Hilol Nashr
80.7K subscribers
16.7K photos
1.14K videos
8 files
8.81K links
☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

«Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasining telegramdagi rasmiy kanali

Ish vaqtimiz: 09:00 - 18:00

🌐 hilol.uz
Download Telegram
#yangilik

«Mo‘minning me’roji» - mufassal namoz kitobi (lotin alifbosida) qayta nashr qilindi

Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining namoz ibodati haqidagi «Moʻminning meʼroji» mufassal namoz kitobi lotin alifbosida qayta nashr qilinib, sotuvga chiqdi.

Ushbu kitobda hozirgi davrning talablariga javob beradigan, avvalda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tuzatadigan, namozni toʻkis ado etishga yordam beradigan maʼlumotlar keltirilgan.

Marhamat, lotin alifbosidagi «Mo'minning me'roji» kitobini xarid qiling! 😊

👉 Narxi: 24 000 soʻm

☎️ +998712175999

📥 Buyurtma uchun: @hilolnashruzbot

🌐 Saytdan buyurtma bering

📍 Manzillarimiz

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sotuvda

«Din va dunyo saodati sari 7 qadam» kitobi


Tadbirkor, investor, raqamli strategiya va marketing boʻyicha maslahatchi, halal.ad marketing kompaniyasi asoschisi Maʼruf Yusuf qalamlariga mansub «Din va dunyo saodati sari 7 qadam» nomli kitob sotuvda.

Muallif ushbu kitob orqali Islom iqtisodida tobora o'sib borayotgan startap va kompaniyalarni tashkil etish va kengaytirish bo'yichа bor bilim va tajribalarini bu yo'lga endi qadam qo'ygan yosh tadbirkorlar bilan bo'lishishni niyat qilgan.

👉 Narxi: 25 000 soʻm

☎️ +998712175999

📥 Buyurtma uchun: @hilolnashruzbot

🌐 Saytdan buyurtma bering

📍 Manzillarimiz

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#янгилик

«Тафсири Ҳилол» тўплами қайта нашр қилинди

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
ҳазратларининг 6 жилдлик «Тафсири Ҳилол» асарлари қайта нашр қилинди.

Тўпламда Қуръони Каримнинг тўлиқ арабча матни, унинг ўзбекча таржимаси ҳамда шарҳи келтирилган. Таржима ва шарҳ энг замонавий услубда эканлиги ўқувчи учун Аллоҳнинг каломини осон тушунишга ёрдам беради, иншааллоҳ.

Марҳамат, асарни дўконларимиздан харид қилинг ёки kitoblardunyosi.uz сайтимиздан буюртма беринг.

👉 Нархи: 680 000 сўм

☎️ +998712175999

📥 Буюртма учун: @hilolnashruzbot

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik

«Hilol eBook»da yangi kitob: «Ramazonni qanday oʻtkazamiz?»

✍️ Muallif: muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy
📝 Tarjimon: Abdulqayyum Komil

Albatta, har bir moʻmin-musulmon kishi Ramazon oyining fazilat va barakotidan toʻla bahramand boʻlishni istaydi.

Ushbu risola kitobxonlarga ayni shu masalada yordam beradi. Kitobda Ramazon oyi eng katta savdo oyi ekani, unda oxiratning anvoyi ne'matlari-yu jannatlarni xarid qilish mumkinligi, shuningdek Allohu Karimning oʻzi roʻzadorlarni alohida ikrom qilishi sodda, xalqchil tilda, hayotiy misollar bilan bayon etilgan. Hajm jihatdan kichkina boʻlsa-da, olam-olam maʼnolar topishingiz tayin.

«Ramazonni qanday oʻtkazamiz?» kitobini «Hilol eBook» dasturida mutolaa qiling. 😊

👉 Narxi: 4 000 soʻm

📱 Dasturni yuklab olish

👉 Xarid qilish boʻyicha qoʻllanma

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot

To'rt jildlik «Odoblar xazinasi» kitobini mutolaa qilganmisiz?

👉 Kitob haqida batafsil:
kitoblardunyosi.uz/odoblar-hazinasi-tuplami

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#янгилик

🎉 «Ҳадис ва ҳаёт» силсиласининг 4 ва 5-жузлари қайта нашр қилинди

Шайх ҳазратларининг
қаламларига мансуб «Ҳадис ва Ҳаёт» силсиласининг 4-жуз «Поклик» ва 5-жуз — «Намоз» китоблари қайта нашр бўлиб, сотувга чиқди.

«Ҳадис ва ҳаёт» китобининг 4-жузи«Поклик» деб номланиб, унда таҳорат одоблари, сувларнинг қай бири пок, қай бири нопок бўлиши, таҳорат ва ғусл қилиш учун ишлатса бўладиган ва бўлмайдиган сувлар ва бошқа покликка оид керакли масалалар ҳадислар орқали батафсил баён этилган.

☝️ 5-жузи«Намоз» китобида эса намознинг фарзлиги, ҳикматлари, фазилатлари, шартлари, аёл кишининг намози, азон ва иқома, фотиҳадан кейинги зам сура ва бошқа мавзулар юзасида айтилган ҳадислар шарҳ қилинган.

👉 4-жуз — 36 000 сўм

👉 5-жуз — 43 000 сўм

☎️ +998712175999

📥 Буюртма учун: @hilolnashruzbot

📍 Манзилларимиз

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sotuvda

G'iyosiddin Yusuf tomonidan tayyorlangan «Arab alifbosi» kitobi sotuvda

«Til bilgan el bilar»
, - deydi dono xalqimiz. Har bir tilni oʻrganish esa shu tilning alifbosini oʻrganishdan boshlanadi. Qoʻlingizdagi ushbu kitobcha orqali arab alifbosini sodda va oson yoʻllar bilan oʻrgatishni maqsad qilganmiz. Uning rang-barang ekani, har bir harf bilan boshlanuvchi soʻz va shu soʻzga mos rasmlar bilan boyitilgani harflar va soʻzlarni eslab qoʻlishni osonlashtiradi.

Qolaversa, har bir soʻz yuzasidan maqol, topishmoq yoki sheʼr berilgani ham ayni muddaodir. Shu bilan birga, kitob soʻngida oʻtilganlarni mustahkamlash uchun mashqlar ham keltirilgan.

Kitob bolalar uchun moʻljallangan.

👉 Narxi: 11 000 soʻm

☎️ +998712175999

📥 Buyurtma uchun: @hilolnashruzbot

🌐 Saytdan buyurtma bering

📍 Manzillarimiz

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сотувда

«Рўзага оид фатволар» китоби

Муфтий Нуриддин домла Холиқназар ҳазратларининг қаламларига мансуб «Рўзага оид фатволар» китоби сотувда.

Китобда ҳанафий уламолари томонидан фиқҳ ва фатво асарларида келтириб ўтилган Рўзанинг турлари, шартлари, рўзани очувчи омиллар, қазо ва каффоротни вожиб қилувчи ишлар ва рўзага доир энг муҳим масалалар содда ва равон услубда ёритилган.

☝️ Шунингдек, мавзуга тегишли замонавий масалаларнинг ечимлари ва кўп сўраладиган саволларга жавоблар ҳам китобдан ўрин олган.

Марҳамат, «Рўзага оид фатволар» китобини харид қилинг. 😊

👉 Нархи: 26 500 сўм

☎️ +998712175999

📥 Буюртма учун: @hilolnashruzbot

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM