Husan Musa | Gopher
225 subscribers
177 photos
43 videos
3 files
233 links
Golang Developer.

Shaxsiy, qiziqarli, foydali, kodli, motivatsion, jiddiy, fikrli fikrlar va ma`lumotlar.
Murojaat: @husan_musa
Download Telegram
Ko’ring o’g’uz, uyg’ur kabi qahramon turk ulusi bolalarini! Ongsizlik va bilimsizliklaridan bugungi kunda qo’l-oyoqlariga qullik, asirlik kishanlari solingan holda insoniy huquqlaridan butunlay ajralgandirlar. Bosqinchi dushmanlari hisobiga o’z Ona vatanlari turib, qandayin xor-zorlik bilan yashab turadilar. Ulug’ qudrat egasi Allohdek Xudosi bor, butun olamga keltirgan Muhammad alayhisalomdek yo’lboshchisi bor, Xudo qonuni bo’lgan Islomdek bini bor musulmonlarning bu kabi xorlikka qolishlari Qur’on hukmiga ko’ra mumkin emasdir. Chunki, Qur’onning aytishicha, Islom dini ilohiy qonundirkim, buni to’lig’i bilan amalga oshiruvchi musulmonlarning har ikki dunyo davlatiga, albatta, ega bo’ladilar. Bu so’zning haqligiga hech shubha yo’qdir. Islom davlatining avvali, ayniqsa, Hazrat Umar davridagi Islomning shon-shavkati, bu so’zni aniq isbotlaydi. Turkiya sultonlaridan buyuk Sulaymon Qonuniy davrida butun Yevrupo hukumatlari Islom podshosining buyrug’iga Bo’ysunmish edilar.

Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.: “Bu ummatim avvalida nima bilan ko’tarilgan bo’lsa, oxirida ham shu bilan ko’tariladi” - dedilar. Ma’lumdirki, Rasululloh davrlaridan boshlab Islom taraqqiyotining davomida Islom podsholari oldida Qur’on hukmi birinchi qo’llanma qilinmish edi. Endi yuqorigi so’zlardan ochiq ma’lum bo’ldi: Ilm-hunarda orqada qolib, boshqalar oyog’i ostida ezilgan musulmonlar Qur’on hukmini amalga oshirmay, haqiqiy Islomiyatdan bahra topolmagan ekanlar. Yo’q esa, Qur’on ilmlari asosan 3 ilmga to’xtalmish:

Birinchi - Ittifoqlik;

Ikkinchi - Zamonaviy ilm-hunarni o’rganib, har ishning sabablarini imkoniyat boricha to’liqlash;

Uchinchi - dushman qarshisida o’limdan qo’rqmaslikdir.

Mana bu 3 narsaga hayot olamida ega bo’lar ekan, o’z vatanlarini, butun insoniy huquqlarini bosqinchi dushmanlar hujumlaridan albatta saqlay oladilar.

Alixonto’ra Sog’uniy - Turkiston qayg’usi.
Forwarded from UM | Live-Life
Mukammalik deyish davosidan yiroqdamiz zero mukammalik faqat Alloh taoloning o'zigagina hosdir.

#1 Flutter bilan tanishish

#2 Widget va Elementlar

#3 Widgetlarni hayot tskili

#4 StatelessWidget nima?

#5 StatefulWidget nima?

#6 Flutterda widgetlar rangini o'zgartirish

#7 Stateless va Stateful widgetlarini taqqoslash

#8 Packagelar nima va nima uchun kerak?

#9 Nima uchun Dart dan foydalanish kerak?

#10 Dart dasturlash tilida o’zgaruvchilarni tanitish

#11Dartda List va Maplar

#12 Dartda operatorlarning vazifalari

#13 Dartda If else Loop

#14 Dart while, do-while, break continue

#15 Dart dasturlash tilida switch-case va Functionlar

#16 Dart dasturlash tilida Classlarga kirish -OOP

#17 Dart dastrulash tilida classdan Inheritance (meros) olish

#18 Dart dasturlash tilida Async va Await va Future

#19 Flutterda boshlang’ich loyiha shablonini yaratish

#20 Widget daraxti va Widgetlar

#21 Widget daraxtini sodda usulda qurish

#22 Widget daraxtini classlar orqali qurish

#23 Flutter Widgetlari xususiyatlari va ularning qo’lanilishi

#24 SafeAre va Container widgetlari

#25 Text Column va Row Widgetlari

#26 Flutterda Button turlari

#27 Flutterda Image va Icon widgetlari

#28 Flutterda Decorationlar bilan ishlash

#29 TextFormField, TextField va Form Widgetlaridan foydalanish

#30 Orientationni tekshirish va u bilan ishlash

+30 Flutter Animationlarga kirish

Flutter haqida o'zbek tilida yozilgan documantation yo'qligi sababidan ilmim yetganicha tushunganimcha ingiliz tilidan tarjima qilib Flutter haqida postlar yozib chiqdim. Bu postlar asosan Flutterdan tushunchsi borlar uchun. Bazi bir imloviy lug'aviy hatoliklar bo'lsa uzr so'raymiz. Agar texnik yoki nazariy xatoliklar bo'lsa izohlarda fikrlarimni to'g'irlab ketsangizlar biz va boshqa o'qiydigan insonlar uchun foydali bo'ladi degan umidaman.

Telegram | Medium
Menda ham endi chiroyli terminal bor)

Hali terminalingizga o’rnamagan bo’lsangiz tavsiya.

https://github.com/romkatv/powerlevel10k/#meslo-nerd-font-patched-for-powerlevel10k

PS: Devs guruhimiz a’zolariga rahmat)
Va nihoyat kutilgan uchrashuv.

Shu joyida fonda biz bilgandik, biz kutgandik qo’shig’i)
Ustoz Akrom Malik bilan Halqa kitobining tahlili uchun bagʻishlangan voicechatga marhamat!

“Yoritkich loyihasi”da “Halqa” kitobining tahlili boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu havola orqali kirishingiz mumkin: https://t.me/yoritkich?videochat
Hozir menga qiziqarli savol berishdi. Sizga ham bermoqchiman.

15 yoshli oʻzingiz sizga nima degan boʻlardi va siz unga nima degan boʻlardingiz?

Agar 15 yosh yoki undan kichkina boʻlsangiz javoblar haqida oʻylab koʻring..

Meni javobim: 15 yoshli oʻzim hozir gapiradigan gaplarimga kirmasdi-yu hech boʻlmaganda dasturlashni oʻrgata olardim, balki. Oʻzimga boʻlsa tayinli gap aniq ayta olmasdi.

Rasmda shunchaki Toshkentda ham qor)
Forwarded from Anvarov Jahongir | Blog
Nima uchun "Dasturlashni" tanladim...

Dasturlash o'zi nima?

👨🏻‍💻 Dasturlash yoki kod yozish – bu kompyuterga ba’zi operatsiyalarni qanday bajarishni buyurishdir. Agar siz oldin hech kod yozmagan bo’lsangiz, ehtimol mavjud ilovalardagi narsalarni bosib kompyuter bilan muloqot qilgan bo’lsangiz kerak.

🌐 Aslida, bu ilovalar komputerga ilovani qanday ko’rsatishni, ma’lumotlarni qayerda saqlash va olib chiqib berishni, hamda siz sichqonchani bosganinizda qanday javob qaytarishni aytadigan kodlardan tashkil topgan.

Dasturlashni o'rganishning turli sabablari mavjud;
🔹 Dasturchi bo'lish uchun.
🔹 Mantiqiy fikrlash, ijobiy fikrlash va o'z-o'ziga ishonchni oshirish uchun.
🔹 Faoliyati davomida qo'llash uchun.

Kabi sabablar ko'ra dasturchilikni tanlaganman. Kuchli dasturchi bo'lish insondan unchalik ko'p narsa talab qilmaydi. Shunchaki astoydil harakat qilish kerak

Dasturlashni oʻrganish uchun qayerdan motivatsiya olsa boʻladi?

🚀 Hamma ham lift turgan joyda eskalator yoki zinadan koʻtarilishini istamaydi. Ammo zinadan birma-bir koʻtarilar ekanmiz bizning oʻylash va fikrlashga imkonimiz paydo boʻladi.

Qolaversa, birdaniga bosib oʻtilgan marra inson uchun u darajada qadr boʻlavermaydi.

🔥 Qanday qilib deysizmi? Unda bizning bugungi, eng foydali maslahatlarimiz bilan tanishib oling. Shunchaki koʻz yugurtirmang, balki, hayotingizda kengroq foydalanishga harakat qiling!
Faxr!
Hamma bilib bo’ldi yangilikni, lekin rasmi shuyerda turmasa bo’lmaydi.
Forwarded from BoburAkmalov
Яхшилар! Ёрдамингизга муҳтожмиз.

8 ёшидан бери сурункали ўнг томонлама якка буйраклик касаллиги билан курашиб келаётган, 21 ёшида иккинчи буйраги ҳам ишдан чиққан, уч йилдан буён "Гемодиализ" муолажасини қабул қилиб келаётган Райҳонага бугун ёрдам керак. Аҳволи оғир босқичда.

Бу касалликни енгиллаштириш ва соғлом ҳаётга қисман қайтишнинг ягона чораси буйрак кўчириб ўтказиш операциясини ўтказиш. Оила аъзоларининг буйраги тушмагач, донор буйраги сотиб олиш ва операция ҳаражатлари учун анча катта маблағ зарур. Айни вақтда Ўзбекистонда бегоналарнинг донорлик қилиши мумкин эмас экан. Шунинг учун амалиётни катта эҳтимол била четда ўтказиш лозим. Бунинг учун энг арзон ва яхши вариантлар Ҳиндистон ($12 000) ва Туркия($20 000) экан.

Бугун сиз учун арзимаган нарса бошқаларнинг бутун умрлик орзуси. Илтимос, бефарқ бўлманг. Сиз яхши инсонсиз.

Бу дунё охират экинзоридир. Ҳозир сиз нима эксангиз, охиратда шуни ўрасиз.

Моддий ёрдам учун:
UzCard : 8600060266328229
Humo : 9860030351442071 (Райҳон Раимқулова)
👍1
Telegramni yangi funksiyasi
👍4
Bu ham
👍10🔥6😁1🤩1
Forwarded from Aziz Rahimov
Balki endi o’qirsan

1. Iqro. Musulmonlarga tushurilgan birinchi oyat.

2. Hayotimda nechta dono odam ko’rgan bo’lsam, ularda bitta umumiylik bor edi — ular juda ko’p o’qishadi. ~ Milliarder Charlie Munger

3. Barcha muvaffaqiyatim sabablarini boshlanish nuqtasi ko’p kitob o’qish bo’lgan. ~Investor Naval Ravikant

4. Yoshlarga tavsiyam: Ko’p kitob o’qing. Turli mavzularda. Nima qiziqtirsa barchasini o’qiyvering. Iloji bo’lsa ensiklopediyalardan boshlang. ~Ilon Mask

5. Ko’p kitob o’qish hayotingni qanchalar o’zgartirib yuborishini bilganingda edi, bo’sh paytingni hammasida o’qiyotgan bo’larding.

6. O’qimasdan ham yaxshigina yurganlar bor-ku! deysan. Ha bor. Yuztadan bitta. Senga bu foiz yetarlimi? Menga - yo’q.

7. O’qish shartmi? Video ko’rsa bo’lmaydimi? Bilim hammasi internetda-ku.

8. Eh soddaginam. Qani gap faqat bilimda bo’lsa. Ko’p kitob o’qish uchun: Intizom, maqsad, sabr, diqqatni yig’a bilish qobiliyatlari kerak.

9. Eng qizig’i sog’lom tana, baxtli oila, katta biznes, aqlli do’stlarga erishish uchun ham xuddi shu qobiliyatlar kerak. Demak ko’p kitob o’qigan odam kitoblarni o’zidan hech nima o’rganmasa ham yutaveradi.

10. Hmm, o’rgansa nima bo’larkin unda?

@azizrakhimov_blog
👍5
Forwarded from 𝓣𝓱𝓮 𝓜𝓾𝓪𝓵𝓵𝓲𝓶𝓪𝓱 𝓞𝓷𝓵𝓲𝓷𝓮 𝓒𝓸𝓾𝓻𝓼𝓮𝓼
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xushxabar🥳🥳🥳
Sovgʻa uchun rahmat Ilhomjon&Noor.

Chiroyli ruchka va bloknotlarni yoqtiraman)

Ps: errorlarga eʼtibor bermang😐