💪English with motivational videos💪
4.54K subscribers
6.77K photos
908 videos
838 files
155 links
📚INGLIZ TILINI Tez va oson o'rganing.
•┈•┈•┈• ❁✿❁ •┈•┈•┈•.
🔹Grammar

🔹IELTS :
Listening
Reading
Speaking
Writing
Vocabulary
🔹English Tests
Beginner - advanced
Motivational videos 💪

Admin: @ertalab_yozaman
Admin: @VICTOR_UZB
Download Telegram
16-dars. Present continuous questions - Hozirgi davomli zamonning so'roq shakli

Question - savol. Ya'ni, davomiy hozirgi zamon fe'lida savol berishni o'rganamiz.
Esimizda bo'lsa, 2-darsda darak gapni so'roq gapga o'zgartirish uchun "To be" (am/is/are) fe'lini otdan oldinga o'tkazishni o'rgangan edik. Bu ham xuddi shunday bo'ladi. "He is walking" (U yuryapdi) bo'lsa, "Is he walking?" (U yuryapdimi?) bo'ladi.
Har bir gapda what, who, where, how kabi so'roq so'zlar ko'pincha gapning avvalida keladi. Keyin "To be" fe'li, keyin subject (ot) keyin verb (harakat so'zi) yoziladi.
What are the children doing? - Bolalar nima qilishyapdi?
Why is she crying? - U (ayol) nimaga yig'layapdi?.

Eslatma:
Mavzularni yaxshi o'zlashtirish uchun biz o'rganayotgan qo'llanmadagi mashqlarni bajarish tavsiya qilinadi. Mavzuyimiz cho'zilib ketmasligi uchun har bitta qoidaga ko'pincha bitta misol keltiramiz, xolos.
Ingliz tilini yaxshi o'rganishda so'zlarni yodlash ham katta o'rin tutadi. Lug'atlardan kerakli so'zlarni topib, yodlab borish tavsiya qilinadi. Biz imkonimiz boricha grammatik qoidalarni ko'rsatib ketamiz, xolos.

@HelpwithIelts

( , ) comma
( . ) period, decimal point
( ; ) semicolon
( : ) colon
( ! ) exclamation mark / exclamation point
( ? ) question mark
( ' ) apostrophe, prime
( " ) quotation mark
( ( ) ) parenthesis
( [ ] ) square bracket / bracket
( {} ) brace
( < ) less-than sign
( > ) greater-than sign
( $ ) dollar sign
( / ) slash
( % ) percent
( - ) dash / hyphen
( # ) number sign
( & ) ampersand
( @ ) at sign
( * ) asterisk
( _ ) underscore

@HelpwithIelts
17-dars. Davomiy va oddiy hozirgi zamon.

He is watching television - U televizor ko'ryapdi (davomiy hozirgi zamon).
He watches television - U odatda televizor ko'radi (oddiy hozirgi zamon).
Davom etayotgan hozirgi zamon am/are/is fe'llaridan birini olishi shart:
I am working - Men ish qilyapman.
Oddiy hozirgi zamon esa am/are/is fe'llarini ham "ing" qo'shimchasini ham olmay, "do" bilan ifodalanadi:
I work - men odatda ishlayman.
Quyidagi so'zlar davomiy hozirgi zamonda kelsa ham "ing" qo'shilmaydi:
want - xohlamoq
like - yoqtirmoq
love - sevmoq
hate - yomon ko'rmoq
need - ehtiyoj
prefer - afzal ko'rmoq
depend - bog'liq
know - bilmoq
mean - bildirmoq
understand - tushunmoq
believe - ishonmoq
remember - yodlamoq
forget - unutmoq.

@HelpwithIelts
Biz hozir Starter darajasidamiz
Lesson-1.
Ushbu videoda asosiy tushunchalar berib o'tilgan!
Ularni albatta yodlab oling!
18-dars. Past continuous - Davomiy o'tgan zamon

O'tgan zamonda davom etayotgan ish harakatini bildirish uchun 17-darsdagi was/were fe'llaridan foydalanib, ish-harakatni bildiruvchi so'zga davomiy hozirgi zamon qo'shimchasi "ing" qo'yamiz. Davomiy hozirgi zamonda "I am sitting" (men o'tiribman) bo'lsa, davomiy o'tgan zamonda "I was sitting" (men o'tirgan edim) bo'ladi. Ya'ni, hodisa o'tgan zamonda davom etayotganini tushunamiz.
I am watching TV - Men televizor ko'ryapman.
I watch TV - Men odatda televizor ko'raman.
I watched TV - Men televizor ko'rdim
I was watching TV - Men televizor ko'rayotgan edim.
Savol berish uchun avvalgi darsdagi kabi, was/were egadan oldinga o'tadi:
Was he playing? - U o'ynayotgan edimi?
Javob berish uchun ham avvalgi darsdagidek "Yes, I was" yoki "No, I wasn't" kabi qisqa javob berish mumkin.

@HelpwithIelts
19-dars. Past continuous and past simple

Bu darsda oldingi o'tgan ikkita darsimiz takror qilinmoqda. Demak, ingliz tilida o'tgan zamon fe'lining bir necha turlari bo'lib, biz hozirgacha ulardan ikkitasini o'rgandik:
1. Past continuous - davom etayotgan hozirgi zamon. Ya'ni, falon vaqtda falon voqea sodir bo'ldi emas, sodir bo'layotgan edi, demoqchi bo'lganimizda past continuousni ishlatamiz. Davom etayotgan fe'llarda u hozirgi zamonda yoki o'tgan zamonda bo'lsa ham "To be" fe'li ishlatiladi. Davom etayotgan hozirgi zamonda am/is/are, o'tgan zamonda was/were ishlatiladi.
2. Past simple - oddiy o'tgan zamon. Ya'ni, biror ish harakat o'tgan zamonda davom etmayotgan, tugatilgan holatni ifodalashda biz past simpledan foydalanamiz. Oddiy o'tgan zamonda ish-harakatni bildiruvchi so'zga so'zning shakliga qarab ied/ed/d qo'shimcha harflari qo'shiladi, irregular fe'llar esa qo'shimchasiz to'liq boshqa so'zga o'zgaradi. Oddiy o'tgan zamon fe'lida "To be" fe'li ishlatilmaydi.

@HelpwithIelts