Huquqshunos yordami
59.6K subscribers
776 photos
76 videos
78 files
1.05K links
Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504

Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii

@telefon_orqali_maslaxat
Download Telegram
⚡️ Мактабда ўқитувчи ўқувчининг телефонини олиб қўйиши мумкин, фақат муассаса раҳбариятига ёки ота-онасига бериш шарти билан

Савол: Мактабда ўқийдиган фарзандимнинг телефонини ўқитувчиси олиб қўйибди. Телефон шахсий мулк бўлса, уни олиб қўйишга ўқитувчисининг ҳаққи борми?

Жавоб: Вазирлар Маҳкамаси томонидан 2012 йил 21 майда “Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларида мобил телефонлардан фойдаланиш тартиби тўғрисида”ги қарори ва Халқ таълими вазирлигининг тегишли буйруғига кўра ўқув машғулотлари ва тадбирлар бошланишидан олдин таълим олувчилар телефонини ўчириб қўйиши ҳамда сумкасига солиб қўйиши шарт.

ТАҚИҚЛАНАДИ.

Таълим олувчиларга қуйидагилар қатъиян тақиқланади:

➡️ телефонини бўйнига осиб олиш, кўкрак чўнтакларида, шим, юбкалари чўнтакларида ва шу кабиларда сақлаш;
➡️ телефон аккумуляторини зарядлаш учун таълим муассасаси электр тармоқларига улаш;

телефони ёрдамида:

➡️ атрофдагиларга зўравонлик, шафқатсизлик, порнографияни тарғиб қилувчи видео ва суратларни намойиш қилиш;
➡️ таълим муассасасининг нуфузига, шу жумладан, зўравонлик ва вандализм ҳолатларини суратга олиш ва кейинчалик уларни атрофдагиларга намойиш этиш йўли билан зарар етказиш;

ўқув машғулотлари вақтида:

➡️ телефон орқали сўзлашиш ҳамда SMS (ММS) ва бошқа турдаги хабарларни жўнатиш;
➡️ телефонни стол устига қўйиш;
➡️ мусиқа тинглаш;
➡️ сурат ва видео тасвирларни кўрсатишда телефондан фойдаланиш, тасвир кўриш, диктофон, калкулятор, календарь, блокнот, ён дафтарча кабилар сифатида фойдаланиш;
➡️ суратга олиш ва видео тасвирга тушириш;
➡️ телефон орқали бошқа хизматлардан фойдаланиш.

❗️РУХСАТ ЭТИЛАДИ:

📌 Таълим муассасасида таълим олувчиларга машғулотлар ва тадбирлар оралиғида фақат асосли ва кечиктириб бўлмайдиган зарур ҳолатларда ота-онаси (уларнинг ўрнини босувчилар), яқин қариндошлари, таълим муассасаларининг раҳбарлари ёки ходимлари билан зудлик билан боғланиш мақсадида телефонлардан фойдаланишга рухсат этилади.

❗️ТАРТИБНИ БУЗСА:

Ушбу талаблар бузилган тақдирда таълим муассасасининг ҳар қандай педагог ходими таълим олувчидан телефонни олиб қўйиш, билдиришнома расмийлаштириш ва уни телефон билан бирга таълим муассасасининг директорига ёки директор ўринбосарига, кейинчалик уни ота-оналарга бериш ҳуқуқига эга.

Демак, таълим муассасасида мобил телефондан фойдаланиш тартиби бузилган тақдирда, ўқитувчи унинг телефонини муассаса раҳбариятига ёки ота-онасига бериш шарти билан олиб қўйиши мумкин.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 27 yillik ish stajiga ega bo'lgan pedagoglar attestatsiyda qatashib, yetarli ball to'plolmasa, amaldagi toifasi saqlanadimi?

Savol: Men birinchi toifali o‘qituvchiman. 27 yillik pedagogik stajim bor, pensiyaga chiqishimga esa 8 yil bor. Bu yil majburiy attestatsiyaga jalb qilinganman. Yangi chiqarilgan qaror bo‘yicha men attestatsiyadan o'tolmasam toifam saqlanib qoladimi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 6-bandiga ko'ra pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar esa o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishlari mumkin.

Nizomning 7-bandiga ko'ra o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.

Xulosa shuki, siz attestatsiyaga majburiy tarzda emas, balki o'z xohishingizga ko'ra ishtirok etishingiz lozim. Attestatsiyada ishtirok etib, unda yetarli ball to'play olmasangiz amaldagi toifangiz saqlanib qoladi.

❗️Muhim eslatma: Yuqoridagi qoidalarni amaliyotda qo'llashda pedagog xodimning yillik ish stajini qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqish lozim. Buning uchun maktab ma'muriyati hududiy bandlik bo'limlari yordamidan foydalanishlari tavsiya etiladi.

Shuningdek, pedagog xodim o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashmoqchi bo'lsa, (elektron yoki qo'g'oz ko'rinishidagi) mehnat daftarchasini ham ilova sifatida kiritib o'tishi ham tavsiya etiladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Пенсия миқдори фақат ойлик иш ҳақидан ҳисобланадими ёки устама ва мукофот пуллари ҳам инобатга олинадими?

🔰 Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 13 октябрдаги 592-сон қарори билан тасдиқланган “Давлат пенсияларини тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида”ги Низомининг 82-бандига мувофиқ:

- пенсия ҳисоблашда иш ҳақи таркибига, шунингдек, иш ҳақининг натурал қисмига 2019 йил 1 январга қадар бўлган давр учун қонунчиликка мувофиқ суғурта бадаллари;

- 2019 йилдан кейинги давр учун Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодексининг 371-моддасида кўрсатилган меҳнатга ҳақ тўлаш тарзидаги барча даромадлар киритилади.

Яъни, фуқароларнинг меҳнат фаолиятлари давомида олган иш ҳақларига қўшимча равишда тўланган устама ва мукофот пуллари пенсия ҳисоблашда инобатга олинади.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Attestatsiyadan o‘tish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi, malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham kerakmi?

⚠️ Pedagog kadrlar tomonidan attestatsiyadan o‘tish uchun murojaat etilganda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ilova qilingan so‘rovnoma elektron tarzda to‘ldiriladi.

So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

pedagog kadrning ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma);

qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma (o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun).

⚠️ Pedagog kadrlardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish mumkin emas.

Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr mas’ul hisoblanadi.

⚠️ Eslatma: so‘rovnomani bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning o‘zi mustaqil ravishda to‘ldiradi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'qituvchilar uchun attestatsiya test sinovlari endi qay tartibda o'tkaziladi?

Savol: Pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tartibidagi birinchi va ikkinchi bosqichlar qanday o‘tkaziladi va qanday baholanadi?

Javob: Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi.

Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi. Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Men maktabda va akademik litseyda dars beraman. Joriy yilgi attestatsiyada maktabdan qatnashmoqchiman. Savolim, maktabdan olingan malaka toifasi professional ta’lim tashkilotlariga ham o‘tadimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, pedagog kadrlar asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladi.

Ta’lim tashkilotlarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan pedagog kadrlar esa o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotidan attestatsiyaga jalb etiladi.

❗️Bu muhim! Pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boshqa ta’lim tashkilotlariga, ta’lim tashkilotlarining bir turidan boshqasiga yoxud nodavlat ta’lim tashkilotidan davlat ta’lim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi.

Bunda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining katta o‘qituvchisi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchisi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchisi lavozimiga tenglashtiriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuridik sohada muammoyingiz bor. Lekin qanday yechim topishni bilmayapsizmi?

@YuristFayzullo dan bepul huquqiy maslahat oling.

Savollar uchun: @YuristMaslahatirobot
⚡️ Қайси иловалар орқали комиссиясиз пул ўтказса бўлади

“Тенге банк”нинг Tenge24 иловаси орқали — 10 млн сўмгача;

Humans иловаси — 5 млн сўмгача;

“Халқ банки”нинг Xazna иловаси — 5 млн сўмгача;

“Даврбанк”нинг Davr Mobile иловаси — 3,5 млн сўмгача;

“Микрокредитбанк”нинг Mavrid иловаси — 3 млн сўмгача;

Paynet иловаси — 3 млн сўмгача;

Alif иловаси — 1 млн сўмгача.

⚠️ Деярли барча банкларда Humo'дан Humo'га пул ўтказмалари бепул ҳисобланади. Банк ўз карталари орасидаги ўтказмалар ҳам аксарият банкларнинг иловасида фоизсиз ёки кам фоиз билан амалга оширилади.

@Bank_yangiliklari1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Attestatsiyadan o‘tish narxi qancha, majburiy attestatsiyadan o‘tayotgan pedagoglar ham pul to‘laydimi?

⚠️ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Nizomga asosan, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:

davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m);
pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m);
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

⚠️ Eslatma: To‘lovlar navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Биласизми

Мактабларда қайси фанлар икки гуруҳга бўлиб ўқитилади?

Қонунчиликка кўра, малакали ўқитувчилар етарли бўлган қуйидаги ҳолларда синфдаги ўқувчиларни икки гуруҳга бўлиб ўқитишга рухсат этилади:

➡️ ўқувчилар сони 25 нафар ва ундан зиёд бўлган умумий ўрта таълим муассасаларининг I — XI синфларида "Чет тили" фани;

➡️ айрим фанларга ихтисослаштирилган умумий ўрта таълим муассасаларида ихтисослашган фанлар;

➡️ V — XI синфларда "Информатика ва ахборот технологиялари";

➡️ VIII — XI синфларда "Жисмоний тарбия";

➡️ V — IX синфларда "Технология";

➡️ X-XI синфларда "Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик" фанлари;

➡️ таълим тили ўзбек тили бўлмаган умумий ўрта таълим муассасаларининг II — XI синфларида "Ўзбек тили" фани;

➡️ таълим тили рус тили бўлмаган умумтаълим муассасаларининг II — XI синфларида "Рус тили" фани.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malaka toifasi ular dars beradigan barcha fanlarga nisbatan tatbiq etiladi

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomda o‘quv fanlarining nomi ko‘rsatilmaganligi sababli, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining malaka toifa sinovlari boshlang‘ich sinflarda o‘qitilayotgan asosiy o‘quv fanlari (ona tili va adabiyot, matematika, tarbiya, tabiiy fanlar, texnologiya va h.k)dan umumlashtirilgan holda o‘tkaziladi.

Shu sababli boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha berilgan malaka toifasi ular boshlang‘ich sinflarda dars beradigan barcha o‘quv fanlariga nisbatan, shu jumladan informatika va tarbiya tarbiya fanlariga ham tatbiq etiladi.

Asos: Ta’lim inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining (avvalgi nomlari) 27.11.2020 dagi 01-698, 02-02/3-1377-son qo‘shma xati

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ўқитувчидан иш режани қоғоз кўринишида талаб қилиш ноқонуний ҳисобланади

Савол: менинг саволим қуйидагича: Бизнинг директоримиз тақвим-мавзу иш режани қоғоз вариантини талаб қиляпти. Ваҳоланки, тақвим-мавзу иш режани eMaktab.uz платформасига юклаб қўйганман. Шу ҳолатда директорнинг талаби ўринлими? Жавоб учун олдиндан раҳмат эътиборсиз қолдирманг илтимос.

Жавоб: "Умумий ўрта таълим муассасаларининг педагогик мутахассисликлари бўйича намунавий йиллик иш режасини шакллантириш тартиби тўғрисида"ги йўриқноманинг 15-бандига кўра умумий ўрта таълим мактаби ўқитувчиларининг дарс ва тўгарак машғулотларини ташкил этиш ҳамда синф журналини юритишдан ташқари бошқа педагогик юкламалар бўйича ҳисоботлар ва қўшимча маълумотларни талаб қилиш қатъиян тақиқланади.

15-банднинг 2-хатбошига кўра умумий ўрта таълим муассасалари педагог ходимлари томонидан фақатгина синф журнали (босма ёки электрон) юритилади.

Ўқитувчи томонидан йиллик тақвим-мавзу режа eMaktab.uz платформасига юкланган бўлса, унда ушбу режани қоғоз кўринишдаги шаклини юритишга эҳтиёж йўқ деб ҳисоблаймиз.

Демак, ўқитувчидан қоғоз кўринишдаги йиллик тақвим-мавзу режа талаб қилиш ноқонуний хатти-ҳаракат ҳисобланади.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ота-она фарзандини мактабга юборишни истамаса, қандай чора кўриш мумкин?

Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси 47-модда. Болаларни тарбиялаш ва уларга таълим бериш борасидаги мажбуриятларни бажармаслик.

➡️ Ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан вояга етмаган болаларни тарбиялаш ва уларга таълим бериш борасидаги мажбуриятларни бажармаслик, шу жумладан вояга етмаган болаларнинг маъмурий ҳуқуқбузарлик содир этишига олиб келиши — базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан 5 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

➡️ Худди шундай ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилган бўлса, — базавий ҳисоблаш миқдорининг 5 бараваридан 10 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

➡️ Болаларнинг мажбурий умумий ўрта таълим, ўрта махсус, касб-ҳунар таълими олишига ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан тўсқинлик қилиш  — базавий ҳисоблаш миқдорининг 10 бараваридан 15 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

➡️ Ушбу модданинг 3-қисмида назарда тутилган ҳуқуқбузарлик маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилган бўлса, — базавий ҳисоблаш миқдорининг 15 бараваридан 25 бараваригача миқдорда жарима солишга ёки 15 суткагача муддатга маъмурий қамоққа олишга сабаб бўлади.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎🥳🤦

➡️ Kredit tarixi nima

➡️Kredit tarixi – bu kredit byurosi tomonidan kredit axboroti subyektiga (jismoniy va yuridik shaxs) nisbatan shakllantirilgan kredit axboroti majmuidir.
Kredit tarixi qarz oluvchining olgan barcha kreditlari va ularning qaytarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va birinchi kredit olingan paytdan boshlab shakllana boshlaydi.
😎Kredit tarixi ma’lumotlari asosida qarz oluvchilarning moliyaviy ahvoli, ularning qarz majburiyatlarini to‘lash qobiliyati baholanadi, shuningdek, qarz oluvchilarning bahosi (skoringi) shakllantiriladi.

➡️Kredit tarixi nima sababdan yomonlashishi mumkin

➡️Barcha tijorat banklari kredit riskini baholashda o‘z mezonlariga ega. Asosiy mezonlardan biri bu, kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni to‘lashda surunkali kechikishlarning mavjudligidir.
Xususan, muddati 30, 60 va 90 kun hamda undan ortiq muddatga kechiktirilgan qarzlarning soni va miqdori mijozning to‘lov intizomi yaxshi emasligini va ishonchsiz to‘lovchi ekanligini anglatishi mumkin.

➡️Kredit tarixi hisobotini qaysi manbadan bilib olsa boʼladi
🔵 Kredit byurosi veb-saytining shaxsiy kabinet bo’limidan.
📞 Call-markaz: (+998) 712034747

🔵 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali my.gov.uz ning
“Kredit tarixi” to‘g‘risida ma’lumotnoma berish sahifasidan.

@Bank_yangiliklari1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchi ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish qay tartibda amalga oshiriladi?

Joriy yil 7-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining "O'qituvchilarning ilg'or tajribasini ommalashtirish tartibi" to'g'risidagi buyrug'i imzolandi.

Yangi tartibga ko'ra o'qituvchi ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Umumtaʼlim muassasasining fan o'qituvchisi tomonidan ilg'or tajribalar asosida ishlab chiqilgan metodik ish yo'nalishlar bo'yicha maktabning Metodbirlashmasi tomonidan muhokama qilinadi.

Metodik ish ilg'or ish tajribaga ega deb topilgan taqdirda maktab miqyosida ommalashtirish uchun maktabning Pedagogik kengashiga tavsiya etiladi.

Metodbirlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengashda talabgorning metodik ishi mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq ishlab chiqilganligi o'rganib chiqiladi.

Shundan so'ng maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirmaslik bo'yicha Pedagogik kengash qaror qabul qiladi.

Agar talabgorning metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, ommalashtirishga loyiq deb hisoblansa, Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiriladi va ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilib keyingi bosqichlarga yuboriladi.

Bunda, quyidagi hujjatlar talabgor tomonidan ommalashtirsh.uz platformasiga joylashtiriladi:

metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi to'g'risida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishi (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;

o'zi to'g'risida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM