Huquqshunos yordami
59.7K subscribers
775 photos
76 videos
78 files
1.05K links
Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504

Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii

@telefon_orqali_maslaxat
Download Telegram
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g’risida ma’lumot bering?

— Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.

O‘z ustav fondini (ustav kapitalini) belgilangan muddatda ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda shakllantira olmagan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni amalda shakllantirib ulgurgan, ammo qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lmagan darajagacha kamaytirishi yoki o‘zi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi mumkin.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning aktivlariga ushbu korxonalar tugatilgan taqdirda soliq solinadi. Aktivlarning qolgan qismi, agar ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ishtirokchilari o‘rtasida ularning korxona mol-mulkidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Chet ellik investor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona tarkibidan chiqqan yoki ushbu korxona tugatilgan taqdirda korxonaning mol-mulkidagi o‘z ulushini bozor qiymatiga muvofiq pul yoki tovar shaklida qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda o‘zlari bilan mehnat shartnomalari tugatilgan xodimlarning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-son Qonuni.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimlar vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan ustama yoki mukofot puliga da'vogarlik qilishi mumkin?

Vazir jamgʻarmasidan beriladigan ustama yoki mukofot pullariga umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlar hamda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar daʼvogarlik qilishi mumkin.

⚠️Quyidagilar malakali pedagog kadrlar hisoblanadi:

oʻquvchilari oliy taʼlim muassasalariga yoki Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natija koʻrsatgan pedagog kadrlar;

oʻquvchilari xalqaro yoki respublika miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan pedagog kadrlar.

⚠️ Quyidagilar maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar hisoblanadi:

taʼlim sifatini oshirishga oʻz hissasini qoʻshgan rahbar kadrlar, psixolog va kutubxonachilar;

oʻz faoliyatida yuqori natijalarga erishgan yoki oʻz mahorat maktabini tashkil qilgan metodistlar;

respublika boʻyicha tashabbus koʻrsatgan, ishlari respublika va xalqaro miqyosda ommalashgan yoki maktab taʼlimi tizimida samarali faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar.

Demak xulosa shuki, vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan ustama yoki mukofot puliga malakali pedagog kadrlar hamda ilgʻor xodimlar toifasiga kiruvchilar daʼvogarlik qilishi mumkin.

⚠️ Eslatib o'tamiz, bu yil Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o'qituvchilari uchun ham alohida kvota ajratilmoqda.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ona tili fani o‘qituvchisiman. 27 yildan buyon maktabda dars beraman, 2027-yilda nafaqaga chiqishim kerak. Hozirda malaka toifam oliy, sertifikatim muddati 2026-yilda tugaydi. Shunda men ham 2026-yilda majburiy attestatsiyaga jalb etilamanmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yilda "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 572-sonli Qarori kuchga kirgan.

Mazkur Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandiga muvofiq, jumladan quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan:

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar.

Ushbu Nizomning 7-bandida esa "Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qoladi hamda ularga ta’lim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

⚠️ Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Siz navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinasiz va Sizning amaldagi toifangiz umrbod saqlanib qolinadi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 O'qituvchilarning diagnostika test natijalarida yiqqan ballariga ko'ra qanday shaklda malaka oshirishi ma'lum bo'ldi

📊 4–15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan fan o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari diagnostika testidan o‘tkazilgandi.

➡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug'i bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o'qitish rejasi tasdiqlandi.

⚠️ Shuningdek, o'qituvchilarning diagnostika testida yiqqan ballariga ko'ra malaka oshirish shakli quyidagicha belgilandi:

76-100 ball natija ko'rsatgan pedagoglar birinchi tabaqaga mansub o'quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralmagan holda (onlayn);

56-75 ball natija ko'rsatgan pedagoglar ikkinchi tabaqaga mansub o'quv dastur asosida 1-yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 2-yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 3-yili esa ishdan ajralmagan holda (onlayn);

31-55 ball natija ko'rsatgan pedagoglar uchinchi tabaqaga mansub o'quv dasturi asosida 1-yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 2-yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 3-yili ishdan ajralgan holda (offlayn);

0-30 ball natija ko'rsatgan pedagoglar to'rtinchi tabaqaga mansub o'quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
425 ustama.pdf
212.3 KB
⚡️2024-2025-ўқув йилида педагоглар қўшимча рағбатлантирилади

Бу ҳақида Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023 йил 27 декабрдаги "Мактабгача ва мактаб таълими вазири жамғармасидан
2024-2025-ўқув йилида педагогларни қўшимча рағбатлантириш
тўғрисида"ги
576-сонли буйруғи имзоланган.

🗂Буйруқ матни билан юқоридаги файлда батафсил танишишингиз мумкин.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Иш стажимни тасдиқловчи қўшимча ҳужжатларим бор. Пенсиямни қайта ҳисоблатишим мумкинми?

🔰 "Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида"ги Қонуннинг 49-моддасига асосан, пенсияларни қайта ҳисоблаш қуйидаги ҳолларда амалга оширилади:

◼️- пенсионер пенсия миқдорига таъсир кўрсатувчи (пенсия тайинланишигача бўлган иш стажи ва иш ҳақи тўғрисидаги ҳамда бошқа) қўшимча ҳужжатларни тақдим этганда;

◼️ - ногиронлик гуруҳи ўзгарганда;

◼️ - боқувчисини йўқотганлик пенсияси оладиган оила аъзолари сони ўзгарганда;

◼️- пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдорлари ўзгарганда;

◼️- даромадлар индексaция қилинган тақдирда амалга оширилади.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eshitishimga qaraganda, o‘quvchilari ma'lum bir fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktab o‘qituvchilarining malaka toifasi oshirilar ekan. Shu haqida batafsil ma’lumot berib o‘tsangiz.

⚠️ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra quyidagi pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘onaga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar;

“Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;

Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari;

Respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlar;

⚠️ Ma’lumot uchun: pedagog kadrlarning malaka toifasini (lavozimini) bir pog‘onaga oshirishda mazkur Nizom kuchga kirgandan keyingi erishilgan natijalar inobatga olinadi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqshunos yordami
📣 Сизларни @Bank_yangiliklari1 каналига аъзо бўлишингизни тавсия қиламан!

💲 Қайси банкда кредитлар фоизи паст ёки қайси бирида омонат фоизлари баланд, қайси банкда бўш иш ўрни мавжуд...

🌐Хуллас, ортиқча мақтаб ўтирмайман. Bank yangiliklari канали айнан банкилар ва мижозлар учун очилган канал. Барча постлари халқона тилда ёзилади, бемалол тушунса бўлади дўстлар.

⚠️Қўшилсангиз кам бўлмайсиз!

Қўшилиш учун пастдаги тугмани босинг🔽🔽

@Bank_yangiliklari1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ойлигига устама қўшиладиган тиббиёт ва педагог ходимлар ишлайдиган ҳудудлар рўйхати кенгайтирилди!

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Тадбиркорларга электротехника саноатидаги инвестиция лойиҳалари учун имтиёзли кредитлар берилади

“Электротехника саноатининг ишлаб чиқариш ва экспорт салоҳиятини янада оширишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги
Президент қарори (ПҚ–15-сон, 10.01.2024 й.) қабул қилинди

📊 Қарорга кўра, 2024-2025 йиллар учун электротехника тармоғини ривожлантириш бўйича асосий мақсадли кўрсаткичлар белгиланди. Унда қуйидагилар назарда тутилган:

🔹мисни қайта ишлаш қувватини 2024 йилда 140 минг ва 2025 йилда 160 минг тоннага етказиш;
🔹маҳсулотлар ишлаб чиқариш ҳажмини 2024 йилда 30,8 триллион сўмгача ва 2025 йилда 38 триллион сўмгача ошириш;
🔹маҳсулотлар экспорт ҳажмини 2024 йилда 1,5 миллиард АҚШ доллари ва 2025 йилда 2 миллард АҚШ доллари миқдорида таъминлаш.

🏦 Электротехника саноатида амалга ошириладиган инвестиция лойиҳаларини молиялаштириш учун 2024-2026 йилларда тижорат банкларига, уларнинг буюртмасига асосан 3 йиллик имтиёзли давр билан 10 йил муддатга, йиллик 5 фоиз ставкада 100 млн АҚШ доллари миқдорида кредит линияси очилади.

Бунда банклар томонидан тадбиркорларга 3 йиллик имтиёзли давр билан 10 йил муддатга йиллик 7 фоиз ставкада (шундан 2 фоиз банк маржаси) кредитлар ажратилади.

🗓 2027 йил 1 январгача электротехника маҳсулотларини сотишдан тушган тушуми миқдори умумий тушумининг 80 фоизидан кам бўлмаган электротехника тармоғи корхоналарига фойда солиғи ва мол-мулк солиғи бўйича ставкалар 50 фоизга камайтирилади.

🔰 2024 йил 1 апрелдан давлат харидлари доирасида чет эллик етказиб берувчилар билан бир қаторда маҳаллий ишлаб чиқарувчилар иштирок этганда уларга нисбатан импорт товарларининг DDP (Ўзбекистон) нархидан қуйидаги миқдорларда нарх преференцияси берилади:

3 та ва ундан ортиқ маҳаллий ишлаб чиқарувчи иштирок этган тақдирда 15 фоиз;
2 та маҳаллий ишлаб чиқарувчи иштирок этган тақдирда 12 фоиз;
1 та маҳаллий ишлаб чиқарувчи иштирок этган тақдирда 8 фоиз.

📝 Қарор билан шунингдек, 2024 йил 1 февралдан Ўзбекистонга олиб киришда уларнинг сифати, хавфсизлиги ва сервис кафолатини таъминлайдиган ишлаб чиқарувчининг ваколатли вакили ёки расмий дилерлари мавжуд бўлиши талаб қилинадиган маҳсулотлар рўйхати тасдиқланди.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii
2023-yilda magistraturani tugatib maktabda o‘qituvchi lavozimida ishlayapman. Menga malaka toifasi qay tartibda belgilanadi?

⚠️ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozim) berilishi aytib o‘tilgan:

bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi;

magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

⚠️ Eslatma: mazkur toifadagi pedagoglar 2024-yil 15-yanvardan boshlab Vazirlikning “pedkadr.uzedu.uz” platformasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi olish uchun ariza bilan murojaat qilishlari hamda tegishli malaka toifasi sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM