HTML CSS darslari
363 subscribers
19 photos
119 videos
4 files
34 links
Download Telegram
O’zingizdan ayamang

Gaplashib hayron qoldim. Dunyodagi voqealarning ko’pini biladi. Urush sabablaridan tortib, dunyoni kim boshqarishigacha.

Maqsadini so’radim. Javob bermadi. Iqtidorini so’radim. Bilmayman dedi. Kuchsiz taraflariga qiziqdim, eslay olmadi.

Bu kamyob emas, oddiy holat. Uzoq uzoqlar haqida ko’proq bilib boryapmiz. O’zimiz haqida kamroq bilib boryapmiz.

Hammada befoyda yangiliklarga to’lgan guruhlar bor, chiqolmay sarson.

Ertaga unutib yuboradigan ma’lumotlarimizga soatlar sarflaymiz.

O’zimiz bilan butun umr qoladigan o’zimizdan ayaymiz.

O’zingizni tanimasangiz dunyoni tanishdan foyda yo’q.

Qorong’i xonaga kiring. Tafakkur qiling. Tabiatga chiqing, tafakkur qiling. Yuring, tafakkur qiling.

Vaqtni bergandan vaqtni ayamang.

O’zingizniki bo’lgan vaqtni o’zingizdan ayamang.

@azizrakhimov_blog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#film
🧑‍💻Aqlli Haker
Snowden
📢 Edvard Snowden

🕵️‍♂️ Kim u?

Edvard Snowden — AQSh Milliy Xavfsizlik Agentligining (NSA) sobiq xodimi. U 2013-yilda butun dunyoni larzaga solgan sirlarni oshkor qildi.

📂 U nimani fosh qildi?

Snowdenning aytishicha, NSA oddiy fuqarolarning telefonlari, elektron pochtalari, hatto ijtimoiy tarmoqlarini ham yashirin kuzatgan! “PRISM” dasturi orqali texnologik gigantlar yordamida butun internet harakati nazorat qilingan.

🌍 Qayerda yashaydi?

Oshkoralikdan keyin Snowden AQShdan qochdi va hozirda Rossiyada siyosiy boshpana ostida yashamoqda. 2022-yilda esa Rossiya fuqaroligini oldi.

📚 Uning kitobi

Snowden o‘z hayoti va qarorlarini “Permanent Record” nomli kitobida bayon qilgan. Kitobda erkinlik, maxfiylik va zamonaviy texnologiyalar haqidagi chuqur fikrlar bor.

🎬 Film va hujjatli asarlar

“Citizenfour” (Oskar sovrindori hujjatli film)

“Snowden” (2016-yil, rej. Oliver Stone)

📌 Nega muhim?

Snowden butun insoniyatga bir narsani eslatdi:
🔐 “Maxfiylik — bu jinoyatchilar uchun emas, erkin odamlar uchun zarur huquq.”
​​​​​''Garvard'' talabalarini ruhlantirish uchun aytiladigan so'zlar.

💠 Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquni o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan. 

💠Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi. 

💠O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy. 

💠O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish. 

💠Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding? 

💠Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan. 

💠Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi. 

💠Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi. 

💠Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan. 

💠Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir. 

💠Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional. 

💠Bugun hech qachon qaytib kelmaydi. 

💠Hozir xatto dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda. 

💠Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi.
Ҳаётий_мисол

Бамбук фалсафаси

Хитойда бир турдаги бамбук дарахти бор. Бу бамбук дарахти экилганидан кейин 5 йил давомида ҳеч қанақа ўсишсиз, бир хил сақланиб туради. Кўпчилик ташқаридан қараганда ўсиш бўлмаяпти деб ўйлайди. Лекин аслида шу 5 йил давомида пастга қараб илдиз отаётган бўлади ва 5 йилдан кейин шунақа даражада тез ўсиб кетади-ки, 60 кунда 50-60 метргача ўсиб кетадиган ҳолатлар бўлади.

Инсондаям шунақа, бирор ишни қилишга киришган пайт бошланишида ҳеч қанақа натижа кўрмайди. Бу дегани инсон ўсмаяпти дегани эмас. Ўсяпти, фақат ўзига шу даврда фундамент қураётган бўлади. Шу фундамент яхши қуриб олинса, кейин ўсиш тезлашиб кетади.

Шундай экан, фундаментни қуришдан тўхтаманг, бир кун келиб албатта баландга кўтариласиз!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boshqalarga taqlid qilma, hammani o'zini muammo hal qilish usuli bor.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parolingizni hech qachon hechkimga aytmang..!)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-dars. Excel dasturi bilan tanishish va asosiy sozlamalarni bajarish.

ℹ️ Bu darsda quyidagilarni ko'rib chiqamiz:
- Excelda qanday narsalar qilsa bo'ladi? (namunalar asosida)
- Excel bilan tanishuv;
- Excel bilan ishlashda kerak bo'ladigan sozlamalar va ularni amalga oshirish;
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2-dars. Jadvallar bilan ishlash. Sodda hisoblash amallarini bajarish.

ℹ️ Bu darsda quyidagilarni ko'rib chiqamiz:
- Excelda jadval shakllantirish va tahrirlash;
- Excelda sodda hisoblash amallarini bajarish.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3-dars. Diagrammalar bilan ishlash (1-qism)

ℹ️ Ushbu darsda diagrammalar bilan ishlashni o'rganamiz!

Diagramma nima?
Diagramma
- berilgan ma'lumotlarni turli xildagi grafik ko'rinishi.

Excelda diagrammalar nega kerak?
Diagrammalar orqali kerakli ma'lumotni osongina yetkazib berish mumkin (bu haqida videoda batafsil ma'lumot namunalar bilan berilgan).

Excel dasturida bir necha toifadagi diagrammalar mavjud bo'lib ularni ehtiyojimizdan kelib chiqib tanlaymiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4-dars. Diagrammalar bilan ishlash (2-qism)

ℹ️ Bugungi darsda diagrammada uchraydigan kamchiliklar (bo'sh kataklar, grafikni noto'g'ri chizilishi va b.) ni Excel dasturi yordamida bartaraf etishni o'rganamiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5-dars. Formula va funksiyalar bilan ishlash (to'liq)

ℹ️ Ushbu darsda exceldagi formula va funksiyalar bilan tanishdik va ular bilan ishlashga doir bir qancha namunalar ko'rib o'tdik.

Formula nima?
Formula - ma'lum arifmetik amalni bajarishga mo'ljallangan ifoda.

Funksiya nima?
Funksiya - ma'lum vazifaga ega bo'lgan formulalar jamlanmasi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6-dars. Excelda hujjatlarni tartiblash va saralash

ℹ️ Ushbu darsda Excelda ma'lumotlarni tartiblash va saralashni o'rganamiz!