Huquqshunos yordami
65.4K subscribers
744 photos
73 videos
77 files
1.02K links
Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504

Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii

@telefon_orqali_maslaxat
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#савол_жавоб

Меҳнат дафтарчам маълум сабабларга кўра йўқолган. Мен қандай пенсияга чиқсам бўлади?

Меҳнат дафтарчаси ёки электрон меҳнат дафтарчаси меҳнат стажини тасдиқловчи асосий ҳужжат ҳисобланади.

👉 2005 йил 1 январдан аввалги даврлар учун меҳнат стажи шахснинг меҳнат дафтарчасидаги мавжуд ёзувлар асосида, тасдиқловчи ҳужжатлар талаб этилмасдан белгиланади.

Меҳнат дафтарчаси мавжуд бўлмаганда, шунингдек, меҳнат дафтарчасида зарур ёзувлар бўлмаган ёки меҳнат фаолияти даврлари тўғрисида нотўғри ва ноаниқ ёзувлар мавжуд бўлган ҳолларда иш стажини тасдиқлаш учун:

- маълумотномалар;
- буйруқлардан кўчирмалар;
- шахсий ҳисобварақлар ва иш ҳақи бериш учун қайдномалар;
- меҳнат шартномалари;
- архив маълумотномалари ва меҳнат фаолияти даврлари тўғрисидаги маълумотлар мавжуд бўлган бошқа ҳужжатлар қабул қилинади.

☑️ Шунингдек, меҳнат фаолияти даврлари тўғрисидаги маълумотлар суд тартибида гувоҳлар кўрсатмаларига асосан ҳам ҳисобга олиниши мумкин.

➡️ РУС

📞 12-71     🌐 pfru.uz

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii
⚡️ Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi berish va moddiy yordam haqida

Ma’lumot uchun:
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori MHEKM = 1,05 mln. so‘m
Minimal iste’mol xarajatlari MIH = 621 ming so‘m
* ustav fondidagi ulushi 2xMHEKM dan ko‘p bo‘lsa ulushi olinadi
** pul o‘tkazmalari miqdori aniqlanmasa
*** kamida 2xMHEKM olinadi

Mulk mezonlari (rad etiladi)
bittadan ortiq ko‘chmas mulk va yer uchastkasi yoki bir va undan ortiq noturar joylari mavjud;
ishlab chiqarilgan muddati 12 (oila a’zosi nogiron bo‘lsa 7-yil) yildan oshmagan yengil avtotransport vositasi
ishlab chiqarilgan muddati 15-yildan oshmagan boshqa avtotransport vositasi;
2 va undan ortiq yengil va yuk tashuvchi avtotransport
depozit hisobvaraqlarida mablag‘ > 5xMHEKM
qimmatli qog‘ozlar bozor qiymati > 5xMHEKM

Bandlik bo‘yicha imtiyozli toifa:
bola 3 yoshga to‘lguniga qadar parvarish qilayotgan ona;
ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan (kechki va sirtqi mustasno);
Pensionerlar va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchilar;
2024-yil 16-avgustga qadar tomorqa yer yuritish bilan band bo‘lgan faqat 1ta oila a’zosiga;
18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan, shu jumladan, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning
onalariga, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan
keksalarni parvarish qilayotgan oila a’zosi;
migrantlar;
jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lganlar;
chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotganlar;
yolg‘iz onalar (otalar);
«Temir daftar» ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
bandlikka ko‘maklashish dasturlarida qatnashuvchi shaxslar;
4 va undan ortiq 18 sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning a’zosi. Bunda 2024-yil 16-maydan boshlab oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron oila a’zosi bo‘lganda qo‘llaniladi;
ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turgan oila a’zolariga nisbatan.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Минимал истеъмол харажатлари қиймати ошди

2024 йил май ойидан ҳисобланган минимал истеъмол харажатлари қиймати бир ойда киши бошига 648 минг сўмни ташкил этди.

Эслатиб ўтамиз, 2024 йил январда эълон қилинган қиймат 621 минг сўмни ташкил этган.

Минимал истеъмол харажатлари кўрсаткичидан пенсиялар ва нафақаларнинг энг кам миқдорини белгилаш, шунингдек, камбағал оилаларга бериладиган бошқа турдаги моддий кўмакларни кўрсатишда мезон сифатида фойдаланилади.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii
Pedagogik sinflar qaror va nizom.pdf
746.1 KB
⚡️Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi va ularni bitirganlarga MTT tarbiyachi yordamchisi bo'lib ishlash uchun sertifikat beriladi

“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (29.04.2024, №242) qabul qilindi.

Qarorga asosan, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan maktablarda 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

Pedagogik sinflarni tashkil etish tegishli hududdagi pedagogika oliy taʼlim muassasasining ishtirokida amalga oshiriladi.

Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqiladi.

Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 My.gov.uz dan uzoq kutilgan yangilik❗️

💰 Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin.

📱 My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin.

👨‍👩‍👧‍👦 Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lgangacha), moddiy yordam 6 oy muddatga to‘lanadi.

🔖 Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan.

👉 Talabgorlar ushbu xizmatdan foydalanish uchun:
👨‍💻 my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tishi;
💁🏻‍♂️ tegishli xizmatni tanlashi;
📲 undagi so‘rovnomani to‘ldirishi va yuborishi kerak.

Xizmatdan foydalanish bepul.

🗂 Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganiladi.

📝 Bunda ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi.

❗️Shundan so‘ng ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Va ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi.

💬 Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ БОЛА ПУЛИ ОЛИШ ТАРТИБИ ҳақида қуйидаги видеороликда батафсил танишингиз мумкин👇👇

https://youtu.be/mFitI4TP3Lw?si=B--3gYkHv9-UmLnX
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️Endi muayyan bir yoʻnalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball toʻplagan abituriyent, tanlagan oliy taʼlim muassasasidan qatʼi nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Yaʼni, yuqori ball olgan yoshlar oʻqishga kirmay qolmaydi. 

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy taʼlim tizimi boʻyicha boʻlgan taqdimotda aytib oʻtildi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
Bilimli abituriyentlar uchun ham zo‘r yangilik!

Endilikda muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

Avvallari ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolar edi. Masalan, qaysidir OTMda bitta yo‘nalishda 90 ball olgan abituriyent grantga o‘qishga kirar, boshqa OTMda esa xuddi shu yo‘nalishda 160 ball olgan abituriyent o‘qishdan yiqilar edi.

Endi davlat grantlari iqtidorlilarga, yuqori ball olganlarga yo‘naltiriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
📣 Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan maktablar rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra:

2023-2024-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining har biriga 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi;

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etiladi;

👉 Ustamalar baholash oʻtkazilgan oʻquv yilidan keyin keladigan oʻquv yilidan (1-sentabrdan) boshlab bir kalendar yil davomida toʻlanadi.


Qarorning to‘liq matni

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 9-mayXotira va qadrlash kuni, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
⚡️ 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi


Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin.

❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii