💪English with motivational videos💪
4.54K subscribers
6.77K photos
908 videos
838 files
155 links
📚INGLIZ TILINI Tez va oson o'rganing.
•┈•┈•┈• ❁✿❁ •┈•┈•┈•.
🔹Grammar

🔹IELTS :
Listening
Reading
Speaking
Writing
Vocabulary
🔹English Tests
Beginner - advanced
Motivational videos 💪

Admin: @ertalab_yozaman
Admin: @VICTOR_UZB
Download Telegram
Ingliz tili grammatikasi, so’z va birikmalari hozirgi kunga kelib, ingliz tilida so’zlashuvchi davlatlarda eskirib qolgan va deyarli ishlatilmaydi, quyidagi maqolada avval ko’p ishlatilgan hozir esa deyarli ishlatilmay qolgan so’z va birikmalarni ko’rib chiqamiz, va ular o’rnida ishlatilishi mumkin bo’lgan variantlarni keltirib o’tamiz.

1. SHALL – maktabda bu so’zni bizlarga kelasi zamonni ifodalashda ishlatiladi deb o’rgatilgan, hozir bu so’zni deyarli hech bir ingliz so’zlovchi ishlatmaydi. I shall go tomorrow – o’rniga I will go ishlatiladi


2. How do you do? ― «Qandaysiz?». Bu iborani hozir deyarli hech kim ishlatmaydi, buni o’rniga hozirgi kunda ko’proq How are you? ishlatiladi


3. Pupil ― «o’quvchi» - Ingiz tilida so’zlashuvchi xalqlardan hech bir o’quvchi hozir o’zini pupil deb atamaydi, ko’proq hozirgi kunda schoolboy/schoolgirl ishlatiladi. Yoki I go to shchool, My son goes to school(O’g’lim maktabda o’qiydi) kabi gaplar ishlatiladi.


4. to go in for sport ― «Sport bilan shug’illanmioq». Bu ibora ham topiklarda, yoki darsliklarda ko’p uchraydi, hozir hech kim bunaqa demaydi, sport bilan shug’llanmoq- to do sport/sports.

@HelpwithIelts
15-dars. Present continuous - Davomiy hozirgi zamon.

Avvalo, bizga "verb" (fe'l) - harakatni ifodalovchi so'z kerak bo'ladi. Masalan: eat - yemoq. Fe'llarni har xil zamonlarga mos ko'rinishlari bo'ladi: yedi, yeyayotgan edi, yeyabdi, yeydi va hokazo. Bugungi darsimizda "yeyabdi" deyishni, ya'ni davom etayotgan hozirgi zamonni o'rganamiz. Buning uchun fe'lga "ing" qo'shimchasini qo'shish kerak bo'ladi:
He is eating - U ovqatlanyabdi.
Eat - eating.
Davomiy hozirgi zamonda am/is/are qo'shimchalari ishlatilishi shart!

Quyidagi kabi so'zlarda "ing" qo'shilishi bilan e harfi tushib qoladi:
come (kelmoq) - coming
smoke (chekmoq) - smoking
write (yozmoq) - writing.
Quyidagi kabi so'zlarda oxirgi harf ikkita bo'lib qoladi:
run (yugurmoq) - running
sit (o'tirmoq) - sitting
swim (suzmoq) - swimming
Quyidagi kabi so'zlarda ie o'rniga y qo'yiladi:
lie (yotmoq) - lying
die (o'lmoq) - dying

Boshqa ko'p so'zlarda hech qanday o'zgarishsiz "ing" qo'shilaveradi:
read - reading (o'qiyabdi)
learn - learning (o'rganyabdi)
watch - watching (tomosha qilyabdi).

@HelpwithIelts
16-dars. Present continuous questions - Hozirgi davomli zamonning so'roq shakli

Question - savol. Ya'ni, davomiy hozirgi zamon fe'lida savol berishni o'rganamiz.
Esimizda bo'lsa, 2-darsda darak gapni so'roq gapga o'zgartirish uchun "To be" (am/is/are) fe'lini otdan oldinga o'tkazishni o'rgangan edik. Bu ham xuddi shunday bo'ladi. "He is walking" (U yuryapdi) bo'lsa, "Is he walking?" (U yuryapdimi?) bo'ladi.
Har bir gapda what, who, where, how kabi so'roq so'zlar ko'pincha gapning avvalida keladi. Keyin "To be" fe'li, keyin subject (ot) keyin verb (harakat so'zi) yoziladi.
What are the children doing? - Bolalar nima qilishyapdi?
Why is she crying? - U (ayol) nimaga yig'layapdi?.

Eslatma:
Mavzularni yaxshi o'zlashtirish uchun biz o'rganayotgan qo'llanmadagi mashqlarni bajarish tavsiya qilinadi. Mavzuyimiz cho'zilib ketmasligi uchun har bitta qoidaga ko'pincha bitta misol keltiramiz, xolos.
Ingliz tilini yaxshi o'rganishda so'zlarni yodlash ham katta o'rin tutadi. Lug'atlardan kerakli so'zlarni topib, yodlab borish tavsiya qilinadi. Biz imkonimiz boricha grammatik qoidalarni ko'rsatib ketamiz, xolos.

@HelpwithIelts

( , ) comma
( . ) period, decimal point
( ; ) semicolon
( : ) colon
( ! ) exclamation mark / exclamation point
( ? ) question mark
( ' ) apostrophe, prime
( " ) quotation mark
( ( ) ) parenthesis
( [ ] ) square bracket / bracket
( {} ) brace
( < ) less-than sign
( > ) greater-than sign
( $ ) dollar sign
( / ) slash
( % ) percent
( - ) dash / hyphen
( # ) number sign
( & ) ampersand
( @ ) at sign
( * ) asterisk
( _ ) underscore

@HelpwithIelts
17-dars. Davomiy va oddiy hozirgi zamon.

He is watching television - U televizor ko'ryapdi (davomiy hozirgi zamon).
He watches television - U odatda televizor ko'radi (oddiy hozirgi zamon).
Davom etayotgan hozirgi zamon am/are/is fe'llaridan birini olishi shart:
I am working - Men ish qilyapman.
Oddiy hozirgi zamon esa am/are/is fe'llarini ham "ing" qo'shimchasini ham olmay, "do" bilan ifodalanadi:
I work - men odatda ishlayman.
Quyidagi so'zlar davomiy hozirgi zamonda kelsa ham "ing" qo'shilmaydi:
want - xohlamoq
like - yoqtirmoq
love - sevmoq
hate - yomon ko'rmoq
need - ehtiyoj
prefer - afzal ko'rmoq
depend - bog'liq
know - bilmoq
mean - bildirmoq
understand - tushunmoq
believe - ishonmoq
remember - yodlamoq
forget - unutmoq.

@HelpwithIelts
Biz hozir Starter darajasidamiz
Lesson-1.
Ushbu videoda asosiy tushunchalar berib o'tilgan!
Ularni albatta yodlab oling!
18-dars. Past continuous - Davomiy o'tgan zamon

O'tgan zamonda davom etayotgan ish harakatini bildirish uchun 17-darsdagi was/were fe'llaridan foydalanib, ish-harakatni bildiruvchi so'zga davomiy hozirgi zamon qo'shimchasi "ing" qo'yamiz. Davomiy hozirgi zamonda "I am sitting" (men o'tiribman) bo'lsa, davomiy o'tgan zamonda "I was sitting" (men o'tirgan edim) bo'ladi. Ya'ni, hodisa o'tgan zamonda davom etayotganini tushunamiz.
I am watching TV - Men televizor ko'ryapman.
I watch TV - Men odatda televizor ko'raman.
I watched TV - Men televizor ko'rdim
I was watching TV - Men televizor ko'rayotgan edim.
Savol berish uchun avvalgi darsdagi kabi, was/were egadan oldinga o'tadi:
Was he playing? - U o'ynayotgan edimi?
Javob berish uchun ham avvalgi darsdagidek "Yes, I was" yoki "No, I wasn't" kabi qisqa javob berish mumkin.

@HelpwithIelts