💪English with motivational videos💪
4.54K subscribers
6.77K photos
908 videos
838 files
155 links
📚INGLIZ TILINI Tez va oson o'rganing.
•┈•┈•┈• ❁✿❁ •┈•┈•┈•.
🔹Grammar

🔹IELTS :
Listening
Reading
Speaking
Writing
Vocabulary
🔹English Tests
Beginner - advanced
Motivational videos 💪

Admin: @ertalab_yozaman
Admin: @VICTOR_UZB
Download Telegram
To Be" fe'li bilan ishlatiladgan iboralar bularni yodlang
▪️to be ill — kasal bo‘lmoq
▪️to be well — sog‘ (yaxshi) bo‘lmoq
▪️to be hungry — och qolmoq
▪️to be wet through — ho‘l bo‘lmoq
▪️to be thirsty — chanqamoq
▪️to be interested in — qiziqmoq (biror narsaga)
▪️to be glad — xursand bo‘lmoq
▪️to be happy — baxtli bo‘lmoq
▪️to be married — uylanmoq (turmushga chiqmoq)
▪️to be single — yolg‘iz (bo‘ydoq, beva) bo‘lmoq
▪️to be busy — band bo‘lmoq
▪️to be free — bo‘sh bo‘lmoq
▪️to be angry — jahli chiqmoq
▪️to be fond of — qiziqmoq, yaxshi ko‘rmoq
▪️to be late for — kechikmoq
▪️to be in — ichkarida bo‘lmoq
▪️to be out — tashqarida bo‘lmoq
▪️to be away — tashqarida (vatanidan) bo‘lmoq
▪️to be sorry — kechirim so‘ramoq
▪️to be on duty — navbatchi bo‘lmoq
General Questions

WHAT DO YOU DO?

This question means “What is your job/profession?”

🔹I’m a student.
🔹I work in a bank.
🔹I’m unemployed at the moment.
🔹I run my own business.
🔹The word “run” means you are the primary person responsible for operating the business.
🔹I’m retired now. I used to be an engineer.

☝️“Retired” means you have stopped working (usually after you are 60 or 65 years old).
Vocabulary time

Parts of a house🏘

#vocabulary

🇬🇧 👇🏻👇🏻
@HelpwithIelts
So'z boyligingizni oshiring

📋 "Parenthetical words and phrases" - "Kirish so‘zlar va iboralar"


Always at all - Umuman
Therefore- Shu sababga ko‘ra
Though - Garchand, garchi, -ga qaramay, - sa ham
Although - Garchand, garchi, -ga qaramay, - sa ham
Meantime- Ungacha, hozircha
Nevertheless - Lekin, shunday bo‘lsada, baribir
Perhaps - Balki, bo‘lishi mumkin
Probably- Balki, bo‘lishi mumkin
To put it mildly - Yumshoq qilib aytganda
At all- Umuman
In any case - Har qanaqa holatda ham
To tell the truth- To‘g‘risini aytganda
So- Xo‘sh
Moreover- Undan tashqari
Frankly speaking- Ochiqchasiga aytganda
To cut it short - Qisqa qilib aytganda
So to speak - Deylik
Meanwhile - Vaqtida, paytida
By the way - Aytganchi
It goes without saying - O‘z-o‘zidan ma’lum
As far as I know - Bilishimcha
Indeed- Rostdan ham
In other words - Boshqa so‘z bilan
However - Biroq
So well- Demak, shunday ekan, shunday qilib, bas, alqissa, binobarin
Besides- Bundan tashqari
Also - Shuningdek
Sertainly- Albatta
Anyway - Har qanday xolatda ham

@HelpwithIelts
1-dars. Ingliz alifbosi

Ingliz tili grammatikasi biznikidan anchagina farq qiladi. Bu esa til o’rganishni biroz qiyinlashtiradi. Lekin, ingliz tili va o’zbek tili lotin alifbosiga asoslangan. Ya’ni, koreys, xitoy yoki rus tillaridek harflar bilan alohida tanishib chiqish shart emas. Shunday qilib, ingliz tili alifbosida 26ta harf bor. E’tibor bering, o’zbek alifbosida esa 29 harf va bir tutuq belgisi mavjud.
Ingliz tilida harflar ikki turga:  vowels (unli) va consonants (undosh)ga bo’linadi.
Unli harflar (vowels) 5ta: a, e, i, o, u
Undosh harflar (consonants) esa 21ta: b, c, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, w, x, y, z

Bundan tashqari, ingliz tilida harf birikmalar ya’ni ikki harf qo’shilgan holda bir tovushni beradigan harflar mavjud. Bular:
c va h qo’shilib ch (child [chayld]-bola)
s va h qo’shilib sh (sheep [shi:p]- qo’y)
ph=f (photo [foto] – foto)
th=z yoki s (z o’qilishi: they [zey]-ular, s o’qilishi:thank you [senk yu]-rahmat) Qachon z yoki s o’qilishi bo’yicha aniq qoida yo’q. Shuning uchun so’z yodlayotganda uning o’qilishiga e’tibor berib yodlashingiz kerak.
ee=i (sheep-[shi:p]-qo’y)
oo=u (book [buk]-kitob)

Eslatma: Har bir uchragan yangi so’zni lug’at daftariga yozib yodlab borsangiz so’z boyligingiz yana ham ko’payadi.

@HelpwithIelts
2-dars. A/an artikli

Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatiladi. A/an ma’nosi bitta, bir degan ma’noda keladi. A book – kitob yoki bitta kitob. A pen – ruchka yoki bitta ruchka. An elephant – fil yoki bitta fil.
A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimani ko’plikda aytmoqchi bo’lsak a/an ishlatilmaydi.

Misol: a book – two books  (kitob – 2ta kitoblar)
            An elephant – three elephants (fil-3ta fillar)
            A dog – dogs (it-itlar)

A va an asosiy farqi a artiklini consonants(undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels (unli harflar) oldidan ishlatamiz.

Misol:   a ball (koptok), a pen (ruchka), a box (quti)
              an ant (chumoli), an owl (ukki), an ostrich (tuyaqush)

Yodlash uchun so’zlar: 
snake-ilon
ant-chumoli
frog-qurbaqa
octopus-sakkizoyoq
cow-sigir
insect-hashorot
bird-qush
lion-sher
alligator-timsoh
donkey-eshak
mouse-sichqon
fish-baliq
horse-ot
bee-asalari

Vazifa: Ushbu yangi so’zlarni a va an bilan yozib chiqing.

2-dars. A/an artikli

Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatiladi. A/an ma’nosi bitta, bir degan ma’noda keladi. A book – kitob yoki bitta kitob. A pen – ruchka yoki bitta ruchka. An elephant – fil yoki bitta fil.
A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimani ko’plikda aytmoqchi bo’lsak a/an ishlatilmaydi.

Misol: a book – two books  (kitob – 2ta kitoblar)
            An elephant – three elephants (fil-3ta fillar)
            A dog – dogs (it-itlar)

A va an asosiy farqi a artiklini consonants(undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels (unli harflar) oldidan ishlatamiz.

Misol:   a ball (koptok), a pen (ruchka), a box (quti)
              an ant (chumoli), an owl (ukki), an ostrich (tuyaqush)

Yodlash uchun so’zlar: 
snake-ilon
ant-chumoli
frog-qurbaqa
octopus-sakkizoyoq
cow-sigir
insect-hashorot
bird-qush
lion-sher
alligator-timsoh
donkey-eshak
mouse-sichqon
fish-baliq
horse-ot
bee-asalari

@HelpwithIelts
3-dars. Fonetik qoidalar

Oldingi darslarda siz ingliz alifbosi va a/an artikli haqida o’rgandingiz. Bu galgi darsimiz esa ingliz tilida ba’zi harflarnig o’qilishi va oldingi mavzularni mustahkamlashga bag’ishlanadi. Ingliz tilida harflar qanday yozilsa shunday o’qilmaydi. Har bir harf turlicha tallafuz qilinishi mumkin. Shu jihatlaridan ham ingliz tili bizning tildan farq qiladi. Masalan bizning tilda a harfi faqatgina [a] tovushini bersa ingliz tilida a harfi [ei], [a], [e] va hattoki [o’] deb talaffuz qilinishi mumkin. Ushbu qoidalarni sizlar bilan bosqichma-bosqich o’rganib borishga harakat qilamiz. Shunday qilib,
1. a harfidan so’ng ikkita l kelsa ya’ni a+ll bo’lsa a harfimiz o’ deb o’qiladi.
Masalan: ball [bo’:l], call [ko’:l, small [smo’:l], all[o’:l]
2. e harfi so’z oxirida kelsa o’qilmaydi. Masalan:make [meyk], cake [keyk], snake[sneyk], apple[eppl]
3. ikkita e harfi yonma-yon kelsa, cho’ziq [i:] deb o’qiladi. Masalan: bee [bi:], sheep [shi:p], see [si:]
4. Ikkita o harfi yonma-yon kelsa, [u] yoki [o’] deb o’qiladi. Masalan: book [buk], cook [kuk], good[gud] LEKIN, door [do’:], floor [flo’:]
5. c harfi esa ba’zan [s] ba’zan esa [k] o’qiladi. Agar c harfidan keyin unlilardan e,i,y kelsa u holda s o’qiymiz. Masalan: cinema [sinema] city [siti]
Agar c harfidan keyin undoshlar va a,o,u unlilari kelsa [k] deb o’qiladi. Masalan: cat [ket], cup [kap],coffee [koffi]
6. q harfidan so’ng u harfi kelsa ikkisi birga [kv]degan tovushni beradi. Masalan: queen [kvi:n], quit[kvit], question [kvestshn]

New words:
call – chaqirmoq
small – kichkina
make – tayyorlamoq, yasamoq
cake – to’rt
see – ko’rmoq
cook – pishirmoq
good – yaxshi
door – eshik
floor – qavat
cinema – sinema
city – shahar
cat – mushuk
cup – finjon, piyola
coffee – kofe
queen – qirolicha
quit – chiqmoq
question – savol

Eslatma: qavs ichidagi [ ] tallafuzni bildiradigan tovushlar o’zbek tilidagi o’qilishini bildiradi.

@HelpwithIelts
4-dars. Plurals

Ingliz tilida ko’plik (plural) shakli yasash uchun ko’pgina otlarga -s qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: birlikda book bo’lsa undan ko’plik yasash uchun -s qo’shimchasini qo’shsak kifoya: books – kitoblar. O’zbek tiliga -s qo’shimchasi
-lar deb tarjima qilinadi.
one flower – two flowers
one zebra – four zebras
one lion – three lions

Lekin hamma otlarga ham -s qo’shimcha qo’shilmaydi. -s, -ss, -sh, -ch, -x, yoki -o harflari bilan tugagan otlarga ko’plik yasash uchun -esqo’shimchasi qo’shiladi.
one bus – two buses

Quyidagi mashqda ko’plik shaklini yasang.
1. watch – _
2. glass – _
3. tomato – ____
4. brush – ____
5. box – _
6. dish – ____

So’z oxirida undosh harf va y harfi kelgan otlarga y harfini tushirib qoldirib, -ies qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: one baby – two babies
Lekin,

So’z oxirida unli harf va y kelsa, u holda -sqo’shimchasini o’zi qo’shiladi. Masalan: toy – toys
Ko’pgina otlarning ko’plik shakli shu qoidalar asosida yasaladi.

Ammo, ba’zi otlar borki ular bu qoidalarga bo’ysunmaydi. Ularni biz irregular plurals deymiz. Ularning o’zini ko’plik shakli bor bo’lib, -s, -es, yoki -ies emas aynan o’sha shaklini ishlatishimiz kerak bo’ladi. Masalan one man – two men. Ushbu ro’yxatdagi so’zlarga -s qo’shimcha qo’shsak xato bo’ladi. Bu so’zlar ro’yxatini yaxshisi yodlab olganingiz ma’qul. Ular unchalik ham ko’p emas. Ularning ba’zilarini keltirib o’taman:

New words (Yangi so’zlar):

flower – gul
lion – sher
bus – avtobus
watch – qo’l soat
tomato – pomidor
brush – chotka
box – quti
dish – idish
baby – go’dak

@HelpwithIelts
5-dars. Personal pronouns

Ingliz tilida personal pronouns deganda kishi (shaxs)ni o’rniga ishlatiladigan olmoshlar tushuniladi.
Masalan:
John is my brother.  He is my brother. (John mening akam. U mening akam)
Bu yerda John ot bo’lsa, he uning o’rnida ishlatilyapti. Ya’ni shaxs o’rniga qo’llanilmoqda.
Children are playing in the garden. They are playing in the garden.
(Bolalar bog’da o’ynashyapti. Ular bog’da o’ynashyapti).

Ingliz tilida 3ta shaxs mavjud.
I-shaxs so’zlovchi,
II-shaxs-tinglovchi,
III-shaxs boshqa, suhbatga aloqasi bo’lmagan odam

Birlikda (Singular)
I-shaxs       I – men
II-shaxs      you – sen, siz
III-shaxs     he, she, it – u

Ko’plikda (Plural)
I-shaxs      we – biz
II-shaxs     you – sizlar
III-shaxs    they – ular

Biz he deb faqat erkak kishi yoki o'g’il bolaga, she deb faqat qiz yoki ayolga, it deb esa narsa buyum va jonivorga nisbatan ishlatamiz. O’zbek tiliga u deb tarjima qilinadi. Ko’plik shaklida esa hammasiga faqatgina they (ular) qo’llaniladi.

@HelpwithIelts
6-dars. To be fe’li

To be fe’li bo’lmoq, hisoblanmoq degan ma’noni bildiradi yoki o’zbek tilidagi -man, -san, -dir qo’shimchalariga to’g’ri keladi. To be fe’lini asosan ot, sifat, son bilan ishlatiladi.

To be fe’lining 3 ta shakli mavjud. Ular shaxslarga qarab tuslanadi. Bular: am, is, are

Biz doimo "I" - shaxs ya’ni "I" bilan to be ni "am" shaklini ishlatamiz.
II-shaxs "you" bilan esa "are" ni
III-shaxs ya’ni "he", "she", "it" bilan esa "is" ni qo”laymiz.

Ko’plikda barcha shaxslar ya’ni we, you, they ga "are" ishlatamiz.

I am a pupil.
Men o’quvchiman. (ot bilan)
He is 18 years old.
U 18 yoshda(dir). (son bilan)
This flower is beautiful.
Bu gul chiroyli(dir). (sifat bilan)

@HelpwithIelts
7 dars. "To be" fe'li
davomi

To be ning qisqartma shakli.

Ingliz tilida to be ni qisqartma shakli ko’p uchraydi. Bular:
I am – I’m
You are – You’re
He is – He’s
She is – She’s
It is – It’s
We are – We’re
They are – They’re

To be ning inkor shakli.

To be ni inkor shaklini yasash uchun to be dan keyin not yuklamasi qo’yiladi.
I am not a pupil.  Men o’quvchi emasman.
He is not 18 years old. U 18 yoshda emas.
They are not beautiful. Ular chiroyli emas.

To be ning savol shakli.

To be ning savol shakli yasash uchun To be fe’lini egadan oldinga qo’yiladi.
Masalan:
You are a pupil.
Sen o’quvchisan
Are you a pupil?
Sen o’quvchimisan?
Javob berish: Yes, I am/No, I am not

@HelpwithIelts
8-dars. Have / Have got

Have yoki have got bor bo’lmoq, ega bo’lmoq degan ma’nolarni anglatadi.
Masalan: I have a book. Yoki I have got a book.
Biz III shaxs birlik uchun (he, she, it) has ishlatamiz, qolgan barcha shaxslarga have ishlatiladi.
Masalan: 
She has got a pen.
He has apples.

Have gotdan inkor yasalganda, have va got orasiga not yuklamasi qo’yiladi.
Masalan:  I have not got a pen.               Menda ruchka yo’q
They have not got a dog in their house.        Ularning uyida it yo’q.
Have got = ‘ve got
Has got = ‘s got
Have not got = haven’t got
Has not got = hasn’t got

Savol shaklini yasash uchun esa have yoki has egadan oldinga qo’yiladi.
Masalan: Have you got a pen?                       Ruchkangiz bormi?
    Has Lily got a brother?                    Lilyning akasi bormi?


Savollarga qiyidagicha qisqa javob berish mumkin:
Have you got a pen?             
Yes, I have/ No, I haven’t 
Has she got two pens?
Yes, she has / No, She hasn’t

@HelpwithIelts
#Audiodars
Talaffuzingizni tinglash orqali rivojlantiring
♻️ O'qing va Tinglang
🎧 Listening: Fruit (audio+ text)


Some fruit grows on trees.
Apples grow on trees.
You can get red, yellow or green apples.
Some apples are green until they ripen; then they turn red.
Peaches grow on trees.
Peaches have a fuzzy skin.
Cherries grow on trees.
You can climb a ladder and pick cherries from the tree.
Cherries and peaches have pits inside them.
The pits are not edible.
Pears also grow on trees.
Lemons grow on trees.
They are very sour.
Have you ever picked strawberries?
Strawberries do not grow on trees.
You have to bend down to pick strawberries.
Have you ever tried strawberry shortcake? It is very good.
Grapes grow on vines.
People use grapes to make wine.
There are many types of berries.
There are blackberries, blueberries, raspberries and cranberries, just to name a few.
Some fruits are more exotic.
There are mangos and papayas. They don't grow in Canada.
Bananas and oranges don't grow in a Canadian climate either, but we are able to buy
them here.
Some fruits have to be peeled, and some can be eaten as they are.
It is always a good idea to wash fruit before you eat it.
The farmers spray the crops with pesticides to kill bugs, so it is good to wash that off.

👉@HelpwithIelts
9-dars. There is/There are

There is , there are u yerda bor degan ma’noni bildirib, biror joyda biror nima borligini bildiradi.

Masalan: 
There is an apple in the fridge.
Xolodilnikda olma bor.

There is/are ni have/has dan farqi, have/has biror shaxsda yoki predmetda biror nima borligini bildirsa, there is/are esa biror yerda biror nima borligini bildiradi.

There’s a boat.
U yerda qayiq bor

There are three fish.
U yerda uchta baliqlar bor.

Avvalgi darslarimizda, biz sizga “is” ni birlik “are”ni esa ko’plik uchun ishlatilishini aytib o’tgandik, xuddi shunday ‘ there is – birlikdagi otni, there are esa ko’plikdagi otlarni borligini ko’rsatish uchun qo’llaniladi.

Masalan:
There is a pen on the table. (stol ustida ruchka bor)
There are two pens on the the table. (stol ustida ikkita ruchkalar bor)

Biz there is/are dan inkor gap yasaganimizda to be fe’li (is/are) dan keyin not yuklamasi qo’yiladi va u yerda yo’q deb tarjima qilinadi.

Masalan: There is not a pen in my bag. Mening sumkamda ruchka yo’q.
There are not five flowers in the classroom. Sinfxonada beshta gullar yo’q.

Biz there is/are dan so’roq shaklini yasaganimizda esa to be fe’li (is/are) egadan oldinga qo’yiladi va u yerda bormi deb tarjima qilinadi.

Masalan: 
Is there a cat in your home? 
Sizning uyingizda mushuk bormi?

Are there two copybooks in your bag?
Sumkangizda ikkita daftaringiz bormi?

Ingliz tilida ko’pincha to be fe’lini qisqartmalaridan foydalaniladi.
There is/are ni quyidagicha qisqartirib foydalanish mumkin.
there is = there’s
there is not = there isn’t
there are not = there aren’t

@HelpwithIelts
👍1
New Words! 🚐🚕🚗🚌

☑️take a bus - avtobusga o'tirish
☑️give a ride - eltib qoyish
☑️ride a bus / train - avtobus/poyezdda yurish
☑️ride a car - mashinada yolovchi sifatida yurish
☑️drive a car - mashina haydash
☑️go by ship - kemada suzish
☑️depart - ketmoq
☑️departure - jonatish
☑️leave — tark etish
☑️arrive - kelmoq
☑️arrival - yetib kelish

Jamoa transporti:

☑️get on the bus / train / plane - avtobus/samolyot/poyezdga otirish
☑️get off ... - ...dan tushmoq

Kichik transportlar uchun:

☑️get in the car - mashinaga o`tirish
☑️get out of the taxi - taksidan tushish
☑️highway - shasse
☑️a bus pass - avtobus uchun chipta
☑️crossroad - chorraha
☑️pedestrian - piyoda
☑️sidewallk - tratuar
☑️vehicle - transport vositasi
☑️motorcycle - mototsikl
☑️railway - temiryo'l
☑️traffic jam - tirbandlik

@HelpwithIelts
​​Inglizcha so'zlarni o'qishni o'rganamiz

Colours [colrs] Ranglar.

black [blek] qora
blue [blu] havorang
brown [brawn] jigarrang
green [grin] yashil
grey [grey] kulrang
magenta [mejenta] to'q qizil (qirmizi)
orange [orinj] to'q sariq
pink [pink] pushti
red [red] qizil
white [vayt] oq
yellow [yelov] sariq
bluish [bluyish] ko'kish
bronze [brons] bronza rang
canary [kenri] och sariq
dark [dak] to'q
dark red [dak red] to'q qizil
golden [gouldn] tillarang
light [layt] och
lilac [lalik] binafsharang
redden [reden] qizarmoq
scarlet [skarlet] alvon
silver [silver] kumushrang
sky blue [skay blu] moviy rang
spotted [spotit] ola-bula
tan [tan] to'q jigarrang
violet [vaylot] siyohrang.

🖇 Yod oling va foydalaning

👉️ @HelpwithIelts
10-dars. Present simple - oddiy hozirgi zamon.

Ingliz tilida oddiy hozirgi zamon juda ko'p ishlatiladi. 1-, 2-shaxsda va 3-shaxsning ko'pligida oddiy hozirgi zamon hech qanday qo'shimcha talab qilmaydi. Masalan:
1. I like a school - men maktabni yoqtiraman.
2. We usually drink tea - biz doim choy ichamiz.
3. You work in the shop - siz do'konda ishlaysiz.
4. They children play in the home - u bolalar uyda o'ynashadi.

E'tibor beramiz, oddiy hozirgi zamon ayni paytda sodir bo'layotgan holatni bildirmayapdi. Odatdagi holatni ifoda qilyapdi. Ya'ni, hozirda shunday bo'lyapdi emas, odatda shunday bo'ladi deb tushunamiz. Hozirda bo'layotgan hodisani o'tkan darsimizda aytganimizdek "ing" qo'shimchasi bilan ifodalaymiz va u davomli hozirgi zamon deyiladi. Hozirgi darsimiz esa oddiy yoki odatiy hozirgi zamon desak ham bo'ladi.
Odatiy hozirgi zamon 3-shaxs birlikda (he/she/it) kelsa harakatni bildiruvchi so'zning oxirgi harflariga qarab ies, es yoki s qo'shiladi. Oxiri s, ch, sh harflari bilan tugagan so'zlarga "es" qo'shiladi. Shuningdek "go" va "do" kabi so'zlarga ham "es" qo'shiladi. Study, carry kabi so'zlarda "y" tushib qolib, "ies" qo'shiladi: studies, carries. Boshqa so'zlarda "s" harfi qo'shiladi: plays, works, reads.
Have so'zi 3-shaxs birlikda "has" so'ziga aylanadi.

@HelpwithIelts
11-dars. Present simple negative - oddiy hozirgi zamonning inkor shakli.

Agar siz oddiy hozirgi zamonda inkorni ifoda qilmoqchi bo'lsangiz ish-harakat so'zidan oldin 1-, 2-shaxsda va barcha shaxsning ko'pligida "do not" (qisqartmasi: don't)ni ishlatasiz. Misollar:
1. I do not smoke - men odatda sigaret chekmayman.
2. You do not work - siz odatda ishlamaysiz.
3. We do not play - biz odatda o'ynamaymiz.
4. They do not speak English - ular odatda inglizcha gapirishmaydi.

Odatiy hozirgi zamonda inkor ifoda qilinayotganda 3-shaxs birlikda (he/she/it) bo'lsa does not (qisqartmasi: doesn't) ishlatiladi. Masalan: He is doesn't like boxing - u odatda boksni yoqtirmaydi. Agar ushbu gapda doesn't bo'lmaganda "yoqtiradi" bo'lardi.
E'tibor beramiz, do not yoki does not qo'yilganda harakatni anglatadigan so'zga ies/es/s harflari qo'yilmasdan shundoqligicha yoziladi.

@HelpwithIelts