"HUDUDGAZ TOSHKENT" gaz ta‘minoti filiali
494 subscribers
4.47K photos
691 videos
6 files
1.3K links
"HUDUDGAZ TOSHKENT" Gaz ta'minoti filiali

You tube: https://youtube.com/channel/UCtb60q4SttLCDrfIKuCQMzA
Download Telegram
#мурожаат_ва_ечим

⚡️Хабарингиз бор, ҳафтанинг ҳар шанбаси Ўрта Чирчиқ тумани "Қумовул" ҳудудидаги вилоят Халқ қабулхонасида Тошкент вилояти ҳокимлиги ташаббуси билан тадбиркор ва экспортёрларнинг соҳадаги мавжуд муаммоларини бартараф этиш, таклифларини ўрганиш юзасидан очиқ мулоқот ўтказиб келинмоқда.

🔹
Хусусан, бугун ҳам анъанага мувофиқ, тадбиркорларнинг мурожаатларини тинглаш ва уларга амалий ёрдам кўрсатиш юзасидан очиқ мулоқот ташкил этилди.

🔹Унда вилоят ҳокими вазифасини бажарувчи Зойир Мирзаев бошчилигидаги сектор раҳбарлари, мутасаддилар, хусусан, мазкур
масалага бевосита алоқадор ва дахлдор ташкилот ва идоралар раҳбарлари иштирок этиб, тадбиркор ва экспортёрларни ўйлантириб келаётган масалалар юзасидан мурожаатларини тинглашди.

👉Каналга уланиш: https://t.me/toshvilpressa

Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | TikTok
DIQQAT! TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI OLMALIQ SHAHRIDA GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI

Olmaliq shahrida 2022-2023 yillar kuz-kish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borish, yuqori va oʻrta bosim gaz quvurlarida bosim ostida sinov ishlari olib borilishi sababli, 2022-yil 30-may soat 08:00 dan 02-iyun 17:00ga qadar 36274-ta aholi xonadonlarida va 387-ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
DIQQAT! TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI OHANGARON TUMANIDA GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI

Ohangoron tumanining "Ungut" (Yuksalish koʻchasi), "Kuyun", "Sartamgali", "Yangiobod", "Qizilsoy", "Telov", "Shovgoz", "Toshariq", "Sanam", "Qorasuvyoqa", "Susam", "Chuvuldoq", "Ilgʻor", "Goʻshsoy" MFY-lari hududlarida 2022-2023 yillar kuz-kish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borish, yuqori va oʻrta bosim gaz kuvirlarida bosim ostida sinov ishlari olib borilishi sababli, 2022-yil 30-may soat 08:00 dan 02-iyun 17:00ga kadar yuqorida koʻrsatilgan manzillardagi 6012 ta aholi xonodonlarida va 67 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
DIQQAT! TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI TOSHKENT TUMANIDA GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI

Toshkent tumani "Guliston" hududini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi oʻrta bosimli gaz quvurida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli, 2022-yil soat 09:00dan 17:00ga kadar "Quruvchi" MFYning "Yaxshiniyat", "Nurobod", "Anjirzor" koʻchalaridagi 180 ta aholi xonodonlarida,1 ta ulgurji tashkilotlarida tabiiy gaz berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
“Bekobodshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan aholi va ulgurji isteʼmolchilar oʻrtasida “Gaz jihozlaridan foydalanish qoidalari”, is gazi, yongʻin va portlash kabi holatlarni oldini olish maqsadida, targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Soha xodimlari tomonidan shahardagi maktab va maktabgacha taʼlim maskanlarida boʻlib xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini, gaz plitalaridan uyni isitish maqsadida hamda qoʻlbola va nosoz gaz jihozlardan foydalanmaslik zarurligi toʻgʻrisida tushunchalar berilmoqda.
Esingizda tuting, eʼtiborsizlik natijasida koʻplab noxush holatlar yuzaga kelishi mumkin.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
MAQSADIMIZ ISTEʼMOLCHILARGA SIFATLI XIZMAT KOʻRSATISH

Toshkent viloyatining barcha tuman va shahar hududlarida istiqomat qiluvchi tabiiy gaz isteʼmolchilariga, zamonaviy “aqlli” hisobdonlarini oʻrnatilmoqda. Isteʼmolchilarga hisobdonni qulayliklari va imkoniyatlarini tushuntirish maqsadida “Hududgaz Toshkent” GTF tasarrufidagi barcha tuman va shahar gaz taʼminoti boʻlimlarining jami 23 nafar “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yetakchi muhandislari, shuningdek 200 nafarga yaqin “Servis xizmati” chilangarlari hamda hudud inspektorlari jalb qilingan. “Maxallabay” tizimida xonadonlarga oʻrnatishdan 3 kun oldin, fuqarolarga hisobdonning afzalliklari, foydalanish tartibi, foydalangan tabiiy gazdan boʻlgan debitor qarzdorlik sabab avtomatik oʻchishi va uni qayta ishga tushirish boʻyicha tartiblar va eng muhimi fuqarolar salomatligi va xavfsizligi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borilmoqda.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
SUYULTIRILGAN GAZ TIZIMI XODIMLARI KUNU-TUN EL XIZMATIDA!

Toshkent viloyatida bugungi kunda tabiiy gaz bilan bir qatorda iste’molchilarning aksariyati suyuq gazdan foydalanuvchilardir. Ayni shu boisdan ham “zangori olov” kirib bormagan xonadonlarni ikkilamchi yonilg’i bilan ta’minlash masalasi “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali faoliyatida ustuvor yo’nalish hisoblanadi.

Bu borada Toshkent viloyat shahar va tumanlarida “Mahallabay” bo’yicha ishlash mexanizmi joriy etilgan bo’lib, bunda har bir mahalla ko’chalarini kunlik suyultirilgan gaz bilan ta’minlash choralari ko’rilmoqda.

Xususan, Angren shaxri bo’yicha 2022 yil 1 may kunidan 30 may kuniga qadar 8695 ta suyultirilgan gaz iste’molchilariga “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali tomonidan jami 119900 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Aholining kundalik iste’mol ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar suyultirilgan gaz tizimi ishchi-xodimlari tomonidan izchil davom ettirilmoqda.

Аngren shaxar hokimligi Axborot xizmati