiz. Natijada, o‘z orzularingiz ro‘yobga chiqishini faqat tushingizda ko‘rasiz.

O‘zingizga savol bering: "Shu ishni qilmasam nima bo'ladi?". Miyangizga kelgan istalgan yomon fikrni eslab qoling yoki oq qog‘ozga yozib qo‘ying. Darhol dangasalik yo‘qoladi. Siz ham buni sinab ko‘ring.

Dangasalikdan qutulsangiz, o‘z maqsadingiz sari katta qadam tashlagan bo‘lasiz. Esingizdan chiqarmang.
Kelishdikmi?

Amalda qo‘llaysizmi?

#shaxsiyrivojlanish_kuni
@Ibragimov_Javlonbek blogi
Assalomu alaykum
#qaniboshladik

Inson rivojlanishida asosiy omillardan biri (ushbu maqolani o'qish davomida bilib olasiz)

Muvaffaqiyatga erishgan insonlarga havas qilamiz, ular erishgan moddiy va ma'naviy boyliklarga ega bo'lishni istaymiz. Biror bir natija ko'rsatgan shaxslarga taqlid qilishni boshlaymiz. Bu aslida bizning muvaffaqiyatimiz boshlanishi bo'ladi.

Ushbu rivojlanishni kimdir sezadi, ba'zilar esa anglamagan holda o'tkazadi. Nimaligiga qiziqyapsizmi?

Maqolaning mazkur joyiga qadar o'qigan bo'lsangiz, siz ham muvaffaqiyat omili - biz aytmoqchi bo'lgan sir haqida bilib olgansiz yoki yo'q. Insonning asosiy yutug'i - bu uni o'rab turgan atmosferasi, atrof-muhiti hisoblanadi.

Nima uchun boy insonlar boyishda, nochor ahvolga tushganlar esa pasayishda davom etadi, ko'p hollarda? Chunki, ularning atrof-muhiti shunday. Tadbirkorlar o'z doirasiga, "arava itaruvchilar" (hurmat saqlagan holda yozildi) o'z muhitiga ega bo'ladi.

Sizga savol beraman. Siz aslida kim bo'lmoqchisiz? O'zingizni qanday inson sifatida tasavvur qilyapsiz? Nimaga erishishni niyat qilgansiz? Shu savollar bo'yicha o'zingiz, faqat o'zingiz yolg'iz qolgan holda mushohada qiling, fikrlang, qog'oz-ruchka olib, miyangizga kelgan, qalbingizdagi holis maqsadlarni yozing.

Shundan keyin ishga kirishing. Saxovatli tadbirkor bo'lmoqchimisiz, shu insonlarni qidiring, toping, ularni yonida bo'lishga intiling, harakat qiling. To'xtamang.

Ilm izlab yo'lga chiqdingizmi? Shu soha mutaxassislari bilan bo'lishga urining. Vaqti kelib, o'zingiz ham shu darajaga chiqasiz, buni sezmasligingiz ham mumkin. Asosiysi, kimningdir xohishiga ko'ra emas, ichki ishonchingizga tayanib ish qiling. O'sha siz istagan sohada faoliyatingizni boshlang. Har kuni shu bo'yicha ishlang, fikr almashing.

Muhimi, atrofingizni siz xohlagan darajaga chiqib bo'lgan yoki shuning yo'lida harakat qilayotgan insonlar bilan to'ldiring. Kelishdikmi?

O'z yo'lingizni topa olasiz. Sizga ishonaman.

Amalda qo'llaysizmi?
#shaxsiyrivojlanish_kuni
@Ibragimov_Javlonbek blogi
Assalomu alaykum
#qaniboshladik

Hamma narsaga ulgurish uchun nima qilish kerak?

Ushbu savolga javob topish maqsadida Devid Allanning qoidalaridan foydalanishni tavsiya qilaman.

Birinchi qoida. Bir kunda bitta katta ishni qilish kerak. Odatda bu ish uchun 3-4 soat sarflanadi.

Ikkinchi qoida. Ikki va undan kam vaqt oladigan ishlarni hoziroq qilish kerak bo'ladi. U qanday ishlar deysizmi? Masalan bo'lishi mumkin, kimgadir xabar yozib yuborish, telefon orqali murojaat qilish, shu va boshqa mayda ishlarni aynan hozirning o'zida bajarish kerak. Nimaga? Chunki, bu kabi mayda ishlarni ortga surilsa, yig'ilib-yig'ilib juda katta ishga aylanib qolishi mumkin.

Bunda ko'pchilik ishlarning ko'pligidan noliydi va bajarish uchun qo'rqa boshlaydi. Tavsiya: Mayda ishlarni o'sha zahoti bajaring va kuniga bir marta katta ishni qilishga odatlaning. Bu o'zingizga ishonchni ortishiga ham sabab bo'ladi.

Ko'plab ishlarga ulgurayotganingizni his qila boshlaysiz.

Amalda qo'llaysizmi?
#menejment_kuni
@Ibragimov_Javlonbek blogi