From heart
41 subscribers
266 photos
72 videos
47 links
Har gapda 2 ta ma'no bor. Balki 3 tadir

Shaxsiy hudud #Samimiy
Download Telegram
From heart
#Muhabbat Senga o‘qib beraman deb ochmagan kitoblarim bor... @Shu_yaxshi
Bu gapni o'qib kitob o'qimay qo'yma ) 😁🙂
Oldimda 2 ta yo'l bor edi:

1. Baxtli bo'lish
2. Yo'q bitta ekan.

@Shu_yaxshi
Forwarded from From heart (Sᴀʀᴅᴏʀ Esʜʙᴇᴋᴏᴠ.)
#hayotiy #Atalgan
Yillar o'tib o'zingga - o'zing mayin ovozda baribir u boshqacha edi deysan...

@Haqiqat_hammasi 🌿
Sinash va sinalishga qisqalik qiladi bu dunyo.
​​​​#Hadis #Nikoh

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ayolni to‘rt narsa uchun nikohlanur: moli uchun, nasabi uchun, jamoli uchun va diyni uchun. Bas, diyndorini tanla, qo‘ling tuproqqa qorilgur», – dedilar».
Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.


@Shu_yaxshi
​​#hadis

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Mendan rozi bo‘lgan paytingni ham, mendan g‘azablanganingni ham bilaman», – dedilar.
«Buni qayerdan bilasiz?» – dedim.
«Mendan rozi bo‘lganingda «Muhammadning Rabbi bilan qasamki, yo‘q!» – deysan. Gʻazablanganingda esa «Ibrohimning Rabbi bilan qasamki, yo‘q!» – deysan», – dedilar. Men:
«To‘g‘ri. Allohga qasamki, ey Allohning Rasuli, men ismingiznigina hijron qilaman», – dedim»
Imom Muslim rivoyati

Naqadar go‘zal muhabbat!

@Shu_yaxshi | ❤️
Muslimam Seni o'ng yelkangga yana bitta farishtani ishga olish kerak. Bittasi yozishga ulgurmayapdi.🙂🙃

#samimiy

@Shu_yaxshi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂😂 shunaqa

@Shu_yaxshi
(\_/)
( •.•)
/>🍫 Ma ol

Degan ekan bittasi 😄😂

@Shu_yaxshi
Juda ko'p odam taniysan, lekin hech kiming yo'q...
Ofitsiant: - Nima Buyurasiz?
Man: - Baxt...

@Shu_yaxshi
16.05. )
From heart
#shunchaki Tushunib turib tushunganizni tushuntirolmagan payt, tushunib turib tushuntirolmasangiz tushunganizni tushunmagan odamga qanday tushuntirasiz? Shuni tushuntirib bering:) @Shu_yaxshi
Ba'zilar "Man bittaman" deydi, unga sandaqalardan ko'p deb tushuntira olmaysan.

Ba'zilar "Mandaqalar sizda ko'p" deydi, unga esa San bittasan deb tushuntira olmaysan...

@Shu_yaxshi
Balki bir kun uygʻonsam eng birinchi termuladigan narsam sening koʻzlaring boʻlar...
#samimiy

@Shu_yaxshi
OTA KIM?

Professor o‘zi leksiya qilayotgan magistrlarga “Ota kim?” degan savolni tashladi. Javoblar turlicha bo‘ldi. Har kimning javobidan o‘z otasiga bo‘lgan muomalasi bilib olinar edi. Javoblarning ichida juda chiroylilari ham, juda oddiylari ham bor edi. Lekin professorning yodida saqlanib qolgan va unga qattiq, ta’sir qilgani quyidagi javob edi.
Ota... Sen uning tuflisini kiyasan. Ammo tufli katta, oyog‘ing esa kichik bo‘lgani uchun o‘zingni eplay olmay yiqilib tushasan. Sen uning ko‘zoynagini taqasan va ko‘zoynakning senga ancha katta ekanligini his etasan. Sen undan mashinasining kalitini so‘raysan. O‘zingni otang o‘rnida tasavvur qilib, mashinani boshqarmoqchi bo‘lasan. Hayolingga bir narsa kelib, otangga telefon qilasan. U o‘z ishi bilan band bo‘lsa-da, sen bilan gaplashadi. Uyga qaytgach, seni bag‘riga bosib, mehr bilan quchib, yuz-ko‘zlaringdan o‘padi.
Biroq, sen bilmaysan, o‘sha kuni rahbari uni koyigan, tanbeh bergan bo‘lishi yoki sherigi dilini og‘ritgan bo‘lishi yohud sizlarning nafaqangiz unga biroz og‘irlik qilgan bo‘lishi mumkin. U ishdan kelgan zahoti sen astagina:
- “Otajon, menga pul bering, qand olaman” deysan. U esa: - “qo‘zichog‘im, ertaga ishdan qaytishda o‘zim olib kelaman”- deb javob beradi. Ertasi kuni ishxonada tinimsiz ishlagani, issiqda toliqqani, turli odamlar bilan muomala qilaverib holdan toygani uchun sening talabingni unutib, ishdan charchab keladi.
Sen undan:
- “Otajon, qand olib keldingizmi?”- deb so‘raysan. Shunda u charchaganini ham unutib, senga qand olib kelish uchun qalbi qo‘ri bilan ko‘chaga otlanadi. Bugun esa... Tuflisi eskirgani uchun kiymaysan. Uning kiyimlarini, fikrlarini, mashinasini eskirgani uchun, modadan qolgani uchun yerga urasan. Axir sen o‘rtoqlaringga zo‘r mashina bilan maqtanishing kerak-ku! Uning mashinasi esa maqtanishingga arzimaydi. Uning gaplari ham senga yoqmaydi. Uning qaltiroq qo‘llari bilan qilgan harakatlaridan jirkanasan. Agar uyingga og‘aynilaring mehmonga kelsa, otangning borligi senga malol keladi. Ishqilib og‘aynilarimning ko‘zi otamga tushib qolmasinda degan hadik bilan o‘tirasan. Kech qolsang, xavotir olib, senga qo‘ngiroq qiladi. Otangning bu ishi senga seni bezovta qilayotgandek, halal berayotgandek, holi-joningga qo‘ymayotgandek tuyuladi. Agar u senga qayta-qayta telefon qilsa, telefon go‘shagini ko‘tarmay ham qo‘yaverasan. Uyga juda kech qaytganingda, hayotda ma'suliyatli bo‘lishing uchun seni koyisa (zero, u haliyam seni tarbiya qilishda davom etmoqda, o‘z ma'suliyatini his etmoqda, chunki, u senga javobgar shaxsdir. Har bir javobgar shaxs esa o‘z qo‘l ostidagilarga mas'uldir) sen unga ovozingni ko‘tarasan, so‘zlaring bilan uni qiyin ahvolga solib qo‘yasan. U esa indamaydi. Yo‘q, sendan qo‘rqqanidan emas, sening muomalangdan hayron bo‘lganidan, sendan bu ohangdagi javobni kutmaganidan jim bo‘lib qoladi. Kecha yigitlik chog‘larida seni yelkasiga ko‘tarib yurar edi. Bugun esa sen undan juda ham “baland” bo‘lib ketding. Kecha sen zo‘rg‘a-zo‘rg‘a gapirar, harflarda xato qilarding. Bugun esa seni hech kim jim qila olmaydi, gapirishdan to‘xtata olmaydi. O‘sha kunlarni unutdingmi yoki o‘zingni unutganga solyapsanmi, ey, farzand?! Senga har qancha qo‘pollik qilsa ham, seni har qancha holi-joningga qo‘ymasa ham, seni har qancha koyisa ham, sen indamay tur! Axir, u seni otang! Seni go‘dakligingda, qo‘rligingda, hech narsani bilmaydigan paytingda bag‘rida ko‘tarib yurganidek, endi sen ham uni kasalligida, qariligida ko‘tarib yur! Unga qo‘lingdan kelgan barcha yaxshiligingni qil! Sendan boshqalar o‘tib ketgan otalarini qayta ko‘rish ilinjida, otamni yana ko‘rarmikinman degan orzuda yashamoqdalar.
Mendan “Kimni yaxshi ko‘rasan?” deb so‘rashdi. Ularga shunday deb javob berdim: - “Mening tug‘ilishimni to‘qqiz oy kutgan, tug‘ilganimda dunyolarga sig‘may, meni katta xursandchilik bilan kutib olgan, qarib, kasal bo‘lib yotib qolgunicha meni tarbiya qilgan insonni yaxshi ko‘raman. U shunday insonki, unga bo‘lgan muhabbatim qalbimda abadiy yashaydi!

OTANGIZNI QADRIGA
YETINGLAR!


@HeartFrom
Audio
Jonli ijro Nodir akamizdan.

@Shu_yaxshi
​​#Hazilnamo

– Azizim, dunyodagi eng ahmoq hayvon quyon ekan, shu rostmi?
– Rost, quyoncham.

@Shu_yaxshi
Ayriliqning birinchi kuni qiyin bo‘ladi. Keyingi kunlar birinchi kunga o‘xshagan bo‘ladi...

@Shu_yaxshi | ❤️
Ota oʻgʻliga ikki maktub qoldirdi:

“Birini vafot etgan kunim och, ikkinchisini dafn etganingdan keyin”, deb vasiyat qildi.
Vafot etgach oʻgʻil ilk maktubni ochdi.
Xatda: “Oʻgʻlim sendan bir istagim bor: meni paypoqlarim bilan koʻm”-deb yozilgan edi.

Imom uning yalinib-yolvorishiga qaramay, bu talabni qabul qilmadi. Marhumni istar-istamas paypoqsiz koʻmishdi.
Dafn marosimi tugagach ...👇