Huquqshunos yordami
75K subscribers
690 photos
66 videos
69 files
962 links
Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504

Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii

@telefon_orqali_maslaxat
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati

Menejerlik o'quv kurslarida sertifikat uchun yakuniy imtihonlar qanday tartibda bo'ladi va nomzodlar qay tarzda baholanadi?

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qaroriga muvofiq, Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan nomzodlar manager.uzedu.uz onlayn platformasi orqali ro’yxatdan o’tib, o‘quv kurslarda 1 oy davomida o‘qishi va yakunda imtihon topshirishi talab etiladi.

❗️ Yakuniy test sinovlari 25 ta test, keys hamda amaliy topshiriqlardan iborat
tarzda shakllantiriladi. Test va keys topshiriqlarini bajarish uchun jami 120 daqiqa vaqt beriladi.

Amaliy topshiriqlar esa taqdimot qilinadi va mas'ullar tomonidan baholanadi.

70 ball va undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga QR-kod qoʻyilgan elektron shaklda menejerlik sertifikati beriladi.

Ushbu sertifikat 5 yil davomida amal qiladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Пенсияларнинг энг кам миқдорлари оширилиши кимларга таъсир қилади?

🔰 Фуқароларни ижтимоий ҳимоя қилиш ва моддий қўллаб-қувватлаш мақсадида Ўзбекистон Республикасининг янги таҳрирдаги Конституциясининг 46-моддасида пенсия ва нафақалар миқдорларининг расман белгиланган энг кам истеъмол харажатларидан кам бўлмаслиги белгиланган.

🔰 Аҳоли турмуш даражасини оширишга қаратилган чора-тадбирлар изчиллигини таъминлаш, уларнинг ижтимоий ҳимоя қилиш ва моддий қўллаб-қувватлаш мақсадида, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 31 январь куни ПФ–24-сон Фармони қабул қилинди.

🔴 Маълумот учун: Статистика агентлиги томонидан 2024 йил учун минимал истеъмол харажатлари миқдори 621 минг сўм деб эълон қилинган.

Фармон билан 2024 йилнинг 1 февралидан бошлаб пенсияларнинг энг кам миқдорлари минимал истеъмол харажатлари миқдорига етказилди.

Хўш, минимал истеъмол харажатлари миқдори ўзгариши қайси тоифа пенсионерларга таъсир кўрсатади?

Энг кам миқдорида иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги 621 минг сўмдан кам ёшга доир пенсия олувчиларга.

621 минг сўмдан кам миқдорида боқувчисини йўқотганлик пенсиясини олувчиларга.

🗣 Фармонга асосан 780 мингга яқин энг кам миқдорда пенсия олувчиларнинг пенсиялари 621 минг сўмга етказилди.

🗣 Бунинг натижасида, Пенсия жамғармаси маблағлари ҳисобидан йилига 109,7 млрд. сўм ажратилади.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqshunos yordami
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Attestatsiya imtihonlari qancha vaqt davom etadi? Mazkur vaqt ichida talabgorlarning tashqariga chiqishi mumkinmi?

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 4-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka (test) sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomada bu haqida batafsil aytib o‘tilgan.

🔹Unga ko‘ra, malaka sinovlarida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari va pedagogik mahorat uchun 120 daqiqa hamda gumanitar fanlari va pedagogik mahorat uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Malaka sinovi o‘tkazish paytida talabgorlar har qanday sabab bilan auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, malaka sinovi to‘liq yakunlagan talabgorlar bundan mustasno (talabgorning sog‘lig‘i yomonlashgan hollarda auditoriya nazoratchisi va tibbiyot xodimlari kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.)

Uzrsiz sabablarga ko‘ra auditoriyadan chiqqan talabgorlar qaytadan malaka (test) sinoviga qo‘yilmaydi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovi jarayonida:

“tinglab tushunish” uchun — 30 daqiqa;
“o‘qish” uchun — 45 daqiqa;
“yozma ish” uchun — 30 daqiqa;
“gapirish” uchun — 10 daqiqa vaqt ajratiladi.


@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati

Menejerlik sertifikatiga o'qish davrida ish haqqi saqlab qolinadimi? Ushbu sertifikatga ega nomzodlarga ustama belgilanadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga muvofiq, endi maktab direktorlarining vakant lavozimlariga faqat menejerlik sertifikati mavjud va rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar orasidan tanlab olinadi.

❗️Bunda maktab direktorligiga nomzod xodimlar ish jarayonidan ajralgan holda o‘qisa ish haqqi saqlanmasligi nazarda tutilgan.

Reja-taqsimot bo‘yicha o‘qiyotgan amaldagi direktorlar esa bepul o‘qiydi va o’quvlarga ishdan ajralgan holda jalb etiladi. Bunda ish haqqi saqlanadi, xizmat safari xarajatlari asosiy ish joyidan qoplanadi.

2024-yil sentabr oyidan boshlab tegishli menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan:

maktab direktorlariga — 50 %;
direktor o‘rinbosarlariga — 30 % miqdorida
qo‘shimcha ustama berilishi belgilangan.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
Боқувчисини йўқотганлик сабабли пенсия олаётган аёл киши янги никоҳдан ўтса пенсияси тўхтатиладими?

⚡️ Қонунчиликка мувофиқ, аёл киши турмуш ўртоғи вафот этган бўлса ва у боқувчисини йўқотганлик пенсиясини олиб келаётган вақтда янги никоҳдан ўтган тақдирда ҳам пенсия тўланиши сақланиб қолади.

_____

Будет ли приостановлена выплата пенсии, если женщина, получающая пенсию в связи с потерей кормильца, вступит в новый брак?

⚡️ В соответствии с законодательством пенсия, назначенная по случаю смерти супруга (супруги), сохраняется и при вступлении пенсионера в новый брак.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#соҳага_доир_ҳужжатлар

"Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

🔹Unga ko‘ra, ta’lim sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonlari va xizmatlar ko‘rsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish, ta’lim xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida davlat muassasasi shaklida "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tashkil etildi.

❗️Loyiha ofisining asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar va istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish;

xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash;

yetakchi ekspertlar, konsultantlar, maslahatchilar va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

ta’lim turlari va darajalari o‘rtasida uzviylikni va uzluksizlikni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamjihatlikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati madaniyatini shakllantirish, o‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishda vazirlik va idoralarga x,ar tomonlama ko‘maklashish;

ta’lim sifatini nazorat qilish yo‘nalishida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy va xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish.


👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1469

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishda topshirilgan hujjatlardagi qaysidir ma’lumotning noto‘g‘ri ekanligi aniqlansa, nomzodga chora ko‘riladimi, to‘langan pul qaytariladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda bu haqida alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

🔹 Unga ko‘ra, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqich (hujjat topshirish yoki imtihon jarayonlari)da pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatiladi.

Topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

Shuningdek:

pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi;

mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi.

❗️Yodda tuting: pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati

Shu yilning fevral oyida menejerlik o'quv kursida o'qish uchun ariza topshirgandim, lekin kvota to‘lganligi sababli ro‘yxatga kiritilmadim. Keyingi oy o‘qishim uchun qayta ariza topshirishim kerakmi?

Avval xabar qilinganidek, menejerlik o’quv kursiga har oyning 1-5-kunlari manager.uzedu.uz sayti orqali ariza topshiriladi.

Bunda nomzodlar tomonidan yuborilgan barcha arizalar onlayn platformada saqlanadi va kelib tushgan sanasi bo’yicha ketma-ketlikda ko’rib chiqiladi.

❗️Shu sababli sizdan keyingi oyga qabul uchun qayta ariza topshirishingiz talab etilmaydi.

Arizangiz mutaxassislar tomonidan o'rganib, qabul qilinganligi yoki rad etilganligi haqida xabar platforma orqali yuboriladi.

Ma'lumot o'rnida: hududlar kesimida topshirilgan arizalar haqidagi ma'lumotlarni manager.uzedu.uz platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Биласизми

Мактабларда қайси фанлар икки гуруҳга бўлиб ўқитилади?

Қонунчиликка кўра, малакали ўқитувчилар етарли бўлган қуйидаги ҳолларда синфдаги ўқувчиларни икки гуруҳга бўлиб ўқитишга рухсат этилади:

➡️ ўқувчилар сони 25 нафар ва ундан зиёд бўлган умумий ўрта таълим муассасаларининг I — XI синфларида "Чет тили" фани;

➡️ айрим фанларга ихтисослаштирилган умумий ўрта таълим муассасаларида ихтисослашган фанлар;

➡️ V — XI синфларда "Информатика ва ахборот технологиялари";

➡️ VIII — XI синфларда "Жисмоний тарбия";

➡️ V — IX синфларда "Технология";

➡️ X-XI синфларда "Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик" фанлари;

➡️ таълим тили ўзбек тили бўлмаган умумий ўрта таълим муассасаларининг II — XI синфларида "Ўзбек тили" фани;

➡️ таълим тили рус тили бўлмаган умумтаълим муассасаларининг II — XI синфларида "Рус тили" фани.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#attestatsiya
#malaka_toifasi

📣 Joriy yilgi malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori asosida joriy yilning mart-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

✍️ Shu munosabat bilan vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1470

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#савол_жавоб

Пенсиядан улуш ажратиш қандай тушунча?

Бугунги кунда пенсиядан улуш олиш ҳуқуқига фақатгина боқувчисини йўқотганлик пенсияси олувчи шахслар эга ҳисобланади.

Мазкур пенсияни олиш ҳуқуқига эга бўлган оиланинг барча аъзоларига битта умумий пенсия тайинланади.

Мисол учун, 4 нафар фарзанди бор аёлнинг боқувчиси (турмуш ўртоғи) вафот этди. Аёл 2 нафар фарзанди билан алоҳида яшай бошлади. Қолган 2 нафар фарзанди бобоси ва бувисининг қарамоғида қолди.

📝 Мазкур ҳолатда юқорида таъкидланганидек, 4 нафар фарзанд учун умумий битта боқувчисини йўқотганлик пенсияси тайинланади. Қонунчиликка мувофиқ, оила аъзосининг талаби билан унинг пенсиядаги улуши ажратилиб, алоҳида тўланади.

📆 Умумий тайинланган пенсиядан улуш ажратиб бериш пенсиядан улуш ажратиш тўғрисида ариза тушган ойдан кейинги ойнинг биринчи санасидан бошлаб амалга оширилади.

_____

Что такое выделение доли пенсии?

Сегодня правом на долю в пенсии обладают только лица, получающие пенсию по случаю потери кормильца. Всем членам семьи, имеющим право на эту пенсию, назначается одна общая пенсия.

Например, умер кормилец (супруг) женщины с 4 детьми. Женщина стала жить отдельно с 2 детьми. Остальные 2 детей остались на попечении дедушки и бабушки.

📝 В этом случае, как отмечалось выше,
назначается одна общая пенсия по потере кормильца на 4 детей. В соответствии с законодательством, по требованию члена семьи его доля пенсии выделяется и выплачивается ему отдельно.

Выделение доли пенсии производится после поступления заявления о раздели пенсии со следующего месяца.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#савол_жавоб

Ногиронлик пенсиялари қачон умрбод муддатга тайинланади?

📌 “Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги Қонунининг 47-моддаси “б” бангига мувофиқ, ногиронлик пенсияси қуйидаги ҳолатларда умрбод муддатга тайинланади:

- ногиронлиги бўлган 60 ёшдан ошган эркакларга;

- ногиронлиги бўлган 55 ёшдан ошган аёлларга.


🚨 Ногиронлик пенсиялари тиббий-ижтимоий эксперт комиссиялари томонидан ногиронлик белгилари аниқ кўриниб турган, анатомик нуқсонлари бўлган шахсларни улар ногиронлиги бўлган шахс деб топилганда касаллик хулосасига асосан умрбод муддатга ҳам тайинланиши мумкин.

___

Когда назначаются пенсии по инвалидности пожизненно?

🔰 Согласно закону "О государственном пенсионном обеспечении граждан", раздел «б» статьи 47, пенсия по инвалидности назначается пожизненно в следующих случаях:

- лицам с инвалидностью мужчинам - старше 60 лет;

- лицам с инвалидностью женщинам - старше 55 лет.


🚨 Пенсии по инвалидности могут назначаться медико-социальными экспертными комиссиями лицам с явными признаками инвалидности и анатомическими дефектами, при признании их лицами с инвалидностью на основание заключения о заболевание.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Direktor o'rinbosarlari menejerlik sertifikatini olish uchun qayerda o'qiydi?

Ma'lumki, 2024-yil 1-sentabrdan boshlab — menejerlik sertifikatiga ega umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar xodimlariga 5 yil muddat davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanishi belgilandi:

maktab direktorlariga – 50 foiz;

direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz.

Rahbar xodimlar mazkur ustamani olish uchun 2024-yil 1-yanvardan boshlab Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida joriy qilinayotgan menejerlik o‘quv kurslarida o‘qishi hamda menejerlik sertifikatini olishi kerak bo'ladi.

Buda direktorlar uchun alohida, o'rinbosarlar uchun alohida kurslar mavjud emas. Ya'ni, o'rinbosarlar ham direktorlikka nomzod sifatida ushbu kursda o'qiydi.

Direktor o'rinbosarlari kursni muvaffaqiyatli yakunlab, menejerlik sertifikatini oladigan bo'lsa, 2024-yil 1-sentabrdan boshlab ularning oylik ish haqiga 30 foizlik qo‘shimcha ustama to'lab beriladi. Shu bilan birga ular direktorlik lavozimiga nomzod sifatida zahiraga olinadi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ommalashtirish yangi tartib.pdf
635.9 KB
⚡️Ўқитувчилар иш тажрибасини оммалаштириш жараёнлари яна бошланмоқда

Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2024 йил 7 февралдаги 32-сонли буйруғи билан оммалаштиришнинг янги тартиби белгиланди.

🗂 Буйруқ матни ва иловалар билан юқоридаги файлда батафсил танишишингиз мумкин.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Kun.uz” tomonidan e’lon qilingan “Xususiy OTMning litsenziyasi to‘xtatilsa, undagi talabalar nima qiladi?” sarlavhali maqola bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini tashkil etish va litsenziya talablari buzilganlik holatlari bo‘yicha vazirlikka kelib tushgan norozilik murojaatlari asosida tekshirish natijalariga ko‘ra hozirga qadar lisenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 6 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga davo arizalari kiritildi. Shundan 5 tasining tegishli litsenziyalari sud qaroriga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa, 1 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son Qarorga ko‘ra litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda ko‘chirish huquqi vazirlikka berilgan.

Shundan kelib chiqib, bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlari – “Valley Innovative University”, Urganch shahridagi Binari universitetining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirildi. Hozirda litsenziyasi bekor qilingan boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining talabalarini o‘qishini ko‘chirish ishlari tashkil etilmoqda.

Vazirlik litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmasligini ma’lum qiladi. Barcha talabalarning arizasiga asosan o‘qishi belgilangan tartibda boshqa oliygohlarga ko‘chirilishi ta’minlanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍
Skoring o‘zi nima va unga qanday omillar ta’sir qiladi

Skoring so‘zi inglizcha «score» so‘zidan olingan bo‘lib, «hisob» yoki «hisoblash» degan ma'noni anglatadi. Moliyaviy sektorda skoring, potensial qarz oluvchining to‘lov qobiliyatini baholash uchun qo‘llaniladi.

Skoring ball qarz oluvchining kredit tarixi ma’lumotlari asosida hisoblanib, kredit qarzini o‘z vaqtida to‘lay olish ehtimolini baholaydi. Skoring ball qanchalik yuqori bo‘lsa, qarz beruvchi tomonidan kredit arizasi ma’qullanish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.

Skoring baliga ijobiy va salbiy omillar ta’sir qilishi mumkin, masalan, qarz majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan to‘lovlarning mavjud yoki mavjud emasligi, kredit axboroti subyektining (jismoniy va yuridik shaxslar) daromadi, shuningdek, ba’zi shaxsiy omillar: yoshi, oilaviy ahvoli, faoliyat sohasi va boshqalar ta’sir qilishi mumkin.

✔️ «Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi tomonidan qarz oluvchilar 0 dan 500 gacha bo‘lgan oraliqdagi skoring ball orqali baholanadi va ushbu oraliq 5 guruhga bo‘linadi:
A – a’lo (400-500 ball);
B – yaxshi (300-399 ball);
C – o‘rtacha (200-299);
D – qoniqarli (00-199 ball);
E – yomon (0-99 ball).

✔️ Balni hisoblashda to‘rtta omil muhim hisoblanadi. Ularning har birida muhimlilik darajasiga ko‘ra ta’sir kuchi har xil.
Oldin olingan va o‘z vaqtida, kechikmasdan to‘lanib ijobiy holatda yopilgan qarzlar eng yuqori ta’sir kuchiga ega bo‘lib, baholash mezoniga 40% ta’sir qiladi.
Agar shaxsda ayni vaqtda kredit yoki muddatli to‘lovi mavjud bo‘lsa, uni to‘lab kelayotgan paytidagi holatini baholash omili 30% ta’sir qiladi.
Oldin olingan va doimiy ravishda kechiktirib, salbiy xolatda yopilgan qarzlarga beriladigan ballar omili 20% ta’sir qiladi.
Shaxsning o‘ziga doir – yoshi, manzili, jinsi va shunga o‘xshagan ma’lumotlar omili 10% ta’sir qiladi.

🔖Skoring bali tavsiyaviy harakterga ega bo‘lib, kredit berish yoki rad etish uchun asos bo‘la olmaydi.
Tijorat banklari tomonidan kredit berish yoki rad etish bo‘yicha qaror chiqarish, o‘zlarining ichki kredit siyosatidan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

➡️Kredit tarixi hisobotini qaysi manbadan bilib olsa boʼladi?

🔵 Kredit byurosi veb-saytining shaxsiy kabinet bo’limidan.
📞 Call-markaz: (+998) 712034747, 🌐@katm_uz

🔵 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali my.gov.uz ning
“Kredit tarixi” to‘g‘risida ma’lumotnoma berish sahifasidan.

@Bank_yangiliklari1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM