💪English with motivational videos💪
4.54K subscribers
6.77K photos
910 videos
838 files
155 links
📚INGLIZ TILINI Tez va oson o'rganing.
•┈•┈•┈• ❁✿❁ •┈•┈•┈•.
🔹Grammar

🔹IELTS :
Listening
Reading
Speaking
Writing
Vocabulary
🔹English Tests
Beginner - advanced
Motivational videos 💪

Admin: @ertalab_yozaman
Admin: @VICTOR_UZB
Download Telegram
38-dars. To/ing

Ba'zi so'zlardan so'ng doim "to" qo'yiladi, ba'zan "to" qo'ymasdan harakat so'ziga "ing" qo'shiladi. Ba'zi so'zlardan so'ng to/ing dan qaysi birini qo'ysa ham bo'laveradi.

Quyidagi so'zlardan keyin "to" qo'yiladi va undan keyin kelgan harakat so'ziga ing qo'shilmaydi:

want - xohlamoq
need - ehtiyoj
plan - reja
decide - qaror qilmoq, hal etmoq
offer - taklif, taqdim
refuse - 1. voz kechish 2. chiqindi
hope - umid
expect - kutmoq
promise - va'da
try - urinmoq
forget - unutmoq
learn - o'rganmoq
What do you want to do this evening? - Siz kechqurun nima qilishni xohlaysiz?
"Want doing" deyilmaydi.

Quyidagi so'zlardan so'ng "to" qo'yilmaydi, ulardan keyingi harakat so'ziga "ing" qo'shiladi:

like - yoqtirmoq
enjoy - bahra olmoq
love - sevmoq
hate - yomon ko'rmoq
suggest - taklif
mind - 1. aql, fikr 2. qarshi fikr
stop - to'xtamoq
finish - tugamoq.
Do you like driving? - Siz mashina haydashni yoqtirasizmi?
"Do you like to drive" deyish noto'g'ri.

Agar gapda "would" qatnashsa like, love, hate, prefer so'zlaridan keyin ham faqat to qo'yiladi, keyingi harakat so'ziga "ing" qo'shilmaydi.
Would you like to sit down? - Siz o'tirishni xohlaysizmi?
Quyidagi so'zlarda to/ing dan qaysi birini qo'ysa ham bo'laveradi:

start - boshlanish
begin - ishga kirishmiq
continue - davom etmoq
prefer - ma'qullamoq
I prefer travelling by car - Men mashinada sayohat qilishni ma'qul ko'raman.
"I prefer to travel by car" desa ham to'g'ri bo'ladi.

@ingliz_tiliuz
39-dars. To... mavzusi davom etadi.

Quyidagi so'zlar ishtirok etgan gaplarda ham "to" qo'yiladi:
want - xohlamoq
pesuade - ko'ndirmoq
advise - maslahat
tell - aytmoq
ask - so'ramoq
expect - kutmoq, umid
teach - o'rgatmoq
Gapning tuzilishi:
1. Ega yoki "do you", "didn't", "What" kabilar
2. Yuqoridagi so'zlardan biri
3. Kimga yoki nimaga qaratilgan bo'lsa o'sha narsalar
4. "To"
5. Harakatni ifodalovchi so'z
6. Va boshqalar.
We persuaded Alisher to come with us - Biz Alisherni biz bilan kelishga ko'ndirgan edik.
What do you advise me to do? - Siz menga nima qilishni maslahat berasiz?
"Tell" so'zining past simple formasi "told" bo'ladi.
Bobur told Akmal to wait for him - Bobur Akmalga uni kutib turishini aytdi.
Agar "not to wait" deyilsa, "kutib turmasligini aytdi" degan bo'ladi.
Make (ishlab chiqarmoq) va let (ruhsat bermoq) so'zlarida "to" qo'yilmaydi."Make" o'tgan zamonda "made" bo'ladi.
Let me go with you - Sen bilan ketishga ruhsat ber.
Let us (qisqartmasi: Let's) - boshladik, qani ketdik yoki bunday qilaylik degan ma'nolarni anglatadi.
I'm tired. Let's stay at home. - Men charchadim. Uyda qolaylik.
"Help" so'zida "to" qo'ysa ham, qo'ymasa ham durust:
Can you help me (to) clean it - Uni tozalashda menga yordam berolasizmi?

@ingliz_tiliuz
Verb + Infinitive / Verb + Gerund

@ingliz_tiliuz
40-dars. To... - moq uchun.

"To" so'zining vazifalaridan yana biri biror ish-harakatni bajarishning sababini ko'rsatishdir. Ma'nosini "moq uchun" deb tarjima qilsak bo'ladi.
I went to the shop to buy some food - Men do'konga ovqat xarid qilmoq uchun bordim.
Gapdagi birinchi "to" - yo'nalishni, ikkinchi "to" - sababini bildirish uchun yordamchi so'z bo'lib kelyapdi.
- Why are you going out (Nimaga tashqariga chiqib ketyapsiz)?
- To buy a newspaper (Gazeta xarid qilish uchun).
"To" yordamchi so'zi "moq uchun" ma'nosida kelganda faqat harakat so'zlari oldidan qo'yiladi: to learn, to play, to work, to watch, to live va hokazo. Shu ma'nodagi gapda harakat so'zlaridan boshqa narsalar kelsa, "to" o'rnida "for" ishlatiladi:
He went to the shop for some bread - U do'konga non uchun bordi.
Bu gapda "xarid qilmoq" kabi harakat so'zi yo'q, non so'zi bor. "Uchun" deyish uchun bu yerda for qo'yilmoqda.
To va for bitta gapda kelishi ham mumkin:
We are not going out yet. We are waiting for the rain to stop - Biz hozircha tashqariga chiqmayapmiz. Biz yomg'irning to'xtashini kutib turibmiz.
For - yomg'irga qo'yildi (narsa).
To - to'xtash so'ziga qo'yildi (harakat).

@ingliz_tiliuz
41-dars. He said... / He told me
U aytdi / U menga aytdi.


Say (o'tgan zamonda: said) - aytmoq
Tell (o'tgan zamonda: told) - aytmoq.
Falonchi aytdi deyotganimizda o'tgan zamon shaklini ishlatamiz:
He said that he was tired - U aytdiki u charchagan edi.
"Say" so'zining o'tgan zamon shakli "said" bo'lib kelyapdi.
"That" so'zini ishlatmasa ham gap tushunarli bo'ladi, lekin ishlatgan yaxshiroq.
Endi "tell" so'zini ishlatamiz, o'tgan zamonda "told" bo'lardi:
He told me that he tired - U menga aytdiki u charchagan edi.
"Said" bilan "told" farqi shuki, bir odam boshqa bir odamga aytgan bo'lsa "told", bir odam hech qaysi odamga emas, o'zicha aytgan bo'lsa "said" ishlatiladi. Birinchi gapda u charchaganini birortasiga alohida aytgani yo'q. Ikkinchi gapda menga aytdi deyilyapdi.
Falonchi aytdiki deganimizda gapning formasiga qarab o'tgan zamonga o'zgartiramiz:
Am/is - was
Are - were
Have/has - had
Can - could
Will - would
Do/does - did
Masalan, Jasur aytdi: I can't come to the party - Men bayramga kelolmayman.
Jasur said that he couldn't come to the party - Jasur aytdiki u bayramga kelolmas ekan.
To'g'ri fe'llarga "ed" qo'shiladi, noto'g'ri fe'llar ikkinchi formatga o'tadi:
They said that they often went to the cinema - Ular aytdiki ular kinoxonaga tez-tez borib turshardi.
Jasur told us that he liked a car - Jasur bizga aytdiki u mashinani yoqtirardi.
Did formasidan foydalanganimizda said va told birinchi formatda, ya'ni say va tell shaklida yoziladi.

@ingliz_tiliuz
Xayrli kun!
Good afternoon!

Shu kunga qadar sizlar bilan ingliz tiliga oid eng asosiy grammatik mavzularni o'rganib kelyabmiz. Endi, bugundan boshlab grammatikaga qo'shimcha ravishda so'z boyligimizni oshirish uchun ingliz tilida eng ko'p qo'llaniladigan so'zlar va iboralarni berib boramiz.
Bizni kuzatishda va ingliz tilini o'rganishda davom eting. Ilmingiz ziyoda bo'lsin!


@ingliz_tiliuz
So'zlashuv uchun iboralar

Hello - salom.
Hi - salom.
Good morning - xayrli tong.
Good afternoon - xayrli kun.
Good evening - xayrli kech.
Good night - xayrli tun.
Welcome - xush kelibsiz.
How are you - yaxshimisiz.
How are you getting on? - ishlar yaxshimi.
Good bye - xayr.
Bye bye - xayr.
See you again - ko'rishguncha.
See you tomorrow - ertagacha.
In a week - 1 haftadan keyin.
In a month - 1 oydan keyin.
So long - xozircha xayr.
All the best - muvaffaqiyat tilayman.
Take care - sog' boling.

@Ingliz_tiliuz
42-dars. Get

Ingliz tilida eng ko'p ishlatiladigan so'z "get" bo'lib, uning ma'nolari va vazifalari juda ko'p. Bugun biz ulardan ba'zilarini o'rganishga harakat qildik. "Get" past simple (o'tgan zamon)da "got"ga o'zgaradi.
Get so'zining ma'nolaridan biri - olmoq, ega bo'lmoq, xarid qilish, topib olish va hokazo.
Did you get my letter last week? - O'tgan hafta mening xatimni oldingizmi?
Where did you get it? - Uni qayerdan oldingiz? (Masalan, xarid ma'nosida).
Is it difficult to get a job in your country? - Sizning mamlakatingizda ish topish qiyinmi?
Get in - mashina va shunga o'xshash narsalarga chiqish
Get out - mashinadan tushish
Get on - Avtobus, samalyot kabi katta narsalarga chiqish
Get off - O'sha katta narsalardan tushish.
I got off the bus - Men avtobusdan tushdim.
Getting - biror harakatni boshlanmoq, davom etmoq.
Drink your coffee. It's getting cold - Kofeyingizni iching. U sovib qolyapdi.
Bobur and Malika are getting married next month - Bobur va Malika keyingi oy oila qurishyapdi.
Get to - biror manzilga bormoq.
I usually get to work before at 8.30 - Men doim ishga 8.30 da yetib boraman.
Faqat "home" (uy)ga borish haqida gap ketganda "to" qo'yilmaydi, "get"ni o'zi qo'yiladi.
What time did you get home last night - O'tgan kecha uyga qaysi vaqtda ketdingiz?

@ingliz_tiliuz