Hodiyev Education | MS
4.67K subscribers
1.63K photos
232 videos
363 files
1.2K links
Ushbu kanalda ilm va hordiq olasiz.
❗️Shofirkon tizimi asosida darslar beriladi.
Murojaat: @Hodiyef
⭕️YOU TUBE⭕️: youtube.com/hodiyeveducation

📗Muxtasar grammatika: @muxtasargrammatika

Natijalar: @HodiyevNatija
Download Telegram
Telegramni yangilash kerakmi?

Yurtimizda ko'pchilik aholi telefondan gaplashish, telefon qilish va telefonni qabul qilish uchun foydalanadi. Ozchilik esa telefoni smart (aqlli) va bu smartfondan ham faqat yuqoridagi maqsadda foydalanadi. Smarfon ishlatuvchilarimizning ko'pchiligi yoshlar bo'lgani sababli ular bu telefonning boshqa imkoniyatlaridan ham foydalanishadi, ya'ni internet.

Barchamizga ma'lumki, bugungi kunda internet barchamizning hayotimiz uchun yetakchi o'rinni egalladi, ayniqsa Telegrambek😊

Telegram

Ko'pchilik telegramdan ham xuddi smartfon (flagman)dan telefonda gaplashish uchun foydalangani kabi foydalanishadi, ya'ni telegram ular uchun faqat xabar almashishda xizmat qilsa bo'ldi. To'g'ri, bu bir jihatdan o'zini oqlaydi ham. Lekin sizning qo'lingizda boshqa imkoniyatlar ham mavjud bo'lganda nega siz faqat bitta xabar yuborish va qabul qilishnigina amalga oshirasiz?
Telegram bugungi kunda O'zbekistonda eng ommalashgan ijtimoiy aloqa vositasi hisoblanadi va bu "qirol" asoschilari telegramni rivojlantirish ustida kun-u tun tinimsiz izlanishlar olib borishadi. Ularning xizmatlari natijasida telegram har haftada nimadir o'zgarish qiladi va bu o'zgarish birinchi bo'lib rasman Google Play (playmarket) da yangi telegram versiyasida namoyon bo'ladi.
Ko'pchiligimiz bu haqida umuman xabar topmaymiz, lekin Telegram News nomli telegram kanalida nima yangiliklar bo'lgani haqida har yangilanishdan so'ng xabar beriladi.

Sizda bo'ladigan muammolar?

Bu yangilanishdan ko'pchiligimizning xabarimiz bo'lmaydi va natijada ba'zi telegram qulayliklarini (masalan: harakatlanuvchi sticker, poll, gif, sozlamalardagi xavfsizliklar, chiroyli interfeys, kalendar bo'yicha xabar yuborish va boshqalar) bizning telefonimiz qo'llab-quvvatlamaydi, sababi biz telegramimiz versiyasini o'z vaqtida yangilamaymiz.
Ko'pchiligimiz o'zimizga kerakli narsalarni izlaganda shunaqa muammoga duch kelamiz va ko'nglimizni xira qiladi.

Nima qilish kerak?

Bizda ko'plab uchraydigan bunaqa muammolarni hal qilish zarur, bugungi kun buni talab qilyapti. Vaqt hech kimni ayamaydi, kechikkanlar yutqazadi. Vaqt bilan birga yurish ko'pchiligimizning qo'limizdan keladi, siz buning uchun telefoningizni o'zingiz tushunsangiz o'zingiz e'tiborsizlik qilmasdan Play Market orqali doimiy telegramni yangilab boring. Yoki o'zingiz tushunmasangiz, biror tushunadigan kishiga ko'rsatib bu muammoni hal qildiring (Shuni ham unutmanki, siz bir marta telefonizni birovga berib yangilatganiz bilan ish bitmaydi, siz buni qanday qilishni, qancha qiyin bo'lsa ham o'rganib oling).
Ketsa 20-30 mb ketadi, lekin siz ko'plab qulayliklarga ega bo'lasiz.

Siz, albatta, "qirolning to'nini yangilab turing".😊

@HodiyevEdu (HE)
Telegramda qaysi ilovadan foydalanasiz?
Anonymous Poll
57%
Plus
32%
Telegram
11%
Boshqa
Hodiyev Education | MS
Telegramni yangilash kerakmi? Yurtimizda ko'pchilik aholi telefondan gaplashish, telefon qilish va telefonni qabul qilish uchun foydalanadi. Ozchilik esa telefoni smart (aqlli) va bu smartfondan ham faqat yuqoridagi maqsadda foydalanadi. Smarfon ishlatuvchilarimizning…
Men bejizga yuqoridagi maqolani yozmagandim.
Bir-ikki kunda sizlarni ajoyib yangilik kutib turibdi, aynan TEST borasida.
✔️Bu yangilik rasmiy telegram ilovasida 100% foiz ishlayapti, lekin Plus messenger da hali joriy etilmadi.
Tez fursatda Plus ham bu yangilikni qo'llab quvvatlaydi.

@HodiyevEdu (HE) kanalimizni ko'proq do'stingizga taklif eting va ☝️telegram versiyangizni yangilang.

🟩Sizga haqiqiy DTM standartidagi online testlar telegramning o'zida juda qulay tarzda BEPUL beriladi.

🔳Kanalimiz obunachilarining soni
5⃣0⃣0⃣0⃣ nafar bo'lgach biz muntazam yo'lga qo'yamiz. Buning uchun sizlar ham imkon qadar ko'proq kanalimiz manzilini tavsiya qilsangiz.

🟪Yangi guruh tashkil qilamiz va bizning haqiqiy obunachilarimiz, o'zlarining tilchi do'stlarini guruhimizga qo'shish imkoniga ega bo'lishadi.

@HodiyevEdu (HE) Hodiyev Education bilan ONA TILI bepul online kurslarimizni kuzatib boring🤟.
https://t.me/he_group

25.01.2020
Ushbu guruh Hodiyev Education kanalining rasmiy muhokama guruhi sifatida tashkil etildi.

Qadrli tilchilarimiz, barchangiz imkoningiz boricha shu guruhimizga o'z sheriklaringiz, do'stlaringizni qo'shing vanatijada kanalimiz haqida yangi qo'shiladiganlar ko'proq ma'lumotga ega bo'lishadi.
START!
Kanalimiz obunachilari 5000 ta bo'lgach biz 100.000 so'mlik viktorina o'tkazamiz.
Viktorina online test korinishida 30 talik barcha mavzular yuzasidan savollar bo'ladi.

Buning uchun siz rasmiy guruhimizga kirib, do'stlaringizni go'g'ridan to'g'ri qo'shing.
Yangi qo'shilgablar guruh orqali kanalimiz a'zolari bo'lishlari kerak.

Sizdan ugina – bizdan bugina😊.
Va nihoyat🤟.
Plus messenger yangilandi.
Bizda online test ishlashni istaganlar bo'lsa, albatta, ☝️ telegramizni yangilang!

Quyidagi manzil orqali yangilasa bo'ladi.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://play.google.com/store/apps/details?id=org.telegram.plus
base.apk
36.1 MB
Plus

❗️Agar yuqoridagi manzil orqali yangilayolmayotganlar bo'lsa, ushbu ilovani yuklab olib o'rnatsa, eng oxirgi test tizimini qo'llaydigan versiyasi.

@HodiyevEdu (HE) Hodiyev Education bilan ONA TILI bepul online kurslarimizni kuzatib boring🤟.
🎲 Quiz 'Ot so'z turkumi 6. dan 10 ta sinov testi.'
Ushbu test sinov tariqasida berilgan va barchaga ma'qul bo'ladigan bo'lsa, doimiy tarzda ishga tushadi. @HodiyevEdu (HE)
🖊 10 questions · 1 min
Yuqoridagi 10 talik testimiz sizlarga yoqdimi?
Iltimos kamchiligi bo'lsa @hodiyev_bot ga yuboring.
Anonymous Poll
86%
Ha, yoqdi
14%
Yo'q, kamchiligi bor
Yuqoridagi poll (ovoz berish)ni ko'pchiligingiz ko'rmayapsiz va sizga telegramingni yangila deb turibdi.
❗️Iltimos, telegramingizni yangilang.
☝️Kanalimiz yuqorirog'ida bor yangi Plus.
Kel, tilchi qiz, go‘zal filolog,
Undov bo‘lsin muhabbatimiz.
Bu izhorlar tugamas – vergul,
Boshlay qolsin qo‘shma gapimiz.

Ega-kesim eskirgan ta’rif,
Men hokim so‘z, sen tobe bo‘lak.
Undalmangni yo‘lla o‘zimga,
So‘roqlarga to‘lmasin yurak.

Muhabbat – bu bizning fe’limiz,
Bo‘lsin mudom bo‘lishli, sodda.
Hayotimga kirish so‘z bo‘lgin,
Iboradek qol doim yodda.

Hislarimiz emas antonim,
Hayotimga sifatsan axir.
Men sevgimni atov gap qildim,
Kel, birgalik nisbatga chaqir.

Bo‘lar bir kun farzndlarimiz –
Quchoq-quchoq orttirma nisbat.
Qara, qanday moslashuv axir:
Mendek otga sen kabi sifat!

Men sen uchun – ajralmas ravish,
Sen men uchun – aniqlik mayli.
Necha yilki ona tili ham
Bizdek gapni ko‘rmagan hali.

Qo‘shma gapmiz keyin bir umr –
Xatolarsiz, imlosi puxta.
Yuz yillarcha birga gap tuzsak,
Keyin mayli qo‘yamiz nuqta.

Nuqta bilan asar tugamas,
Davom kutar jumlalarimiz:
Bosh harf-la yozadilar so‘ng
Yangi gapni bolalarimiz.

O‘sha kuni ikkimiz – ega,
Kuzatgancha imlolarini.
Ko‘zoynak-la o‘qib chiqamiz
Jujuqlarning insholarini…

Xurshid Abdurashid

P.S: Ko'pdan qolmaslik uchun☺️

@HodiyevEdu (HE) Hodiyev Education bilan ONA TILI bepul online kurslarimizni kuzatib boring🤟.
⚡️⚡️Tez orada Morfologiyadan yangicha online test yuklanadi.
Savollar soni 30 ta bo'ladi.
❗️Barcha telegram versiyasini yangilasin.

👉Do'stlaringizni xabardor qiling👉 @HodiyevEdu
🎲 Quiz '🖊Mavzu: Morfologiya "B" 31-60. 🔢Savollar soni: 30 👤Muallif: Jasur Usmonov 📔Asosida: "Muxtasar grammatika" 📊Darajasi: DTM '
Barcha testlar eng birinchi online tarzda @HodiyevEdu (HE) kanalida olib boriladi.
🖊 30 questions · 3 min
Jasur Usmonovning sintaksis mavzusi bo'yicha mukammal audioma'ruzalari kanalimizga yuklanishini istaysizmi?
❗️Barcha do'stingizni @HodiyevEdu (HE) kanaliga tavsiya eting.
Audio
🖊Mavzu: Sintaksisga kirish
🎙Jasur Usmonov
📔"Muxtasar grammatika"
@HodiyevEdu (HE)
Audio
🖊Mavzu: Sintaksisga so'zlarning grammatik bog'lanishi
🎙Jasur Usmonov
📔"Muxtasar grammatika"
@HodiyevEdu (HE)

@HodiyevEdu (HE) Hodiyev Education bilan ONA TILI bepul online kurslarimizni kuzatib boring🤟.
Hech payt, hech vaqt, hech mahal, hech qachon.

Yuqoridagi so'zlar olmoshmi yoki ravishmi?

@HodiyevEdu