Husan Musa | Gopher
224 subscribers
177 photos
43 videos
3 files
233 links
Golang Developer.

Shaxsiy, qiziqarli, foydali, kodli, motivatsion, jiddiy, fikrli fikrlar va ma`lumotlar.
Murojaat: @husan_musa
Download Telegram
Duoligo haqida eshitganmisiz?

Duolingo dunyo tillarini oʻrganish uchun juda qulay dastur. Men 2019-yil, avgust oyida qoʻshilgan ekanman. Bugun yana oʻrnatib oldim.

Dasturda qiziqarli oʻyinlar va boshqa oʻrgatuvchi uslublar bor. Duolingoga ancha yangiliklar qoʻshilibdi.

Agar sizni ham qiziqtirgan boʻlsa, quyidagi havola orqali qoʻshilib olishingiz mumkin. Va albatta dasturdan meni topib doʻstlik taklifini yuboring😉

Duolingoni yuklash
Forwarded from Zafar Ibrohimov
Uddaladim! Alhamdulilloh!

Mana oʻsha katta yangilik...)

Koʻp muzokaralardan soʻng, AQSHʼning katta IT kompaniyalaridan biri Forte Groupʼni Oʻzbekistonga olib kelishga muvaffaq boʻldim. Kelishuvga erishdik!

Forte Group (www.fortegrp.com) dunyo boʻylab oʻzining 8 ta ofis va 1000 ga yaqin xodimlarga ega, jadallik bilan oʻsib borayotgan IT Outsourcing kompaniyasidir. Tez kunlarda Kanada, Argentina, Polsha va shu qatorda Oʻzbekistonda ham u oʻz faoliyatini boshlaydigan boʻldi! “Forte Oʻzbekiston” kaminaning boshqaruvida boʻladi.

Kuni kecha IT Park va Forte Group menejerlari bilan onlayn konferensiya qildik va rejalarni kelishib oldik. Juda hayajondaman! Tez kunlarda mediada ham keng yoritamiz hudo hohlasa.

.NET, Java, Node.js, va QA boʻyicha keng koʻlamlik ishga olish jarayoni boshlandi. Uyalmasdan resumelarni zafarbek.ibrohimov@fortegrp.com ga yuboraverasizlar 🙂

Ha aytgancha, IT Recruiter ham kerak.

@ZafarbekIbrohimov
Forwarded from RoboContest.UZ
🔥 Tizimda yangilik

Endi shogirdlar yuborgan yechimlarni murabbiylar ko’rishi mumkin, bu uchun shogird murabbiy ko’rishi uchun ruxsat berishi kerak bo’ladi.

Ko’rish uchun ba’zi bir cheklovlar mavjud:
- Olimpiada uchun yuborilgan urinishlarni ko’ra olishmaydi
- Shogird olimpiadaga qatnashayotgan payt urinishlar murabbiyga umuman ko’rinmaydi

@robocontest
“Mashennik”lar endi ITdami?

Kecha 1-2ta postdan boshlangan ish, bugun katta auditoriyani qamrab oldi(Shuyerdan o’qib oling) va ko’pchilikka yetib bordi. Bilsakki, bunday norozi bo’lganlar va aldanganlar juda ko’p ekan.

Bugun kun “qahramoni” bo’lmish ZedSoft, Team Pro kabi bir nechta kompaniyalarga rahbarlik qiluvchi shaxs bilan TUIT Online kanali admini taklifiga binoan shu mavzuda audio chat bo’lib o’tdi. Chat juda qiziqarli bo’ldi va “qahramon”larning boshqa ishlari ham ochilib qoldigandek. Agar vaqtingiz bo’lsa eshitib ko’rsangiz bo’ladi.

Ular haqida meni olgan fikrlarim esa quyidagicha: ularda dasturlashdan kurslar bor emish. Menimcha dasturlashdan ko’ra gapni olib qochish va aylantirish san’atini yaxshiroq o’rgata olishsa kerak)

Xullas, ish sudga oshiriladigan bo’libdi. Kinolardagidek “gapirmaslikka haqqingiz bor, gaplaringiz sudda o’zingizga qarshi ishlatilishi mumkin” degan gap aytilmadida) Lekin, o’z “huquq”larini juda yaxshi bilgan akaga buni aytish shartmas)

PS: Yaxshi ish topish xuddi yaxshi qiz qidirishdek bo’lib qolibdi. Yaxshilab surishtirmasa aldanib qolish hech gap emas. Agar siz ham ikkalasini ham mendek qidirayotgan bo’lsangiz avval yaxshilab surishtiring va 1-2 hafta o’rganing. Keyin qaroringizni bering deyman. Aytgancha, menda ish bor)

Husan Musa
Forwarded from Sketch (Muhammadyusuf Abdumutalov)
Ilm olish oson emas 🔥

Kecha ishdan ozgina kech chiqdim,kamiga hech qanaqa vazifa ham bajarolmadim.O'zimdan jahlim chiqdi tog'risi,metroga tushganimda konsertdan chiqqan juda ko'p insonlar navbatda turiishgan edi.

O'zimni ularga ozgina taqqosladim. Bu insonlar qanaqadir konsert uchun vaqt ajratyapti,men esa dasturlash uchun vaqt topolmayapman.

Metrodan qaytib chiqdim,metro oldidagi skameykada, sovuqda dars qilishni boshladim, faqat darsim tugagandagina qaytib metroga tushdim.

Kimga qanday bilmayman, lekin bir ishni boshladik, endi tugatishimiz shart.

Yo zo'r bo'lamiz, yo yo'q bo'lamiz.
Agar dasturchi bo’lmaganimda Tarixchi bo’lardim.

Tarix == Men.

Ya’ni, tarixni bilmasam, o’zimni bilmayman.

Tarixni sevib boryapman)
Qoʻngʻirotda qor..)
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Go backend yoki Java yoʻnalishlarida oʻqish uchun imtihon topshiring

Sizga maʼlumki Najot Taʼlim markazida chuqurlashtirilgan yaʼni bootcamp tarzida bilim olish niyatida boʻlgan barcha oʻquvchilar albatta avvalo Foundation bosqichini yakunlashlari kerak boʻladi.

🏁 Shu oʻrinda koʻpchilikda: “Men dasturlash asoslarini, maʼlum bir dasturlash tillarini individual oʻrganib chiqdim. Shunda ham men Foundation bosqichini oʻqib yakunlashim shartmi?”, kabi savol tugʻiladi.

Shu kabi soʻrovlarni inobatga olgan holda, Najot Taʼlim markazida Go backend yoki Java yoʻnalishlarini chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun maxsus imtihonlar tashkil etilmoqda.

💻 Ushbu imtihonga koʻra, mutaxassislik bosqichida oʻqimoqchi boʻlgan oʻquvchilar tanlaydigan yoʻnalishlaridan kelib chiqib, dasturlash asoslaridan imtihon topshirishlari kerak boʻladi.

📍 Imtihon, 21-noyabr, yakshanba kuni, Najot Taʼlim markazining Chilonzor filialida, soat 10:00 da start oladi.

Marhamat imtihondan muvaffaqiyatli oʻting va Foundation bosqichini oʻqimay turib, bootcamp dasturlash kursida ta'lim olish imkoniyatiga ega boʻling.

👉 Imtihonga ro‘yxatdan o'tish

🧑🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 Tel: +998712001123
Forwarded from Aziz Rahimov
Blog boshla

1. Balki fikrlaringni bo’lishging kelmas. Kim ham o’qirdi deb o’ylarsan. Mayli faqat bitta odam o’qisin. Kundalik sifatida ishlatarsan balki.

2. Hech kim o’qimasa ham aslida eng ko’p foydasi o’zingga bo’ladi. Yil, oylar o’tib fikrlashing qanday o’zgarganini ko’rasan.

3. O’zgarmasachi? Blog yuritgan har qanday odamniki o’zgaradi. Fikrlarini jamlab yozishni boshlash aqliy o’sishsiz bo’lmaydi.

4. Balki senga qiziq emasdir. Kengroq o’yla. Senga fikrlaring qiziq bo’lmasa — jamoang, oilang, do’stlaring, kelajakda esa farzand va nevaralaringga qiziq.

5. Yoshlikdagi barcha rasmlarimni o’sha yoshdagi 10-15 ta fikrlarim yozilgan qog’ozlarga tikka almashgan bo’lardim.

6. Otamni 20 yoshligidagi rasmi meni uncha hayratga solmagan. Lekin kundaliklarini bir necha marta o’qidim. Men tug’ilgach yozishni to’xtatgan ekanlar — vaqtlari kamayib ketgan. Har o’qiganimda ko’zimga yosh keladi.

7. O’zingga va atrofdigalarga qiladigan eng katta yaxshiliging ham shu. Rasmlaringni bo’lishishni to’xtat. Fikrlaringni bo’lish.


P.S.
Turmush qurishdan oldin rasmlarni almashgandan ko’ra, blog linklarini almashgan avzal. Odamning fikrlari uning rasmidan ko’ra 100 barobar ko’proq ma’lumot beradi.

@azizrakhimov_blog
Forwarded from CoreCourse
Assalomu Alaykum! Ertaga 21-noyabr (yakshanba) kuni Docker bo'yicha o'tkaziladigan Master-class darsimizga taklif qilamiz. Bir darsda Dockerning asosiy vazifalarini qila oladigan va o'zingizga bu texnologiyada "Uveren" bo'lishni istasangiz, shoshiling. Joylar soni chegaralangan. Master-class pullik va faqat nazariy emas!

Dars vaqtlari: 10:00-12:00, 14:00:16-00

Ikki xil vaqt 2 darsni emas, o'zingizga qulay payt kelishingiz mumkinligini bildiradi.

Texnologiyalar: Docker, Ubuntu, AWS.
Mavzu: Konteynerlash, Deployment

Narxi: 120.000 UZS

Nafaqat Backend'chilarni, balki barcha dasturchilarni taklif qilamiz. Chunki mavzudan tashqari, sizni qiynayotgan umumiy savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Manzil: Najot Ta'lim, Chilonzor filiali. Mo'ljal Rayxon milliy taomlar.

Suratdagi Tim Berners Li

PS: Men uzoq safarga hozirlik ko'ryapman. Ketishimdan avval savollaringizga javob bera olsam, yordamim tegsa hursandman.

Muhammadxon Najimov

CoreCourse
Har birimiz bilishimiz va amal qilishimiz kerak qatorlar ekan:

“Ibn Jamoa o’zining juda foydali va ajoyib: “Tazkirotul-some’ val mutakkallim fi adabil olim val mutaallim” kitobida ta’lim oluvchining odoblari qanday bo’lishi kerakligini quyidagicha bayon qiladi:
“Uchinchi: ta’lim oluvchi yosh bo’lishi va ilm olish uchun barvaqtroq harakat qilishi, “Ana qilaman, mana qilaman”, degan aldovlarga berilib ketmasligi kerak. Chunki umrning o’tib ketayotgan har bir lahzasining o’rnini bosadigan biror evaz va badal yo’q. Ilm olishni mukammal qilsin, bor kuchini sarflashga to’sqinik qiladigan, boshqa ishlarga chalg’itib yuboradigan narsalardan imkoni boricha uzoqlashsin. Chunki bu narsalar yo’ltosar qaroqchilarga o’xshaydi”.

Shuning uchun avval o’tgan olimlar: “Ta’lim oluvchi o’z uyi va vatanidan uzoqda bo’lishi yaxshi”, deganlar. Chunki fikrning tarqoqligi ilmning nozik qirralari va chigal joylarini to’liq tushinishga imkon bermaydi. “Ilmga borlig’ing bermagaysan, undan zarracha olmagaysan”, deb bejizga aytilmagan.”

Abdulfattoh abu G’uddaning “Sahifalar” kitobi 40-bet.
Eng achinarlisi farzanding ham sen oʻqigan taʼlim tizimida oʻqishi...
Bunga yoʻl qoʻyib berish..

Buni qanday nomlash kerak boʻlsa, nomlab olavering. Beparvolik, xiyonat, jinoyat...

#kelajakkanazar #alam
🔥1
LinkedIndan olindi:)

@app_hbs ning aloqalari borga oʻxshayapti rasmga🙊🙈
😁1
Forwarded from Lazizbek Ergashev | IT Blog (Лазизбек Эргашев)
Kutib oling - Fleet, JetBrains tomonidan yangi yengil text redaktor

P.S. VSCode ga raqobatchi

https://blog.jetbrains.com/ru/blog/2021/11/29/welcome-to-fleet/

👉 @lazerg
Telegramni Update qilinglar. Zoʻr imkoniyatlar qoʻshilibdi.

"Vashshe malades lekin boru)"