Hubbuna
16.8K subscribers
17 photos
4 videos
10 links
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!

Asoschi: @GiyosiddinYusuf
Reklama: https://t.me/Hubbuna_uz/61
Download Telegram
Ayol necha kundan beri erining kayfiyatini poylab yurgan edi. Nihoyat, kechki ovqatdan keyin chiroyli jilmayib, choy uzatarkan, maqsadga ko‘chdi:
— Dadasi, dugonalarim bilan yig‘ilmoqchi edik... Ruxsat bersangiz. O‘tgan safar borolmagandim, dugonalarim rosa xafa bo‘lishdi. Shu desangiz, ular eridan ruxsat so‘ramay ham kelaverisharkan. Faqat men...
Er piyolani stol ustiga qo‘ydi-da, xotiniga chuqur minnatdorlik bilan tikildi:
— Ko‘rdingmi, onasi, uydagilarning gapiga quloq soladigan, erini hurmat qiladigan soliha ayol baribir boshqacha-da! Sendan juda faxrlanaman. Shuning uchun ham ularga o‘xshab ruxsatsiz ketishingga yo‘l qo‘ymayman. O‘tir uyda!😊

#tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁23726💔23🔥14🤔7🌚5
Hayotimizga bitta qoidani kiritishimiz shart: ovqatlanayotgan vaqtda telefonga qaramaslik, gaplashmaslik, uzoqroqda qoldirish.

Shuningdek, uyqu vaqtida ham telefon uzoqroqda tursin. Imkon bo’lsa, yotoqxonaga kirgizmang.

#tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
69🔥24👍21💯14💔4😱2
🧕: "Dadasi, sizga bitta xushxabar, bitta yomon xabarim bor..."
🧔‍♂: "Muhim uchrashuvim bor, faqat xushxabarni yoz".
🧕: "Mashinamizning xavfsizlik yostiqchalari rosa zo‘r ishlarkan!" 😊

#tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁251🔥127❤‍🔥2🤔2😱2👍1🌚1
Butun dunyo uchun siz shunchaki bir odam bo‘lishingiz mumkin, lekin kimningdir nazarida siz butun bir olam bo‘lishingiz mumkin.

Brendi Snayder

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥4228👍6
Chegaradan chiqmang!

“Uydan yetti qadam chiqsang boʻydoqsan”, deydi baʼzilar. Bu bilan nomahramga qarash, gaplashishni oʻzlariga halol qilib olishmoqchi boʻladi, shekilli?! Nomahramlar bilan zaruratsiz muomala qilish uyda boʻladimi yoki koʻchada boʻladimi – hukmi oʻzgarmaydi: mumkin emas!

Agar gap erkak kishining uylanishi haqida boʻlsa, bu boshqa masala, ammo yuqoridagi gapda bunday maʼno qasd qilinmagan koʻrinadi. Xullas, hurmatli erkaklar, uydan yetti qadam chiqasizmi, yetti ming qadam chiqasizmi, muhimi, shariat chegarasidan chiqmang!

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Jannatda ham birga boʻlaylik» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish | Kitobning elektron va audio shakli

Yanada koʻproq iqtiboslar
👍5332🔥13❤‍🔥2🥰1💯1
🧔 — Xotin, senga juda qimmatbaho, yaltirab turadigan, teginsang odamni jizillatadigan narsa olib bermoqchiman. Nima deysan?
🧕 — Voy dadasi, rostdanmi?! Nima ekan u?
🧔 — Elektr payvandlash (svarka) apparati... 😊

#tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁1087🔥5❤‍🔥3🌚2😱1💔1
"Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax olovidan asrang".


Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Ehsoningiz uchun: 9860160605493933
16👍6🥰2
Biz yillar davomida saqlanib qoladigan sevgi haqida orzu qilamiz, lekin u talab qiladigan narsalarga tayyormizmi — bu haqida kamdan-kam o‘ylaymiz.

▫️yillar davomida kechira bilish — bu qahramonlik emas, tanlovdir. Lekin shuni anglash kerak: xatolar ham turlicha bo‘ladi. «Tasodifiy» va «doimiy» xatolar o‘rtasidagi chegara yo‘qolganida ham o‘z-o‘zimizga hurmatni saqlab qolishga tayyormizmi?

▫️hayotdagi bosqichlar ikkovimizni ham o‘zgartiradi. Bugun — orzu qilayotgan oshiq-ma'shuqlar bo‘lsak, ertaga ota-onaga aylanamiz, undan keyin esa hayot tashvishlari bilan ovora bo‘lgan odamlarga. Sevgi — bu juftimizning kechagi qiyofasiga yopishib olish emas, balki birga ulg‘ayish va og'ir vaziyatlarda ham bir-birining yonida turishdir.

Baxt siri mukammallikda emas, balki:
• eshitishda, isbotlashda emas;
• o‘zligimizni yo‘qotmasdan o‘zgarishda;
• juftimizda «loyiha» deb emas, balki mustaqil shaxs sifatida ko‘ra olishdadir.

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
57👍14🔥7💔3👏1
Er-xotin navbatdagi gap-so‘zdan keyin arazlashib qolishdi. Uyda sovuq muhit. Bir xonada yashashadi-yu, lekin bir-biriga gapirishmaydi.
Er kechqurun xotiniga gapirmaslik uchun qog‘ozga yozib, stol ustida qoldirdi: «Meni soat oltida uyg‘ot, muhim uchrashuvim bor».

Ertalab uyg‘onsa, soat sakkiz bo‘lgan. Shoshib o‘rnidan turdi, jahli chiqib xotinini qidirdi. Xotini oshxonada xotirjam choy ichib o‘tirardi.
Er stol ustiga qarasa, kechagi qog‘ozining yonida boshqa bir varoq turibdi:
«Dadasi, turing, soat olti bo‘ldi...» 😳

#tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁24514🔥13👏5❤‍🔥1
Bugun Ashuro kuni! Ahlingizga kenglik qiling!

#Eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
91👍12🔥7💔5❤‍🔥2🌚2