HTML CSS darslari
363 subscribers
19 photos
119 videos
4 files
34 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 CSS | 63. Loyihani yakunlash. Kurs yakuni
HTML CSS darslari
Photo
Foydasi tegadi degan umiddaman:)
#foydali👍

Youtube platformasida video sifatlarini har bir daqiqasi qancha MB larda o'lchanishi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Yangi boshlanuvchilar uchun HTML darsligi 2023 | HTML tilini 5 soatda o'rganing | HTML to'liq kursi |

🚀ingliz tilida
“Gap yoshda emas”, “30 yoshda ham uylanib baxtsiz bo’lganlar bor” degan fikrlarni o’qidim.

To’g’ri, 18 yoshida uylanib baxtli yashab kelayotganlar ham bor. Bu qoidadan istisno. Men asosiy qatlam haqida gapiryapman. Tayyor bo’lmay turib oila qurayotganlar, farzand ko’rayotganlar haqida gapiryapman.

Mustaqil oila qurishdan oldin yoshlar mustaqil fikrlab, mustaqil yashashni o’rgangan bo’lishi kerak deb hisoblayman.

Oila va farzand bu juda katta mas’uliyat.

“Bolani bergan rizqini ham beradi” degan gaplar bolasi och qolganida yoki betobligida hech kimning ko’ngliga sig’may qoladi. Rizqini bersa ham, harakatini va tayyorgarlikni siz o’zingiz qilishingiz kerak.

Vaqtliroq farzand ko’rib, farzandi qanday katta bo’layotganini ko’rmayotgan ota-onalardan so’rang farzand sog’inchi nimaligini.

Oldin ilm oling, tayinli ish toping. Uyli-joyli bo’ling. Ota-onangizning pullariga ishonib tavakkal qilmang. Mustahkam poydevor qilmay turib oila qurayotganlar odatda juda qattiq achinadi.

@trolluz
O’zingizdan ayamang

Gaplashib hayron qoldim. Dunyodagi voqealarning ko’pini biladi. Urush sabablaridan tortib, dunyoni kim boshqarishigacha.

Maqsadini so’radim. Javob bermadi. Iqtidorini so’radim. Bilmayman dedi. Kuchsiz taraflariga qiziqdim, eslay olmadi.

Bu kamyob emas, oddiy holat. Uzoq uzoqlar haqida ko’proq bilib boryapmiz. O’zimiz haqida kamroq bilib boryapmiz.

Hammada befoyda yangiliklarga to’lgan guruhlar bor, chiqolmay sarson.

Ertaga unutib yuboradigan ma’lumotlarimizga soatlar sarflaymiz.

O’zimiz bilan butun umr qoladigan o’zimizdan ayaymiz.

O’zingizni tanimasangiz dunyoni tanishdan foyda yo’q.

Qorong’i xonaga kiring. Tafakkur qiling. Tabiatga chiqing, tafakkur qiling. Yuring, tafakkur qiling.

Vaqtni bergandan vaqtni ayamang.

O’zingizniki bo’lgan vaqtni o’zingizdan ayamang.

@azizrakhimov_blog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#film
🧑‍💻Aqlli Haker
Snowden
📢 Edvard Snowden

🕵️‍♂️ Kim u?

Edvard Snowden — AQSh Milliy Xavfsizlik Agentligining (NSA) sobiq xodimi. U 2013-yilda butun dunyoni larzaga solgan sirlarni oshkor qildi.

📂 U nimani fosh qildi?

Snowdenning aytishicha, NSA oddiy fuqarolarning telefonlari, elektron pochtalari, hatto ijtimoiy tarmoqlarini ham yashirin kuzatgan! “PRISM” dasturi orqali texnologik gigantlar yordamida butun internet harakati nazorat qilingan.

🌍 Qayerda yashaydi?

Oshkoralikdan keyin Snowden AQShdan qochdi va hozirda Rossiyada siyosiy boshpana ostida yashamoqda. 2022-yilda esa Rossiya fuqaroligini oldi.

📚 Uning kitobi

Snowden o‘z hayoti va qarorlarini “Permanent Record” nomli kitobida bayon qilgan. Kitobda erkinlik, maxfiylik va zamonaviy texnologiyalar haqidagi chuqur fikrlar bor.

🎬 Film va hujjatli asarlar

“Citizenfour” (Oskar sovrindori hujjatli film)

“Snowden” (2016-yil, rej. Oliver Stone)

📌 Nega muhim?

Snowden butun insoniyatga bir narsani eslatdi:
🔐 “Maxfiylik — bu jinoyatchilar uchun emas, erkin odamlar uchun zarur huquq.”
​​​​​''Garvard'' talabalarini ruhlantirish uchun aytiladigan so'zlar.

💠 Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquni o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan. 

💠Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi. 

💠O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy. 

💠O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish. 

💠Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding? 

💠Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan. 

💠Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi. 

💠Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi. 

💠Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan. 

💠Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir. 

💠Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional. 

💠Bugun hech qachon qaytib kelmaydi. 

💠Hozir xatto dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda. 

💠Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi.
Ҳаётий_мисол

Бамбук фалсафаси

Хитойда бир турдаги бамбук дарахти бор. Бу бамбук дарахти экилганидан кейин 5 йил давомида ҳеч қанақа ўсишсиз, бир хил сақланиб туради. Кўпчилик ташқаридан қараганда ўсиш бўлмаяпти деб ўйлайди. Лекин аслида шу 5 йил давомида пастга қараб илдиз отаётган бўлади ва 5 йилдан кейин шунақа даражада тез ўсиб кетади-ки, 60 кунда 50-60 метргача ўсиб кетадиган ҳолатлар бўлади.

Инсондаям шунақа, бирор ишни қилишга киришган пайт бошланишида ҳеч қанақа натижа кўрмайди. Бу дегани инсон ўсмаяпти дегани эмас. Ўсяпти, фақат ўзига шу даврда фундамент қураётган бўлади. Шу фундамент яхши қуриб олинса, кейин ўсиш тезлашиб кетади.

Шундай экан, фундаментни қуришдан тўхтаманг, бир кун келиб албатта баландга кўтариласиз!