💪English with motivational videos💪
4.54K subscribers
6.77K photos
910 videos
838 files
155 links
📚INGLIZ TILINI Tez va oson o'rganing.
•┈•┈•┈• ❁✿❁ •┈•┈•┈•.
🔹Grammar

🔹IELTS :
Listening
Reading
Speaking
Writing
Vocabulary
🔹English Tests
Beginner - advanced
Motivational videos 💪

Admin: @ertalab_yozaman
Admin: @VICTOR_UZB
Download Telegram
27-dars. I'm going to... - Men ....moqchiman.

Kelgusida biror ishni qilmoqchi bo'lganingizni hozir ifodalasangiz "going to" funksiyasidan foydalanasiz. Bu judayam oddiy bo'lib, asosan o'tgan darsning davomi. Egadan so'ng am/is/are qo'yiladi, keyin "going to" yoziladi, keyin harakat so'zi, keyin boshqa so'zlar yoziladi. Harakat so'ziga "ing" qo'shilmaydi, chunki "going to"dagi "ing" kifoya qiladi. Misollar:
I am going to watch TV this evening - Men bu oqshom televizor ko'rmoqchiman.
He is going to have a bath - U vanna qabul qilmoqchi.
They are going to eat tomorrow - Ular ertaga ovqatlanmoqchi.
Inkor qilish uchun doimgidek "not" ishlatamiz: I'm not going to cook a meal - Men ovqat pishirmoqchi emasman.
Savol berish uchun doimgidek am/is/are egadan oldinga o'tadi. What, when, how kabi so'roq gaplar bo'lsa gap boshida keladi.
Are you going to buy a car - Mashina sotib olyapsizmi?
What is he going to wear to the party on Monday - U dushanba kungi kechaga nima kiyib bormoqchi?

@HelpwithIelts
Vaqt predloglari 64k
@ingliztili_audio
AUDIO DARSLIKLAR🎓🇺🇸🇺🇿💿

@HelpwithIelts

Kanalimizga ☝️

Yaqinlaringizni taklif qiling .!!!

Xali Oldinda audio kurslarimiz !

Muhimi O'zingizga ishonch !!!
Audio
Yaqinlaringizni taklif qiling👇
@HelpwithIelts
Present simple+vaqt predloglari 64k
ingliztili_audio
Present Simple+Vaqt predloglari

Kanalimizga yaqinlaringizni ham taklif qiling👇👇

@HelpwithIelts
28-dars. Will / shall

Biror harakatni kelasi zamonda bo'lishi kutilayotgan bo'lsa egadan so'ng will/shall ishlatiladi. Bo'ladigan hodisa aniq belgilanmagan, avvaldan rejalashtirilmagan. Hodisa tabiiy ravishda ro'y berishi kutilayotgan yoki hozirgina shu fikrga kelingan bo'ladi.
I will have breakfast - Men nonushta qabul qilaman.
Bu gap oldindan reja qilinganidan emas, qorin ochganidan kelib chiqqan. Agar "I am having breakfast" bo'lganida reja qilingan harakat tushunilardi va ortida this morning - bu tong, tomorrow - ertaga kabi so'zlar qo'shilishi mumkin. U holda o'tgan darsdagi present for the future bo'lib qoladi. Bugungi mavzuyimiz esa undan farq qiladi, am/is/are qo'yilmaydi, harakat so'zlariga "ing" qo'shilmaydi.
- My case is very heavy (Meni sumkam juda og'ir).
I will carry it for you (Men uni ko'tarishib yuboraymi)?
I will eat it - Men uni yeyman.
I think I will go out - O'ylaymanki men tashqariga chiqaman.
I don't think - men unday deb o'ylamayman.
"I will" funksiyasidan oldin "I think" va "I don't think" jumlalaridan foydalansa bo'ladi.
Qisqartmasi: I will - I'll, we will - we'll, she'll va hokazo. Savol berishda will/shall egadan oldinga o'tadi:
Will he eat - u ovqatlanadimi?
Inkor qilish "will not" (qisqartmasi: won't).
I won't sleep - men uxlamayman.
Aniq vaqti belgilangan voqealarda will/shall qo'yilmaydi:
We're going to the market on Sunday - Biz yakshanba kuni bozorga ketyapmiz.
Shall faqat 1-shaxs (I va we)da ishlatilishi mumkin. Men yoki biz so'zlarida qo'llanadi.
I think we shall win - o'ylaymanki biz g'olib bo'lamiz.
Will esa barcha shaxslar uchun ishlatilaveradi. They will, he will, she will, it will va hokazo.
Falon joyda bo'laman demoqchi bo'lganda "be" (bo'lmoq) qo'shiladi:
I will (I'll) be in Paris - Men Parijda bo'laman.

@HelpwithIelts