Husan Musa | Gopher
224 subscribers
177 photos
43 videos
3 files
233 links
Golang Developer.

Shaxsiy, qiziqarli, foydali, kodli, motivatsion, jiddiy, fikrli fikrlar va ma`lumotlar.
Murojaat: @husan_musa
Download Telegram
“Mashennik”lar endi ITdami?

Kecha 1-2ta postdan boshlangan ish, bugun katta auditoriyani qamrab oldi(Shuyerdan o’qib oling) va ko’pchilikka yetib bordi. Bilsakki, bunday norozi bo’lganlar va aldanganlar juda ko’p ekan.

Bugun kun “qahramoni” bo’lmish ZedSoft, Team Pro kabi bir nechta kompaniyalarga rahbarlik qiluvchi shaxs bilan TUIT Online kanali admini taklifiga binoan shu mavzuda audio chat bo’lib o’tdi. Chat juda qiziqarli bo’ldi va “qahramon”larning boshqa ishlari ham ochilib qoldigandek. Agar vaqtingiz bo’lsa eshitib ko’rsangiz bo’ladi.

Ular haqida meni olgan fikrlarim esa quyidagicha: ularda dasturlashdan kurslar bor emish. Menimcha dasturlashdan ko’ra gapni olib qochish va aylantirish san’atini yaxshiroq o’rgata olishsa kerak)

Xullas, ish sudga oshiriladigan bo’libdi. Kinolardagidek “gapirmaslikka haqqingiz bor, gaplaringiz sudda o’zingizga qarshi ishlatilishi mumkin” degan gap aytilmadida) Lekin, o’z “huquq”larini juda yaxshi bilgan akaga buni aytish shartmas)

PS: Yaxshi ish topish xuddi yaxshi qiz qidirishdek bo’lib qolibdi. Yaxshilab surishtirmasa aldanib qolish hech gap emas. Agar siz ham ikkalasini ham mendek qidirayotgan bo’lsangiz avval yaxshilab surishtiring va 1-2 hafta o’rganing. Keyin qaroringizni bering deyman. Aytgancha, menda ish bor)

Husan Musa
Forwarded from Sketch (Muhammadyusuf Abdumutalov)
Ilm olish oson emas 🔥

Kecha ishdan ozgina kech chiqdim,kamiga hech qanaqa vazifa ham bajarolmadim.O'zimdan jahlim chiqdi tog'risi,metroga tushganimda konsertdan chiqqan juda ko'p insonlar navbatda turiishgan edi.

O'zimni ularga ozgina taqqosladim. Bu insonlar qanaqadir konsert uchun vaqt ajratyapti,men esa dasturlash uchun vaqt topolmayapman.

Metrodan qaytib chiqdim,metro oldidagi skameykada, sovuqda dars qilishni boshladim, faqat darsim tugagandagina qaytib metroga tushdim.

Kimga qanday bilmayman, lekin bir ishni boshladik, endi tugatishimiz shart.

Yo zo'r bo'lamiz, yo yo'q bo'lamiz.
Agar dasturchi bo’lmaganimda Tarixchi bo’lardim.

Tarix == Men.

Ya’ni, tarixni bilmasam, o’zimni bilmayman.

Tarixni sevib boryapman)
Qoʻngʻirotda qor..)
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Go backend yoki Java yoʻnalishlarida oʻqish uchun imtihon topshiring

Sizga maʼlumki Najot Taʼlim markazida chuqurlashtirilgan yaʼni bootcamp tarzida bilim olish niyatida boʻlgan barcha oʻquvchilar albatta avvalo Foundation bosqichini yakunlashlari kerak boʻladi.

🏁 Shu oʻrinda koʻpchilikda: “Men dasturlash asoslarini, maʼlum bir dasturlash tillarini individual oʻrganib chiqdim. Shunda ham men Foundation bosqichini oʻqib yakunlashim shartmi?”, kabi savol tugʻiladi.

Shu kabi soʻrovlarni inobatga olgan holda, Najot Taʼlim markazida Go backend yoki Java yoʻnalishlarini chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun maxsus imtihonlar tashkil etilmoqda.

💻 Ushbu imtihonga koʻra, mutaxassislik bosqichida oʻqimoqchi boʻlgan oʻquvchilar tanlaydigan yoʻnalishlaridan kelib chiqib, dasturlash asoslaridan imtihon topshirishlari kerak boʻladi.

📍 Imtihon, 21-noyabr, yakshanba kuni, Najot Taʼlim markazining Chilonzor filialida, soat 10:00 da start oladi.

Marhamat imtihondan muvaffaqiyatli oʻting va Foundation bosqichini oʻqimay turib, bootcamp dasturlash kursida ta'lim olish imkoniyatiga ega boʻling.

👉 Imtihonga ro‘yxatdan o'tish

🧑🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 Tel: +998712001123
Forwarded from Aziz Rahimov
Blog boshla

1. Balki fikrlaringni bo’lishging kelmas. Kim ham o’qirdi deb o’ylarsan. Mayli faqat bitta odam o’qisin. Kundalik sifatida ishlatarsan balki.

2. Hech kim o’qimasa ham aslida eng ko’p foydasi o’zingga bo’ladi. Yil, oylar o’tib fikrlashing qanday o’zgarganini ko’rasan.

3. O’zgarmasachi? Blog yuritgan har qanday odamniki o’zgaradi. Fikrlarini jamlab yozishni boshlash aqliy o’sishsiz bo’lmaydi.

4. Balki senga qiziq emasdir. Kengroq o’yla. Senga fikrlaring qiziq bo’lmasa — jamoang, oilang, do’stlaring, kelajakda esa farzand va nevaralaringga qiziq.

5. Yoshlikdagi barcha rasmlarimni o’sha yoshdagi 10-15 ta fikrlarim yozilgan qog’ozlarga tikka almashgan bo’lardim.

6. Otamni 20 yoshligidagi rasmi meni uncha hayratga solmagan. Lekin kundaliklarini bir necha marta o’qidim. Men tug’ilgach yozishni to’xtatgan ekanlar — vaqtlari kamayib ketgan. Har o’qiganimda ko’zimga yosh keladi.

7. O’zingga va atrofdigalarga qiladigan eng katta yaxshiliging ham shu. Rasmlaringni bo’lishishni to’xtat. Fikrlaringni bo’lish.


P.S.
Turmush qurishdan oldin rasmlarni almashgandan ko’ra, blog linklarini almashgan avzal. Odamning fikrlari uning rasmidan ko’ra 100 barobar ko’proq ma’lumot beradi.

@azizrakhimov_blog
Forwarded from CoreCourse
Assalomu Alaykum! Ertaga 21-noyabr (yakshanba) kuni Docker bo'yicha o'tkaziladigan Master-class darsimizga taklif qilamiz. Bir darsda Dockerning asosiy vazifalarini qila oladigan va o'zingizga bu texnologiyada "Uveren" bo'lishni istasangiz, shoshiling. Joylar soni chegaralangan. Master-class pullik va faqat nazariy emas!

Dars vaqtlari: 10:00-12:00, 14:00:16-00

Ikki xil vaqt 2 darsni emas, o'zingizga qulay payt kelishingiz mumkinligini bildiradi.

Texnologiyalar: Docker, Ubuntu, AWS.
Mavzu: Konteynerlash, Deployment

Narxi: 120.000 UZS

Nafaqat Backend'chilarni, balki barcha dasturchilarni taklif qilamiz. Chunki mavzudan tashqari, sizni qiynayotgan umumiy savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Manzil: Najot Ta'lim, Chilonzor filiali. Mo'ljal Rayxon milliy taomlar.

Suratdagi Tim Berners Li

PS: Men uzoq safarga hozirlik ko'ryapman. Ketishimdan avval savollaringizga javob bera olsam, yordamim tegsa hursandman.

Muhammadxon Najimov

CoreCourse
Har birimiz bilishimiz va amal qilishimiz kerak qatorlar ekan:

“Ibn Jamoa o’zining juda foydali va ajoyib: “Tazkirotul-some’ val mutakkallim fi adabil olim val mutaallim” kitobida ta’lim oluvchining odoblari qanday bo’lishi kerakligini quyidagicha bayon qiladi:
“Uchinchi: ta’lim oluvchi yosh bo’lishi va ilm olish uchun barvaqtroq harakat qilishi, “Ana qilaman, mana qilaman”, degan aldovlarga berilib ketmasligi kerak. Chunki umrning o’tib ketayotgan har bir lahzasining o’rnini bosadigan biror evaz va badal yo’q. Ilm olishni mukammal qilsin, bor kuchini sarflashga to’sqinik qiladigan, boshqa ishlarga chalg’itib yuboradigan narsalardan imkoni boricha uzoqlashsin. Chunki bu narsalar yo’ltosar qaroqchilarga o’xshaydi”.

Shuning uchun avval o’tgan olimlar: “Ta’lim oluvchi o’z uyi va vatanidan uzoqda bo’lishi yaxshi”, deganlar. Chunki fikrning tarqoqligi ilmning nozik qirralari va chigal joylarini to’liq tushinishga imkon bermaydi. “Ilmga borlig’ing bermagaysan, undan zarracha olmagaysan”, deb bejizga aytilmagan.”

Abdulfattoh abu G’uddaning “Sahifalar” kitobi 40-bet.
Eng achinarlisi farzanding ham sen oʻqigan taʼlim tizimida oʻqishi...
Bunga yoʻl qoʻyib berish..

Buni qanday nomlash kerak boʻlsa, nomlab olavering. Beparvolik, xiyonat, jinoyat...

#kelajakkanazar #alam
🔥1
LinkedIndan olindi:)

@app_hbs ning aloqalari borga oʻxshayapti rasmga🙊🙈
😁1
Forwarded from Lazizbek Ergashev | IT Blog (Лазизбек Эргашев)
Kutib oling - Fleet, JetBrains tomonidan yangi yengil text redaktor

P.S. VSCode ga raqobatchi

https://blog.jetbrains.com/ru/blog/2021/11/29/welcome-to-fleet/

👉 @lazerg
Telegramni Update qilinglar. Zoʻr imkoniyatlar qoʻshilibdi.

"Vashshe malades lekin boru)"
GDG devfest 2021 ga borasizmi?
Anonymous Poll
25%
Ha, boraman.
11%
O’ylayapman
25%
Bormayman
39%
Nima U?
Misrda G’alati ishlar bo’lyapti…

Misrda o’qib yurgan talabalarni (elchixona taklifi asosida ketganlarni ham) deport qilish ishlari bo’lyapti ekan. U yerga ilm olish maqsadida ketgan yurtdoshlarimizni ko’chada tutib olib ketish qanday mantiqqa to’g’ri keladi?

Hatto, talabalar ham na sababini, na kim qilayotganini aniq bilishadi. Hozirda yarim mingga yaqin kishi tutilibdi. Ba’zilar, elchixona ham aralashyapti deyishyapti.

Ma’sullardan aniq ma’lumot bilish kerak. Kim tarafidan qilinayotgan bo’lsa ham, bu to’g’ri ishmas deb hisoblayman. Bu jiddiy mavzu. O’ylab ko’ring, masalan Koreada ITda o’qiyotgan talabalarni shunchaki deport qilishsa???

Xabarni ko’proq kishilarga holis maqsadda tarqatib, mas’ullarga yetishiga harakat qilaylik. Ilm yo’lida yurgan vatandoshlarimizni qo’llab quvvatlaylik!
Forwarded from Temurbek Adhamov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim yo’lida yurganlar eshitsin!

Ustozlarimizdan Alloh rozi bo’lsin! Biz ular sababli shu joylargacha keldik…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM