Huquqshunos yordami
72.9K subscribers
710 photos
67 videos
71 files
980 links
Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504

Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii

@telefon_orqali_maslaxat
Download Telegram
Ўтган ҳафта ўзбек интернетида энг катта муҳокама қилинган мавзу боласини мажбуран ноқонуний диний таълимга берган ота-оналарни жаримага тортилиши масаласи бўлди.

Кимдир ҳаяжон, яна кимдир популистлик қилиб анча нарса ёзишди.

Энди реал вазиятга келадиган бўлсак, қонун ташаббускорлиги ноқонуний диний таълим кучайиб бораётганлиги хавотиридан қонунчиликда ўзгартириш таклиф қилинаётганлигини айтишди. Ноқонуний ҳужралар орқали турли хил ғоялар кириб келаётганлиги, ўқитаётган шахсларнинг ҳам билим даражаси йўқлиги, у ерда болаларга ноинсоний муносабатда бўлаётганлиги таъкидланди. Хуллас, қонун ташаббускорларида масала бўйича асосли хавотирлар бор.

Лекин, вазиятда сабаблари билан эмас, натижа билан курашилаётгандек.

Диний масала Ўзбекистонда оғриқли масалалардан бир бўлиб қолаверади. Қонуний диний таълим мавзусини ҳам ҳар бир неча ойда бир неча маротаба кўтаришади. Агарки, талаб бўлса ва шу талабга қонуний жавоб йўқ бўлса, ноқонуний диний таълим авж олаверади. Шу учун ҳам вазиятда жарима қўлланилаётган эканми, қонуний диний таълим олиш имкониятини ҳам яратиш керак деб ўйлайман.

Бизда диний масалада эҳтиёткорлик кучли эканлигини ҳисобга олсак, давлатга тегишли, давлат назоратида бўлган диний курсларга рухсат берилиши ҳозирги вазиятда тўғрироқ қарор. Дейлик, ҳар бир туманда биттадан диний курс очилиши мумкин. Унга қатнашга маълум бир шартлар билан 12 ёки 14 ёшдан руҳсат берилиши мумкин. Унда ўқитиладиган дастурни ҳам, уни ўқитадиганларни ҳам расмий диний уламолар тайёрлашади. Дарсларни ўтиш ҳам имом хатиб ёки диний идора ходимларига топширилади. Шунда болалар ноқонуний ҳужралардан эмас, назоратдан ўтган, назоратда бўлган, тасдиқланган, тўғри манбалардан таълим олишади. Ўйлайманки, хавотир оладиган ташкилотлар расмий диний курсларни осонроқ назорат ҳам қилиб билишади.

Ёш чегарасини аниқлаб олса, аниқ дастурлар яратса, камида боласи диний таълимни олишни хоҳлаган аҳолида танлов имконияти бўлади. Ҳозир танлов бермасдан тақиқлар орқали курашиш хато бўлса керак. Мусулмон жамиятида яшашимизни ҳисобга олсак, қонуний диний таълим олиш имконияти берилиши, ўша ҳолатда ноқонуний ҳолатлар қаттиқ жазоланиши вазиятга ечиб деб ўйлайман.



Буларнинг ҳаммаси ИМҲО, албатта.

©allaevuzb

     @Huquqshunos_yordami

     Савол юбориш учун 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
⚡️Ish safariga yoki sayohatga ketyapsizmi?

O'zbekistondan chiqishingizga ta’qiq yo'qligini bilib oling!

📱 Buni hoziroq my.gov.uz orqali tekshiring:

🔵 Xizmat hech qanday hujjatlarsiz va to'lovsiz taqdim etiladi.

✈️ Xorijga ko‘ngil xotirjam ketishga ishonch hosil qiling.

Agar cheklov mavjud bo'lsa, sababini ko'rib, tezkor bartaraf eting.

     @Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📜Қонунчиликка кўра, вақтинчалик меҳнатга лаёқатсизлик нафақаси қуйидаги ҳолларда берилади:

🔹вақтинчалик меҳнат лаёқатини йўқотиш билан боғлиқ касаллик вақтида (шикастланишда);

🔹санаторий ва соғломлаштириш муассасаларида даволанганда;

🔹касалланган оила аъзосини парваришлаш зарур бўлганда;

🔹карантинда;

🔹сил ёки касб касаллиги туфайли вақтинча бошқа ишга ўтказилганда;

🔹меҳнат лаёқатини тиклаш ёки ясама аъзо (протез) қўйдириш учун реабилитация муассасаларига ётқизилганда.

     @Huquqshunos_yordami

     Савол юбориш учун 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PF-98 Maktabgacha ta`lim agentligini tugatish.pdf
5 MB
❗️“Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024 y.)

Faoliyati tugatilayotgan Maktabgacha taʼlim agentligining 66 ta shtat birliklari quyidagicha taqsimlandi:

39 tasi — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining markaziy apparatiga;

14 tasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga;

13 tasi — hududiy pedagogik mahorat markazlarining metodik xizmat koʻrsatish boʻlimlariga berildi.

Agentlik joylashgan bino Ijtimoiy himoya milliy agentligiga berildi.

Farmon bilan Prezident va Hukumatning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Shu jumladan, oilaviy va davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga oid bandlarga ham oʻzgartirishlar kiritilgan.

     @Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o'tkazilmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi brifingida ma’lum qilindi.

📋 Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat'iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko'rib chiqiladi.

🗓 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar o'qish javoblari 20-avgustga qadar e'lon qilinadi.

📌 Eslatib o‘tamiz, hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

     @Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
🔰 Қонунчиликка кўра, "Ижтимоий ҳимоя ягона реестри"га ("Ягона реестр" АТ) оиланинг 18 ёшга тўлган ижтимоий нафақа олиш истагида бўлган Ўзбекистон фуқароси, Ўзбекистонда яшаш гувоҳномасига эга бўлган чет эл фуқароси ёки фуқаролиги бўлмаган шахслар киритилиши белгиланган.

📜 "Ягона реестр" АТга киритиш давлат хизматлари маркази, ЯИДХП (my.gov.uz) орқали ёки "Инсон" ижтимоий хизматлар марказларидаги ижтимоий ходим томонидан амалга оширилади.

🚫 Бунда давлат хизмати кўрсатилганлиги учун йиғим ундирилмайди (бепул хизмат кўрсатилади).

☑️ "Ягона реестр" АТга киритилганларга ижтимоий нафақалар "Халқ банки"нинг туман (шаҳар) бўлимлари томонидан тўланилиши белгиланган.

     @Huquqshunos_yordami

     Савол юбориш учун 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
☑️ Қонунчиликка кўра, товушли ишоралар фақат қуйидаги ҳолларда қўлланилиши мумкин:

🔹аҳоли пунктларидан ташқарида бошқа ҳайдовчиларни қувиб ўтиш ҳақида огоҳлантириш учун;

🔹зарур бўлган ҳолларда йўл-транспорт ҳодисасининг олдини олиш учун.

🚫 Юқорида кўрсатилган ҳоллардан ташқари товушли ишоралардан фойдаланиш тақиқланади.

⚠️ Шунингдек, товуш сигналини сабабсиз бериш, транспортларга уни ишлаб чиқарган корхона назарда тутмаган товуш чиқарувчи ва ёритувчи қурилмаларни ўрнатиш, худди шунингдек уларни ўзгартириб ўрнатиш, БҲМнинг 1 баравари (340 минг сўм) миқдорида жарима солишга сабаб бўлади.

     @Huquqshunos_yordami

     Савол юбориш учун 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
Sertifikatlar ishga kirish uchun 2024.pdf
785 KB
❗️B2 darajaga (milliy va xalqaro sertifikatga) ega bo’lmagan amaldagi xorijiy til o’qituvchilari yangi o’quv yilida dars berishiga ruxsat beriladimi?

Hukumat qarori (19.05.2021-y)da muvofiq 2024/2025-o‘quv yiliga qadar barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

Hozirda sertifikat olishga ulgurmagan o’qituvchilarga yana qo’shimcha muddat berilishi bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasi kiritilgan. Ya’ni, ingliz tili o’qituvchilari 3 yil davomida ham zarur sertifikatga ega bo’lmagan bo’lsa, bu safar ham imkon berilishi mumkin.

📌 Biroq bu hali loyiha, shu sababli sertifikati yo‘q pedagoglarga tan olinadigan sertifikatlardan birini olishga harakatni davom ettirishni tavsiya qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, tan olinadigan sertifikatlar ro‘yxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining qarori (29.05.2024, №3515)ning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan. (Yuqoridagi ro‘yxat👆)

Avvalgi, 2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda qaysi sertifikatlar va nima uchun roʻyxatdan chiqarib yuborilgani haqida quyida ma’lumot bergan edik: 👉 https://t.me/uztdi/8474

⛔️ Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.

Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati ushbu yangi qarorning 3-bobida alohida tasdiqlangan boʻlib, ishga kirishda soʻraladigan va ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati qisman farq qiladi.

     @Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
⚡️Abituriyent ruxsatnomasi chiqdi!

Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

     @Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Siz tanlagan manzilga biriktirilgan maktab topilmadi” degan xatolik chiqqanda nima qilish kerak?

Bunda Siz shaxsiy kabinetingizga kirib, "Mening maʼlumotlarim" bo‘limidan yashash manzilingizni tahrirlashingiz, songra "Saqlash" tugmasini bosib, qayta ariza yuborishingiz kerak boladi.

Bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirish mumkinmi?


Yo‘q, Siz dastlab joriy yilning 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikrohududdagi bitta maktabga, 15-avgustga qadar esa mikrohududdan tashqaridagi ikkinchi maktabga ariza yuborishingiz mumkin.

Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini qanday tartibda maktabga joylashtiradi?

Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini davlat xizmatlari portalining my.gov.uz platformasida “Сhet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga qabul qilish” xizmatidan foydalangan holda 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishi mumkin.

Qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun Vazirlikning “Call markazi” — 71-203-07-04 murojaat qilishingiz mumkin.

     @Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2024 йил 25 июндаги қарорлари:

- Судлар томонидан жиноят ишларини тафтиш тартибида кўриб чиқишнинг айрим масалалари тўғрисида

- Судлар томонидан маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги ишларни тафтиш тартибида кўриб чиқишнинг айрим масалалари
тўғрисида

- Судлар томонидан фуқаролик ишларини тафтиш тартибида кўришнинг айрим масалалари
тўғрисида

- Судлар томонидан иқтисодий ишларни тафтиш тартибида кўришнинг айрим масалалари
тўғрисида

- Судлар томонидан маъмурий ишларни тафтиш тартибида кўришнинг айрим масалалари
тўғрисида


     @Huquqshunos_yordami

     Савол юбориш учун 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi


Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi.

Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi.

1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da
boshlanadi.

🏃➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak.

📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim:

1️⃣ pasport yoki ID-karta;
2️⃣
abituriyent ruxsatnomasi.

Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan).

❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

     @Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
#abituriyent

3 ta majburiy fanlar uchun (jami 30 ta savol) — 60 daqiqa (1 soat);

2 ta mutaxassislik fanlari uchun (jami 60 ta savol) — 120 daqiqa (2 soat).

Jami: 180 daqiqa (3 soat).

Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha mutaxassislik fani uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa (1 soat) ayirib tashlanadi. Agar ikkita mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi;

Agar abituriyentda ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanlaridan sertifikati bo'lsa, unda u majburiy fanlardan ham testdan ozod qilinadi. Bunda har bir ozod bo'lgan fani uchun 20 daqiqa chegirib tashlanadi. Masalan, 2 ta majburiy fandan test topshirsa, unda 40 daqiqa beriladi;

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

❗️Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

     @Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
⚡️Maktabgacha ta'lim xodimlari mehnatiga haq to'lash bo'yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari tasdiqlandi

2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oliy ma'lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o'rta ta'lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bаzаviу tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirildi.

✔️ Mazkur bazaviy tarif stavkasi oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarning 3-4-kurslarida o'qiyotgan shaxslar tomonidan bajarilgan ishlaг uchun haq to'lashda qo'llaniladi.


     @Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Боқувчисини йўқотганлик сабабли пенсия олаётган аёл киши янги никоҳдан ўтса пенсияси тўхтатиладими?

⚡️ Қонунчиликка мувофиқ, аёл киши турмуш ўртоғи вафот этган бўлса ва у боқувчисини йўқотганлик пенсиясини олиб келаётган вақтда янги никоҳдан ўтган тақдирда ҳам пенсия тўланиши сақланиб қолади.

_____

Будет ли приостановлена выплата пенсии, если женщина, получающая пенсию в связи с потерей кормильца, вступит в новый брак?

⚡️ В соответствии с законодательством пенсия, назначенная по случаю смерти супруга (супруги), сохраняется и при вступлении пенсионера в новый брак.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

     @Huquqshunos_yordami

     Савол юбориш учун 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
Жисмоний шахснинг тўловга қобилиятсизлиги

Жисмоний шахс пул мажбуриятлари бўйича кредиторларнинг талабларини тўла ҳажмда қаноатлантиришга ва (ёки) солиқлар ҳамда йиғимлар бўйича ўз мажбуриятларини бажаришга қодир бўлмаса, суд томонидан тўловга қобилиятсиз деб топилиши мумкин.

Қарздор жисмоний шахснинг пул мажбуриятлари бўйича кредиторлар талабларини қаноатлантиришга ва (ёки) солиқлар ҳамда йиғимлар бўйича ўз мажбуриятини тўлиқ ҳажмда бажаришга қодир эмаслиги, агар тегишли мажбуриятлар ва (ёки) тўлов мажбуриятлари юзага келган кундан эътиборан 3 ой ичида қарздор жисмоний шахс томонидан бажарилмаган ҳамда қарздор жисмоний шахсга нисбатан талаблар базавий ҳисоблаш миқдорининг камида 200 баробарини ташкил этса, қарздор жисмоний шахснинг тўловга қобилиятсизлиги аломатлари ҳисобланади.

Қарздор жисмоний шахс, кредитор, шунингдек давлат солиқ хизмати ва бошқа ваколатли органлар жисмоний шахсни тўловга қобилиятсиз деб топиш тўғрисидаги ариза билан судга мурожаат қилиши мумкин.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii
❗️Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan (qizil) maktablarda ishlash uchun hujjat topshirish 25-iyulga qadar davom etadi

2024-2025 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan 545 ta maktabga ishlash uchun hujjatni qabul qilish 25-iyulga qadar davom etadi.

Dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

Vakant dars soatlari bilan quyidagi havola orqali tanishib hujjat topshirish mumkin: https://ustozfondi.uz/

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii

@Oylikhisoblaydibot
SAVOL: O‘qituvchi bir maktabdan boshqasiga ishga o‘tganda ustamasi saqlanadimi?

JAVOB: Qonunchilikka ko‘ra, bir maktabda tayinlangan ustama boshqa maktabda hisobga olinmaydi. Chunki bu vaziyatda ish beruvchi o‘zgarmoqda.

🛡 Har bir maktabning direktor jamg‘armasi mablag‘lari alohida ajratiladi va ishchi guruh qarori asosida ustama tayinlanadi.

✉️ Mehnat kodeksining 19-moddasiga muvofiq mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tashkilotlar ish beruvchi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, har ikki maktabning direktori alohida ish beruvchi sanaladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son qaroriga ko‘ra, direktor jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama maktabda asosiy xodim sifatida ishlayotgan xodimlarga to‘lanishi belgilangan.

✔️Shundan kelib chiqib, bir maktabda tayinlagan ustama boshqa maktabda hisobga olinmaydi.

     @Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Биласизми

🏫 Қоида тариқасида оилавий болалар уйидаги тарбияланувчилар сони камида 3 нафарни, лекин кўпи билан 5 нафарни ташкил қилиши лозим. Бунда, оилавий болалар уйини ташкил қилган фуқароларнинг ўз фарзандлари ҳамда тарбияланувчиларнинг умумий сони 8 нафардан ошмаслиги керак.

⚠️ Маълумот учун, оилавий болалар уйлари етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни оилага тарбияга олишни истаган фуқаролар томонидан юридик шахс мақомисиз тегишли туман (шаҳар) ҳокими қарори асосида ташкил этилади.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii

@Oylikhisoblaydibot