💪English with motivational videos💪
4.54K subscribers
6.77K photos
908 videos
838 files
155 links
📚INGLIZ TILINI Tez va oson o'rganing.
•┈•┈•┈• ❁✿❁ •┈•┈•┈•.
🔹Grammar

🔹IELTS :
Listening
Reading
Speaking
Writing
Vocabulary
🔹English Tests
Beginner - advanced
Motivational videos 💪

Admin: @ertalab_yozaman
Admin: @VICTOR_UZB
Download Telegram
​​Inglizcha so'zlarni o'qishni o'rganamiz

Colours [colrs] Ranglar.

black [blek] qora
blue [blu] havorang
brown [brawn] jigarrang
green [grin] yashil
grey [grey] kulrang
magenta [mejenta] to'q qizil (qirmizi)
orange [orinj] to'q sariq
pink [pink] pushti
red [red] qizil
white [vayt] oq
yellow [yelov] sariq
bluish [bluyish] ko'kish
bronze [brons] bronza rang
canary [kenri] och sariq
dark [dak] to'q
dark red [dak red] to'q qizil
golden [gouldn] tillarang
light [layt] och
lilac [lalik] binafsharang
redden [reden] qizarmoq
scarlet [skarlet] alvon
silver [silver] kumushrang
sky blue [skay blu] moviy rang
spotted [spotit] ola-bula
tan [tan] to'q jigarrang
violet [vaylot] siyohrang.

🖇 Yod oling va foydalaning

👉️ @HelpwithIelts
10-dars. Present simple - oddiy hozirgi zamon.

Ingliz tilida oddiy hozirgi zamon juda ko'p ishlatiladi. 1-, 2-shaxsda va 3-shaxsning ko'pligida oddiy hozirgi zamon hech qanday qo'shimcha talab qilmaydi. Masalan:
1. I like a school - men maktabni yoqtiraman.
2. We usually drink tea - biz doim choy ichamiz.
3. You work in the shop - siz do'konda ishlaysiz.
4. They children play in the home - u bolalar uyda o'ynashadi.

E'tibor beramiz, oddiy hozirgi zamon ayni paytda sodir bo'layotgan holatni bildirmayapdi. Odatdagi holatni ifoda qilyapdi. Ya'ni, hozirda shunday bo'lyapdi emas, odatda shunday bo'ladi deb tushunamiz. Hozirda bo'layotgan hodisani o'tkan darsimizda aytganimizdek "ing" qo'shimchasi bilan ifodalaymiz va u davomli hozirgi zamon deyiladi. Hozirgi darsimiz esa oddiy yoki odatiy hozirgi zamon desak ham bo'ladi.
Odatiy hozirgi zamon 3-shaxs birlikda (he/she/it) kelsa harakatni bildiruvchi so'zning oxirgi harflariga qarab ies, es yoki s qo'shiladi. Oxiri s, ch, sh harflari bilan tugagan so'zlarga "es" qo'shiladi. Shuningdek "go" va "do" kabi so'zlarga ham "es" qo'shiladi. Study, carry kabi so'zlarda "y" tushib qolib, "ies" qo'shiladi: studies, carries. Boshqa so'zlarda "s" harfi qo'shiladi: plays, works, reads.
Have so'zi 3-shaxs birlikda "has" so'ziga aylanadi.

@HelpwithIelts
11-dars. Present simple negative - oddiy hozirgi zamonning inkor shakli.

Agar siz oddiy hozirgi zamonda inkorni ifoda qilmoqchi bo'lsangiz ish-harakat so'zidan oldin 1-, 2-shaxsda va barcha shaxsning ko'pligida "do not" (qisqartmasi: don't)ni ishlatasiz. Misollar:
1. I do not smoke - men odatda sigaret chekmayman.
2. You do not work - siz odatda ishlamaysiz.
3. We do not play - biz odatda o'ynamaymiz.
4. They do not speak English - ular odatda inglizcha gapirishmaydi.

Odatiy hozirgi zamonda inkor ifoda qilinayotganda 3-shaxs birlikda (he/she/it) bo'lsa does not (qisqartmasi: doesn't) ishlatiladi. Masalan: He is doesn't like boxing - u odatda boksni yoqtirmaydi. Agar ushbu gapda doesn't bo'lmaganda "yoqtiradi" bo'lardi.
E'tibor beramiz, do not yoki does not qo'yilganda harakatni anglatadigan so'zga ies/es/s harflari qo'yilmasdan shundoqligicha yoziladi.

@HelpwithIelts
12-dars. Present simple questions - hozirgi oddiy zamonning so'roq shakli

Oddiy hozirgi zamondagi gapni savolga aylantirish uchun gapning boshiga "Do" so'zini qo'shamiz:
I do work - men odatda ishlayman.
Do I work? - men odatda ishlaymanmi?

What, where, how kabi so'roq so'zlari gapning avvalida keladi, keyin "do", keyin qolgan so'zlar keladi. Ba'zan often (tez-tez), never (hech qachon), sometimes (ba'zida), usually (odatda), always (doim) kabi so'zlar ham "do"dan oldin kelishi mumkin.

What do you do? - Nima ish qilasiz?
Bundagi birinchi "do" oddiy hozirgi zamonni bildiruvchi so'z, ikkinchi "do" - qilmoq ma'nosidagi mustaqil so'z bo'lib kelyapdi.
Savol berayotganda 3-shaxs birlikda (he/she/it) "does" ishlatiladi.
Does he live in Uzbekistan? - U O'zbekistonda yashaydimi?

Savollarga qisqa javoblar berish mumkin:
O'zingiz haqingizda - Yes, I do yoki No, I don't.
2-shaxsda - Yes, you do yoki No, you don't.
3-shaxs birlikda erkak bo'lsa - Yes, he does yoki No, he doesn't.
3-shaxs birlikda ayol bo'lsa - Yes, she does yoki No, she doesn't.
3-shaxs birlikda jinsi noma'lum yoki odam bo'lmasa - Yes, it does yoki No, it doesn't.
3-shaxs ko'plikda - Yes, they do yoki No, they don't.
Hammasi "ha" yoki "yo'q" degan ma'noda ishlatiladi.

@HelpwithIelts
👍1
SALOMLASHISH

☑️Hello! - Salom!

☑️Good morning! - Hayrli tong!

☑️Good afternoon! - Hayrli kun!

☑️Good day! - Hayrli kun!

☑️Good evening! - Hayrli oqshom!

☑️You are welcome! - Xush kelibsiz!

☑️I'm glad to meet you - Sizni uchratganimdan xursandman

☑️How are you? - Yaxshimisiz?

☑️How are you getting on? - Ishlaringiz qalay?

☑️How is everybody at home? - Uydagilar yaxshimi?

☑️How is your wife (son, daughter, children...)? - Turmush o'rtog'ingiz (o'g'lingiz, qizingiz, bolalaringiz) yaxshimi?

☑️Thank you, quite well - Rahmat yaxshi

☑️And you? - Siz-chi?

☑️Very much the same - O'zgarishlar yo'q

☑️Perfectly all right, thank you - Juda yaxshi rahmat

☑️Not so bad - Yomon emas

☑️So, so - O'rtacha

☑️Not so well - Uncha yaxshi emas

☑️Fine - Juda yaxshi

Yod oling!

@HelpwithIelts
Ingliz_tili.pdf
1.6 MB
❗️❗️Bolalarga ingliz tilini òrgatish uchun ajoyib va foydali kitob❗️❗️
Ushbu ro'yxatdan ingliz tilida eng ko'p ishlatiladigan Top-100 so'z joy olgan. Ularni lug'atdan topib yod olsangiz, boshlang'ich darslarni bemalol tushuna olasiz.

@HelpwithIelts
Yuklab borilayotgan darslar sizlarga ma'qulmi?
13-dars. Past simple - oddiy o'tgan zamon.

Ish-harakatni o'tgan zamonga aylantirish uchun work, play, clean kabi fe'llarga "ed" qo'shiladi: worked (ishladi), played (o'ynadi), cleaned (tozaladi).
Live, dance kabi so'zlarga "d" qo'shiladi: lived danced.
Marry, study kabi so'zlarda "y" tushib qolib, "ied" qo'shiladi: married, studied.
Farqini ko'ring:
I am watching television - Men televizor ko'ryapman.
I watched television - Men televizor ko'rdim.
Ingliz tilida fe'llar ikki xil bo'ladi: regular (to'g'ri) va irregular (noto'g'ri) fe'llar. To'g'ri fe'llar past simpleda kelganda oxiriga "ed" qo'shiladi. Noto'g'ri fe'llarga esa "ed" qo'shilmasdan so'zning o'zi ikkinchi va uchinchi ko'rinishlarga o'zgaradi. Past simpleda noto'g'ri fe'llarning ikkinchi ko'rinishi ishlatiladi.
Irregular fe'llar deyarli barcha ingliz tili qo'llanmalarida mavjud, biz ikkita misol bilan kifoyalandik:
Begin - began - begun
Go - went - gone
Bobur went to the cinema last week - Bobur o'tgan hafta kinoga ketgan edi.

@HelpwithIelts
👍1
To be fe'lining òtgan zamon holati:Past simple(noaction) harakatsiz
14-dars. Past simple negative and questions - oddiy o'tgan zamonning so'roq va inkor shakli

Past simpleda inkorni ifodalash uchun "did not" (qisqartmasi: didn't)dan foydalanamiz. "Did" so'zi "do" fe'lining o'tgan zamon ko'rinishi.

Odatiy hozirgi zamon:
I do not watch television very often - Men odatda tez-tez televizor ko'rib turmayman.
Oddiy o'tgan zamon:
I did not watch television yesterday - Men kecha televizor ko'rmadim.
Savol berish uchun esa "did"dan foydalanamiz. So'roq gap tuzilishida so'zlarning tartibi bunday:
1. Agar bor bo'lsa What/Where/How kabi so'roqlar.
2. Did yoki didn't.
3. Gapning egasi.
Keyin qolgan so'zlar yoziladi.
Masol: What did you do yesterday evening? - Kecha kechqurun nima qildingiz?
Did va did not 3-shaxs birlik (he/she/it)da ham shunday yoziladi. Hozirgi zamon fe'liga o'xshab does yoki does not deb "s" qo'shilmaydi.
O'tgan zamon fe'lida noto'g'ri fe'llar ikkinchi ko'rinishda ishlatilishini avvalgi darsimizda aytgan edik. Shu yoddan chiqmasinki, did va did not ishlatilgan gapda harakatni bildiruvchi so'zlarga "ed" qo'shilmaydi, irregular fe'llar ham birinchi ko'rinishda bo'ladi.
Did va did not bilan qisqa javoblar berish mumkin:
1. Yes + I did, we did, you did, he did, she did, it did, they did.
2. No + I didn't, he didn't va hokazo.
Ya'ni, "Yes" yoki "No" so'zidan keyin vergul, undan keyin kishilik olmoshi, keyin did yoki did not.

@HelpwithIelts
WHAT TIME IS IT? SOAT NECHI BO'LDI?

🔹 It's....

9.00 - nine o'clock
9.05 - five past nine
9.10 - ten past nine
9.15 - quarter past nine ['kwɔː:tə pɑ:ːst naɪn]
9.20 - twenty past nine
9.25 - twenty-five past nine
9.30 - half past nine [hɑ:ːf pɑːst naɪn]
9.35 - twenty-five to ten
9.40 - twenty to ten
9.45 - quarter to ten
9.50 - ten to ten
9.55 - five to ten
10.00 - ten o'clock

@HelpwithIelts
Ingliz tili grammatikasi, so’z va birikmalari hozirgi kunga kelib, ingliz tilida so’zlashuvchi davlatlarda eskirib qolgan va deyarli ishlatilmaydi, quyidagi maqolada avval ko’p ishlatilgan hozir esa deyarli ishlatilmay qolgan so’z va birikmalarni ko’rib chiqamiz, va ular o’rnida ishlatilishi mumkin bo’lgan variantlarni keltirib o’tamiz.

1. SHALL – maktabda bu so’zni bizlarga kelasi zamonni ifodalashda ishlatiladi deb o’rgatilgan, hozir bu so’zni deyarli hech bir ingliz so’zlovchi ishlatmaydi. I shall go tomorrow – o’rniga I will go ishlatiladi


2. How do you do? ― «Qandaysiz?». Bu iborani hozir deyarli hech kim ishlatmaydi, buni o’rniga hozirgi kunda ko’proq How are you? ishlatiladi


3. Pupil ― «o’quvchi» - Ingiz tilida so’zlashuvchi xalqlardan hech bir o’quvchi hozir o’zini pupil deb atamaydi, ko’proq hozirgi kunda schoolboy/schoolgirl ishlatiladi. Yoki I go to shchool, My son goes to school(O’g’lim maktabda o’qiydi) kabi gaplar ishlatiladi.


4. to go in for sport ― «Sport bilan shug’illanmioq». Bu ibora ham topiklarda, yoki darsliklarda ko’p uchraydi, hozir hech kim bunaqa demaydi, sport bilan shug’llanmoq- to do sport/sports.

@HelpwithIelts
15-dars. Present continuous - Davomiy hozirgi zamon.

Avvalo, bizga "verb" (fe'l) - harakatni ifodalovchi so'z kerak bo'ladi. Masalan: eat - yemoq. Fe'llarni har xil zamonlarga mos ko'rinishlari bo'ladi: yedi, yeyayotgan edi, yeyabdi, yeydi va hokazo. Bugungi darsimizda "yeyabdi" deyishni, ya'ni davom etayotgan hozirgi zamonni o'rganamiz. Buning uchun fe'lga "ing" qo'shimchasini qo'shish kerak bo'ladi:
He is eating - U ovqatlanyabdi.
Eat - eating.
Davomiy hozirgi zamonda am/is/are qo'shimchalari ishlatilishi shart!

Quyidagi kabi so'zlarda "ing" qo'shilishi bilan e harfi tushib qoladi:
come (kelmoq) - coming
smoke (chekmoq) - smoking
write (yozmoq) - writing.
Quyidagi kabi so'zlarda oxirgi harf ikkita bo'lib qoladi:
run (yugurmoq) - running
sit (o'tirmoq) - sitting
swim (suzmoq) - swimming
Quyidagi kabi so'zlarda ie o'rniga y qo'yiladi:
lie (yotmoq) - lying
die (o'lmoq) - dying

Boshqa ko'p so'zlarda hech qanday o'zgarishsiz "ing" qo'shilaveradi:
read - reading (o'qiyabdi)
learn - learning (o'rganyabdi)
watch - watching (tomosha qilyabdi).

@HelpwithIelts