Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
10.5K subscribers
32.1K photos
5.01K videos
60 files
12.4K links
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района города Ташкента

Мурожаатлар: info@mirzoulugbek.uz
Download Telegram
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
Photo
#Xabarlar
#Mahallani_qóllab_quvvatlash

♻️ Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligida mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kengashining tashkiliy yigʻilishi bo'lib o'tdi.

🔰 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-sonli Farmoni hamda “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son Qarori mamlakatimizda mahalla institutining nufuzini yanada oshirishda muhim poydevor vazifasini oʻtaydi.

Shuningdek, Kengashning nufuzini oshirish maqsadida Qaror bilan Prezidentimizning tashkiliy-kadrlar masalalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev Respublika mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashi raisining birinchi oʻrinbosari hamda “Mahalla yettiligi”ning respublika tashkilotlari rahbarlari kengash aʼzolari etib belgilandi. Shu bilan birgalikda, yangi va alohida tuzilma – Oʻzbekiston mahallalari Uyushmasi va uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Yig'ilishda mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Toshkent shahar kengashining tashkiliy yigʻilishida ishtirok etish uchun tumandan 11 nafar delegatlar saylab olindi.

Saylangan delegatlar mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Toshkent shahar kengashining tashkiliy yigʻilishida tumanimiz nomidan munosib ishtirok etishiga ishonch bildiramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
#Mirzo_Ulugbek_tumani
#Innovatision_hudud

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030 strategiyasini amalga oshirish to‘gʻrisida”gi PF-158-son farmonining 30-bandida yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12 yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi, tuman Maktabgacha va Maktab ta’limi bo‘limi hamda “Astro Education” o‘quv markazi bilan hamkorlikda 99-sonli umumta’lim maktabining 160 nafar o‘quvchilari orasida ingliz tilini keng isloh qilish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini til o‘rganishga yo‘naltirish maqsadida navbatdagi tuman fan olimpiadalari tashkil etildi.
Bunday ingliz tili olimpiadasi yoshlarni til o‘rganish uchun o‘z ustilarida ishlab bilimlarini rivojlantirishga turtki bo‘lishlikka sababchi bo‘ladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
#Янги_ҳаёт_учун_Янги_Ўзбекистон_учун
#Махаллада_дув_дув_гап

🔰 Навбатдаги тадбир 275-сонли умумтаълим мактаби фаоллар залида ташкил этилди. Унда "Авайхон", "Минглола" ва "Янги Авайхон" маҳаллас фуқаролари иштирок этишдилар.


👉 Тадбир давомида туман Маданият бўлими хонандалари ва халқимиз севган таниқли қўшиқчилар иштирокида концерт дастури намойиш этилиб, йиғилганларга хуш кайфият улашилди.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
Юртимизда “Янги Ўзбекистон армияси — мамлакат қудрати, юксак ғурур ва садоқат тимсолидир!” шиори остида “Ватанпарварлик ойлиги” бўлиб ўтмоқда.

Сана муносабати билан Республикамизнинг барча мактабгача таълим ташкилотларида ҳам байрам тадбирлари ўтказилиб, уларда ҳарбий фахрийлар, ҳарбий оркестр жамоалари, ҳарбий билим юртларининг талабалари иштирок этмоқда.

Шундай тадбирлардан бири Мирзо Улуғбек туманидаги 145-Давлат мактабгача таълим ташкилотида ташкил этилди. Унда Мудофаа вазирлиги ходимлари, жумладан, подполковник Мурод Гафуров, инспектор Элдор Кенжаев, оркестр жамоаси ва ота-оналар қатнашди.

Шубҳасиз, бу каби тадбирлар ёшларнинг маънан етук бўлиб улғайишига, уларни ҳарбий-ватанпарварлик руҳида тарбиялашга, ҳарбий хизматга бўлган қизиқишларини ортишига хизмат қилади.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube