Forwarded from CoreCourse
Assalomu Alaykum! Ertaga 21-noyabr (yakshanba) kuni Docker bo'yicha o'tkaziladigan Master-class darsimizga taklif qilamiz. Bir darsda Dockerning asosiy vazifalarini qila oladigan va o'zingizga bu texnologiyada "Uveren" bo'lishni istasangiz, shoshiling. Joylar soni chegaralangan. Master-class pullik va faqat nazariy emas!
Dars vaqtlari: 10:00-12:00, 14:00:16-00
Ikki xil vaqt 2 darsni emas, o'zingizga qulay payt kelishingiz mumkinligini bildiradi.
Texnologiyalar: Docker, Ubuntu, AWS.
Mavzu: Konteynerlash, Deployment
Narxi: 120.000 UZS
Nafaqat Backend'chilarni, balki barcha dasturchilarni taklif qilamiz. Chunki mavzudan tashqari, sizni qiynayotgan umumiy savollarga javob berishga harakat qilamiz.
Manzil: Najot Ta'lim, Chilonzor filiali. Mo'ljal Rayxon milliy taomlar.
Suratdagi Tim Berners Li
PS: Men uzoq safarga hozirlik ko'ryapman. Ketishimdan avval savollaringizga javob bera olsam, yordamim tegsa hursandman.
Muhammadxon Najimov
CoreCourse

Har birimiz bilishimiz va amal qilishimiz kerak qatorlar ekan:
“Ibn Jamoa o’zining juda foydali va ajoyib: “Tazkirotul-some’ val mutakkallim fi adabil olim val mutaallim” kitobida ta’lim oluvchining odoblari qanday bo’lishi kerakligini quyidagicha bayon qiladi:
“Uchinchi: ta’lim oluvchi yosh bo’lishi va ilm olish uchun barvaqtroq harakat qilishi, “Ana qilaman, mana qilaman”, degan aldovlarga berilib ketmasligi kerak. Chunki umrning o’tib ketayotgan har bir lahzasining o’rnini bosadigan biror evaz va badal yo’q. Ilm olishni mukammal qilsin, bor kuchini sarflashga to’sqinik qiladigan, boshqa ishlarga chalg’itib yuboradigan narsalardan imkoni boricha uzoqlashsin. Chunki bu narsalar yo’ltosar qaroqchilarga o’xshaydi”.
Shuning uchun avval o’tgan olimlar: “Ta’lim oluvchi o’z uyi va vatanidan uzoqda bo’lishi yaxshi”, deganlar. Chunki fikrning tarqoqligi ilmning nozik qirralari va chigal joylarini to’liq tushinishga imkon bermaydi. “Ilmga borlig’ing bermagaysan, undan zarracha olmagaysan”, deb bejizga aytilmagan.”
Abdulfattoh abu G’uddaning “Sahifalar” kitobi 40-bet.

Eng achinarlisi farzanding ham sen oʻqigan taʼlim tizimida oʻqishi...
Bunga yoʻl qoʻyib berish..
Buni qanday nomlash kerak boʻlsa, nomlab olavering. Beparvolik, xiyonat, jinoyat...
#kelajakkanazar #alam

🔥1
Forwarded from Lazizbek Ergashev | IT Blog (Лазизбек Эргашев)
Kutib oling - Fleet, JetBrains tomonidan yangi yengil text redaktor
P.S. VSCode ga raqobatchi
https://blog.jetbrains.com/ru/blog/2021/11/29/welcome-to-fleet/
👉 @lazerg

Telegramni Update qilinglar. Zoʻr imkoniyatlar qoʻshilibdi.
"Vashshe malades lekin boru)"
"Vashshe malades lekin boru)"
GDG devfest 2021 ga borasizmi?
Anonymous Poll
25%
Ha, boraman.
11%
O’ylayapman
25%
Bormayman
39%
Nima U?
Misrda G’alati ishlar bo’lyapti…
Misrda o’qib yurgan talabalarni (elchixona taklifi asosida ketganlarni ham) deport qilish ishlari bo’lyapti ekan. U yerga ilm olish maqsadida ketgan yurtdoshlarimizni ko’chada tutib olib ketish qanday mantiqqa to’g’ri keladi?
Hatto, talabalar ham na sababini, na kim qilayotganini aniq bilishadi. Hozirda yarim mingga yaqin kishi tutilibdi. Ba’zilar, elchixona ham aralashyapti deyishyapti.
Ma’sullardan aniq ma’lumot bilish kerak. Kim tarafidan qilinayotgan bo’lsa ham, bu to’g’ri ishmas deb hisoblayman. Bu jiddiy mavzu. O’ylab ko’ring, masalan Koreada ITda o’qiyotgan talabalarni shunchaki deport qilishsa???
Xabarni ko’proq kishilarga holis maqsadda tarqatib, mas’ullarga yetishiga harakat qilaylik. Ilm yo’lida yurgan vatandoshlarimizni qo’llab quvvatlaylik!

Forwarded from Temurbek Adhamov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim yo’lida yurganlar eshitsin!
Ustozlarimizdan Alloh rozi bo’lsin! Biz ular sababli shu joylargacha keldik…

Husan Musa | Gopher
Done
Shu bugni ustunlik tarafi qilib qoʻysa ham boʻlarkan. Menga yoqdi)
Forwarded from Saud Abdulwahed (Saud Abdulwahed)
Bemani seriallardan va Good Tv ning taqiqlaridan zerikkanlar uchun chiroyli bir tavsiya serial qoldiraman:
https://youtu.be/1DdansYsmlc
@saudabdulwahed
https://youtu.be/1DdansYsmlc
@saudabdulwahed
Saud Abdulwahed
Bemani seriallardan va Good Tv ning taqiqlaridan zerikkanlar uchun chiroyli bir tavsiya serial qoldiraman: https://youtu.be/1DdansYsmlc @saudabdulwahed
Haqiqatdan yaxshi serial. Yangi qismlar har dushanbadan seshanbaga oʻtar tunda chiqadi. Odatda seshanba ertalab koʻrib boʻlaman va keyingi qismini kutib yuraman)
Sizga ham tavsiya qilaman. Agar hali undan oldingi mavsumini koʻrmagan boʻlsangiz kutish vaqtiga shu mavsumni koʻrsangiz boʻladi. Sultan Alparslan oʻgʻli haqida.
Xullas, tavsuyu..

Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Internetga o't ketdi yohud ohirgi 10 yillikning eng katta katastrofasi 🔥
Java tili uchun yozilgan va juda keng qo'llaniladigan "library"dagi bir zaiflik sababli butun Internetga o't ketdi. Shu zaiflik sababli hakerlar dunyo bo'ylab juda ha ko'p millionlab kompyuterlarga va serverlarga kirib olib deyarli hohlagan ishlarini qilishmoqda. Masalan "crypto miner" lar o'rnatib qo'yishmoqda, passwordlar yoki boshqa muhim ma'lumotlarni o'g'irlashmoqda.
The Apacha Software Foundation bu zaiflikka 10 reytingini berdi. Maksimum nechi deysizmi? Topingchi? To'ppa to'g'ri. 10! 😨
Bu qanday zaiflik ekanligiga to'xtalishdan oldin, sizlar bilan "logging" haqida gaplashishimiz kerak. "Logging" sizga dasturingizda nima bo'layotganidan habardor bo'lishga yordam beradi. Yani "Yangi foydalanuvchi ro'xyatdan o'tdi", "Foydalanuvchi #10 profilini yangiladi", "Admin quyidagi o'zgarishlarni qildi" va shunga o'xshash hodisalarni huddi jurnalga yozgan kabi yozib boradi.
Tabiiyki dasturingizda nima bo'layotganini bilishingiz juda muhim. Bo'lmasam huddi ko'zingiz bog'langandek bo'lib qoladi. Shuning uchun ham "logging" qilish muhim. Bu narsa muhim bo'lgani uchun deyarli hamma dasturlar bu ishni qiladi. Java dasturchilari shu ishni qilish maqsadida odatda log4j nomli libraryni ishlatishadi. Aynan shu libraryda aytib o'tilgan zaiflik topilgan.
Tasavvur qilinga, sanoqsiz dasturlar Javada yozilgan va ularning ko'pchiligi log4j librarysini ishlatadi. Shu dasturlar joylashgan hamma serverlar, yani kompyuterlar, shu zaiflik sababli hakerlar qo'liga tushib qolishi juda ham oson ishga aylanib qoldi.
Bu zaiflik qanday ishlashi haqida ko'p joyda yozildi. Lekin qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, tepada aytib o'tilgan "jurnal" yani loglarni ma'lum bir formatda yozilsa hohlagan Java kodingizni shu dastur joylashgan kompyuterda ishga tushirib yuborishingiz mumkin.
Masalan siz Facebook profilingizga kirib ismingizni o'zgartirsangiz katta ehtimol bilan ushbu hodisa "log" qilinadi Facebook serverlari tomonidan. Siz haker sifatida buni bilasiz va ismingizni o'sha yomon formatda yozilgan va yomon ish qiladigan Java kodini ichiga olgan jumlaga o'zgartirasiz. Bu log bo'ladi va shu jumlangiz ichida yozilgan yomon Java kodi ishlab ketadi. Va tamom. Facebook serverlarida sizning yomon kodingiz ishlab ketdi.
Bu zaiflik Amazon, Apple, Cloudflare, Microsoft va millionlab boshqa kompaniyalar serverlarida ham topilgan. Bu katastrofa davlat miqyosida ham tan olingan. USA, Germaniya va boshqa davlatlar serverlarining havfsizligiga javob beruvchilar ham vahimada hozir.
Sizda ham dasturlaringiz Javada yozilgan bo'lsa va log4j kutubxonasini ishlatgan bo'lsangiz, qarab qo'ying 😉 Biz Anacondani loglarini tekshirganimizda shu zaiflikdan foydalanishga harakat qilib loglar jo'natib ko'rishganini ko'rdik. Yaxshiyam bizning dasturlar Pythonda yozilgan 😇
Bu muammoni to'g'irlashga menimcha yillar ketadi. Chunki hammani ham bundan habari yo'q. Bo'lsa ham resurslari yo'q bo'lishi mumkin. Buni to'g'irlash ham oson ish emas. Bu kutubxonani yangi versiyasiga o'zgartirish kerak. Lekin muammo shundaki logging dasturni hamma qismida ishlatiladi va hamma joyni tekshirib chiqishga to'g'ri keladi bu o'zgarishni qilgandan so'ng.
Hullas, ishlar chatoq. Apokalipsis…aniqrog’i Javapokalipsis boshlandi. Dunyoni endi faqat Javatar qutqara oladi holos.
Aytgandima Java yaxshi emas deb 🥸
P.S. Java yomon, Python yaxshi degan gaplarni hammasi hazil. Hech qaysinisi PHPga yetmaydi.
@jakhonrakhmon

⚡1
Mozilla TTSuz ustida ish olib borayotgani haqida yaqinda xabarlar tarqalgan edi. Lekin, uni hali tekshirib ko’rmadim.
Hozir esa Micorosoftning TTSini guruhlardan birinda ko’rib qoldim.
Ochig’i yomon emas. Ozgina o’rganishi kerak. She’r ayttirib ko’rdim. Menga yoqdi)
Sinash uchun link
Tushungan odamga PS: o’qish kerak…

Ko’ring o’g’uz, uyg’ur kabi qahramon turk ulusi bolalarini! Ongsizlik va bilimsizliklaridan bugungi kunda qo’l-oyoqlariga qullik, asirlik kishanlari solingan holda insoniy huquqlaridan butunlay ajralgandirlar. Bosqinchi dushmanlari hisobiga o’z Ona vatanlari turib, qandayin xor-zorlik bilan yashab turadilar. Ulug’ qudrat egasi Allohdek Xudosi bor, butun olamga keltirgan Muhammad alayhisalomdek yo’lboshchisi bor, Xudo qonuni bo’lgan Islomdek bini bor musulmonlarning bu kabi xorlikka qolishlari Qur’on hukmiga ko’ra mumkin emasdir. Chunki, Qur’onning aytishicha, Islom dini ilohiy qonundirkim, buni to’lig’i bilan amalga oshiruvchi musulmonlarning har ikki dunyo davlatiga, albatta, ega bo’ladilar. Bu so’zning haqligiga hech shubha yo’qdir. Islom davlatining avvali, ayniqsa, Hazrat Umar davridagi Islomning shon-shavkati, bu so’zni aniq isbotlaydi. Turkiya sultonlaridan buyuk Sulaymon Qonuniy davrida butun Yevrupo hukumatlari Islom podshosining buyrug’iga Bo’ysunmish edilar.
Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.: “Bu ummatim avvalida nima bilan ko’tarilgan bo’lsa, oxirida ham shu bilan ko’tariladi” - dedilar. Ma’lumdirki, Rasululloh davrlaridan boshlab Islom taraqqiyotining davomida Islom podsholari oldida Qur’on hukmi birinchi qo’llanma qilinmish edi. Endi yuqorigi so’zlardan ochiq ma’lum bo’ldi: Ilm-hunarda orqada qolib, boshqalar oyog’i ostida ezilgan musulmonlar Qur’on hukmini amalga oshirmay, haqiqiy Islomiyatdan bahra topolmagan ekanlar. Yo’q esa, Qur’on ilmlari asosan 3 ilmga to’xtalmish:
Birinchi - Ittifoqlik;
Ikkinchi - Zamonaviy ilm-hunarni o’rganib, har ishning sabablarini imkoniyat boricha to’liqlash;
Uchinchi - dushman qarshisida o’limdan qo’rqmaslikdir.
Mana bu 3 narsaga hayot olamida ega bo’lar ekan, o’z vatanlarini, butun insoniy huquqlarini bosqinchi dushmanlar hujumlaridan albatta saqlay oladilar.
Alixonto’ra Sog’uniy - Turkiston qayg’usi.