Humoyun Rahmonov Math
1.02K subscribers
1.33K photos
281 videos
117 files
241 links
Matematika sohasida 12 yillik faoliyat

Matematikani oson usullar yordamida o'rganamiz!

Kanal admini Rahmonov Humoyun ustoz @HumoyunjonRahmonov

Muhokama guruh: @maslahatmatematika

Telefon raqamim: +998999979258
Download Telegram
Yo vijdonlisan yoki vijdonsizsan. Biroz vijdonli, biroz vijdonsiz boʻlish mumkin emas.

Anasxon Mahmud
❤18💯6⚡5
O’quvchilar mock test yechganda
💯31❤14🔥143👏11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤205🔥3
Rasmda, aqlli odamga odamga turmushga chiqaman. Telefon raqamim ... shaklida xabar yozilgan.
Pryamoy erga tegmay yolg'iz o'taman desayam bo'laverardi.

P. S. misolni ishlash uchun f va t o'zgaruvchilari nima ekanligini bilish kerak.
⚡8💯8🔥6❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kino nomi INTERSTELLAR

@Humoyun_Math
❤15🔥7👏5
👍10❤9💯6👏4🔥1
Erta uxla, erta tur!
💯21🔥138❤2
Kley matematika instituti xususiy institut boʻlib 1998-yilda AQShlik biznesmen Landon Kley va Garvard matematika professori Artur Jaff tomonidan tashkil qilingan. Hozirda Angliyada joylashgan.

Kley instituti 2000-yilda, yangi ming yillikka kirish arafasida Matematika va Fizika sohasida haligacha yechilmagan eng muhim 7 ta masalani e'lon qildi va har birining yechimi uchun 1 million dollar mukofot puli belgiladi.

Bular quyidagilar:

1. P va NP klasslarining tengligi
2. Nave Stoks tenglamasining yechimlari mavjudligi
3. Riman gipotezasi
4. Puankare gipotezasi
5. Xodj gipotezasi
6. Yang-Mills teoremasi
7. Byorch-Svinnerton-Dayer masalasi

Hozirgacha bu 7 ta masaladan faqat 1 tasi yechilgan. Rus olimi Grigoriy Perelman (rasmda) 2002-yilda Puankare gipotezasini isbotlagan, lekin 1 million dollar mukofot pulini olishdan bosh tortgan edi.
❤21⚡8👍5🔥2👏2
Hammaga yoqish uchun yo farishta yoki ikkiyuzlamachi bo‘lish kerak.
💯33❤20⚡9🔥3
Biz yetarlicha shukr qilolmayapmiz.
💯30🔥16👍12❤94⚡1
Assalomu alaykum. Xayrli kech. Bugun men uchun ko’zimni quvnatadigan kunlardan biri bo’ldi. Sababi birinchi qaldirg’ochlarimdan Diyorbek o’quvchim uylandi.!

Maktabda ham tayyorlovda ham menda o’qigan. Bolalarga aytib turaman ba’zida: Shu yigit va do’sti sinfdoshi Nozimjon bilan birga uyimda ham meni xizmatimni qilishgan.

O’sha vaqtlarda uyda giloslarni ham terishgan ovqat ham pishirishgan.

Darslardan kech qaytardik. Qishda qorong’u, tuman, sovuqlarda mashina yo’q piyoda yurib uyga qaytar edik. Xotiralar anchagina qolgan u paytlardan.

Diyorbek Xushmuomula, odobli tarbiyali yigit. Uch yil avva Dubayga borganimda meni topib ko’rgani kelgan edi. Xursand bo’lgan edim.

Kelin qizimiz bilan birga baxtli bo’lishsin!!!

@Humoyun_Math
❤35👏20🔥124⚡2💯2
variant_irna141_561.pdf
31.2 KB
mock natijalar
⚡12❤8🔥8👍2
Kung fu Panda 1 multfilmi 2008-yil (18 yil) oldin chiqqandi. Shunda bosh qahramon Panda deb bilardik.

Endi bu multfilm aslida Ustoz Shifuning xatosi-yu, xatoni qanday to'g'irlagani haqida ekanini tushunyabman.

Balki kishi ustozlik rutbasiga o'tirgandan keyin ba'zi narsalarga boshqa tomondan nazar tashlashni boshlar.

Ustozning iste'dodli shogirdiga ortiqcha muhabbati - shogirdni soha mutaxasisiga aylantirsa-da, ma'naviy halokatga olib boradi.

Iste'dodsiz deb o'ylangan shogird ko'pincha ustozdan ololmagan muhabbatini Parvardigor tomon yo'naltirgani sabab - yuksaklikka erishib, soha ustoziga aylanadi.

Haqiqiy ustoz shogirdlarini Parvardigorga yo'naltiradi, boshqalari shogirdni o'ziga bog'lab qo'yadi.

Aliy علي
@mulohazot
❤19🔥10⚡7💯54👍22
Assalomu alaykum. Ertaga rash modelida offlayn mock olamiz.

Mock testda qatnashadiganlar 1-smena soat 6:00 ga, 2-smena soat 08:30 ga kelishingiz so’raladi.

@Humoyun_Math
❤21💯14🔥8👍3
Ey o‘g‘il!

Otang har doim ham haq bo‘lmasligi mumkin, lekin u doim otangligicha qoladi.
❤18💯10⚡8
🙏 Iltimos farzandlar yonini olmang.

Maktabga keldim deb, darsga kirmasa,
Yonida yo kitob, daftar bo‘lmasa,
Yuragim achishib aytay bir narsa,
Uyg‘oning onalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

Tentirab yurishar go‘yo maqsadsiz,
Ko‘zida qahr bor, jahl, shafqatsiz,
Dunyoda yashayman desangiz dardsiz,
Uyg‘oning otalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

Ilmsiz bo‘lmasin, qalbi qotadi,
Qotgan qalbda esa zulm yotadi,
Qo‘yib bersak agar yurtni sotadi,
Uyg‘oning onalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

Xudodan qo‘rqishsin, dinni o‘rgating,
Do‘st bo‘lib yonida Xaqni ko‘rsating,
Bolam umidimsan sen deya ayting,
Uyg‘oning otalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

Johillik yo‘lini tutmasin deyman,
Hayoni tepkilab o‘tmasin deyman,
Hayotda g‘ofildek yotmasin deyman,
Uyg‘oning onalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

Maktabga kelishin nazorat qiling,
Ilmni asosiy maqsad deb biling,
Tilagim ustozning hamkori bo‘ling,
Uyg‘oning otalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

O‘qisin, ulg‘aysin, kamolga yetsin,
Kelajak kuniga ziyolar bitsin,
Keksalik gashtingiz rohatda o‘tsin,
Uyg‘oning onalar g‘aflatda qolmang,
Otalar iltimos e’tiborsiz bo‘lmang.

@Humoyun_Math
🔥12❤10⚡43
Assalomu alaykum. Hayrli kun!

O’smirlik paytlarimda xolamni uylariga borib boshimni ko’tarmasdan kitob o’qiganman.

Xolam o’qituvchi bo’lishgan. Nechta kitobi bo’lsa hammasini o’qib chiqqanman. O’zlaridan so’rasangiz aytishadi.

Qayta o’qiganlarim ham bo’lgan. Maqtanishni biri bo’ldi a?

Abiturientlik paytimda ona tilidan to’rt oy tayyorlanganman. O’sha paytda Adabiyotdan ikki yil o’qiganlardan o’tib ketganman.

Hozirgi ayrim yoshlarimiz bitta kitob o’qishsa, baraka topishsin hamma bilishi kerak😊

@Humoyun_Math
❤14💯9🔥7⚡4
Shu marmar go‘shtining kilosi $600 gacha boradi.

Oq chiziqlardagi yog‘ mazaliroq qiladi, lekin bu shunchaki yaqinda o‘ldirilgan hayvon mushagi xolos.

Instagramdagi chiroyli hayot sizga nimadir sotish usuli xolos.

Qimmat kofe 2000 so‘m + atmosfera uchun to'lanadigan 48000 so‘m qo'shimcha haq.

Hashamatli kiyimlar maqtalayotgan davlatda emas, Vietnam, Bangladesh, Hindiston va Xitoyda ovqat uchun ishlaydigan ishchilar tikkan mato.

Mark Avreliy aytganidek, narsalarni aslini ko‘rishni o‘rganish kerak do'stlar.

@Humoyun_Math
❤13🔥6💯4
"Сени ўзидан ўтиб кетишини хоҳлайдиган киши фақат ота бўлади".

Endi balki tushunarlidir

@Humoyun_Math
🔥8⚡6❤5💯5
Assalomu alaykum. Yaxshimisizlar?

Bizga ikkita yakshanba kerak.

Birinchisida uy ishlarini bajargani, ikkinchisida dam olgani to’g’rimi?

Noto’g’ri biz ikkalasida ham ishlaymiz😅

@Humoyun_Math
💯27❤8⚡3