💪English with motivational videos💪
4.54K subscribers
6.77K photos
910 videos
838 files
155 links
📚INGLIZ TILINI Tez va oson o'rganing.
•┈•┈•┈• ❁✿❁ •┈•┈•┈•.
🔹Grammar

🔹IELTS :
Listening
Reading
Speaking
Writing
Vocabulary
🔹English Tests
Beginner - advanced
Motivational videos 💪

Admin: @ertalab_yozaman
Admin: @VICTOR_UZB
Download Telegram
Audio
Yaqinlaringizni taklif qiling👇
@HelpwithIelts
Present simple+vaqt predloglari 64k
ingliztili_audio
Present Simple+Vaqt predloglari

Kanalimizga yaqinlaringizni ham taklif qiling👇👇

@HelpwithIelts
28-dars. Will / shall

Biror harakatni kelasi zamonda bo'lishi kutilayotgan bo'lsa egadan so'ng will/shall ishlatiladi. Bo'ladigan hodisa aniq belgilanmagan, avvaldan rejalashtirilmagan. Hodisa tabiiy ravishda ro'y berishi kutilayotgan yoki hozirgina shu fikrga kelingan bo'ladi.
I will have breakfast - Men nonushta qabul qilaman.
Bu gap oldindan reja qilinganidan emas, qorin ochganidan kelib chiqqan. Agar "I am having breakfast" bo'lganida reja qilingan harakat tushunilardi va ortida this morning - bu tong, tomorrow - ertaga kabi so'zlar qo'shilishi mumkin. U holda o'tgan darsdagi present for the future bo'lib qoladi. Bugungi mavzuyimiz esa undan farq qiladi, am/is/are qo'yilmaydi, harakat so'zlariga "ing" qo'shilmaydi.
- My case is very heavy (Meni sumkam juda og'ir).
I will carry it for you (Men uni ko'tarishib yuboraymi)?
I will eat it - Men uni yeyman.
I think I will go out - O'ylaymanki men tashqariga chiqaman.
I don't think - men unday deb o'ylamayman.
"I will" funksiyasidan oldin "I think" va "I don't think" jumlalaridan foydalansa bo'ladi.
Qisqartmasi: I will - I'll, we will - we'll, she'll va hokazo. Savol berishda will/shall egadan oldinga o'tadi:
Will he eat - u ovqatlanadimi?
Inkor qilish "will not" (qisqartmasi: won't).
I won't sleep - men uxlamayman.
Aniq vaqti belgilangan voqealarda will/shall qo'yilmaydi:
We're going to the market on Sunday - Biz yakshanba kuni bozorga ketyapmiz.
Shall faqat 1-shaxs (I va we)da ishlatilishi mumkin. Men yoki biz so'zlarida qo'llanadi.
I think we shall win - o'ylaymanki biz g'olib bo'lamiz.
Will esa barcha shaxslar uchun ishlatilaveradi. They will, he will, she will, it will va hokazo.
Falon joyda bo'laman demoqchi bo'lganda "be" (bo'lmoq) qo'shiladi:
I will (I'll) be in Paris - Men Parijda bo'laman.

@HelpwithIelts
Future Simple Tense

@HelpwithIelts
29-dars. Regular and irregular verbs

Bizga ma'lumki, oddiy o'tgan zamon hamda tugallangan hozirgi zamonda to'g'ri fe'llarga "ed" qo'shiladi, noto'g'ri fe'llar birida 2-formatda, yana birida 3-formatda yoziladi.
Past participle ikkiga bo'linyapdi, harakatni bajaruvchisiga ishora bo'lsa present perfect, bajaruvchi noma'lum bo'lsa present passive bo'ladi. Har ikkisida ham noto'g'ri fe'llar 3-formatda yoziladi.

Noto'gri fe'llar besh xil turga bo'linadi.
1. Uchchala formati ham bir xil:
cost, hit, hurt, let, put, read, shut.
2. Ikkinchi va uchinchi formatlar bir xil:
build - built - built
buy - bought - bought
find - found - found
get - got - got
have - had - had
3. Birinchi va uchinchi formatlar bir xil:
become - became - become
come - came - come
run - ran - run
4. Uchchala format uch xil:
be - was/were - been
choose - chose - chosen
do - did - done
drink - drank - drunk
drive - drove - driven
eat - ate - eaten
fall - fell - fallen
fly - flew - flown
forget - forgot - forgotten
write - wrote - written
5. Birinchi va ikkinchi format bir xil:
beat - beat - beaten
(va boshqalar).

Quyidagi so'zlarda esa past simple'da "ed" qo'shiladi, past participle'da t harfi qo'shiladi:
burn - burned - burnt
learn - learned - learnt
dream - dreamed - dreamt
smell - smelted - smelt.

@HelpwithIelts