Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
11.5K subscribers
34.7K photos
5.53K videos
66 files
13.4K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: info@mirzoulugbek.uz
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Камбағалликни қисқартиришда тадбиркорлар билан ўзаро манфаатли ҳамкорлик ўрнатилади

"Камбағалликни қисқартиришда тадбиркорлик субъектлари билан ўзаро манфаатли ҳамкорлик ўрнатишга қаратилган чора-тадбирлар тўғрисида"ги Президент Фармони (ПФ–93-сон, 12.06.2023 й.) қабул қилинди

🔰Фармонга кўра, “20 минг тадбиркор – 500 минг малакали мутахассис” дастури амалга оширилади.

☑️ Дастурда тадбиркорлар “ҳамкорлик шартномалари” (3 йилгача муддатга тузилади) асосида ихтиёрий равишда иштирок этади.

📋 “Ҳамкорлик шартномалари”ни тузган тадбиркорларга Дастурда иштирок этаётганлигини тасдиқловчи сертификат берилади.

▶️ Дастурда камида 2 йил фаолият кўрсатаётган ва устав капиталида давлат улуши мавжуд бўлмаган тадбиркорлар – юридик шахслар иштирок этиши мумкин.

🗓 2023–2024 йилларда Дастурни амалга ошириш учун жами 1 миллиард АҚШ доллари миқдорида кредит линияси очилади.

📝 Кредит линияси маблағлари ҳисобидан банклар томонидан кредитлар Дастурга киритилган тадбиркорларнинг лойиҳаларини (молия соҳасини ривожлантириш бўйича лойиҳалар бундан мустасно) амалга ошириш учун 7 йилгача муддатга 14 фоиз ставкада рўйхатга мувофиқ миқдорларда ажратилади (қуйида батафсил келтирилган).

📂Дастур доирасида тадбиркорларга қуйидаги имтиёз ва преференциялар берилади:

🔹 тадбиркорлар томонидан “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га киритилган фуқаролар ишга қабул қилинганда, 2025 йил 1 январгача:

тадбиркорлар ушбу фуқароларга камида 1 йил давомида ҳар ой меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 1 баравари миқдоридан кам бўлмаган иш ҳақи тўлаб, бандлигини таъминлаган ва улар жами ишчилар сонининг камида 20 фоизини ташкил этганда, мол-мулк солиғи ва ер солиғидан имтиёз берилади;

фуқаролар ишга қабул қилинганда ҳамда ҳар бир ой учун иш ҳақи миқдори меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 1 бараваридан кам бўлмаган миқдорда ҳисобланганда, ойлик иш ҳақи бўйича тўланган жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи республика бюджетидан иш берувчига (ҳар бир ишчи учун БҲМнинг 2 бараваригача) қайтариб берилади ҳамда уларга ижтимоий солиқ ставкаси 50 фоизга камайтирилган ҳолда қўлланилади.

🔹 барча солиқлар (ҚҚС ва солиқ агентлари сифатида тўланадиган солиқлар бундан мустасно) ва божхона тўловларини таъминотсиз ва фоизсиз 1 йилгача бўлиб-бўлиб тўлаш ҳуқуқи берилади;

🔹 давлат мулки бўлган кўчмас мулк объектлари ва ерга бўлган ҳуқуқлар аукцион орқали сотиб олинганда, тўловларни 5 йилгача бўлиб-бўлиб тўлаш имконияти берилади;

🔹божхона назоратини амалга оширишда “яшил йўлак” қоидалари амал қилади;

🔹барча турдаги солиқ текширувлари ўтказилмайди (жиноий ишлар доирасидаги текширувлар бундан мустасно).

🏢 Фармонга кўра шунингдек, “Касб эгаси” дуал таълим тизими тажриба тариқасида ишга туширилади (биринчи босқичда 2023/2024 ўқув йилида Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институтининг 3–4-курс талабалари учун жорий қилинади).

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Kunlik va soatlik elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha rekord yangilandi

Anomal issiq ta’sirida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli hajmi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar yangilandi.

Xususan, 13-iyun kuni mamlakatimizda jami 231,7 mln kVt/soat elektr energiyasi sarflandi. Bu miqdor iyun oyi uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan bir yil muqaddam xuddi shu kuni 202 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlatilgan bo‘lib, o‘sish ko‘rsatkichi 14,7 foizni tashkil qilmoqda.

Bugun, 14-iyun kuni soat 11:00 ga qadar esa soatlik ehtiyoj hajmi 11 080 MVtni tashkil qildi. Bu esa 2022-yilning xuddi shu sanasidagi holat bilan taqqoslanganda, 1600 MVt (15,4 foiz) ko‘p elektr toki sarflangan, deganidir. Ushbu quvvat deyarli to‘rtta bug‘-gaz qurilmasining yoki ikkita “To‘raqo‘rg‘on” IESning quvvatiga teng.

Aytish kerakki, rekord qo‘yish bugun ham davom etib, 14-iyun sanasi mobaynida sutkalik elektr energiyasi iste’moli 238-239 mln kVt/soatga yetishi kutilyapti.

Mazkur raqam 2022-yilning mos davrida qayd etilgan iste’mol miqdoridan qariyb 30 mln kVt/soat yoki 14,8 foiz ko‘pdir.

2022-yilning iyul oyida yuz bergan eng anomal issiq haroratli davrda ham maksimal yuklama 10 800 MVtdan, sutkalik maksimal iste’mol hajmi esa 238,2 mln kVt/soatdan oshmagan edi.

Elektr energiyasining yuqori iste’moli, ayniqsa, Toshkent shahrida kuzatilyapti. Masalan, 2021-yilning 13-iyun sanasida poytaxt aholisi 7,6 mln kVt/soat tok ishlatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-yilning xuddi shu kunida 17,08 mln kVt/soatni, bu yil esa 26,4 mln kVt/soatni tashkil qilgan.

Ayrim hududlarda tizim doirasida ta’mirlash ishlarining muntazam olib borilishiga qaramasdan mavjud barcha elektr stansiyalari tomonidan yetarli miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarilyapti. Buning uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, zarur miqdorda yoqilg‘i materiallari zaxirasi qilingan, kerakli mutaxassislar, ishchi-xodimlar jalb etilgan. Shuningdek, kelishuvlarga asosan qo‘shni davlatlardan belgilangan hajmlarda elektr energiyasi import qilinib, ichki iste’molga yo‘naltirilyapti.

Ma’lumki, havo haroratining ko‘tarilishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ham keskin oshadi. Natijada elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalar ortishi, tarmoqda esa turli nosozliklar kelib chiqishi tabiiy. Xususan, anomal issiq elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ham 20 foiz tushirib, tizimda yo‘qotishlarni hosil qilishi mumkin.

Aziz vatandoshlar! Respublikamizda havo haroratining anomal darajada isishi natijasida elektr qurilmalarida ortiqcha yuklama tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida sizlardan elektr energiyasidan tejamkorlik bilan, shuningdek, sovitish qurilmalaridan ham imkon qadar oqilona foydalanishingizni, zarur bo‘lmaganda, elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yishingizni so‘raymiz.

Bu bilan barchamiz nafaqat energiya resurslarini saqlab qolamiz, balki elektr qurilmalarining uzoq muddatga ishdan chiqishini oldini ham olgan bo‘lamiz. Shu orqali energiya resurslari barcha iste’molchilarga barqaror yetib borishiga munosib hissa qo‘shamiz.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏊‍♂ Shu kunlarda cho‘kish bilan bog‘liq xabarlar ko‘p tarqalmoqda. Achinarlisi, bu holatga tushganlardan aksariyatining hayoti o‘lim bilan yakun topmoqda. Ba'zilarini qidirib topishga ham ko‘p vaqt va mutaxassislar jalb etilmoqda.

Bunday ayanchi oqibatning asosiy sababi esa belgilanmagan joylarda, oqar suvlarda cho‘milishdir.

Mavzu lavhamizda davom ettiriladi.

🏊‍♂ В последнее время поступает много сообщений об утоплениях. К сожалению, большинство из тех, кто попадает в такую ситуацию, погибает. На поиски некоторых из них уходит много времени и сил специалистов.

Основная причина такого печального исхода — купание в водоемах в неположенных местах.

Продолжение темы — в нашем ролике.
⭕️⭕️⭕️⭕️

Ayni damda INXA universitetida "Vatan mehri yuragimda" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichining asosiy qismi boshlanish arafasida

☯️   Qo'mitaning rasmiy sahifalari

  💬 Facebook  I  Telegram  I 📸Instagram  I  📹YouTube I     🕊 Twitterxз
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Oqqoʻrgʻon", "Mustaqillik", "Darxon" va Hamid Olimjon mahallalai isteʼmolchilari diqqatiga!

Elektr tarmoqlaridagi avariya holatlarini oldini olish maqsadida tarmoqda nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda. Shu sababli soat 11:00dan 13:30ga qadar elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
Darxon, Pushkin, Salar, Mustaqillik, Irrigator, Tamaraxonum, Qori Niyoziy va Osiyo ko‘chalari isteʼmolchilari diqqatiga!

Elektr tarmoqlaridagi avariya holatlarini oldini olish maqsadida tarmoqda nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda. Shu sababli soat 13:30dan 15:30ga qadar elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
❗️O‘zboshimchalik oqibatlari ayanchli bo‘lishi mumkin edi

♻️ Mirzo Ulug‘bek tumani Oliy Himmat mahallasi Neʼmat berk ko‘chasi 49A uyda istiqomat qiluvchi X.F. o‘zboshimchalik bilan o‘z xonadonidan chuqur (Kotlovan) qaziydi va xonadonining bir qismi ag‘darilib tushadi. Devor ag‘darilgan vaqtda xonadonda o‘z farzandi va oila aʼzolari bo‘ladi. Yuzaga kelgan noxush holat sabab 2 yoshli farzandi ag‘darilgan devorlar orasida qolib ketadi.

👉Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlarining saʼyi harakatlari evaziga 2 yoshli bolajonimiz sog‘ - salomat ota onasiga qaytarildi. Hurmatli fuqarolar o‘zboshimchalik bilan qurilishlarni tashkil etish, chuqur (kotlovan) qazish va uy-joy qurish normalaridan chetga chiqish, ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ogoh bo‘ling va tegishli tashkilotlar ruxsati asosida o‘z qurilishlaringizni qonuniy tashkil eting!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
Yangi O'zbekiston bog'i barcha shaxrimiz axolisi va poytaxtimiz mehmonlarini turli esda qolarli sovg'alar va qiziqarli tanlovlar bilan boyitilgan konsert dasturlariga taklif etadi 🎶🎷

Kechamiz mehmon san’atkorlari:⭐️

@munisarizaeva(17.06) 🎆

@komil_benom & @sarvar_benom (18.06) 🎇

Ko’tarinki ruh va a’lo kayfiyat uchun oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz bilan tashrif buyuring!

Yoz faslining xaqiqiy bayramida sizlarni ko’rishdan mamnun bo’lamiz🤩

Lokatsiya📍
Sana: 17-18 Iyun 2023
Vaqt: 21:00 🕣
Kirish: Bepul


—— —— ——

Парк новый Узбекистан, приглашает всех жителей и гостей столицы на Концертную Шоу Программу с конкурсами и запоминающимися призами! 🎶🎷

Гости Вечера: ⭐️

@munisarizaeva(17.06) 🎆

@komil_benom & @sarvar_benom (18.06) 🎇

Приходите за отличным настроением вместе с семьей и близкими!

Будем рады видеть вас на настоящем празднике Лета!🤩

Локация📍
Дата: 17-18 Июня 2023‼️
Время: 21:00 🕣
Вход: Свободный
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Бир қатор хизматлар учун лицензия олишда давлат божи миқдори камайтирилди

Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ–846, 14.06.2023 й) билан “Давлат божи тўғрисида”ги Қонунга ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди

🔰 Унга кўра, уяли алоқа виртуал операторлари (провайдерлар) томонидан кўчма радиотелефон (уяли) алоқа тармоқлари хизматларини кўрсатишда лицензия олганлик учун тўланадиган давлат божи БҲМнинг 25 000 баравари этиб белгиланди.

Илгари бундай норма мавжуд эмас эди.

Шунингдек, қуйидаги хизматлар учун лицензия олишда тўланадиган давлат божи миқдорлари камайтирилди:

🔹 телерадиоэшиттиришларни тарқатиш (намойиш қилиш) тармоқларини лойиҳалаштириш, қуриш, улардан фойдаланиш ва уларнинг хизматларини кўрсатиш – БҲМнинг 170 баравари (56 млн 100 минг сўм). Илгари БҲМнинг 340 баравари эди;

🔹телерадиоэшиттиришларни тарқатиш (намойиш қилиш) тармоқларини лойиҳалаштиришБҲМнинг 10 баравари (3 млн 300 минг сўм). Илгари БҲМнинг 20 баравари эди;

🔹телерадиоэшиттиришларни тарқатиш (намойиш қилиш) тармоқларини қуришБҲМнинг 10 баравари (3 млн 300 минг сўм). Илгари БҲМнинг 20 баравари эди;

🔹телерадиоэшиттиришларни тарқатиш (намойиш қилиш) тармоқларидан фойдаланишБҲМнинг 75 баравари (24 млн 750 минг сўм). Илгари БҲМнинг 150 баравари эди;

🔹телерадиоэшиттиришларни тарқатиш (намойиш қилиш) тармоқлари хизматларини кўрсатишБҲМнинг 75 баравари (24 млн 750 минг сўм). Илгари БҲМнинг 150 баравари эди.

📌 Ушбу Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
"20 MING TADBIRKOR - 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS" shiori ostidagi

📣"Bo'sh ish o'rinlari" yarmarkasiga taklif etamiz!

Hurmatli, Toshkent shahri fuqarolari, Siz ishsizmisiz?

💡O‘zingizga mos ish o‘rni qidiryapsizmi?

Unda bu e’lon aynan siz uchun!

👫Bugungi kunda band boʻlmagan, ishsiz fuqarolari, sizlarni joriy yilning 16-iyun kuni soat 10:00da Olmazor tumanida joylashgan Universitet ko`chasi (Beruniy metro bekati)da "20 MING TADBIRKOR - 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS" shiori ostida tashkil etilayotgan “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasiga taklif etamiz.

📂Unda Toshkent shahar va tumanlarning yirik korxona va tashkilotlari, davlat muassasalari, xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiya) bilan ishtirok etishadi.

📍Manzil: Olmazor tumani Beruniy metro bekati
TEL: +99894 422-23-23

Kanalga ulaning va do`stlaringizga ham ulashing
http://t.me/ToshkentShaharBandlikboshqarmasi

Bizni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring
⬇️
Rasmiy sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram
Sektor rahbarlari “Navro‘z” va “Shirin” bozorlarida bo‘lishdi

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari tumandagi “Navro‘z” dehqon bozori va “Shirin” bozorlarida bo‘lishdi. Bozor hududi va sanitar holati, Favqulodda holatlarni oldini olish borasidagi ishlar bilan tanishdi va barcha tashkilotlarga tegishli topshiriqlarni berib o‘tishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube